CHEKISHGA QARSHI DAVOLASH ISHLARI NIMALARDAN IBORAT BO’LISHI KERAK
Ushbu masala ya’ni chekishga qarshi davolashni uyushtirish masalalari ancha
murakkab ishlardan hisoblanadi. Chunki nikotinga o’rganib qolishlik ham haqiqiy
narkomanlik – bangiliklardan biri hisoblanadi, G.P.Andrux (1977) nikotin
narkomaniyasini 3 davrga bo’ladi. (turmush tarzi, odatlanish, qaram bo’lib qolishlik):
I.Davr tartibsiz chekish (bir kunda 5 ta sigareta chekish), chekish to’xtatilgach
chekuvchining betoqatliligi. Bu davrda nikotin «Abstinentsiya»si bo’lmaydi.
II.Davr muntazam chekishlik (kuniga 5-15 ta chekish), qisman jismoniy
qaramlik, «Tolerantlilik»ning oshishi, biroz abstinentsiya holati, ichki
a’zolarda ayrim oqsashliklar. Chekish to’xtatilsa hammasi yo’qola boradi.
III.Davr-tolerantlilik yuqori darajaga etadi, abstinentsiya sindromi og’ir kechadi,
jismoniy qaramlik, undan qutilishlikning qiyinligi (kuniga 1-1,5 pachka
chekish), nahorga chekish, ovqat eb bo’lish bilan va kechasi chekishlik. Ayrim
a’zolarda o’zgarishlar, nerv tizimida ham faoliyatning pasayishi kuzatiladi.
P.Andrux (1979) dori vositalarini ta’sir mexanizmiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi:
1. O’rinbosar terapiya – ushbu davolashning mazmuni nikotinga o’xshash
ta’sir etuvchi, uni o’rnini bosadigan preparatlardan foydalanishdir. Masalan – lobelin,
tsititon, pilokarpin, tabeks, anabazin, vitaminlardan V- guruh vitaminlari, vitamin –
S, glyutamin kislota kabilar.
Ushbu preparatlar vegetativ nerv tizimiga ta’sir etib, nikotinga talabni,
chekishga bo’lgan xavasni kamaytiradi. Ana shu maqsadda «chaynaydigan
rezina»dan ham foydalaniladi.
2. Simptomatik terapiya – bunda uyqu dorilar, og’riq qoldiruvchi,
tinchlantiruvchi (valeriana, sibazon va boshqa preparatlar). Vositalardan qo’llanadi.
Ular chekuvchilardagi ruhiy buzilishliklarni bartaraf etadi.
3. Aversion terapiya – ya’ni chekishga qarshi preparatlar shartli refleks hosil
qilish yordamida bilan davolash usulidir. Ular quyidagi preparatlardir: lyapis, kumush
preparati, tannin eritmasi, glitserin, kollargol,apomorfin, emetin, termopsis o’ti, ruh
nitrat, mis nitrat kabilar. Masalan, 0,5%li lyapis eritmasi bilan og’izni chayilsa
nikotinga (chekishga) nisbatan jirkanish yomon ko’rib qolishlik paydo bo’ladi.
Boshqa preparatlar ham shunday ta’sir etadi.
TAMAKI CHEKISHGA QARSHI QANDAY CHORA-TADBIRLAR KO’RILGAN
Ushbu savolga avvalo «chekishni tashlash mumkinmi?» degan gaplarga «Ha,
albatta mumkin» degan javobni baralla aytish lozim. Yana shuni ham aytish kerakki,
agarda chekuvchi kishi o’z ixtiyori bilan qat’iy ravishda, jon dili bilan, o’z irodasini
ishga solib, astoydil xarakat qilmas ekan hech qanday chora-tadbirlar, davolash va
davolanishlar foyda bermaydi. Bunday zararli odatni har qanday kishi bemalol tark
etishi mumkin. Buning uchun har bir chekuvchi o’z xohishini ishga solishi kerak.
Buning uchun avvalo papiro’sni oxirigacha chekmaslikdan boshlash va qat’iylikni
ohirigacha etkazish kerak.
Olamga mashhur bo’lgan fiziolog-akademik I.P.Pavlovdan, unga havas bilan
qarab, so’rashganida «AGARDA SIZ TITsIAN KABI UZOQ UMR KO’RIShNI
XOHLASANGIZ VINO IChMANG, YuRAGINGIZNI TAMAKI BILAN
QAQShATMANG, O’Z NIYaTINGIZGA ETASIZ» degan javobni bergan.
Chekishga qarshi kurashlar avvaldan hozirgi kungacha ham turli ko’rinishlarda
davlat miqyosida olib borilmoqda. Masalan, 1918 yilda N.A.Semashko (sobiq SSSR
davridagi birinchi xalq sog’liqni saqlash komissari) maqolalar yozish va amaliy ishlar
bilan boshlagan.
1975 yilda sobiq SSSRda sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan «Chekishning
zarari haqida tashviqot ishlarini kuchaytirish» degan tsirkulyar xati chiqarilib
mamlakat bo’ylab tarqatildi. Shuningdek «Xalq va sog’liqni saqlash xodimlari
orasida chekishga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqarish» nomli Davlat qarori
chiqdi. Jamoatchilik orasida, tashkilotlarda, transportlarda davolash muassasalarida,
restoran va boshqa jamoatchilik joylarida chekish taqiqlandi.
1976 yilda «Chekish va uning salomatlikka ta’siri» degan temada VOZning
ekspert Qo’mitasida doklad qilindi. 1979 yili Stokgolmda ushbu masalada
Umumjahon Konferentsiyasi o’tkazildi.
Shuningdek, 1983 yilda Kanadadagi Vinnipech shahrida xalqaro 5-
konferentsiya o’tkazilib, unda 79 ta mamlakatlardan 1000ta vakillar qatnashdi.
AQShda papiro’s pachkasiga kalla suyagi va suyaklarni ikkisimon rasmi
chizilib, chekishning zararli ekani yozib qo’yiladi. Frantsiyada jamoatchilik joylarda
chekkan kishiga katta jarima solinadi. Angliyada jamoatchilik oldida chekish hamda
tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish reklamalariga ruxsat etilmaydi.
Bizning Respublikamizda ham bunday ishlar borgan sari kuchaytirilmoqda.
Lekin, eng ahamiyatlisi ushbu muammolarni hal qilishda mo’’min-musulmonlar
orasida va ayniqsa islom ta’limotida olib boriladigan tashviqot-targ’ibot ishlariga
teng keladigan kuch bo’lmasa kerak, deb baralla ayta olamiz.
Shunday ekan chekishga qarshi olib boriladigan chora-tadbirlar quyidagicha
bo’lishi kerak:
1. chekishni oldini olishdagi profilaktik ishlarni bolalikdan boshlash;
2. chekuvchilarga chekishning zarari haqida ma’ruzalar, suhbatlar orqali
tushuntirish;
3. tamaki tutunining zararli ta’sirlarini kamaytirish:
4. chekmaydiganlar uchun passiv chekishlikning ta’sirini kamaytirish:
5. radio, televidenie, matbuotlar orqali chekishning zararli oqibatlarini
tashviqot-targ’ibot ishlarini muntazam ravishda olib borish:
Savol: Chekishga qarshi qanday qonun-qoidalar bor?
Javob: Ha albatta, juda o’rinli savol. Bu haqda juda aniq javob berish mumkin,
masalan, qonun kitobining VII bobi, 55-56-58-statyalari, (29-30betlar) ana shu
masalalarga bag’ishlangan.
Jumladan, 55 statyada esa O’zbekiston Respublikasi fuqarolari chet eldan
kelgan shaxslar va grajdanlik guvoxnomasiga ega bo’lmagan barcha shaxslarning
ushbu qonunga rioya qilishligi va shaxsiy javobgarliklari belgilab qo’yilgan, 58-
statya ushbu qonunni bajarilishiga bajarilishini nazorat qilishlikka qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasining Bosh prokurori hamda uning yordamchilari
tomonidan Qonunni bajarilishini nazorat qilishlik Davlatimiz rahbarlari tomonidan
ularga topshirilgan (Qonun 30-bet). Yuqoridagi qayd qilingan ma’lumotlar asosida,
inson salomatligini yaxshilash va farovon turmushga intilish maqsadida, barcha
millatlar uchun insoniyat uchun hayotdagi eng zararli odatlardan biri bo’lgan
chekishga qarshi chora-tadbirlar hamma va hammamizning muhim vazifalarimizdan
biri hisoblanadi.
Tarixiy ma’nbalarga ko’ra tamaki chekishning foydasi emas, balki
uning organizm uchun, insoniyat uchun zararli ekani aniqlangach Ovrupodagi bir
qancha mamlakatlarda tamaki chekishga qarshi nafaqat og’ir jazolar qo’llashgina
emas, xatto o’lim jazosini qo’llashgacha borishgan. Masalan, Rossiya Romanovlar
podshoxligida tamaki chekkan kishiga o’lim jazosi qo’llanilgan va mol mulki
musodara qilingan. Keyinchalik Aleksey Mixayl podshoxligi «qamchi bilan
savalash»,savdogarlarning «burnini kesish» buyurilgan.
