Gijja tushurish yo’llari davolash usullari haqida malumotlar to’plami
* Shirin anor ildizidan 20 misqolni (bir misqol — 4,25 grammga teng) sopol idishga solib, ustidan 4 kosa suv quyib qaynatiladi. Tayyor aralashmani yarim misqol qand bilan ichish (keyin hech narsa emaslik kerak) va 4-5 qadam yurish zarur, shunda urug’simon gijjalar tushadi.
* Agar har kuni ovqatdan oldin yarim stakan tuzlangan karam suvidan ichib turilsa, jigar va o’t pufagida joylashgan lyambliya turidagi gijjalar yo’qoladi. * Tarvuz urug’i tolqonidan kuniga 3 mahal yarim choy qoshiqtsan och holda iste’mol qilinsa, gijjalar tushadi.
Gijjani davolash
* Bo’yimodaron gulidan Abu Ali ibn Sino gijjalarga qarshi keng foydalangan. U o’simlik guli tolqonini quyuq damlab, dokadan suzib, bir yarim qoshiqtsan ichishni tavsiya qilgan. Agar uni och holda 3 mahal choy qilib yoki 6 kun 2 osh qoshiqtsan ichilsa ham gijjalar daf bo’ladi. Bu giyoh gijjalarga qarshi o’ta oson tayyorlanadigan va yaxshi shifo beradigan tabiat ne’mati hisoblanadi.
* Sano o’simligidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 10 daqiqa past olovda qaynatiladi. Sovigach, shu qaynatmadan och holda yarim stakandan ichilsa, gijjalar tushadi.
* Abujahl tarvuzi (achchiq tarvuz) suvini 3 mahal och holda ovqatdan 30 daqiqa oldin bir osh qoshiqtsan ichilsa, har qanday mayda va katta qurtlar tushadi.
* Abujahl tarvuzi etining suvi, sedana tolqoni va choy sodasidan 10 g dan olib, hammasi aralashtiriladi. Qoringa bog’lab qo’yilsa, katta-kichik gijjalar shu zahotiyoq tashqariga chiqib qocha boshlaydi.
* Yong’oq bargi yoki po’stini chaynab, suvi yutilsa, ichakdagi qurtlar ketadi.
* Yong’oq bargiga sabzi urug’ini teng miqtsorda qo’shib qaynatib, ovqatdan yarim soat oldin 3 mahal yarim stakandan ichilsa, gijjalar tushadi.
* G’o’ra yong’oqtsan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib, kuniga 4 mahal yarim stakandan ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi. Uzun gijjalar (solityorlar)ni ham tushiradi.
* G’o’ra yong’oqni maydalab, 4 osh qoshig’i ustiga ozroq namakobli bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kun davomida ichiladi. Ustidan tuzli surgi qabul qilinadi. Bu vosita dumaloq gijjalarga va solityorlarga qarshi samarali vosita hisoblanadi.
* Yong’oq mag’zi kuniga 3 mahal bir hafta davomida 50 grammdan eyilsa, tanadagi uzun gijjalarni o’ldirib chiqaradi.
* Anorning gijjalarga qarshi xususiyati qadim-qadimdan ma’lum bo’lib kelgan. Uning ildiz po’stlog’i va novdalaridan 50 g olib, ustiga yarim litr suv quyib, 15 daqiqa qaynatiladi. Sovigach, suzib olib, 2-3 soat ichida ichiladi. Tasmasimon gijjalarni yaxshi haydaydi.
* Qizil garmdoridan taom bilan doim iste’mol qilinsa, gijjalarning hamma turida foyda qiladi.
* Shaftoli bargidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib, kuniga 4 mahal yarim stakandan, ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.
* Shaftoli bargini ezib, suvi ichilsa, qorindagi qurtlarni o’ldiradi.
* Shaftolining ho’l bargidan olib, suviga paxtani to’yintirib, kindikka yopishtirib bog’lab yotilsa ham gijjalar o’lib tushadi.
* Sabzini qirg’ichdan o’tkazib, 3 osh qoshig’i ustiga bir stakan sut quyib qaynatiladi. Kuniga bir osh qoshig’i 3-4 mahal iste’mol qilinsa, gijjalar tushadi.
* Sabzi sharbatidan 30-40 ml olib, kunda bir mahal bir hafta huqna qilinadi.
* Sabzi urug’i tolqonidan yarim choy qoshiqdan iste’mol qilinsa, gijja haydashda yaxshi shifo bo’ladi.
* Sabzi urug’idan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 10 daqiqa damlab qo’yiladi. Kuniga nahorda bir osh qoshiqtsan ichiladi.
https://www.youtube.com/watch?v=oN70YhR_wvc
* Sabzining shakar yoki asal bilan aralashtirilgan sharbatidan kuniga 2 mahal bir-ikki osh qoshiqdan ichilsa, gijjalar tushadi.
Gijja tushurish yo’llari haqida
* Kanop yog’idan kuniga 2 mahal bir choy qoshiqdan non bilan iste’mol qilinsa, gijjalar tushadi.
* Ermon (achchiq shuvoq) o’tidan 3 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Kuniga 2 mahal — ertalab va kechqurun ovqatdan yarim soat oldin, bir stakandan ichiladi. Ustidan qirg’ichdan o’tkazilgan yarim stakan sabzi iste’mol qilinadi. Davolanish muddati — 10 kun.
* Ermon o’tidan 2 osh qoshig’i ustiga bir litr suv quyib, 5 daqiqa qaynatib, suzib olinadi. Kechqurun yotishdan bir soat oldin gijjalarga qarshi huqna qilinadi.
* Ermon o’tidan bir choy qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, yarim soat qo’yiladi. Kuniga 3 mahal yarim stakandan, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.
* Ermonning spirtli damlamasidan 20 tomchidan har kuni 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichish kerak.
* Echki va cho’chqa yog’ini ezilgan piyoz bilan qora nonga surtib iste’mol qilinsa, gijjalar tushadi.
* O’rtacha kattalikdagi bir dona piyoz ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir kecha qo’yiladi. Suzib olib, kuniga yarim stakandan 3-4 kun ichiladi.
* Bir dona o’rtacha piyozni maydalab, ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 12 soat tindirib qo’yiladi. Suzib olib, 4 kun davomida 2 mahal yarim stakandan ichiladi. Gijjalarning ostritsa va askaridalar turini yaxshi haydaydi.
* Oq qayin kurtaklaridan bir osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib, kuniga 4 mahal 50 g dan ovqatdan yarim soat oldin ichilsa, gijjalarning ostritsa va askarida turlarini haydab tushiradi.
* Limonning yangi uzilganidan bir bo’lakchadan har kuni 3 mahal, ovqatdan yarim soat oldin eyilsa, foyda qiladi.
* Dafna (lavr bargi)dan bir osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib, kuniga 50 grammdan 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.
* Qora zira urug’idan yarim choy qoshiqdan kuniga 3 mahal iste’mol qilinsa, gijjalarni tushiradi.
* Qora zira qaynatmasidan kuniga 3 mahal 5 kun yarim stakandan och holda ichilsa, gijjalarga ta’sir qiladi va ularni o’ldirib chiqaradi.