HALOL VA HAROM HAQIDA

HALOL VA HAROM HAQIDA

HALOL VA HAROM HAQIDA «Halol» arabcha ruxsat etilgan, toza, «harom» esa taqiqlangan ma’nosini beradi. Musulmonlar uchun shariatda ruxsat etilgan xatti-harakatlar va ishlar, shuningdek, toza va pok sanalgan oziq-ovqatlar halol hisoblanadi. Ijozat etilmagan narsalar esa haromdir. Haloidan uzoqroq, haromga yaqinroq narsa makruh deyiladi. Halol turganda harom ishga o’tish yoki harom taom yeyish og’ir gunohlardan sanaladi. Halol qilingan narsalar inson uchun moddiy va ma’naviy foydadan xoli bolmaganidek, harom qilingan narsalar ham, albatta, asli zararli narsalardir.

 

Halol qilingan narsalar va ishlar ko‘pchilikka ma’lum. Shuning uchun harom qilingan ishlar va narsalarni eslatish joizdir. Nohaq odam o‘ldirish, araq va boshqa mast qiluvchi ichimliklar ichish, buzuqlik, zinokorlik, qimorbozlik, o‘g‘rilik, birovning molini roziligisiz olish, poraxo’rlik va sudxo‘rlik, yaroqli bo‘laturib beish yurish, ota-onaga oq bo’lish, birovni masxara qilish, qasamxo’rlik, g‘iybat, tuhmat, bo’hton, josuslik, chaqimchilik, yolg’onchilik, obro’ni to’kish, bevafolik singari xulq-u harakatlarni, shuningdek, cho’chqa go’shti yeyishni Olloh harom qilgan. Harom ishlarga odatlangan shaxs hayotda xorlik, beburdlik, sharmandalik, qashshoqlik va tuzalmas og‘ir kasalliklarga giriftor boladi va oxiratda eng dahshatli qiynoqlar bilan azoblanadi.

 

(Visited 1 002 times, 1 visits today)

Related posts