Gipertoniya uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida kerakli malumot

Gipertoniya

Gipertoniya uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida kerakli malumot

 

Davolanishdan oldin shifokor maslaxatini oling o’z boshimchalik bilan davolanish kasalikni avjiga olishga va noxush oqibatlarga olib kelishi mumkun esda tuting.

* Xalq tabobatida qon bosimi oshganlarga zirali choy tavsiya etiladi. Damlama tayyorlash uchun yarim litrlikchoynakka bir choy qoshiqdan zira va ko’k choy solib, ustiga qaynatilgan suv quyib, 5-7 daqiqa damlab qo’yiladi. Choy kabi ichilsa, 1-2 oy ichida bemor yaxshi bo’lib qoladi.

* Qora zira tolqonidan och holda bir osh qoshiqdan kuniga 3 mahal kappalansa va orqasidan suv ichilsa, xafaqonga foyda qiladi.

* Xalqtabobati qon bosimi ko’tarilganda kiyiko’ti damlamasini tavsiya etadi. Damlamani tayyorlash uchun yarim litrlik choynakka bir osh qoshiqquritib maydalangan kiyiko’ti solinadi, ustiga 0,5 litrcha qaynoq suv quyib, 5 daqiqa damlanadi. Kiyiko’tli damlamani kuniga 3-4 mahal, yarim stakandan ichish tavsiya etiladi.

* Andiz o’simligining quritib, maydalangan ildizidan bir choy qoshig’i ustiga 25 ml qaynatib sovitilgan sovuq suv quyib, 8 soat qo’yiladi. Dokadan suzib, kuniga 50 g dan 4 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi.

* Zubturum bargidan 2 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Idish qopqog’ini yopib, qaynab turgan suvda yarim soat qaynatiladi va 10 daqiqadan so’ng sovitib, suzib olinadi. Bu qaynatma ustiga qaynatilgan suv quyib, hajmi bir stakangacha etkaziladi. Arterial qon bosimini pasaytirib, tinchlantiruvchi vosita sifatida ovqatdan 15 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi.

* Qora smorodina (qorag’at)ning bargi va mevasi tarkibida darmondorilardan S, V], karotin, qandlar, organik kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar mavjud. Xalq tabobatida qon bosimi bor bemorga qorag’at mevasidan tayyorlangan damlamani ichish tavsiya etiladi. Buning uchun qorag’at bargi yoki mevasidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir-ikki soat damlab qo’yiladi. Dokadan suzib olib, kuniga 2-3 mahal yarim stakandan shakar qo’shib ichiladi.

* Dolchindan bir choy qoshig’ini bir stakan kefirga solib, yaxshilab aralashtiriladi. Haftada 2 marta bir stakandan ichilsa, qon bosimini tushirigtsda noyob vosita bo’ladi (V. Vostokovtavsiyasi).

* Uzum va uning sharbati yurak qon tomirlari faoliyati buzilganida yaxshi foyda qiladi va qon bosimini maromga keltiradi. Uzum bilan davolanish muddati — 3-4 hafta, zaruriyat bo’lsa, yana davom etgirish mumkin. Uzum sharbatidan kuniga 3 mahal bir stakandan ikki stakangacha ichiladi. Uzumning o’zini iste’mol qilish miqdori bir kunda davolanish boshida bir kg, ertalab, kunduzi va kechqurun ovqatdan bir soat oldin eyiladi, davolanish oxirida bo’lsa, 2 kg gacha bo’ladi. Davolanish davrida bemor parhez qilishi — xom sut, xom mevalar, spirtli ichimlik, mineral suvdan o’zini tiyishi lozim (V. Vostokov tavsiyasi).

* 40-50 g quritib maydalangan tok bargi ustidan 50 ml qaynoq suv quyib, past olovda 10-15 daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, qandli diabet, xafaqon kasalliklarida ovqatdan 20 daqiqa oldin 100 ml dan, kuniga 3-4 mahal iliqholda ichiladi (tokning yosh novdalari va bargi may oyida terib olinadi).

* Makkajo’xori unidan bir osh qoshig’ini stakanga solib, ustiga qaynoq suv quyiladi va bir kecha damlab qo’yilali. Ertalab och holda faqat suvi ichilib, stakan ostidagi quyqasi ichilmaydi. Qon bosimi yuqori bo’lganda foyda qiladi (tabib Vanga tavsiyasi).

* Qon bosimi kasalligini davolashda ko’k piyoz va oq piyoz alohida o’rin tutadi.

* Arslonquyruq o’tidan 2 choy qoshig’i ustiga 2 stakan qaynatib sovitilgan suv quyiladi va 6-8 soat damlanadi. Kuniga 3-4 mahal ovqatdan yarim soat oldin chorak stakandan ichiladi.

* Arslonquyruq o’tidan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Sovigach, kuniga 3-4 mahal 1 -2 osh qoshiqtsan ichiladi.

* Zirk (qoraqand) mevasi xalq tabobatida qadimdan qo’llab kelinadi. Abu Ali ibn Sinoning aytishicha, qora zirk kuchli bo’lib, safroni qattiq haydaydi, qon bosimini tushiradi. Jigar va o’t shamollaganda o’t haydovchi sifatida ishlatiladi. Qora zirkdan tayyorlangan 5 %li spirtli damlama qon bosimini tez tushirish uchun kuniga 3 mahal bir osh qoshiqtsan ichiladi.

* Zirk mevasi kuniga 3 mahal bir choy qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* G’ozpanja o’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi.

* Yalpiz bargidan 200 g olib, past olovda 2 l suvda 10 daqiqa mil-mil qaynatiladi. Kuniga 3 mahal 30 g dan parhez tutib, och holda 10 kun davomida ichilsa, xafaqon dardi tuzaladi.

* Kiyiko’ti, jigar uni va o’t pufagi birga qaynatilib, 5 g dan ichib turilsa, bosh, oyoq, qo’lga surtilsa, qon bosimi dardiga davo bo’ladi.

* Kiyiko’tidan 10 g olib bir litr suvda 10 daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, kuniga 2 mahal ovqatdan keyin 3 kun davomida ichiladi.

* Dorivor valeriananing ildizi va ildizpoyasidan 10 g olib, ustiga 200 ml qaynoq suv quyiladi va 20 daqiqa past olovda qaynatib, keyin 2 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqtsan iste’mol qilinadi.

* Dorivor valeriananing maydalangan ildizi va ildizpoyasidan 10 g olib, ustiga qaynatib sovitilgan 200 ml suv quyiladi hamda 8 soat tindirib qo’yiladi. Keyin qaynatib, suzib olib, kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Olma sirkasini suv bilan teng miqdorda aralashtirib, qotgan qora non bilan bir choy qoshiqdan kuniga bir mahal ichilsa, qon aylanishini yaxshilaydi, ateroskleroz va gipertoniyaning oldini oladi.

* Sarimsoqning ezilganidan 100 g olib, unga bir stakan asal qo’shiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin, yarim osh qoshiqtsan iste’mol qilinadi, ustidan do’lana qaynatmasi ichiladi.

* Limon sharbatidan bir stakaniga bir stakan suv qo’shib, kuniga 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin, bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* Arpani tozalab, yanchib, po’stidan ajratiladi, keyin qaynatib, suvi dokadan o’tkazib ichib yurilsa, qon bosimini me’yorlashtiradi.

* Chilonjiyda mevasidan 3-4 donadan eb turilsa, qon bosimini pasaytiradi va qonni tozalaydi (Abu Ali ibn Sino tavsiyasi).

* Qon bosimi yuqori bo’lgan kishi achchiq-chuchuk, nordon, sho’r narsalardan vaqgincha o’zini tiygani ma’qul. Imkoni bo’lsa, tuzsiz ovqatlanishi lozim. Duddangan baliq, go’sht mahsulotlaridan kabob, qazi, qo’y va mol yog’i, norin, spirtli ichimliklar iste’mol qilish to’xtatiladi. Qora choy ichmagan ma’qul, ko’k choy iste’mol qilish lozim. Moshli va xamirli ovqatlardan saqtanish tavsiya etiladi.

