chaqaloq

Chaqaloq parvarishi

«It», «Eshak» deb so’kishga,Hayo qiling, bolani.Rasululloh derdilar,Yuzlaridan yog’ib nur:«Bolalar bu ― jannatningGulu rayhonlaridir».To’g’ri ba’zida «guluRayhon» lar ham kuydirar,Sho’xligi oshib ketsa,Joningizdan to’ydirar.

Bobom derdi: «BolaniSo’kmoq asli emas ep,Jahlingiz chiqsa:«Nodon» yoki «xumpar»deb.«Boy bo’lgur», «ko’paygur» deng,Aslo demang, «o’l», «la’nat»,Shuni bilib qo’yingki,So’kinish ham bir san’at.

Qaniydi, Payg’ambardaySo’ksangiz, qilsam huzurUl zot derdilar, so’ksa:«Burning erga ishqalgur».Tildan chiqqan har so’zda,Ma’rifat, ziyo bo’lsin,Hatto so’kishingiz ham,Yaxshi bir duo bo’lsin.Ixlos bilan qilingan,Har niyating ushalar,Har so’zga ko’kda «Omin!»,Deb turar farishtalar.

 

«It» desangiz, it bo’lib,O’zingizni qopadi,«Eshak»dan eshak, har kimO’z tilida topadi.Farzandingiz bilan elFaxrlanib yashasin,Itu eshak fe’llardan,Parvardigor asrasin.Olim, shoir, hunarmand,Polvon bo’lsin bolalarYurtga kerakli, halolInson bo’lsin bolalar.

 

Bolangizni so’ksangiz,«Poshsho bo’lgur», deb so’king,«Olim bo’lgur», «HizrgaOshno bo’lgur», deb so’king.Og’izdan chiqqan har so’z,Marhabo, bilki, kushod.Inson ma’rifatiniO’lchaydigan darajot.

 

Bola dunyoga kelganda terisi nimpushti rangdabo’ladi va bu uning sog’lom ekanining birinchi belgisi hisoblanadi. Butun jismi mayin tuk bilan qoplangan bo’ladi. Bu tuklar ketishi uchun bola hayotining dastlabki kunlarida har kuni bir marta eski gil-tuproq bilan «pardoz» qilinadi.

 

 

Bunarsa tibbiyotda ham o’z tasdig’ini topgan. Bolajonning tirnoqlari xuddi qog’ozdek yupqa bo’lgani sabab ular o’ssa ham olinmaydi. Yuzchasini tirnab olmasligi uchun qolqop kiygizib qo’yiladi. Yuzi, qo’l-oyog’i terisida xuddi ajin tushgan kishidek yig’malar mavjud bo’ladi.

 

Bolaning xona harorati27 darajadan oshmasligi ma’qul, negaki, o’ta issiq havo uning tanasidagi namlikni quritib yuboradi.Har safar beshikdan echib olinganda, uning orqasi uch-to’rt marta silagandek qilib ohista shapatilanadi, quloqchalari boshiga yopishib qolmasligi uchun tortib qo’yiladi.

 

Keyin kiyimlari echib olinib, maxsus steril moy yoki zaytun yog’i bilan avval boshi, keyin butun tanasi mayin harakatlar bilan uqalanadi.Onaxonlarimiz go’dakning hali chillalik chog’idanoq jismoniy tarbiyasiga ahamiyat berganlar. Qanday qilib deysizmi?

 

Eshiting: bolaning o’ng qo’li chap oyog’iga,chap oyog’i esa aksincha qilib bir-biriga tekiziladi,avval birinchi qo’lidan tutib, keyin ikkinchi tomon qo’lidan ko’tarib sekin silkinadi. Bu narsa uning mushak va paylari chiniqishi, mustahkamligi uchun qilinadi. Biz aytayotgan ishlar qo’pollik bo’lib tuyilishi tabiiy, chunkimening o’zim ham qizimni enaga xotin shunaqa qilganlarida qo’rqib ketgan edim.

 

 

Ammo ko’pni ko’rgan onaxonlar bolaga zarar berishmaydi-ku, deb chidab turar edim, keyinroq bolaning pediatri – yoshi kattaroq shifokor uni tekshirib, xuddi shu amaliyotlarni qilingan-qilinmaganini so’raganlarida, «Qari bilganni -pari bilmas»ligiga ishondim.

 

Yana ahamiyatli ishlardan bittasi – bolaning ko’krak bezlari parvarishi. Bola qiz-o’g’il bo’lishidan qat’i nazar,uning homilalik chog’idagi gormonal o’zgarishlari sabab, sut bezlariga ma’lum moddalar yig’iladi.

 

 

Agar ular chiqarib tashlanmasa, bezga aylanishi, o’sha tanada qolib ketgan gormonlarbola katta bo’lgandan keyin uning jismidan yomon hid kelishiga sabab bo’lar ekan! Buning oldini olish uchun toza doka olib, bolaning ko’kragi ikkita barmoqda siqiladi, to’g’ri, bu og’riqli bo’lganidan chaqaloq yig’laydi, lekin bundan qo’rqmaslik, oradan bir necha kun o’tkazib, bu ishni ikki – uch marta qaytarish kerak bo’ladi.

 

 

Bola har kuni ma’lum vaqtda qo’l-oyoqchalarini erkin qimirlatib o’ynashi uchun uni yo’rgakdan chiqariladi. Lekin esdatuting, bolani doimiy erkin qo’yish, uning suyaklari shakli noto’g’ri bo’lib qotib qolishiga sabab bo’lishi mumkin, shuning uchun ular tekis va mahkam bog’lab yo’rgaklanishi shart!

