Gripp shamollash uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Gripp shamollash

Gripp shamollash uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Gripp — yuqori nafas yo’llarining o’tkir yuqumli kasalligi bo’lib, harorat ko’tarilishi, darmonsizlik, bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, ba’zan qusish va nafas yo’llari shilliq qavatining zararlanishi bilan kechadi. Grippni A, V va S viruslari
qo’zg’atadi.

Viruslar burunning shilimshiq qatlami va yuqori nafas yo’llarida joylashib oladi. Uning yashirin, ya’ni dastlabki belgilari paydo bo’lguncha o’tadigan davri bir necha soatdan 2 kungacha davom etadi. Kasallik haroratning 38-39,8° darajagacha kutarilishi yoki qaltirab sovqotish bilan boshlanadi. Xastalik havo tomchilari orqali yuqadi.

Gripp bilan har qanday yoshdagi kishilar yilning barcha faslida (ko’proqkuz va qishda) kasallanadi. Juda xavfli va tez tarqaluvchi bu kasallik har 2-3 yilda epidemiya (solg’in) shaklida vahima soladi va 11-18 yilda virusning yangi turlari
shakllanadi, ba’zan butun dunyoga tarqaydi.

Organizmga tushgan viruslar zaharli modda ajratib, o’zi qisman nobud bo’ladi, endotoksin organizmga zaharlovchi ta’sir ko’rsatadi. Kasallik ko’pincha keskin boshlanadi, bemor qaltirab, isitmalaydi, boshi aylanadi, og’riydi, mushak va bo’g’imlari zirqiraydi, darmoni quriydi, ko’ngli aynishi, qayt qilishi mumkin.

Yuzi qizaradi, ko’zi lo’qillaydi. Kasallikning dastlabki pallasi yoki o’rtasida burun bitib qoladi, tumov paydo bo’ladi, tomoq qichishadi, quruq yo’tal tutadi, yutinganda tomoqog’riydi. Ba’zan ko’zi yoshlanadi, bemor yorug’likka qaray olmaydi. Isitma 2-4 kungacha davom etib, mo’’tadillashadi, lekin lohaslik, darmonsizlik uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi.

Gripp engil yoki o’zgargan holda ham o’tishi mumkin. Bunda bemorning ahvoli biroz yomonlashadi, xolos. Shunga qaramay, nafas yo’llarining zich joylashgan hujayralar qatlami virusdan ko’proq zararlanishi – ko’rpa-to’shak qilib yotilmasa va shifokor buyurganlariga amal qilinmasa, o’pka, burunning yondosh bo’shliqlari, o’rta quloq
yalliglanishi, yurak, miyaningzararlanishi kabi asoratlar qolishi mumkin.

Bemorni uyda davolashda infektsiya tarqalishiga yo’l qo’ymaslik uchun uni alohida xonaga yotqizish kerak, buning iloji bo’lmasa, uni xonaning yorug’roqtomoniga yotqizib, parda bilan to’sib qo’yish lozim. Bemorni parvarish qiluvchi kishilar og’iz-burunga 4 qavatli niqob tutib olishlari kerak.

Bemor harorati ko’tarilganda bir necha kungacha o’rnida yotishi zarur. Eti uvishganda uni o’rab-chirmab, oyog’iga issiq (40°) suv to’ldirilgan rezina idish (grelka) qo’yish lozim. Bemor yotgan xonaning harorati 18-20° bo’lishi, xonani tez-tez shamollatib, choyshab va ko’rpa-yostiq jildlarini har kuni almashtirib turish kerak.

Bemorga S va A darmondorilari qo’shilgan issiq ichimliklar (na’matak damlamasi, sabzi suvi va mevalar suvi, limonli va malinali choy) ko’p ichish tavsiya etiladi. Ishtahasi yo’qligi uchun uni bir kecha-kunduzda 6-7 marta ovqatlantirish lozim. Ovqat engil hazm bo’ladigan va oqsilga boy bo’lishi kerak.

Gripp shamollash haqida

Grippni davolash uchun maxsus dorilar yo’q. Shuning uchun o’z bilganicha har xil dorilarni ichish zarar keltiradi.
Bemorga alohida idish-tovoq ajratiladi, ular 1 % li soda yoki 0,5 % li xlorli ohak eritmasi bilan 5 daqiqa qaynatiladi. Bemor ishlatgan buyumlar ham yuvish vositasida 15 daqiqa qaynatiladi. Grippning oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, burun yondosh bo’shliqlari kasalliklarini o’z vaqtida davolash kerak.