* Faqat toza asalni kuz, qish va erta bahorda iste’mol qilish kerak.

* Qon bosimi ko’tarilsa, faqat qotgan, suvi qochgan non va tolqon egan ma’qul.

* Qon bosimi yuqori bo’lgan kishi har kuni suyultirilgan xamirturushni iliq holda ichsa, juda yaxshi foyda qiladi.

* Piyoz sharbatidan 3 kg olib, unga 300 g asal, yong’oq mag’zining to’siqchalaridan 25 dona, yarim litr aroq quyib, 10 kun qorong’i va issiqjoyda sakdanadi. Kuniga 3-
4 mahal bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* Kartoshkani po’chog’i bilan 10 daqiqa qaynatib, suvidan kun davomida 2 osh qoshiqdan, 4 mahal ovqatdan oldin ichiladi.

* Kartoshkani yuvib, po’sti artilmasdan qaynatiladi. Suvidan kuniga 1-2 stakandan ichiladi.

* Ukrop urug’idan olib, unga 1:20 nisbatda suv quyiladi. Kuniga 3 mahal 1-2 stakandan ichilsa, xafaqon kasalida qon tomirlarini kengaytirishda shifo bo’ladi.

* Tog’ rayhonidan 100 g, zirk bargidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin, yarim stakandan iste’mol qilinadi.

* Tog’ qudtsusidan 100 g, tirnoqguldan 75 g, arslonquyruqdan 100 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin, yarim stakandan ichiladi.

* Qo’ziquloqdan 100 g, kichik bo’riguldan 75 g, do’lana gulidan 100 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal 150 g dan ichiladi.

* Arslonquyruq o’tidan 100 g olib, ustiga yarim litr aroq quyib, 10 kun qorong’i va issiqjoyda saqlanadi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal yarim osh qoshiqdan ichiladi.

* Loviya qo’zoqlaridan 100 g, g’ozpanja iddizidan 75 g, omila o’tidan 100 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi.

* Na’matakning yashil novdalaridan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, 4 qismga bo’lib, ovqatdan bir soat oldin ichiladi.

* Kichik bo’riguldan 75 g, limono’tdan 100 g, qushtorondan 100 g, dorivor valeriana
ildizidan 75 g, og’ma sallagul (piongul)dan 100 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshigini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, 4 qismga bo’lib, ovqatdan bir soat oldin ichiladi.

* Kichik bo’rigulning maydalangan barglaridan bir osh qoshigi ustiga bir stakan suv quyib, 20 daqiqa past olovda qaynatiladi. Tayyor bo’lgan qaynatma bir kunda ichiladi.

* Qulmoq o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 3-4 mahal 1G’3 stakandan ichiladi.

* Og’ma sallagul (piongul) ildizidan 20 g ni maydalab, ustiga 300 ml aroq quyiladi va 7 kun iliqjoyda saqdanadi. Kuniga 3 mahal 20-30 tomchidan ichiladi.

* Petrushka o’tidan 100 g, oq liliya gulidan 50 g olinadi, limondan 2 donasi po’sti bilan go’shtqiymalagichdan o’tkaziladi. Ularga 300 g asal qo’shib, sovitgichga qo’yiladi. 7 kundan so’ng ovqatdan yarim soat oldin, 2 choy qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* Bo’znoch (o’lmaso’t)dan 25 g, uchbargdan 25 g olinadi. Shu yig’ma ustiga 2 litr suv quyib, qaynatiladi. Suv o’rniga bir oy ichiladi.

* Kuniga 3 mahal bir choy qoshikdan qora zirk mevasini iste’mol qilish kerak.

* Bo’yimodaron, omila va do’lana gulidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 150 g dan ichiladi.

* Qon bosimi yuqori kishi do’lana, chilonjiyda, bodring, limon, sarimsoq, sariyog’, yorma palov iste’mol qilsa, davo bo’ladi. Ularni ezib, boshga surtish ham foydali.