Ma’lumingizkim, Butun Jahon Sog’liqni saqlash tashkilotining (VOZning)
ko’p yillik statistik ma’lumotlariga ko’ra, dunyo bo’yicha eng muhim va eng birinchi
o’rinda chekish va uning inson sog’lig’iga zararli, ekanligi keyingi 15-20 yillardan
beri xar yili qayd etib kelinmoqda. Ushbu gapda xech qanday mubolaga o’rin yo’q va
u ayni xaqiqatdir!
Chekishga qarshi kurash masalasining nihoyatda olamshumul ahamiyati
borligini insoniyat uchun, uning sog’lig’i va hayot tarzi uchun eng katta zararli
ekannini hisobga olib Jaxon Sog’liqni saqlash tashkiloti (VOZ) o’zining 1970 yildagi
45-sesiyasida asosiy masala qilib qo’ydi va bu ishda sog’liqni saqlash bilan
shug’ullanadigan birorta tashkilot qolmasligi haqida qaror qabul qilindi.
Chekishdan kelib chiqadigan zarar shu qadar kattaki, unga qarshi kurashish eng
muhim ijtimoiy vazifa ekanligi o’qtirib o’tildi. Shuning uchun bu ish bilan faqat
sog’liqni saqlash organlari emas, balki barcha xalq kurashishi xaqida qaror qabul
qilindi va bu ish ikki yo’nalishda olib borilishi belgilandi:
Birinchisi – chekishga o’rganishning oldini olib borilishi.
Ikkinchisi – chekishga o’rganib qolganlarga chekishni tashlatish.
Natijada ushbu yo’nalishlar bo’yicha ko’pchilik mamlakatlarda, turli xil
shakllarda tashviqot va targ’ibot ishlari keng ko’lamda boshlab yuborildi. Chekishga
qarshi profilaktika ishlari juda ko’p mamlakatlarda olib borilgan.
Adabiyotlardan ma’lumki, Tokioda bo’lib o’tgan IX rakka qarshi xalqaro
konferentsiyada chekishga qarshi kurash bo’yicha turli mamlakatlarda tashkil
etilayotgan kompaniyalarning samaradorligi xaqida xabarlar berildi.
Rossiya, Italiya, Islandiya, Frantsiya va Shvetsiyada sigaretalarni telvideniyada
reklama qilish man etilgan. Finlandiyada sigaretalarni radio va televideniyada faqat
kechqurun soat 9 dan keyin reklama qilishga ruxsat etilgan. Germaniyada esa soat
7dan keyin, Kanadada esa kechqurun soat 9gacha ruxsat etilgan. Boshqa qator
mamlakatlarda sigaretalarni reklama qilishlik hamda chekishga qarshi turli xil
usullarni ishlata boshlaganlar.
Rossiya va AQShda chekishga qarshi profilaktika maqsadida ko’p yillar
mobaynida turli shakllarda targ’ibot va tashviqot ishlari olib borilgan va hozirgi
kunda ham bunday ishlar davom etmoqda.
Shvetsariyada chekishga qarshi kurash bo’yicha o’tkazilgan tajriba ishlari
natijasida ma’lum bo’ldiki kashandalarning 40-60 foizi chekishni xech qanday
kiyinchiliksiz tashlangan ekanlar.
AQShda o’tkazilgan tajribalar asosida olimlar quyidagi fikrlarni bayon qildilar:
1. Har bir chekuvchi bir kecha-kunduzda qancha sigaret chekayotganini qat’iy
hisob-kitob qilib, iloji boricha kundan-kunga chekilayotgan sigareta sonini
kamaytirib borishlikni lozim topishgan.
2. Chekkanda shoshmasdan chekishlik, tez-tez va chuqur-chuqur tortib
chekish, shoshilib uzoq va chuqur chekishlarga barham berishlik.
3. Sigaretani oxirigacha chekmaslik, chunki unda zararli moddalarning ko’pi
turubkacha oxirida bo’ladi.
4. Iloji boricha turubkasini uzun, tamakisi yaxshi tozalangan papiruslardan
chekish kerak, chunki antinikotin filtirlar nikotinni taxminan 50% ushlab qolishi
mumkin, oddiy qog’ozlarning kuchi 20 foizgacha etadi.