 

* Bir bosh o’rtacha piyozni mayda qirg’ichdan o’tkazib, ustiga yarim litr qaynoq sut quyiladi va bir kecha qo’yiladi. Ertalab suzib olgach, kun davomida ovqatdan 15 daqiqa oldin ichiladi.

* Grippning birinchi belgilari paydo bo’lishi bilan bir bosh piyozni pishirib va kesib, bug’ini hiddash kerak. Muolaja kuniga 3-4 mahal takrorlanadi.

* Piyoz bo’tqasidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 2 soat damlab qo’yiladi. Damlamaga bir osh qoshiq asal quyib, burun va tomoq kuniga 5-6 mahal chayiladi.

* Sarimsoq bo’tqasiga asalni teng miqtsorda qo’shib, 3-4 kun davomida uyku oldidan bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* Sarimsoq bo’tqasi bilan asalni 1:4 nisbatda olib aralashtiriladi. Gripp kasalligida bir choy qoshiqdan har soatda va bir osh qoshiq uyqu oldidan iste’mol qilinadi.

* Sarimsoqning 2-3 bo’lakchasi ustiga 30-50 ml suv quyib, 1-2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, 2-3 tomchidan kuniga 1-2 mahal burunga tomiziladi. Damlama 2 kunga tayyorlanadi.

* Gripp epidemiyasida kasallikning oldini olish uchun bolaning karavoti oldiga sarimsoq mayda to’g’ralgan tovoqcha qo’yiladi. Yoki to’g’ralgan sarimsoq xaltachaga solinib, karavot boshiga ilinadi.

* Ermon (achchiq shuvoq) o’tidan bir choy qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Ermon o’tidan 15-20 g olib, ustiga yarim litr aroq quyiladi va bir kunga qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal ovqatdan 15 daqiqa oldin hamda uyqu oldidan 30-50 ml dan ichiladi.

* Ermon o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan aroq quyib, 3 hafta qorong’i joyda saqlanadi. Kuniga bir mahal 20 g dan 3 kun davomida ichiladi.

* Kungaboqar gullaridan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kun davomida ichiladi.

* Evkalipt bargidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kun davomida ichiladi.

* Tok bargi va mavrak o’tidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Erqalampirni mayda qirg’ichdan o’tkazib, teng miqdorda shakar qo’shiladi va issiqjoyda 12 soat qo’yiladi. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Suzib olgach, gripp kasalligida kun bo’yi har soatda bir osh qoshiqdan iste’mol
qilinadi.

Gripp shamollash

* Erqalampirni qirg’ichdan o’tkazib, 4 osh qoshig’i ustiga yarim litr uzum vinosi va 5 ta limon tsedrasini qo’shib, 2 hafta saqlanadi. Kuniga 2-3 mahal ovqatdan yarim soat oldin 50 g dan ichiladi.

* Maydalangan bir choy qoshiq erqalampir bir osh qoshiq pishirib maydalangan lavlagi bilan aralashtiriladi. Issiqchoy bilan iste’mol qilinadi.

* Erqalampirni qirg’ichdan o’tkazib, og’zi yopiqidishda 15 daqiqa qo’yiladi. Keyin idish og’zini ochib, burun bilan bug’idan nafas olinadi. 3 daqiqa nafas ushlab turiladi.

* Sabzining yangi sharbatidan bir stakaniga 2-3 bo’lakcha sarimsoq ezib qo’shiladi. Kuniga bir necha bor ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.

* Sholg’omni mayda qirg’ichdan o’tkazib, 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir soat o’rab, damlab qo’yiladi. Kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soatoldin, chorak stakandan ichiladi.

* Qalampirmunchoqtsan 5 donasi ustiga bir stakan shakar, 300 ml suv, 300 ml qizil vino («Portveyn» bo’lishi ham mumkin) quyiladi. Past olovda yarmi qolguncha qaynatiladi. Issiqholda iste’mol qilib, o’ralib yotish lozim.

* Xantalning qurug’idan olib, paypoqichiga sepiladi. Xantalli paypoq dush yoki vannadan yoxud qattiq terlagandan so’ng almashtiriladi. U bir necha kun kiyiladi. Agar bemorning harorati 38° bo’lsa, bu vosita man etiladi.

