Foydali maslahatlar SEVGI

Foydali maslahatlar SEVGI

Foydali maslahatlar SEVGI  O`zining keskin qarashlari bilan mashhur bo`lgan rossiyalik psixolog o`zining shunday qarashlari bilan juda ko`p oilalar va hayotlarni saqlab qolgan.

AdMe.ruuning maslahatlarini o`rganib chiqib ulardan eng yaxshilarini tanladi

SEVGISINI IZLAYOTGANLAR UCHUN

O`ziga kerak bo`lmagan inson hech kimga kerak emas.O`zini boricha qabul qiladigan, hayotidan lazzatlanishni biladigan inson esa hayot tashvishlariga qaramay go`zal hayot kechiradi

Agar siz erkak kishi bilan birinchi, ikkinchi, uchinchi uchrashuvda o`zingizni noqulay his etayotgan bo`lsangiz, to`rtinchisiga chiqmang.Ilk uchrashuvda erkak kishi o`zini yaxshi tomondan ko`rsatishga urunadi, agar u inson bilan o`zingizni noqulay his etayotgan bo`lsangiz, demak bu munosabatlardan yaxshi narsa chiqmaydi.

 

Yosh, omadli va go`zal ayollar go`yoki o`zlariga juda yuqori baho berganliklari sababli munosib juft topolmayotganlari aslida ularning munosabat qura olmasliklari yoki qo`rquv sababli bo`lishi mumkin.

Agar turmushga chiqmoqchi bo`lsangiz, bu haqda o`ylashni to`xtating. Sog`lom odamlarda vaziyat boshqacharoq. Birinchisi — ular sevishni istaydi. Ushbu talab bilan ular sevgan insonlarini topishadi va sevilishadi.

Uylangan erkaklar bilan hech qachon munosabat qurmang. Vaqtingizni zoe ketkazmang. Uylangan erkakka xotin kerakmas, uning uyida bitta xotini etarli.

 

MUNOSABAT QURIB BO`LGANLAR UChUN

Agar turmush qurmoqchi bo`lsangiz-u, birgalikda ancha vaqtdan beri uchrashib yurgan bo`lsangiz, ammo oila qurishga bormayotgan bo`lsangiz, juftingizdan so`rab ko`ring, unga oila kerakmikin.

Agar erkak kishi oila qurishga tayyor bo`lmasa, u bilan aloqani uzing.Yaxshilikcha albatta. Meni senga munosabatim yaxshi, ammo uzoqroq bo`lganimiz yaxshi.

Har qanday — yana bir bor ta`kidlayman — har qanday yillab uyda o`tirib, uy yumushlari bilan shug`ullanadigan ayol, tanazzulga yuz tutadiBundan qochib bo`lmaydi.Ohir oqibat erkak kishi bunday ayol bilan zerikadi va uni ahmoq deb hisoblay boshlaydi, u yog`i ajrimgacha ham uzoqmas. E`tibor bering: erkak kishi boshidan hech narsaga majburlamagan, ayolning o`zi chapak chalib, mamnuniyat bilan uyda o`tirishga qaror qilgan.

Agar u sizni asabiylashtirayotgan bo`lsashunchaki undan ajrashing.Bir o`zingiz qolishdan qo`rqmang. Hech qaysi erkak uning uchun o`zingizdan kechishingizga arzimaydi, o`z istaklaringizdan, vanihoyat o`zligingizdan voz kechmang. Hech kim uchun.

Hammasi oddiy: u bor — qanday bo`lsa shunday. Va siz bor — qanday bo`lsangiz shundayligingizcha. Sizlar o`zingizi birgalikda yaxshi his etasizyoki shunchaki bunday munosabatning keragi yo`q.Oila qurib, farzandlar ko`rib, ajrashgandan ko`ra, buni hozir amalga oshiring.

Ruhan sog`lom odam o`z hislarini asosiy o`ringa qo`yadi. Hech narsa o`zingizni qurbon qilishingizga arzimaydi. Agar talab qilayotgan bo`lsa, demak bu sizniki emas. Hech qanday maqsad uchun munosabatlarda o`zni qurbon qilish yaramaydi.

BARCHA UChUN

Bir umr xushomad qilolmaysiz, hafsala sovish hammasidan og`riqli, o`zingizni boringizcha ko`rsating.

O`zini sevishni bilmagan odam, boshqani ham sevolmaydi, shu sababli ulardan baxtli juftlik ham chiqmaydi.