Olmoniyada chekishga qarshi «Lobesil» preparati (Berlinda ishlab chiqarilgan)
davolash maqsadida qo’llanilgan. Bu pereparatlarning ta’sir qilish printsipi birxil.
Sababi ular ta’sirining o’zaro o’xshashligi organizmda chekishga bo’lgan extiyojni
kamaytiradi. Bu dorilarning zaharliligi nikotinga qaraganda ancha kam, ularni
qo’llashlik muvaffaqiyat bilan tugagan. Kabinetga (maslaxatxonaga) murojaat
qilinganlarning ko’pchiligi chekishni tashlagan. Ushbu preparatni qabul qilgan odam
ko’pchilik hollarda uni icha boshlagan.
Bunda dastlabki kunlarda chekishni ko’ngli tusamay qoladi. Tabletka kuniga 4-
5 mahal ovqatlanishdan oldin ichiladi. Davolash muddati 7-10 kun. Zarur bo’lsa
keyinchalik yana 2-4 xafta qabul qilib, so’ngra sekin-asta tabletkalar ichish sonini
kamaytirib borish kerak. Yurak tomir tizimida keskin o’zgarishlar bor bo’lgan kishi
lobesilni ichmasligi kerak.
Yugoslaviyada «Kuzminovich tabletkasi» – tabeks chiqarilgan. Ta’siri
lobesil tabletkasiga o’xshashdir. Tabeks tabletkasi quydagi sxema bo’yicha
qo’llaniladi:
Birinchi 3 kunda, 6 tabletkadan (xar ikki soatda bir tabletkadan), so’ngra sekin
asta kamaytirib borib, 25chi kuni bir tabletkaga tushiriladi.
Uning tarkibida nikotinning tuzilishiga o’xshash «tsitizin» alkaloidi bo’lib
nikotinga o’xshash ta’sir etadi. Lekin nikotinga o’xshash zaxarli emas. Uni
qo’llanilganda nerv hujayralarini «aldab» nikotinga nisbatan talabni kamaytiradi.
«Anabazin gidroxlorid» tabletkasi ham nikotinga, ko’proq tsitizinga o’xshash
ta’sir etadi. U «Anabazis afilla» o’simligidan olinadi, qishloq xo’jalik
zararkunandalariga qarshi qo’llaniladi. Unga ishlov beriladi, zaharliligi kamayadi.
Uning ta’siri ham xuddi yuqoridagidek «aldashdan» iborat. 15-20 kun qo’llanilganda
(sxemasi bo’yicha) chekishdan voz kechish sezilarli darajada bo’ladi.
«Benzedrin» preparati ham lobesil kabi ta’sir etadi. Nikotinga talabni
kamaytiradi.
Sedativ, tinchlantiruvchi – tranklivizator pereparatlari (borm preparati,
voleriana, nozepam va boshqalar) kishiga tinchlantiruvchi ta’sir qiladi.
Ular qo’shimcha preparatlar hisobida qo’llaniladi.
Ayrim hollarda og’izni mis kuporosi eritmasi, protargol, kollargol tannin
kabilar bilan chayish ham yaxshi natija bergani qayd etilgan.
Adabiyotlarda, igna sanchish (refleksoterapiya), gipnoz qilish yo’li
(psixoterapiya) bilan davolashlar ham ma’lum darajada chekishdan qaytarish haqida
so’z boradi.
Sport bilan shug’ullanish va bunda chekishdan voz kechish eng yaxshi
odatlardan hisoblanadi. Axir, mashhur bokschilar, xokkeychi Anatoliy Firsov,
dunyoga mashhur Pele va Eysebiolarning muvaffaqiyatlariga ularning chekmasliklari
ham yordam bergan-ku!
1991 yildan AQShda transdermal, ya’ni teri ostiga tikib qo’yiladigan dori
vositalari qo’llanila boshlandi. Natijada dori vositasi sekinlik bilan organizmga
so’rilib, uzoq muddat ta’sir qiladi.
Yoshlar ko’pincha birato’la tashlashi, keksaroq kishilar sekinlik bilan, sonini
kamaytirish, yarimta chekishlar bilan chekishni tashlamoqdalar.
