Eritrotsitlar sistemasining patofiziologiyasi

Ma’ruza maksadi : Eritrotsitlar  sistemasining patofiziologiyasi, anemiyalar, klassifikatsiyasi va xar xil turlarining differentsiyalash tamoillari, postgemorragik anemiyalar patogenezi xaqida talabalarga melumot etkazish.

Qon sistemasi periferik qon , qon yaratuvchi va uni parchalovchi a’zolar hamda idora qiluvchi nerv-gumoral apparatdan tashkil topgan  bo’lib, organizmda tiriklikni saqlab turishda alohida muhim o’rinda turadi.

Periferik qon suyuq biriktiruvchi to’qima  bo’lib, organizmning hamma a’zolari bilan bevosita munosabatda  bo’lib, avvalo organizmning butunligini, tashqi muhit bilan doimo aloqada bo’lishini ta’minlaydi va shu bilan bir qatorda transport qilish yuli bilan qator funktsional jarayonlarda O2 va CO2 tashib turib, nafasda oziqa moddalarni etkazib berib, oziqlanishda chiqindi moddalarni chiqarib, ekskretsiyada, issiqlik energiyasini tarqatishda, suv almashinuvida, tegishli gumoral moddalar va hujayralarni tashib ximoya jarayonlarida, turli gormonlar va biologik faol moddalarni tashib berib, idora kilish, qatnishadi.aytilganlarga ko’ra qon patologiyasi juda muhim ahamiyatga ega.

Birinchidan  organizmning  har xil a’zolaridan ro’y beruvchi kasallik jarayonlarisqonda har doim ozmi-ko’pmi o’z aksini topib turli o’zgarishlarga olib kelsa ,

Ikkinchida birlamchi qon kasalliklari o’z oqibatlarini turli boshqa tizim va a’zolarda ko’rsatishlari mumkin.

Yana shuni aytish kerakki, qon sistemasining patalogiyasi boshqa sistemalar va a’zolar patalogiyasi bir xil sabablar natijasi bo’lishi mumkinligi tufayli qon patologiyasi juda murakab bo’lishi mumkin.

 

Qonning  umumiy  miqdorining  o’zgarishlari

Qon tana masasining 1G’13 qismini tashkil kilib, uning shundan 4G’5 qismi tsirkulyatsiyada qatnashadi. Tsirkulyatsiyadagi qonnig umumiy hajmi arterial qon bosimini saqlab turishda muhim ahamiyatga egadir. Ma’lumki, qon shakilli elementlar va plazmadan tashkil topgan  bo’lib, eritrotsitlarning umumiy hajmi, ya’ni gematokrit ko’rsatkichi erkaklarda o’rta hisob bilan 47%, ayollarda 42% tashkil qiladi.

 

 

 

Gipervolemiya

Gipervolemiya yaqin tsirkulyatsiyadagi qonning hajmininng ko’payishi 3 xil turga bo’linadi.

  1. Oddiy gipervolemiya – bunda qonning shakilli elementlari va suyuq qismininng ko’payishlari barobar, ya’ni normadagi munosabatlari saqlangan holda bo’lib, qonning gematokrit ko’rsatkichi o’zgarmaydi. Bunday gipervolemiya ko’pincha qisqa vaqt davom etib, masalan, qon quyganda quyilgan qon hisobiga yoki jismoniy ish bajarilganda depolardagi qonning jalb etilishida kuzatiladi.
  2. Politsitemik gipervolemiya – qonning shakilli elementlarininng ko’payishi bilan bog’lik bo’lib eritrotsitlarning ko’payishi (eritrotsitoz absolyut, haqiqiy) birlamchi yoki ikkilamchi bo’lishi mumkin. Ikkilamchi ko’payishi kompensator harakterda  bo’lib suyak ko’migininng turli kasalliklarida (yurak etishmovchiliklarida, o’pkaning surunkali kasalliklarida) yoki balanidlikda yashovchilarda uchraydi. Birlamchi eritemiya kasalligida kuzatiladi. Politsitemik gipervolemiyada gematokrit ko’rsatkichi normadan yuqori bo’ladi.

Oligotsitemik gipervolemiya – qonning suyuq qismininng ko’payishi (gidremiya) hisobiga  bo’lib, bunda gematokrit ko’rsatkichi pasaygan bo’ladi. Bu turdagi gipervolemiya ko’pincha shish bilan ko’zatiluvchi kasalliklarda shishdan qaytish davrida, buyrakninng ba’zi kasalliklarida siydik ajralishininng kamayishi sababli qonga turli suyuqliklar yuborganda (odatda qisqa vaqt) kuzatiladi.

 

                                        Gipovolemiya

 

Gipovolomiya deb tsirkulyatsiyadagi qon hajmining kamayishiga aytilib, bu uch xil bo’ladi.

  1. Oddiy gipovolemiya –bunda qonda shaklli elementlar bilan plazmaning kamayishi bir tarizda  bo’lib gematokrit ko’rsatgich normada bo’ladi.Oddiy gipovolemiya bir yo’la ko’p qon yo’qotilganda, organizm shok holatida bo’lganda (qoning ko’p qismi tsirkulyatsiyada qatnashmasligidan) ko’zatilishi mumkin.
  2. politsitemik gipovolemiya – qonning suyuq qismining kamayishidan kelib chiqib, suvsizlanishiga olib keluvchi holatlarda  (ko’p terlash, issiklash, tez tez ich ketish, qo’sish va x.k) kuzatiladi. Bunda gemotokrit ko’rsatgichi yuqori bo’ladi.
  3. Oligotsitemik gipovolemiya – qonning shaklli elementlarining kamayishi hisobiga bo’lib, asosan anemiyalarda ko’zatilib, bunda gemotokrit ko’rsatgich kamaygan bo’ladi.

 

Normovolemiya

Tsirkulyatsiyadagi qonning umumiy hajmi  o’zgarmay turib oligotsitemiya (eritrotsitlarning kamayishi) yoki politsitemiya (eritrotsitlarning ko’payishi) bo’lishi mumkin. Oligotsitemik normovolemiya qonning gemotokrit ko’rsatkichi kamaygan  bo’lib, bu odatda anemiyalarda kuzatiladi.

Politsitemik normovolemiya qon quyulganda gemotokrit ko’rsatkichning ko’tarilishi bilan harakterlanadi. Bunda eritrotsitlarning ko’payishi nisbatan eritrotsitoz deyiladi.

Qon massasining o’zgarishi ayniqsa qon yo’qotilganda ahamiyatlidir.

 

Qizil qon patologiyasi.

Qon to’g’risida fikr yuritilganda gemoimmun sistema (GIS) ham nazarda tutilishi kerak. Bu sistema qon yaratuvchi a’zolardagi mielopoz va limfopoz to’qimalari bilan tomirlardagi qon va limfa yig’indisi  bo’lib, uning asosiy vazifasi organizmda gomeostazni saqlashga qaratilgandir.

GIS uzluksiz qayta tiklanish davrlari.

  1. eng avval (embrional davrning 1- 2 – oyidanoq) eritrotsitlar va megakariotsitlar yaratiladi.
  2. 3 – oyda granulotsitlar hosil bo’ladi.
  3. 4 – oyda limfotsitlar va plazmotsit hujayralar vujudga keladi.
  4. embrional davrning 5 oyida monotsitlar – makrofaglar hosil bo’la boshlaydi.

Eritropoiz 3 davr ko’zatilib, eritrotsitlar avval megaloblastik va so’ngra normoblastik tiplardan rivojlanadilar.

1 – davrda (sarik qopchada) va 2 davrda (jigarda) megoloblastik tipda borib bunda eritropoetinga moyil hujayradan hosil bo’lgan. Eritroblastdan megoloblast va undan megolotsit hosil bo’ladi.

2 – davrda qisman va asosan 3 – davrdan boshlab (suyak ko’migi rivojlangandan so’ng, ya’ni mioloit davrdan boshlab) eritropoez normoblastik tipda va faqat ilikda boradi. Bunda eritroblastlardan normoblastlar va ulardan normal eritrotsitlar etiladilar.

Megaloblstik eritropoez normada faqat embrionda ko’zatilib, tug’ilgandan so’ng uchramaydi. Odamlarda megaloblastik eritropoez faqat ba’zi bir, odatda og’ir formadagi anemiyalarda kuzatiladi.

Ilikda hosil bo’lgan eritrotsitlar suyak ko’migidagi sinuslar devoridan diapedez usuli Bilan qon tomirlarga o’tadilar va  o’z vazifalarini o’taydilar.

Eritrotsitlar soni 4 – 5 -5×10 – 12G’l ga tengdir, ya’ni bir mkl qonda 4500000dan 5000000 gacha.

Kundalang kesim o’lchovi (diametri) – 6, 5 – 8, 5 mkm, (o’rtach – 7,2mkm).

O’rtcha hajmi 86,1mkm 3

Qalinligi – 2,1 mkm

Gemoglabin miqdori – 29 mk mkg

Eritrotsit shakli ikki yoqlama disksimon shaklda  bo’lib, bu tufayli hujayra sathi keng  bo’lib uning mumkin qadar ko’p kislorod biriktirishiga imkoniyat yaratadi.

