GIPERTONIYA davolash

GIPERTONIYaDA
Gipertoniya kasalligi – arterial qon bosimining oshishi bilan kechadigan xronik kasallik. Bunda arterial bosimning yuqori bo’lishi buyrak yoki endokrin bezlari kasalliklari oqibati bo’lmay, balki qon bosimini idora etilishining buzilishiga bog’liq bo’ladi.

Bu kasallik asab buzilishidan kelib chiqadigan xastalik. Odamning ruhan ezilishi, ko’ngliga og’ir botadigan kechinmalar bu dardning boshlanishiga turtki bo’ladi. Turli ta’sirotlar natijasida bosh miyaning tegishli qismlari doim qo’zg’algan holda bo’lib qoladi, miyadagi mana shu qo’zg’alish o’choqlari qon tomirlariga ta’sir ko’rsatib, ular tonusining to’g’ri idora etilishini buzadi, natijada arzimagan sababdan ham tomirlar tonusi o’zgarib, qon bosimi ko’tarilib turadigan bo’lib qoladi.

Bu holat borgan sari kuchayib, qon bosimi mudom yuqori darajada turadigan bo’ladi. Bundan tashqari, bosh og’rib, yurak o’ynashi, yurak sohasida ba’zan og’riq turishi, odam ensa qismida og’irlik sezishi mumkin. Keyinchalik bosh aylanib, g’uvillab turishi, qo’l-oyoq barmoqlari uvushib qolishi, ko’z oldi jimirlab turishi, uyqu buzilishi, tez charchash kabi alomatlar paydo bo’ladi.

Gipertoniya (qon bosimining ko’tarilishi) kasalligida . limon va limon sharbatidan kasallikning oldini olish, tomirlar tonusini me’yorlashtirish, qon bosimini tushirish uchun foydalanish tavsiya qilinadi. Qon
bosimini tushirish uchun tavsiya: 2 ta katta limon, 1 litr limon sharbati, 0,5 litr ma’danli suv oling. Po’stlog’idan tozalangan limonni qiymalagichdan o’tkazing, hosil bo’lgan bo’tqani limon sharbatiga qo’shib yaxshilab aralashtiring, ma’danli suvni ham qo’shing. Sharbatni 1 stakandan kuniga 3 mahal (birinchisini nahorga) choy o’rniga 10 kun davomida iching.

(Visited 2 174 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!