CHIMILDIQ UNING MOHIYATI NIMADA?
Chimildiq uning mohiyati nimada? Tabiatan jinsiy aloqa erkak uchun jismoniy ehtiyojdir. Erkakning gormonal vajismoniy holatiga bog’liq ravishda bu ehtiyoj kuchli, normal va sust bo’lishi mumkin.
Agar hayvonot olamida jinsiy aloqa nasl qoldirish uchun ro’y bersa, insoniyatda jismoniy lazzatlanish va ruhiy qoniqish uchun ham amalga oshiriladi. Erkak uchun har bir aloqa orgazm bilan yakunlanadi.
Ayoldan farqli o’laroq erkakda u aloqaning oxiridagina namoyon bo’ladi. Ayolda esa butun jarayon hissiyotga boy bo’lishi mumkin.
Aynan mana shu farq erkakni aloqadan ruhiy qoniqishi shart ekanligini ko’rsatadi. Bu nima degani?
Ayol har safar ham aloqadan lazzatlana olmaydi. Buning uchun uning va erining bunga qo’shgan
hissasi bo’lishi kerak.
Erkak orgazmi uchun esa aloqani yakunlashdan boshqa hech qanday qo’shimcha harakat talab etilmaydi. Ya’ni yonida qanday ayol bo’lmasin, go’zalmi yo’qmi, mahorati bormi mahoratsizmi, erkak baribir aloqa natijasida jismonan qoniqadi. Lekin qoniqmagandek bo’ladi.
Nega? Chunki unga ruhiy qoniqish ham kerak. Jismoniy qoniqish unga yetarli emas, ayolga ham erkakka ham jinsiy aloqadan ruhiy qoniqish talab etiladi. Aynan shu ruhiy qoniqishni o’z ayolida topa olmagan erkak boshqa jinsiy munosabatlardan qoniqmay yashaydi. Ruhiy qoniqishni erkakka nima beradi?
Ayoli! Aloqa davomida erkak ruhan qoniqishi uchun ayolining mahorati, go’zalligi, kelishganligi
hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Ayolining jinsiy aloqadan lazzatlana olishi qobiliyatidan erkak ruhiy qoniqadi, o’z erkakligiga, kuchiga ishonch hosil qila oladi.
Bu ishonchni bera olmagan ayol eriga ruhiy qoniqishni hech qachon bera olmaydi. Go’zal ayolini tashlab ketgan erkakni ko’rib ba’zida hayron qolamiz. «Unga nima yetishmagan edi», deymiz. Agar boshqa ayolga erkakning ketishiga sabab ayan jinsiy munosabatlar bo’lsa, u holda erkak o’sha go’zal ayoli bilan bo’lganida ruhiy qoniqa olmaganini sabab qilishimiz mumkin.
Erkak qancha qo’pol, kuchli. jahldor bo’lmasin, agar jinsiy aloqada ojiz bo’lsa, u sinadi. Demakki, jinsiy aloqa erkakka kuch beradi, o’ziga ishonch uyg’otadi. Ayoliga cheksiz lazzat keltira olgan erkakning o’ziga bo’lgan ishonchi esa yanada ortadi. Bu degani ayol eriga ishonch berish uchun lazzatlanishini sun’iy ravishda izhor etish kerak emas albatta, bu bilan u maqsadiga erishmaydi.
Ayol haqiqattan eri bilan bo’lgan aloqani sevib qolishi kerak. Bu aloqa u uchun sifatli va yoqimli bo’lishiga eriga ham yordam berishi kerak. Unga nima yoqish yoqmasligi haqida gapira olib, erini kerakli munosabatga unday olishi lozim. Buning natijasida, ayolini o’zidan, aloqadan chinakam lazzatlanayotganini ko’rgan erkak, ruhan qoniqadi.
Lekin aloqani faqat jismoniy ehtiyojini qondirish uchun qilayotgan erkak, xotiniga nimadur yetishmayotganini his qilib yuradi. Aybni o’zida emas, jinsiy aloqada ham emas, munosabatlarda qidira boshlaydi. Insonni hayvondan farqi ongi borligidadir.
Hatto jinsiy aloqada ham uning ongi ishtirok etadi. Mana shu ong erkakka jismoniy lazzatlanish yetarli emasligini ko’rsatib turadi. Erkakda jinsiy qoniqish(orgazm), yuqorida ta’kidlaganimizdek mahorat, tajriba yoki boshqa faktorlardan qat’iy nazar jinsiy aloqadan so’ng yuzaga keladi.
To’g’ri, ba’zi erkaklar ham aloqa jarayonida ayolining mahoratini talab qilishi mumkin, bu shunchaki aloqani go’zllashtirish, qiziqarliroq bo’lishi usulidir. Muhimi bu emas, chunki aloqa qanday davom etmasin, uning yakuni erkakning jinsiy munosabatga bo’lgan ehtiyojni butunlay so’ndiradi.
Ya’ni uning hech qanday jismoniy hissiyotga ehtiyoji qolmaydi. Lekin ruhiy qoniqish bunda sodir bo’lmasligi erkakni odatda asabiy, befarq yoki ayoli va uning ishida ayb qidiradigan qilib qo’yadi. Yonida aloqani sevadigan, undan to’liq lazzatlana oladigan ehtirosli ayolni ko’rayotgan erkakgina u ayol bilan jinsiy munosabatda ruhiy qoniqa oladi.