Gipertoniya kasalligi uy sharoyitida davolash yo’llari haqida malumotlar

Gipertoniya kasalligi

Gipertoniya kasalligi uy sharoyitida davolash yo’llari haqida malumotlar

 

Gipertoniya — arterial qon bosimining ko’tarilishi bilan kechadigan yurak-tomir kasalligi bo’lib, xastalanishning kechishi ko’proqbosh miya tomirlari, yurak, buyrak va ko’z tubining qay darajada zararlanishiga bog’liq. Uning paydo bo’lishida ma’lum darajada irsiyat ham rol o’ynaydi.

Buyuk hakim Ar-Roziyning ta’kiddashicha, xafaqon yurak siqilishi bilan kelib, yurak tez va qattiq urib, nafas olish og’irlashadi, qo’l-oyoqlar uchi changak bo’lib tirishadi. Gipertoniya kasalligida arterial bosimning yuqori bo’lishi buyrak yoki endokrin bezlari kasalliklari oqibatida bo’lmay, balki qon bosimi idora etilishining buzilishiga bog’liqekanligi xalqtabobati amaliyotida isbotlangan.

Odamning ruhan ezilishi, ko’ngliga og’ir botadigan kechinmalar, maishiy va ijtimoiy tangliklar, noo’rin dakki va kamsitishlar bu dardning boshlanishiga turtki bo’ladi.

Tashqi muhitdan bosh miyaning oliy bo’limlariga asablarni toliqtiradigan ta’sirotlar kelib turishi natijasida bosh miyaning tegishli qismlari doim qo’zg’algan holda turadigan bo’lib qoladi, miadagi mana shu qo’zg’alish o’choqlari qon tomirlariga ta’sir ko’rsatib, ular tonusining to’g’ri idora etilishini buzadi, natijada arzimagan sababdan ham tomirlar tonusi o’zgarib, qon bosimi ko’tarilib turadigan bo’lib qoladi.

Bu hodisa bora-bora kuchayib, doimiy tus ola boshlaydi va alal-oqibat qon bosimi muttasil yuqori darajada turadigan bo’ladi.

Gipertoniya kasalligining boshlang’ich davrida arterial bosimning dam-badam ko’tarilib turishidan tashqari, gohida bosh og’rib, yurak o’ynashi, yurak sohasida ba’zan og’riqturishi, odam ensa qismida og’irlik sezishi mumkin. Vaqg o’tishi bilan boshqa holatlar — bosh aylanib g’uvillashi, qo’l-oyoq barmoqlari uvishib qolishi, ko’z oldi jimirlab tinishi, uyqu buzilishi, tez charchash kabi alomatlar paydo bo’ladi.

Bemor kasalligining zo’rayishiga sabab bo’ladigan omillarni bilib qo’yishi, buning uchun albatta mehnat va dam olish tartibini to’g’ri uyushtirish yuzasidan shifokor beradigan maslahatlarga to’g’ri amal qilishi lozim. Dard avj olishiga yo’l qo’ymaslik uchun asabiy-ruhiy jihatdan zo’riqmaslik, markaziy asab tizimida to’planib boradigan hayajonli hissiyotlarni tarqatish chorasini ko’rigtsdan iborat.

Odam organizmi shunday tuzilganki, asablarning toliqishi jismoniy faollik jarayonidagina hammadan yaxshi tarqaydi. Shuning uchun ham har kuni imkoni boricha piyoda sayr qilish, ko’ngilga yoqadigan jismoniy ish, sport bilan shug’ullanish lozim: o’tirib, tinchgina kitob o’qish, bamaylixotir televizor ko’rish, aql ishlatishga to’g’ri keladigan o’yinlar (shaxmat) o’ynash asab tizimi toliqishini tarqatmaydi va qon bosimi ko’tarilishini qaytarmaydi, aksincha, bemorni zo’riqgiradi.

Qon bosimining muttasil yuqori bo’lib turishi buyrak orqali natriy xlorid (osh tuzi) chiqib turishining kamayishi bilan bevosita bog’liq. Zamonaviy tibbiyotda buyrakdan osh tuzi chiqib turishini kuchaytiradigan va shu tariqa qon bosimini pasaytirishga yordam beradigan davo tadbirlari shakllangan. Bemorga siydik haydaydigan tegishli dorilarni berish, uning o’ziga yoqadigan parhez buyurish organizmda tuz to’planib qolmasligiga va shu yo’l bilan qon bosimining pasayishiga yordam beradi. Tuzni me’yorida ishlatish, sho’r taomlarga ruju qilmaslik qon bosimi ko’tarilishining oldini olishda nihoyatda muhim rol o’ynaydi.

Qadimda xafaqonni keltirib chiqaradigan omillar aniqpanib, ya’ni aniqtashxis qo’yilib, davo choralari ko’rilgan. «Tibbi Yusufiy»ning muallifi, Boburning xos tabibi Yusufiy ibn Muhammad ibn Yusuf at-Tabib al-Haraviy «Agar xafaqon safro g’alabasidan bo’lsa, belgisi: og’iz qurishi, chanqash, tomir tez urishi, siydikning sariqligi. Agar qon g’alabasidan bo’lsa, belgisi: tomirning yo’g’on urishi, to’laligi, ko’z va yuzning qizilligi.

Xafaqon sovuqdan bo’lsa, belgisi: tomirning muloyim urishi, savdodan bo’lganida qattiq», deydi va har bir holatda qanday davo-choralar ko’rishni aytib, tavsiyalar beradi. Xafaqonga uchragan kishilarga o’zlari bilan xushbo’y narsalarni olib yurish, ularni vaqgi-vaqti bilan tutatib, hidlab turishni maslahat bergan Ibn Sino «Xafaqon ba’zan me’daning hamkorligi, goho xiltlardan, ba’zan chet bir ta’sirlardan va qattiq his-hayajondan bo’ladi», deydi.

Ana shu dardga chalingan bemor qon bosimi ko’tarilib, birdan ahvoli yomonlashsa, darhol shifokorga murojaat qilishi yoki shifokor kelguncha o’rinda o’ralib yotishi, oyoqlariga grelka qo’yishi yoki issiq vanna qilishi lozim. Korvalol (valokordin) yoki shunga o’xshash dorilardan 30-35 tomchi ichish kerak.

To’sh osti, yurak sohasida og’riqtursa, nitroglitserin tabletkasini til ostiga tashlab so’rish, ovqatdan o’zini tiyish zarur. Bosh qattiq og’riganda gipertoniya kasalligiga davo qilishda qo’llanayotgan siydik haydovchi doridan bir habdori ichish mumkin.

Gipertoniya (a’zo, to’qimalar tarangligining oshishi, mayda arteriyalar tonusining oshishi) kasalligida olib boriladigan kompleks davo choralari arterial qon bosimini shu bemorda maromvda tutib turish, ko’tarvdib ketishiga ham, juda pasayib ketishiga ham yo’l qo’ymaslikdan iborat. Qon bosimining haddan tashqari pasayib ketishi bosh miya, yurak va buyrakning qon bilan yaxshi ta’minlanmay, bemor ahvolining og’irlashib qolishiga olib kelishi mumkin.

Xafaqon kasalligining oldini olish uchun asablar toliqishiga yo’l qo’ymaslik, mehnat va dam olishni to’g’ri tashkil etish, organizmni chiniqtirish, badantarbiya mashqlarini bajarish, sof havoda sayr qilish, shuningdek, ovqatlanish tartibiga rioya qvdish kerak. Bunday bemorlarga chekish va spirtli ichimliklar ichish qat’iy man etvdadi.

Xalqtabobatvda yuragi xasta bemorlarga mana bunday maslahat bervdgan: «Tuxumni pishirib sarig’i eb yurilsa, yurakni juda baquvvat qiladi. Eng yaxshisi tovuqtuxumidir. Za’faron quruq-issiq xosiyatga ega, yurakni shodlantiradi. Lekin oz miqtsorda iste’mol qvdinadi, ayniqsa issiq mizojliklarga shuvday ta’sir qiladi» («Tahsvd al-manofi’» kitobvdan).

