CHIMILDIQDA ETIBOR BERILADIGAN NARSALAR

CHIMILDIQDA ETIBOR BERILADIGAN NARSALAR

Chimildiqda etibor beriladigan narsalar Jinsiy aloqaning ayrim turlarida sihatga salbiy ta’sir etuvchi jihatlar borligi asoslimi? Sh. G’arb mamlakatlarida nashr etilayotgan qator kitoblar shuhrat orttirish maqsadida jinsiy aloqaning yuzlab turlarini targ’ib etayotirlar.

Jumladan, Chimildiqda jinsiy aloqada shahvatni uzoq vaqt to’kmasdan, bo’lib-bo’lib amalga oshirishning xosiyatlari haqida ham ko’p gapirilmoqda.

 

Chimildiqda Jinsiy aloqa ayol kishining ust tomonda bo’lgan holatda amalga oshirilganda hamda aloqa muddatini uzaytirish maqsadida jimo bo’lib-bo’lib qilinganda erlik — prostata bezining to’liq bo’shanmasligi natijasida avval yallig’lanishga, so’ngra mizoj sustligiga olib kelishi tabobatda allaqachon isbotlangan.

 

O’tmish hakimi Jolinus, bu borada shunday degan: «Oyoq uzra turib yaqinlik qilish ko’p illatlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.

 

Yana yonbosh bilan yotib aloqa qilinsa, buyrak illati urug’ning xom tushishiga bois bo’ladi. Yana ayolni qorni bilan erga yotqizib qo’shilish chovning og’rishi, qovuq toshining paydo bo’lishiga olib keladi». «Tib qonunlari»da hikoya qilinishicha:

 

«Jinsiy aloqaning birmuncha yomon shakllari bor, masalan xotin erning ustiga chiqishi — bu aloqaning zararli shaklidir, chunki bunda urug’ning shiddat bilan otilishi natijasida dabba bo’lish, moyak ko’pchishi, olat teshigi va qovuqning yaralanish xavfi bor. Bunda urug’ chiqazuv yo’liga ayol vujudidan zararli va yuqumli narsa tushishi ham mumkin».

(Visited 2 127 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH