Buyrakda qum-tosh bo’lganda

Buyrakda qum-tosh bo’lganda
Buyrakdagi toshdan qutulishning quyidagi xalqona usulini qo’llash mumkin: tovuq jig’ildonidan yupqa pardasini ajratib olib, tozalab yuvasiz. Keyin uni yaxshilab quritib, maydalanadi. Ilk marotaba talqon tayyorlash uchun 15 ta tovuq jig’ildoni kifoya qiladi. Talqonni shisha bankachaga solib, og’zini yopib qo’ying. Talqondan ertalab taom emasdan ilgari yarim choyqoshiq iste’mol qilasiz. Ikki oy shunday muolaja qilinsa, buyrakdagi toshlar erib, organizmdan chiqib ketadi. Yana zarurat tug’ilsa, 2-3 yildan so’ng qayta bu tadbirni qo’llash ham mumkin.

Shaftoli, qovun va turp urug’laridan 24 gramm olib tuyiladi va unga 16 gramm asal, 20 gramm shakar qo’shib qorishma tayyorlanadi. Tayyor bo’lgan malhamdan har kuni nahorga iste’mol qilinadi.

Burun polipi (burun shilliq pardasida o’simta paydo bo’lishi) va sinusitda
Burun teshiklari ichidagi shilliq pardaning yallig’lanishida moychechak va qoncho’p (chistotel) giyohi sharbatlarining teng mikdordagi aralashmasidan foydalanish kerak. Sharbat albatta yangi tayyorlangan bo’lishi zarur. Undan vaqti-vaqti bilan burun bo’shlig’igi tomizib turiladi.

Yana moychechak gulidan 15 gramm, kalendula guliddn 10 gramm va yorongul (geran)dan 5 gramm olib, 1 stakan qaynoq suvda bir soat damlab qo’yasiz. So’ng suzib olingan damlama bilan ingalyatsiya qilasiz.

(Visited 1 129 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!