Ibn Sinoning yozishicha, yurak inson tanasining eng muhim boshqaruvchisi. Ayni paytda shoh a’zoning kasalligi juda xavfli ekanini ta’kidlab, u yomon oqibatlarga olib kelishini aytadi. Tomir urishi va nafasning o’zgarishi, ko’krak tuzilishi boshqacha bo’lishi, badanni ushlab ko’rganda unda boshqacha holatlar sezilishi, gavdaning kuchsizlanishi, mo’ylarning boshqacha bo’lishi, kishvda har xvd xayollar paydo bo’lishi holatlarini ham aytib o’tgan.

Olim yurak kasalliklari haqvda gapirarkan, avvalo bu a’zoda ham boshqa a’zolarda bo’lganidek uch turkum kasallik (mizoj bo’lishi, qurol kasalligi va jarohatlar) bo’lishini ko’rsatib, yurakning o’ziga xos juz’iy kasalligi borligini ham ta’kiddagan. Bularga xafaqon, yurakdan bo’ladigan behushlik, quvvatning to’satdan zaiflashuvi va yurakda bo’ladigan shishni kiritgan.

Ushbu holatlarning belgvdari, sabablari va davolash choralarini ko’rsatgan buyuk tabib yurak kasalliklarini davolashda foydalanadigan dorvdar haqvda «Yurak dorvdari» deb nomlangan maxsus risola ham yozib, unda xalq tabobatining yurakni davolash yo’lvdagi bir necha ming yillik tajribalari bilan o’z amaliyotini boyitgan va dunyo tabiblariga yo’l-yo’riq va maslahatlar bergan. Ushbu risola bugungi kuvda ham yurakni davolashda xalq tabobatining dasturil- amali hisoblanadi. davomi…  скачать

Uy sharoyitida Gipertoniya kasalligini davolash

 

40-50 g quritib maydalangan tok bargi  davomi…  скачать

Achchiq va shirin anor sharbatlaridan davomi…  скачать

Aloy sharbatidan 3 tomchisini davomi…  скачать

Andiz o’simligining quritib, maydalangan davomi…  скачать

Archa urug’i tolqonidan kuniga davomi…  скачать

Arslonquyruq o’tidan 2 choy qoshig’i ustiga davomi…  скачать

Asal, lavlagi va sabzi sharbatlaridan davomi…  скачать

Bir stakan qizil lavlagi sharbati davomi…  скачать

Choy zamburug’ining 7-8 kunlik davomi…  скачать

Do’lana guli va mevasidan bir osh qoshig’i davomi…  скачать

Dorivor valeriananing ildizi va ildizpoyasidan davomi…  скачать

Hayvonlarning yuragini xil-xil usulda davomi…  скачать

Kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqlavlagi davomi…  скачать

Limon yoki apelsindan bir donasini davomi…  скачать

Loviya qo’zoqlaridan 100 g, g’ozpanja davomi…  скачать

Og’ma sallagul (piongul) ildizidan 20 g davomi…  скачать

Piyoz sharbatidan 3 kg olib, unga 300 g asal davomi…  скачать

Qon bosimi yoki qand kasali davomi…  скачать

Qon bosimi yuqori bo’lgan kishi achchiq-chuchuk davomi…  скачать

Qon bosimi yuqori bo’lsa davomi…  скачать

Qon bosimi yuqori kishi do’lana davomi…  скачать

Qora smorodina (qorag’at)ning bargi davomi…  скачать

Quruq va maydalangan loviya davomi…  скачать

Sarimsoqdan 40 g olib davomi…  скачать

Sarimsoqning ezilganidan 100 g olib davomi…  скачать

Tog’ rayhonidan 100 g, zirk bargidan davomi…  скачать

Xalq tabobatida qon bosimi oshganlarga zirali davomi…  скачать

Xalqtabobati qon bosimi ko’tarilganda kiyiko’ti davomi…  скачать

Zirk mevasi kuniga 3 mahal davomi…  скачать

(Visited 894 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!