Gastrit, kolit, enterekolit
Zubturum barglaridan uzib olib, yaxshilab yuviladi va qiymalagichda maydalagandan so’ng sharbati siqib olinadi. Olingan sharbatning ta’mini yaxshilash maqsadida, unga ozgina asal qo’shib yuborish mumkin. Tayyor bo1ganidan so’ng kuniga 1 oshqoshikdan, ovqat iste’mol qilishdan 15 daqiqa avval, kuniga 3 mahal kabul qilinadi.
2 oshqoshik podorojnik (zubgurum) urug`laridan, ustiga 1 stakan suv quyib, 10 dakiqa davomida qaynatiladi. Tayyor bo1ganidan so’ng suzib olib, kuniga 1 oshqoshikdan kabul qilinadi.
1 oshqoshiq quritib maydalangan podorojnik (zubturum) ustiga 1 stakan qaynatilgan suv quyib 10-15 daqiqa tindiriladi, so’ng suzib olinadi. Tayyor bo1ganidan so’ng kuniga 3-4 marta ovqatdan 30 daqika avval 1 oshqoshiqdan qabul qilinadi.
10-15 gr podorojnik (zubturum) urug`lari ustiga 1 stakan kaynatilgan suv kuyib, kun bo’yi tindiriladi. Bir stakan tindirmani 1 martada, uyquga yotishdan avval ichib yuboriladi.
Gastrit
Barglarni kesib olib, yaxshilab yuviladi va qiymalagichdan o’tkazib, doka orkali sikib olinadi. Sharbatni 1-2 dakiqa qaynatib olinadi. Agar sharbat kuyuklashib ketsa, uni suv bilan 1:1 mikdorda aralashtirib olinadi. Tayyor bo1ganidan so’ng kuniga 4 marga 1 oshkoshikdan, ovkatdan 20 dakika avval kabul kilinadi.
O’tkir va surunkali gastritni davolash uchun katta podorojnik (zubturum) giyohidan kaynatilgan sharbagidan 1 oshkoshiq, kuniga 3 marta ovkatdan 20 daqika oldin qabul kilinadi. Shuningdek, podorojnik (zubturum)ning kuritilgan barglaridan tayyorlangan kaynatmani ichish mumkin: buning uchun 3 choyqoshik podorojnik (zubturum) barglarining ustiga 1 stakan kaynatilgan suv quyib, 6-8 soat davomida tindiriladi. Tayyor bo1ganidan so’ng kuniga 3 marta 1/3 stakandan, ovqat iste’mol qilishdan 30 dakiqa avval kabul kilinadi.