* Ovqat bilan zira, zirk va turli sirkalar iste’mol qilib turish ham maqsadga muvofiqdir.

* Tut kabi mo’’jizakor meva noz-ne’mat bo’lishidan tashqari, qirq dardga davo ekanligi qadimdan ma’lum. U tanadagi qonni tozalab, hatto yangi qon hosil qila olishini qadimda bobokalonlarimiz yaxshi bilishgan. Ayniqsa qora shotutning mevasi, bargi va po’stlog’i shifobaxsh hisoblangan. Yurak va qon tomirlari faoliyati buzilganda, qon bosimi oshganda uni achchiq qilib damlab, choy kabi ichilsa, qon bosimi o’z holiga kelib, bemor shifo topadi.

* Behining quritib maydalangan barg va novdalaridan 2 osh qoshig’i ustiga 2 stakan suv quyib, past olovda 30 daqiqa qaynatiladi. Sovigach, suzib olib, sharbatidan qon bosimi oshganda, qandli diabetda bir osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichiladi.

* Achchiq va shirin anor sharbatlaridan geng miqdorda olib, kuniga 3 mahal 50 g dan 15 kun davomida ichilsa, xafaqon kasalligini tanadan haydaydi.

* Yozda oq tutdan 5-6 marta to’yib eyilsa, qon bosimi oshmaydi.

* Xafaqon kasalini davolashda qadimgi xitoy usullaridan biri tutdan foydalanishdir. Uning maydalangan ildizidan 50 g olib, ustiga bir litr suv quyib, 15 daqiqa past olovda, og’zi yopiq idishda qaynatiladi va bir kecha damlab qo’yiladi. Suzib olgach, suv o’rnida ichiladi.

* Xalq tabobatida chilonjiyda mevasidan tayyorlangan damlama qon bosimini pasaytiruvchi dori sifatida ishlatiladi. U S darmondorisiga boyligi jihatidan limondan 15 barobar ustun turadi. Chilonjiyda mevalaridan damlama tayyorlab, kuniga 3 mahal bir stakandan bir oy davomida ichilsa, xafaqonda foyda qiladi.

 

* Hayvonlarning yuragini xil-xil usуlda pishirib yoki yog’da qovуrib, sirka qo’shib eyilsa, yurakka qуvvat berib, xafaqonni qуvadi.

* Ko’k choy qon bosimini pasaytiradi, chуnki badandagi yog’larni eritadi va qon tomirlarini kengaytiradi.

* Boshda qon bosimi oshgan bo’lsa, ko’k choy ichishdan tashqari, уnda boshni bir necha marta yuvish ham tavsiya etiladi.

* Limono’tdan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan, qon bosimi tez-tez o’zgarib turganda ichiladi.

* Qon bosimi yuqori bo’lsa, qo’y sutidan bir ozgina qozonga solib, shuncha miqdorda suv qo’shib qaynatiladi. Suv ketib, sut qolgach, shakar qo’shib, saharda 5 kun ichilsa, xafaqon kasaliga davo bo’ladi hamda ko’z og’rig’ida foyda qiladi.

* Ho’kiz tili o’tining quritilganidan kuniga 3 mahal 10 kun oz-ozdan eyilsa, xafaqon tuzaladi.

* Qon bosimi bor kishi yaxshi kayfiyatda yursa, uzoq umr ko’radi.

* Qon bosimi kasalligida qatiq zardobi foyda qiladi. Sut ichmaslik kerak, u issiqtik bo’lganidan bemorga tavsiya etilmaydi.

* Har kuni 20-25 ta shaftoli mag’zi iste’mol qilinsa, shifo bo’ladi.

* Qon bosimi oshgan odam iloji boricha erga qarab yotsa, foyda qiladi.

* Zirk (qoraqand) ildizi va omiladan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Brusnika mevasining sharbati kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan iste’mol kdlinadi.

* Ukrop damlamasi yurakning sust urishini tezlashtiruvchi, qon tomirlarini kengaytiruvchi va qon bosimini tushiruvchi ta’sirga ega. Og’zi yopiladigan idishga ukrop mevasidan bir choy qoshiq solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va 10 daqiqa damlanadi. Dokadan suzib olgach, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.

* Archa urug’i tolqonidan kuniga 3 mahal bir habdori miqdorida kappalansa, yurak o’ynashi va qon bosimi ortganda foyda qiladi.

* Achchiq tarvuz qaynatmasi yuqori qon bosimini tushiradi.

* Jag’ -jag’dan 3 choy qoshig’i ustiga 2 stakan qaynatib sovitilgan suv quyib, 8 soat damlanadi. Suzib olgach, kuniga 3-4 mahal bir-ikki osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* Tirnoqgul gulidan 2 choy qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, 15 daqiqa qaynatiladi. Suzib olgach, kuniga 4 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Binafsha guli damlab ichilsa, qon bosimini pasaytiradi.

* Xalq tabobatida do’lana ko’p xastaliklarning davosi sifatida ishlatib kelinadi. 100 g do’lananing urug’ini ajratib, kechqurun ustiga 2 stakan sovuq suv quyiladi. Ertalab shu suvning o’zida biroz qaynatiladi, sovitib suziladi. Qaynatmadan kuniga 1-2 stakandan bir oy davomida qon bosimi oshganda ichiladi.

* Do’lana guli va mevasidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan aroq quyib, 7 kun tindiriladi. Suzib olgach, kuniga 20-25 tomchidan suv bilan, 3-4 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Xafaqon dardiga uchragan va yuragi siqilgan bemor atirgul, rayhon, atir kabi xushbo’y narsalarni o’zi bilan olib yurishi kerak.

* Tog’jambili qaynatmasidan kuniga 3 mahal 100 g dan 15 kun davomida, ovqatdan bir soat oldin parhez bilan ichilsa, qon bosimini tushiradi.

* Yong’oqdan 100 donasini qirg’ichdan o’tkazib, kuniga 3 mahal yarim osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* Ertutning yangi mevasidan eyish xafaqonga shifo bo’ladi.

* Greypfrut mevasining sharbatidan iste’mol qilinsa, foyda beradi.

* G’ozpanja va do’lana gulidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 100 g dan ichiladi.

* Kun davomida 3 mahal yarim stakandan sovuq peshobdan ichilsa, qon bosimi tushadi (Jon Armstrong tavsiyasi).

* Asal, lavlagi va sabzi sharbatlaridan bir osh qoshiqtsan, erqalampir sharbatidan bir stakan olib, 36 soat suvda tindirib qo’yiladi. Keyin bir dona limon suvi qo’shiladi. Hammasini aralashtirib, kuniga 2 mahal ovqatdan bir soat oldin bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi. Davolanish muddati — 1,5 oy.

* Sabzi, erqalampir, lavlagi sharbatlaridan bir stakandan olinadi. Ularga bir stakan asal va bir dona limon sharbati qo’shib, shisha idishda salqin joyda sakdanadi. Kuniga 3 mahal ovqatdan bir soat oldin yoki 2-3 soat keyin, 1-2 choy qoshiqdan iste’mol qilinadi. Davolanish muddati — 1,5-2 oy.

* Xafaqonda har kuni kechqurun ovqatdan bir soat keyin 0,15-0,2 g eritilgan mumiyo ichiladi. 10 kun ichilgandan so’ng 5 kun dam olinadi. 6 g mumiyo iste’mol qilgandan keyin bir oy tanaffus qilinadi. Davolanish 2-3 marta o’tkaziladi.

* Yong’oq yog’idan kuniga 3 mahal och holda 10 kun davomida bir osh qoshiqdan ichilsa, xafaqon kasali tarqab ketadi va yana bavosirga ham foyda qiladi.

* Agar qon bosimi me’yoriga tushishini istasangiz, xurmo, olcha va gulobdan sharbat tayyorlab, uch kun nahorga iching (Luqmoni Hakim tavsiyasi).

