Foydali maslahatlar

Foydali maslahatlar
Emizikli ayollarga achchiq choy ichish tavsiya etilmaydi, chunki u ona sutini juda quyuqlashtirib va sermoyli qilib, kamaytirib yuboradi.

Uch yoshgacha bolalarga choy ichirish tavsiya etilmaydi.
3-9 yoshdagi bolalarga qaynoq suvga sut va asal solib ichish tavsiya etiladi.

O’sish davridagi 10-16 yoshli bolalar achchiq choy ichmasdan, kuchsiz yoki bo’sh choy ichish tavsiya etiladi.
Och qoringa va uyqudan oldin achchiq choy ichish tavsiya etilmaydi. Shuning uchun ertalab nonushtada qaynoq suvga sut yoki asal, meva sharbati, murabbo solib ichish ma’qul bo’lib, tushlik ovqatdan keyin choy, kechki ovqatdan keyin achchiq emas, kuchsiz yoki bo’sh choy ichish tavsiya etiladi.

Achchiq choy ichish ich qotishi, qabziyat, gastrit, o’tkir oshqozon-ichak. yara-chaqali, asabiy-ruqiy, o’tkir yurak-tomir, uyqusizlik kasalliklariga uchraganlarga tavsiya etilmaydi.

Shuni unutmangki, nevrit, podagra xastaligiga chalingan bemorlarga malina mevasini tanovul qilish tavsiya etilmapdi. Chunki unda purin moddasi bor. Shu bilan birga me’da va o’n ikki barmoqli ichak yarasi bor kishilar ham malina mevasini iste’mol qilishdan tiyilishi kerak.

(Visited 2 364 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!