 

 

 

Anemiya

Anemiya (kamqonlik) deb , ma’lum hajm birlikdagi qonda gemoglobin va eritrotsitlar miqdorining kamayisha va sifatiy o’zgarishiga aytiladi.

Anemiya har xil va ko’p sabablardan kelib chiqib , bunda birinchi navbatda qonning nafas funktsiyasi ya’ni to’qimalarga kislorod etkazib berish faoliyati buzilib, bunga sabab qonda faqat gemoglobin eritrotsitlarinng miqdorining kamayishi bo’lmay, ularning sifatiy o’zgarishlari ahamiyatlidir. Anemiyalarda qonda eritrotsitlarning turli patologik forma (shakl) lari  bo’lib, ular normal funktsional imkoniyatga ega bo’lmay, kislorod tashib berish qobiliyati past (ayrimlari gemoglobin kam tufayli kislorodni etarli miqdorda biriktirmaydi, boshqalari masalan , yosh ayniqsa yadrosi eritrotsitlar bir tomondan kislorodni kam biriktirsa, 2 chidan kislorodni o’zlarining hayoti uchun sarflaydilar (etilgan eritrotsitlar biriktirgan kislorodni o’zlari uchun sarflaydilar). Turli sharoitlarga chidamsiz va yashash davrlari qisqa va boshqa belgilari bilan tavsiflanadilar.

 

 

Postgemorragik anemiya.

Postgemorragik  anemiya o’tkirva surunkali bo’lishi mumkin. O’tkir postgemorragik anemiya turli sabablarga ko’ra (travma – shikastlanish , operatsiyalardan so’ng , patologik ko’z yorishlarda , gemofiliya v ax k) bir yo’la ko’p qon yo’qotish oqibatida ro’y beradi. Qon yo’qotilgandan so’ng 24-48 soat davomida gemogrammada deyarli ko’zga tashlanuvchi o’zgarishlar ko’zatilmaydi. Bunda qonning faqat umumiy hajmikamayib, uning o’lchov birligida eritrotsitlar soni, gemoglobin miqdori ko’rsatgichi va gemotokrit ko’rsatkichi normada bo’lishi mumkin. Qon surtmasida normatsitoz, normoxromiya, kuzatiladi. Keyinchalik (1-2 kun o’tgach) yo’qotilgan qon hajmi o’rni to’qimalardan o’tuvchi suyuqlik hisobiga to’ldirilib qon suyuladi, uning o’lchov birligda eritrotsitlar va gemoglobin miqdori kamayadi, lekin qonning rang ko’rsatgichi o’zgrmaydi. 3-4 kundan so’ng retikulotsitlar soni orta borib, ularning ko’payish cho’qqisi haftaning oxirgi kunlariga to’g’ri kelib bunda yadroli eritrotsitlar ham ko’rinishi mumkin. Endi yosh eritrotsitlar hisobiga qonning rang ko’rstkichi biroz kamayishi mumkin. Suyak ko’migi qil tomirlarga nihoyatda boy to’qima  bo’lib ular sfinkterlar Bilan ta’minlangandir. Eritropoez ma’lum muddatda davom etib eritrotsitlar voyaga etguncha qil tomirlar sfinkteri berk bo’ladi. Eritrotsitlar etilgan vaqtda sfinkterlar bo’shashib hujayralar umumiy qon okimiga o’tadilar. Regeniratsiya kuchayganda ko’mikda doimo yosh hujayralar bo’lgani tufayli qil tomir sfinkterning bo’shashi hujayralarni ham etilmagan davriga to’g’ri kelib hujayralar qonga o’tadilar. Demak o’tkir postgemorragik anemiya giperregenerator anemiya hisoblanidi. Unda eritropoez bilan birga leykopoez ham kuchayadi. (neytrofiliya). Trombopoez ham kuchayishi mumkin.

 

Surunkali postgemorragik anemiya.

Surunkali postgemorragik anemiya turli surunkali (masalan 12 barmoq ichak yaralari, ayollard qon ketishi bilan kechadigan kasalliklar, gemorragik diatezlar va b k ) qon ketishi bilan kuzatiladigan kasalliklarda ko’ztiladi. O’tkir anemiyadan farqi , birinchi navbatda bunda qonning rang ko’rsatgichining past bo’lishidir, chunki surunkali qon ketishi organizmda asta sekin temirning etishmovchiligiga olib keladi. Qon surtmasida gipoxromiya, poykilotsitoz, anizotsigoz mikrotsigoz ko’riladi. Trombotsitozlar soni meyorida yoki biroz kam bo’ladi. Leykotsitlar soni kam, nisbiy leykotsitoz kuzatiladi. Qon yo’qotish vaqtlarida biroz retikulotsitoz leykotsitoz (vaqtincha ) ko’zatilishi mumkin.

(Visited 2 323 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!