* Odam ovqatlanish jarayonida kuniga 2-3 dona olma iste’mol qilib tursa, bu shamollash bilan bog’liq bo’lgan kasalliyutarni 3 marta, xafaqon dardini esa 6 marta kamaytiradi.

* Dorivor valeriana ildizidan 10 g olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va yarim soat qaynatiladi. Kuniga 3-4 mahal ovqatdan so’ng 1-2 osh qoshiqdan ichiladi.

* Dastarbosh guli va andiz o’tilan teng miqtsorda olib, bir choy qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va 1,5 soatga qo’yiladi. So’ng suzib, kuniga 3 mahal ovqatdan 2 soat oldin yarim stakandan ichiladi.

* Bo’znoch (o’lmaso’t) va uchbarg yaprog’idan 25 g dan olib, ustiga 2 litr suv quyiladi va bir litr qolguncha qaynatiladi. Kuniga 3 mahal bir oy davomida 50 ml dan ichiladi.

* Ukrop urug’idan va dorivor valeriana ildizidan 2 qismdan, arslonquyruq o’tidan 3 qism olinadi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. So’ngra suzib, kuniga 3 mahal 0,3 stakandan ichiladi.

* Na’matak mevasidan bir osh qoshigi ustiga 3 stakan suv quyib, 2 marta qaynatiladi va keyin 3 soatcha qo’yiladi. Kun davomida choy kabi ichiladi, boshqa suyuqtik ichilmaydi. Davolanish muddati — bir yarim oy.

* Zirk (qoraqand) po’stlog’i va ildizidan 30 g olib, ustiga bir stakan aroq quyiladi va 21 kun qorongi joyda saqlanadi. Birinchi 3 kunlikda har soatda bir osh qoshikdan va keyin kuniga 3 mahal ichiladi. Davolanish muddati — 2-3 hafta. Arterial qon bosimini tushirish va markaziy asab tizimini tinchlantirishda yaxshi foyda
qiladi.

* Jiyda mevasidan 0,25 stakanini maydalab, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Asal yoki shakar bilan ichiladi.

E s l a t m a: ich qotganda bu damlama tavsiya etilmaydi.

* Qashqarbeda o’tidan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va
2 soat damlab qo’yiladi. So’ngra suzib, 0,3-0,5 stakandan kuniga 2-3 mahal ichiladi. Damlama arterial qon bosimini tushirish bilan birga qonda leykotsitlar miqdorini oshiradi.

* Arslonquyruq o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va
3 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan bir soat oldin bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Sebarga gullaridan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va yarim soat damlab qo’yiladi. So’ngra suzib, kuniga 3 mahal yarim stakandan 2-3 hafta davomida ichiladi.

* Chinnigul o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. So’ngra suzib, kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Oddiy chetan mevasidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Sovygach, suzib olib, kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Loviya qo’zoqparidan 20 g ni maydalab, unga bir litr suv quyiladi va 3-4 soat qaynatiladi. Sovigach, yarim stakandan ichiladi.

* Ekma salat bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 1-2 soat damlanadi. Kuniga 2 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Chernikaning quritilgan mevasidan 4 choy qoshig’i ustiga bir stakan suv quyib, 8 soat tindiriladi. Kun davomida damlab ichiladi.

* Qora smorodina (qorag’at)ning quritilgan mevasidan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, past olovda 10 daqiqa qaynatiladi va bir soat damlab qo’yiladi. So’ngra suzib, kuniga 4 mahal 0,25 stakandan ichiladi.

* Kuniga 2-3 mahal 2 osh qoshiqdan, ovqatdan yarim soat oldin do’lana mevasi sharbatidan ichiladi.

* Ertut va qorag’at mevalarini iste’mol qilish qon bosimini tushiradi.

* Arterial qon bosimini tezroq tushirish uchun 5-6 % li sirkaga (olmali yoki oddiy sirka) bir bo’lakcha matoni shimdirib, 5-10 daqiqa tovonga qo’yiladi.