Chekishni tashlagandagi «abstinent sindrom» ya’ni kayfiyatni buzilishi,
toqatsizlik, vahima-tashvish, uyquning va ishtahaning buzilishi, terlash, yurak urishi,
yurak ustida og’riq, kabilar bo’lgan taqdirda biroz chidam-matonatlilik qilinsa tezda
bu belgilar yo’qoladi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu xayrli ishda shifokorlar, o’qituvchilar,
tarbiyachilar, kasaba uyushma va tashkilotlar bilan birga olib borilsa, hamda uni
maqsadga muvofiq doimo-muttasil, uzoq muddat tashviqot-targ’ibot
ishlari,reklamalar bilan olib borilsa yaxshi samara beradi. Bir qancha kasalliklarni
oldini olgan va balolarni yo’qotgan, Alloh bergan umrni saqlab qolishga o’z
xissamizni qo’shgan bo’lamiz.
Amalda foydaliroq va ko’proq xollarda qo’llanilgan preparatlar lobelin, tsitizin
va keyingi vaqtlarda anabazindan foydalanilmoqda. Lobelin va tsitizinlar yurak-tomir
va nafas tizimini qo’zg’otadi. Lobelin «lobesil», tsitizin «tabeks» nomlari bilan
tabletkalar holida chiqariladi. Preparatlar qo’llanilganda organizmda o’rganib
qolingan nikotinga o’xshash ta’sir etib uni chekish to’xtatilgandagina «nikotinga
ochlik» ni yo’qotadi. Ularni qo’llash instruktsiyasi bo’yicha olib boriladi.
Keyingi paytlarda “anabazin gidroxlorid” qo’llanilmoqda.Uni o’zimizda
fanlar Akademiyasining Bioorganik ilmiy-izlanish institutida olingan. Preparat
quydagicha qo’llaniladi. Boshlamasiga papiro’s chekkandek kuniga 20-25 tabletka,
so’ngra har kuni bir tabletkadan kamaytira boriladi. 20 kundan so’ng 10 kun
mobaynida bir tabletkadan, bunda chekilmaslik kerak. Umumiy davolanish kursi 30
kun. So’ngra, agarda chekishni batamom tashlasa, davolash kursi yana qaytariladi.
«Igna sanchish» usuli bilan davolanish ham yaxshi natijalar bermoqda.
Apomorfin yordamida chekishga qarshi “salbiy-shartli refleks” usuli ham
qo’llaniladi.
Gipnoz yordamida uxlatib qo’yib, tamaki tutiniga qarshi davolash usuli ham
juda yaxshi samara bermoqda. Buning uchun shifokor chekuvchini gipnozdan oldin
va undan keyin yaxshilab tushuntirish va eng asosiysi bemor ishonishi va xohishi
bo’lishi kerak. Gipnoz bir oyda 3-4 marta qaytariladi.
Yana yaxshi samara beruvchi, o’z-o’zini ishontiruvchi, usul qo’llaniladi.
Bunda bemor-chekuvchi doimo bir qancha so’zlarni qaytarib yuradi: «men
chekishdan butunlay voz kechdim, endi chekmayman, cheksam boshimni og’ritadi,
chekmasam yuragim, nafasim yaxshilanadi, o’zimni yaxshi his qilaman, papiro’sni
ko’rsam ko’nglim aynaydi, endi og’zimga ham olmayman», kabi so’zlar.
Bulardan tashqari, boshqa jismoniy ishlar bilan shug’ullanish, cho’milish,
ochiq havoda ko’proq yurishlik kerak. Achchiq narsalardan, ayniqsa spirtli
ichimliklardan ichmasligi, yaxshi ovqatlanish, mineral suvlardan ichishi kerak.
Nikotin tutgan, qog’ozga singdirilgan surtma-moy «nikotinli leykoplastir»ni
har soatda bir marta teriga, 16-24 soat davomida, yopishtirish usuli bilan chekishga
qarshi davolash hamda «nikotinli rezinani chaynash» usuli (1984 yili) bilan ham
chekishga qarshi davolash usulidan foydalanib, ma’lum darajada yutuqlarga
erishilgan. Qo’shimcha dori sifatida nikotinning noretseptor antagonistlari bo’lmish,
nikotin retseptorlari agonisti mekamilamin, antidepressant – doksepin, anksiolitik –
buspiron kabi preparatlar ham chekishga qarshi kurashda foydalaniladi.
Aziz o’quvchi! Ma’lumki, ko’pincha chekkan kishi ichadi yoki aksincha –
ichgan kishi chekadi. Xattoki ushbu holat ayrim shaxslarda uning turmush tarziga
aylangan. Demak, yana eng yomoni u o’z organizmini ikki tomonlama zaxarlaydi.