* Evkaliptning quruq maydalangan bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan 70 % li spirt quyib, bir hafta qorong’i joyda saqpanadi. Gripp kasalligida kuniga

* Qora turpni mayda qirg’ichdan o’tkazib, sharbati siqib olinadi. Uxlash oldidan tanaga surtiladi, so’ng o’ralib yotiladi. Bir stakan sharbatiga suv va bir osh qoshiq asal qo’shib, oz-ozdan ichiladi.

* Sholg’omni maydalab, suvini ichgan bemor shamollashdan xalos bo’ladi.

* Sholg’omni qirg’ichdan o’tkazib, bo’tqasidan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoqsuv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Kuniga 4 mahal ovqatdan oldin, chorak stakandan iste’mol qilinadi.

* Karafsning yangi ildizini yanchib, bir osh qoshig’i ustiga 1,5 stakan qaynoq suv quyiladi. Suzib olgach, kuniga 3-4 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqtsan ichiladi.

* Gulxayri ildizidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Gulxayrining quritilgan va maydalangan ildizidan 2 osh qoshig’i choynakka solinadi. Ustiga 50 ml qaynoq suv quyib, 6 soat damlab qo’yiladi. Dokada suzib olgach, 2 osh qoshiqasal qo’shiladi. Bu damlamadan kuniga 100 ml dan 5 mahal ovqatdan oldin ichiladi.

* Igir ildizpoyasidan tayyorlangan tolqon 3 mahal yarim choy qoshiqdan kappalansa, shifo bo’ladi.

* Igir ildizpoyasi qaynatmasidan kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin 50 g ichilsa, shamollashga foyda qiladi.

* Igirning ildiz tolqonidan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin 0,25 stakandan shirin qilib ichiladi. Gripp, yo’tal va ko’krak og’riganda iste’mol qilinadi.

* Qizilgulga shakar qo’shib qaynatiladi. Kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan 10 kun ichilsa, shamollash kasaliga yaxshi davo bo’ladi.

* Piyozni yaxshilab maydalab, 2 choy qoshig’ini bir osh qoshiq asal bilan aralashtirib, issiqsut qo’shib iste’mol qilinadi. Bu muolaja kuniga 3 mahal amalga oshiriladi.

* Bemor har kuni olma eb, issiq asal choy ichsa, grippga shifo bo’ladi.

* Qizil mevasidan kuniga 4-5 mahal bir osh qoshiqdan iste’mol qilib, ustidan issiq asal choy ichiladi.

* Limono’tdan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Sug’uro’tdan 75 g, tog’ quddusi va mavraklan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Jo’ka gulidan 75 g, yalpiz va dorivor issopdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan ichiladi.

* Moychechakdan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Moychechak guli, jo’ka guli, dalachoy o’ti va na’matak mevasidan teng miqtsorda olinadi. Shundan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 20 daqiqa o’rab damlab qo’yiladi. Past olovda og’zi yopiq idishda 5 daqiqa qaynatib, bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 2 mahal ovqatdan keyin issiq holda yarim stakandan asal bilan ichiladi.

* Qoncho’p o’tidan 2 choy qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Navro’zguldan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kun davomida oz-ozdan asal bilan ichiladi.

* Xom sutdan yarim litrini asta-sekin isitib, tovuq tuxumi bilan aralashtiriladi. Bir choy qoshiq asal va shuncha sariyog’ qo’shiladi. Hammasini yaxshilab aralashtirib, yotish oldidan ichiladi. Saharga borib grippdan asar ham qolmaydi.

* Tut mayizidan kuniga 4-5 mahal iste’mol qilib, ustidan issiq asal choy ichilsa, grippga shifo bo’ladi.

* Marjon daraxti guli, tolning yosh ildizi va limono’tdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal 100 g dan iste’mol qilinadi.

* Tog’ rayhonidan 100 g, tillaboshdan 75 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Navro’zguldan bir osh qoshig’ini termosga solib, ustiga bir stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal 50 g dan ichiladi.

* Oddiy bodrezak (chingiz) mevasidan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzmasdan, bir osh qoshiq asal qo’shib, kun davomida iste’mol qilinadi.

* Limonni issiq choy va asal bilan kun davomida bir necha stakan iste’mol qilish kerak.