* Qon bosimi oshganda, bir stakanga bir osh qoshiq makkajo’xori unidan solinadi va ustiga to’lguncha suv quyib, kechasiga qo’yiladi. Ichilganda ostidagi quyqasi qoladi.

* Qon bosimini tushirish uchun quyidagi vositadan foydalanish tavsiya etiladi. 100 g loviyaga 50 dona sarimsoq bo’lakchasini qo’shib (sarimsoq bo’lakchalari soni odamning yoshiga qarab belgilanadi), og’zi yopiladigan idishga solinadi. Ustiga yarim litr qaynoqsuv quyib, 10 daqiqa og’zi yopib qo’yiladi. Choy kabi asal bilan ichiladi.

* 3 bosh sarimsoq va 3 dona limonni (po’choqsiz va urug’siz) maydalab, og’zi yopiladigan idishga solinadi. Ustiga 1,5 litr qaynoq suv quyib, bir kun issiq va qorong’i joyda saqlanadi. So’ngra suzib, kuniga 3 mahal bir osh qoshiqtsan, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi. Bu damlama ateroskleroz va podagrada ham foyda qiladi.

* Bir osh qoshiq qirg’ichdan o’tkazilgan xom kartoshka yoki 15 g kraxmal yarim stakan qaynoq suvda eritiladi. 14 kun ovqatdan yarim soat oddin, qon bosimini nazorat qilgan holda ichiladi.

* Po’chog’i bilan qaynatilgan kartoshka suvidan har kuni 1-2 stakan ichish kerak.

* Har kuni bir bo’lakcha sarimsoq to tuzalguncha, 0,3 stakan suvga bir choy qoshiq olma sirkasi qo’shib iste’mol qilinadi.

* Sarimsoqdan 20 donasiga 5 bosh piyoz va 5 dona limonni (urug’siz va po’choqsiz) maydalab aralashtirib, unga bir kg shakar va 2 litr qaynatilgan sovuq suv quyib, 10
kun qorong’i va salqin joyda saqlanadi. Kuniga 3 mahal ovqatdan 15-20 daqiqa oldin bir osh qoshiqdan, tuzalguncha ichiladi.

* Sarimsoqni mayda to’g’rab, doka ustiga qo’yiladi va qahvamaydalagichda ezib, tolqon qilinadi. Shisha idishga solib, og’zini yopib, sovitgichga qo’yiladi. Kuniga 3 mahal yarim choy qoshiqdan ovqatdan oldin kappalanadi, orqasidan yalpiz yoki limono’t barglaridan tayyorlangan damlama ichiladi.

* 4 dona katta bosh sarimsoqni hovonchada tuyib, og’zi yopiq idishda yarim soat saqlanadi. Keyin sharbati bilan sarimsoqustiga bir stakan aroq quyib, qorong’i va salqin joyda 15 kun saqlanadi. Vaqti-vaqti bilan idish chayqatib turiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan 15 daqiqa oldin, 3 hafta davomida ichiladi. Gipertoniya kasalining sklerotik turida ichiladi.

* O’rtacha kattalikdagi 2-3 dona piyozni maydalab, og’zi yopiladigan idishga solinadi. Ustiga yarim litr spirt yoki aroq quyib, 7 kun qorong’i joyda saqlanadi. 3 osh qoshiq suvga bir choy qoshiq damlama qo’shib, och holda qon bosimini tushirish uchun ichiladi.

* Piyozning o’rtachasidan 5 donasi, 20 bo’lakcha sarimsoq, 5 dona limon (urug’siz va po’choqsiz), bir kg shakar aralashtiriladi. Ustiga 2 litr qaynatib sovitilgan suv quyib, 2-3 kun qorong’i joyda, uy haroratida saqlanadi. Kuniga 3 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin, bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Kraxmaldan bir choy qoshig’i ustiga 200 ml suv quyib, elim holatigacha qaynatiladi. Ustiga 5-6 tomchi yod tomizib, birdaniga ichiladi. Qon bosimi yuqori bo’lsa, tez tushadi.

 

(Visited 466 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!