CHIMILDIQDAGI HAYAJON

CHIMILDIQDAGI HAYAJON

Chimildiqdagi hayajon Ilk oqshom oldidan ikki yoshda ham hayajon, qo’rquv bo’lishi turgan gap. Hatto, ko’pgina qizlar bilan gasht surgan yigit ham, bu kechada o’zini anchayin uquvsiz sezishi turgan gap.

 

Ushbu maqolada siz ilk oqshom uning kelin va kuyov bog’liq tomonlari va kuyovga maslahatlar bilan tanishasiz. Hozirgi kunda birinchi nikoh kechasida har o’nta yosh oilaning ikki nafari qovushish baxtidan bebahra qolmoqda.

 

Buning sabablarini qiz va yigitdan axtarish mumkin. Birinchi nikoh kechasi, hatto eng manaman, degan ko’pgina qizlar bilan yurgan va gashtini surgan yigitlar ham nikohning dastlabki kechasida «o’zlarini tamomila yo’qotib qo’yishadi».

 

Xo’sh, ba’zi kelin-kuyovlar birinchi nikoh kechasida nima uchun qovusha olmaydilar? Yuqorida aytganimdek, buning javobini yigit va qizdan axtarish kerak: Yigitlardagi sabablar: – Balki yigit ayol kishining ruhiyatini tushunmas, uni erita olmas, shu ham sabab bo’lishi  mumkin. (ba’zida bu sabab eng asosiy bo’ladi) –

 

Jinsiy aloqani murakkab, uddalash qiyin bo’lgan ish deb  hisoblash – Yigit jinsiy aloqaga jismoniy jihatdan tayyor bo’lmasligi mumkin (masalan: to’y shovqin suronidan charchagan yigit dastlabki kechada uxlashni ma’qul ko’radi) –

 

Yigit jufti xaloli bilan birga bo’lishdan avval, ko’pgina fohishalarning huzurini ko’rgan, ulardan kasal orttirib bepusht bo’lgan bo’lsa Qizlardagi sabablar: – Jinsiy aloqaga tayyor emaslik, buni gunoh, jirkanch ish deb tushunish –

 

Chimildiqda kuyovga qarshilik ko’rsatish, jahldor bo’lish, yigitni itarib yuborish, oyoqlarini qisib olish (bu sabab, asosiy hisoblanadi , zero bu narsa yigitning ishtiyoqini so’ndirib, jinsiy ojizlikka olib boradi) – to’ydan oldin, yangalar, erga tekkan dugonalarning qo’rqitishlari (birinchi kecha og’riqli bo’lishi haqida)

 

Kuyovga maslahatlar – Avvalo o’zingizni qo’lga oling. – Maqsad tezroq jiniy aloqa qilib, qizlik pardasini yirtish emas, (bu ishingizdan kelin bolaning ko’ngli xira tortib, jinsiy aloqaga nisbatan qiziqishi uyg’onmasligi va keyinchalik sizga bo’lgan intilishi so’nishi mumkin). – Dastlabki jinsiy aloqadan so’ng 2 kun o’tgach, bu ishga yana kirishish mumkin…!!!

(Visited 7 285 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!