* Limondan bir bo’lagini sirli idishga solib, bir osh qoshiqjo’ka guli va bir osh qoshiq marjon daraxti gulidan qo’shiladi. Ustiga 3 stakan sovuq suv quyib, past olovda og’zi yopiqhodtsa 15 daqiqa qaynatiladi. 15 daqiqa damlab qo’yiladi. Kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Chakandaning yosh novdalarini maydalab, undan 2 osh qoshig’i ustiga 2 stakan sovuq suv quyib, past olovda og’zi yopiq holda 15 daqiqa qaynatiladi. 15 daqiqa damlab qo’yib, kun davomida oz-ozdan ichiladi. Isitmani tushiradi va bemor holatini yaxshilaydi.

* Gulxayri ildizidan 100 g, evkalipt bargidan 75 g, ermondan 50 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Dalachoy, tog’ quddusi va mavraqdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal 150 g dan ichiladi.

* Mavrak va tog’ quddusidan 100 g dan, tog’ rayhonidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, to’rt qismga bo’lib, ovqatdan bir soat oldin ichiladi.

* Igir va ko’kadan 100 g dan, jo’ka gulidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, to’rt qismga bo’lib, ovqatdan bir soat oldin ichiladi.

* Tog’ qudtsusi va mavrakdan 100 g dan, kiyiko’ti, jo’ka va malina novdalaridan 75 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 3 mahal ovqatdan bir soat oldin ichiladi.

* Yalpizdan 75 g, ko’ka (oqqaldirmoq)dan 100 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Sulining gullagan yuqori qismidan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Suzib olgach, kuniga 4 mahal 150 g dan ichiladi.

* Suli donidan bir stakanini yuvib, ustiga bir litr sovuq suv quyib, ertalabgacha qo’yiladi. Keyin suv yarimlab, suli pishguncha qaynatiladi. Suzib olgach, kun davomida iliq holda qultumlab ichiladi. Bundan tashqari, bir kunda yarim litr suyultirilgan qatiq ichiladi. Bir stakan qatiqqa 5-6 dona sarimsoq bo’lakchalari ezib solinadi, bu grippga qarshi eng samarali vositadir.

* Marjon daraxti gulidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq sut qo’shiladi. Ertalab suzib olgach, kun davomida ichiladi.

* O’rtacha anordan kuniga bir dona iste’mol qilinadi, ustidan issiq asal choy ichiladi.

* Marjon daraxti gulidan bir osh qoshig’ini termosga solib, ustiga bir stakan qaynoqsut quyiladi va 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal ichiladi.

* Na’matak mevasidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, bir osh qoshiq asal qo’shib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Andiz ildizidan 100 g ni shisha idishga solib, ustiga yarim litr aroq quyiladi. 10 kun issiqva qorong’i joyda saqlanadi. Vaqgi-vaqgi bilan aralashtirib turiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal sut bilan ichiladi.

* Andiz ildizining maydalanganidan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 10 soat damlab qo’yiladi. Kun davomida qultumlab ichiladi.

* Tillabosh bilan mavrakdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan iste’mol qilinadi.

* Tillabosh o’ti, moychechak guli va uchbarg bargidan teng miqtsorda olinadi. Undan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal bir stakandan baland isitma bilan kechadigan grippda ichiladi.

* Qarag’ay kurtaklaridan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, unga bir osh qoshiq asal qo’shib, to’rt mahal ichiladi.

* Brusnika mevasidan kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqdan asal va issiq sut qo’shib iste’mol qilinadi.

* G’o’ra yong’oqdan 100 g ni mayda to’g’rab, ustiga yarim litr aroq quyiladi, 10 kun qorong’i va issiqjoyda saqlanadi. Kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan choyga qo’shib ichiladi.

* Qora smorodina (qorag’at) bargidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal yarim stakandan ichiladi. Damlamaga bir osh qoshiq asal qo’shiladi.

* Qora smorodina yoki malina mevasidan 4 stakangacha issiq suv bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi.

* Malina bargidan 100 g, kiyiko’tidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi.

* Qulmoq g’uddasidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq sut quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Qora terakning quritilgan kurtaklaridan 20 g olib, ustiga bir stakan aroq quyiladi. 15 kun qorong’i va issiqjoyda saqlanadi. Suzib olgach, kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin 20-30 tomchidan iste’mol qilinadi.

* Terak kurtaklaridan 20 g olib, ustiga yarim litr aroq quyiladi. 10 kun qorong’i joyda saqlanadi. Vaqti-vaqgi bilan aralashtirib turiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan issiqchoyga solib ichiladi.

* Ermonning quritilgan va maydalangan o’tidan 20 g olib, ustiga yarim litr aroq quyiladi. Bir kun qo’yiladi, qancha ko’p tursa shuncha yaxshi. KunigaYuO g dan 200 g gacha, 3 mahal uyqu oldidan ichiladi.