Birinchi navbatda boshingizdagi o`y fikrlarni bir yoqli qiling. Ayol kishi «Men sevardim» deb aytsa, — bu sevgi haqida bo`lmaydi. Bu doim azobda yashagan inson haqida bo`ladi. Sog`lom sevgi — bu sen baxtliliging haqida.

Agar uning senga munosabati yoqmasa, unga bu haqda ayting. Agar hech narsa o`zgarmasa — hayrlashing.

Normal odam uni hurmat qilmaydigan odam bilan munosabatlarni davom ettirmaydi. Umuman olganda bunday inson bilan munosabatlar boshlanmaydi ham.

Har bir inson sevish va sevilishni istaydi. Ammo bu baxt hammaga ham nasib etavermaydi. Xo`sh, muammo nimada? Yaqin insonlaringiz bilan munosabatlarni yaxshilash va saqlab qolishning ruhshunoslar tomonidan tuzilgan qoidalari bu savolga javob berishda qo`l keladi.

1. Avvalo, ikkinchi yarmingiz munosabatlaringiz haqida qanday fikrda ekanini bilishingiz kerak. Axir o`zingizga nisbatan samimiy, ochiqko`ngil bo`lmagan insonga ko`ngil qo`yishni istamaysiz-ku?!

2. Bir-biringizga nisbatan o`zaro ishonch ortishi uchun hamisha to`g`riso`z bo`ling. Birgina yolg`on munosabatlardagi eng muhim jihat — ishonchni susaytirishi, keyinchalik turli gumonlarga sabab bo`lishi mumkin.

3. Juftingiz bilan bitta komanda bo`ling. Munosabatlaringiz uzoq davom etishi uchun bir maqsad sari intilishingiz kerak.

4. Sevgilingizni qaysidir jihatdagi kamchiliklari bilan birga, boricha qabul qilishni o`rganing. Er yuzida mukammal inson yo`q. Biz har xil bo`lganimiz uchun ham hayot qiziq. Agar juftingizning biror odati, qilig`i sizga ma`qul bo`lmasa, buni o`ziga ochiq ayting. Nega bunday qilishini uning o`zi tushuntirishiga imkon bering. Shundagina murosaga kelishingiz mumkin bo`ladi.

5. Muammolarni ular paydo bo`lgan zahoti hal qilishga kirishing. Agar echimni keyinga qoldiraversangiz, muammolar shiddatli oqimga aylanib, munosabatlaringizdan asar ham qoldirmaydi.

6. Juftingizni eshitishni o`rganing. Shunday qilsangiz, unga tayanch bo`la olishingizni his qiladi.

7. Bir-biringizga nisbatan qalban yaqinlik hissi ortib borishiga harakat qiling. Bu hech qachon o`zdan-o`zi yuzaga kelmaydi va shusiz insonlar bir-birini qiziqtirmay qo`yadi.

8. Kelajak rejalaringiz haqida gaplashing. Ammo nikohingizni hayotingizning qolgan qismini birga o`tkazish haqidagi «shartnoma»ga aylantirib qo`ymang.

9. Shaxsiy gigienangizga e`tiborli bo`ling. Uning munosabatlaringizdagi roliga ahamiyatsiz qaramang.

10. Agar qalbingizda salbiy hislar uyg`onsa, ulardan uxlashag yotguncha qutulishga harakat qiling.

11. Kechirim so`rashdan qo`rqmang. Har birimiz xato qilamiz va ularni tuzatishga qanchalik tez urinsak,bu shuncha yaxshi.

12. O`z hurmatingizni saqlang va qadringizni biling. Siz o`zingizni yaxshi ko`rsangiz, ikkinchi yarmingizga sizni yaxshi ko`rish oson bo`ladi.

13. Munosabatlaringizni yangi qiziqishlar bilan boyiting. Masalan, shu paytgacha ikkingiz ham shug`ullanmagan sport turi bilan mashg`ul bo`ling.

14. O`zaro hamkorlik qiling. Majburiyatlarni bo`lishib oling. Hamkorligingiz qanchalik haqqoniy bo`lsa, munosabatlaringiz ham shunchalik yaqin bo`ladi.

15. Salomatligingizga jiddiy e`tibor bering. Mustahkam sog`lik — har qanday munosabatlar muvaffaqiyati garovidir.

Manba» sherlar.net


(Visited 2 225 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!