 

Chaqaloqni burnini tozalash! Chaqaloqning burni bilan nafas olishda qiynalishini shamollash bilan adashtirmaslik muhim!

 

  1. Bolangizni qorniga yotqizib, boshini asta yon tomonga qarating. Bunday holatda bola yaxshiroq nafas oladil chunki bu holat bola nafas yo’llarida yig’ilib qolgan so’lakni chiqarib tashlashga yoki tili nafas yo’llariga to’sqinlik qilishidan asraydi.

 

  1. Bola uxlaydigan xonani iloji boricha chang va pardan xoli qiling. Xonadan chang yig’adigan narsalarni olib chiqing, ya’ni yumshoq o’yinchoqlar, parli yostiqlar. Agar bola burni yaxshi nafas olsa o’yinchoqlar qolaverishi mumkin.

 

  1. Bolani nafas yo’liga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi hidlardan yiroqda ushlang. Sigaret tutuni, kraska hidi, mashina chiqindi gazlar hidi, atir va boshqa parfyumeriya buyumlari nafas olishga to’sqinlik ko’rsatishi mumkin. Bola bor uyda chekilmasligi lozim.

 

  1. Bolani burni bitib qolganda, bola emishga qiynalsa sho’r suvdan (1 litr qaynatib ilitilgan suvga 2 choy qoshiq tuz) foydalanib burnini tozalang. Buning uchun bolani vertikal ushlab burniga 1-2 tomchi sho’r suvdan (Natriy Cloride) quyib yoki tuzli suvlik spreydan 1 marta sepib bolani bir daqiqaga boshini tanadan pastroq bo’lgan holatda ushlab turing.

 

Burun ichidagi suyuqlik yumshatiladi. Agar suyuqlik o’zi chiqishi uchun juda ko’p yoki quyuq bo’lsa, u holda aspirator (suyuqlikni so’rib oluvchi vosita) dan foydalaning. Sho’r suvdan yumshagan suyuqlikni burnini boshidan ichkariga tiqmay turib aspirator bilan tortib oling.

 

Bolani chiniqtirish Bolani chiniqtirish deganda, kunda bir necha daqiqa davomida bolani sovuq suvda cho’miltirish,yoki qishda qorda yalang oyoq choptirish kabi muolajalarni emas, balki bolaga tabiiy hayot tarzini yaratib berishni tushunish kerak. Tabiiy hayot tarzi tamoyillari:

 

  1. Harakat Bola qancha ko’p toza havoda harakat qilsa, shunchalik foydali. Masalan, maktabga avtobusda emas, balki piyoda borgani, kino ko’rgandan ko’ra, ko’chada futbol o’ynagani, yakshanba kuni uy yumushlari bilan shug’ullangandan ko’ra, tabiat qo’yniga chiqqani ma’quldir. Eng asosiysi harakat to’rt devol orasida emas, balki ochiq havoda bo’lishi foydali.

 

  1. Kiyim Kiyim terlatmaydigan bo’lishi shart. Shamollashga sovuqqotishdan ko’ra terlash ko’proq sababchi bo’ladi.

 

  1. Ovqatlanish Ishtaha bo’lgandagina ovqatlanish lozim. Agar siz bolangiz tabiiy ravishda chiniqqan bo’lishini istasangiz quyidagilarga amal qiling:

 

  1. Bolani har qanday havoda ko’chaga olib chiqing.

 

  1. Bolani harakatchan o’yinlarga jalb qiling.

 

  1. Uydagi kimyoviy tozalash anjomlar bilan bola aloqasini cheklang (Uy jihozlarini tozalashda, kiyimlarni yuvishda kimyoviy preparatlardan iloji boricha kamroq foydalaning).

 

  1. Bolani terlash darajasida kiyintirmang.

 

  1. Ovqatni kuch bilan yedirmang.

 

  1. Agar bola ko’p kasal bo’layotgan bo’lsa, o’qish jarayonini bo’shashtiring (musiqa, chet tili, qo’shimcha darslarni kamaytiring).

 

  1. Bola xonasini changdan holi qiling.

 

  1. Toza havoga ko’p olib chiqing.

 

  1. Dengiz, o’rmon va toqqa bolani ko’proq olib boring.

 

  1. Bola xonasini tez-tez shamollatib turing. Chiniqish uchun quyidagi mashq tavsiya etiladi: Ertalab toza havoda ko’chada

 

30 daqiqa davomida yugurish (qo’llarni yonga ko’tarish, o’tirib-turish, osilish kabi yengil mashqlarni qo’shimcha bajarish mumkin). Bu mashq faqat vaqtni talab etadi, kuch ishlatish kerak emas.

 

Lekin agar har kuni bolangiz bilan yarim soatdan toza havoda yugurib yoki mashq qilib kelsangiz sog’liq uchun foydasi katta ekanligini 1 oy ichida sezasiz. Chiniqish davomida quyidagilarga ahamiyat bering: – Muntazamlik – chiniqishni boshlagan bo’lsangiz, uni har kuni qoldirmasdan bajaring; – Asta-sekinlik – mashg’ulotlar davomiyligi va og’irligini asta-sekinlik bilan oshiring; – Shaxsiy xususiyatlarni inobatga olish – yosh, vazn, bolaning psixologik yondashuvi, bolaning mavjud bo’lgan kasalliklari va boshqalar.

 

Bola chiniqish mashg’ulotlaridan lazzatlanishi kerak, shuning uchun bola o’zi xohlagan va tanlagan mashqlarni bajargani ma’qul. Har qanday chiniqtirish ham bolani kasallikdan butunlay asray olmaydi, lekin kasallik og’irligini va davomiyligini bir necha barobar pasaytirishi mumkin.

(Visited 7 504 times, 1 visits today)

Related posts