* Ermonning quritib maydalangan bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Og’zi yopiq idishda 15 daqiqa suv hammomiga qo’yiladi. Sovitib, suzib olgach, kuniga 3 mahal 0,3 stakandan ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Gripp kasalligi boshlanishida bir dona limonni tsedrasi bilan sekin chaynash (tez yutmaslik) kerak. Keyin bir soat hech narsa eb-ichilmaydi. Bu muolaja har 3-4 soatda takrorlanadi.

* Gripp kasalligida haroratni tezroq tushirish uchun sovuq suv bilan sirka teng miqdorlarda olinadi. Unga qalinroq matoni shimdirib, tovonlar o’ralsa va mato isiguncha tursa, isitmani tushiradi. Keyin matoni olib, jun paypoq kiyiladi.

* Qayin kurtaklaridan 50 g olib, ustiga yarim litr aroq quyiladi. 10 kun qorong’i joyda saqlanadi. Vaqti-vaqgi bilan aralashtirib turiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal bir osh qoshiqtsan issiq choyga solib ichiladi.

* Yalpizdan 75 g, ko’kadan 100 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi.

* Mavrakning quritib maydalangan bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan xom sut quyib, 10 daqiqa og’zi yopiqholda past olovda qaynatiladi. Suzib olgach, yana 10 daqiqa qaynatiladi. Tag’in suzib, uyqu oldidan ichiladi.

* Mavrakning quritib maydalangan bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 5 daqiqa suv hammomida qizdiriladi. Damlamaga 2 osh qoshiq konyak solib, issiqholda ichiladi.

* Mavrakning quritib maydalangan bargidan 10 g olib, ustiga bir litr (spirtsiz) musallas quyib, 5 daqiqa qaynatiladi. Har soatda 50 ml dan sovuqholda ichiladi. Davolanish muddati — 3 kun.

* Mavrakning quritib maydalangan bargidan 10 g olib, 100 g suyuq asalga aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal bir choy qoshiqdan ovqatdan oldin, iliq mineral suv bilan iste’mol qilinadi.

* Qora ziradan damlama tayyorlab ichilsa, shamollashga davo bo’ladi.

* Dolchin iste’mol qilinsa, shamollash dardidan xalos qiladi.

* Arpabodiyon anjir bilan qaynatib ichilsa, shamollashga shifo bo’ladi.

* Bo’yimodaronning maydalab quritilgan o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. 15 daqiqa og’zi yopiq idishda suv hammomiga qo’yiladi. Sovitib, suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan 15 daqiqa oldin bir osh qoshiqdan

* Atirgul gulbarglaridan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat o’rab damlab qo’yiladi. Suzib olgach, gripp boshlanishida iliq holda oz- ozdan ichiladi.

* Atirgul gulbargining quritilmagani yoki quritilganini maydalab ezib, teng miqdorda asal qo’shiladi. Qorishma og’izda biroz ushlab turilib, sekin-asta yutiladi.

* Nastarin bargidan 10 g olib, ustiga yarim litr suv quyiladi va 5 daqiqa qaynatiladi. Keyin issiq dush yoki vanna qabul qilib, 100 ml issiq qaynatmadan ta’mga qarab ozroq asal qo’shib ichiladi. Terlagandan so’ng artinib yotiladi va o’ralib, yana 150 ml issiq qaynatmadan ichiladi. Tana harorati baland bo’lsa, tezda tushadi.

* Arpabodiyon urug’idan yarim stakani ustiga bir stakan sovuq suv quyib, past olovda 15 daqiqa qaynatiladi. Unga chorak stakan jo’ka asali va bir osh qoshiqkonyak qo’shib, yana qaynash darajasigacha qizdiriladi. Keyin sovitib, damlab qo’yiladi. Shamollaganda, gripp kasalligida har yarim soatda bir osh qoshiqtsan iste’mol qilinadi.

* Kapalakgulning quritib maydalangan gulidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan issiq suv quyib, 15 daqiqa og’zi yopiq idishda qaynatiladi. Sovitib, suzib olgach, kuniga 3-4 mahal 0,3 stakandan, ovqatdan keyin ichiladi.

* Jo’ka guli va ko’ka (oqqaldirmoq) bargidan teng miqdorda olinadi. Undan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat o’rab damlab qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal yarim stakandan iliqholda ichiladi.

* Marjon daraxtining quritilgan guli va oq akatsiya gulidan teng miqdorda olinadi. Undan 4 osh qoshig’i ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyib, bir soat o’rab damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kun davomida qultumlab ichiladi.

* Tol po’stlog’i, moychechak guli va na’matak mevasidan teng miqdorda olinadi. Shundan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 10 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal ovqatdan 15 daqiqa oldin, 0,3 stakandan iliq holda ichiladi.

* Xalq tabobatining qadimiy usullaridan biriga ko’ra, oqbosh karam bargi bolg’ada yassilanadi va tomoqqa qo’yib, issiq sharf bilan bog’lanadi. Barglar har 2 soatda almashtirib turiladi. Bu usul tomoqdagi yallig’lanish jarayonini to’xtatadi.

* Bir stakan qaynoq karam sharbatiga bir necha bo’lakcha sarimsoq qo’shib, yarim soat damlab qo’yiladi. Kuniga 5-6 mahal 2 choy qoshiqtsan ichiladi.

* Karam qaynatmasidan yarim stakaniga yarim stakan na’matak qaynatmasi, bir osh qoshiq asal qo’shib, 3 mahal ovqatdan keyin 1G’3 stakandan ichiladi.

* Oq akatsiyaning quruq guli bilan marjon daraxti guli teng miqtsorda olinadi. Undan 4 osh qoshig’i ustiga 3 stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Kun davomida qultumlab ichiladi.

* Pista po’stini qaynatib ichgan kishi shamollashdan davo topadi.

* Rayhonning efir yog’idan kuniga 2-3 mahal 2-3 tomchidan iste’mol qilinadi.

* Gripp kasalligida tomoq kuchli og’risa, bir chimdim tamaki kunda bir marta til ostiga bir soat qo’yilsa, yaxshi foyda qiladi.

* Aloy barglaridan kesib olib, bir hafta sovitkichda saqlanadi (barglarni kesishdan oldin o’simlik 5 kun sug’orilmaydi). Keyin tikanlarini kesib, mayda to’g’raladi va ogzi keng shisha idishning yarmigacha solib, ustiga shakar qo’shiladi. Bir hafta qorong’i joyda saqlanadi, keyin ustiga to’lguncha aroq quyib, yana 3 kun qorong’i va issiqjoyga qo’yiladi. Suzib olgach, shamollaganda kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichiladi. Katgalarga bir osh qoshiqdan, bolalarga bir choy qoshiqdan ichish tavsiya etiladi. Organizmning umumiy holatini yaxshilaydi, haroratni tushirishga yordam beradi.

* Aloyning yangi sharbatidan kun davomida har 2-3 soatda 3 tomchidan burunning har bir katagiga tomizilsa, shifo bo’ladi.

* Brusnika bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 4-5 mahal 2 osh qoshiqdan ichiladi.

* 100 g asalga bir dona limon sharbatini siqib aralashtirib, ustiga 800 g qaynatilgan suv quyiladi. Kun davomida shamollash va grippda ichiladi.

* Bir osh qoshiq asalni bir stakan iliq sutga aralashtirib (kuniga 2-3 stakandan) qultumlab ichiladi.

* Asal ko’pgina o’tkir kasalliklarning oldini olish xususiyatiga ega. 5-7 yoshdagi bolalarga bir choy qoshiqdan, kattalarga bir osh qoshiqdan tavsiya etiladi. Uyqu oldidan yarim stakan na’matak qaynatmasi bilan bir oy davomida ichiladi. Bir – ikki oydan keyin muolaja takrorlanadi.

* Bir osh qoshiq chakanda mevasini stakanda ezib, bir choy qoshiq asal qo’shib, ustiga qaynoq suv quyiladi. Gripp va shamollashda issiq to’shakda choy kabi ichib yotish kerak.

* Qora smorodina (qorag’at) bargidan 2-3 osh qoshig’ini choynakka solib, ustiga qaynoqsuv quyiladi va 10-15 daqiqa damlab qo’yiladi. Shamollash va grippda issiq holda yarim yoki bir stakandan kuniga 2-3 mahal ichiladi.

* Gripp kasalligida burun va og’iz kuniga 8 marta sovuq peshob bilan chayilsa va yotish odtsidan yarim stakan peshob ichilsa, kasallik bir kunda o’tib ketadi (Jon Armstrong tavsiyasi).

(Visited 6 406 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!