BOSh OG’RIG’I davolash

BOSh OG’RIG’IDA
Bosh og’rig’i – boshda og’riq sezish; turli kasalliklarning eng ko’p uchraydigan alomatlaridan biri. Bosh yoki miya pardalari tomirlaridagi nervlar oxirining ta’sirlanishi natijasida kelib chiqadi.

Tomir kasalliklarida, gipertoniya, migren, osteoxondroz, ko’z kasalliklari, masalan, glaukoma, burun yondosh bo’shliqlari yallig’langanda, ba’zan turli infekbion kasalliklarda, ichki organlar xastalik- . larida, intoksikabiyada bosh tez-tez og’riydi.

Shamollash, boshning shikastlanishi yoki lat eyishi va turli asab xastaliklari oqibatida bosh og’rig’i kasalliklari paydo bo’ladi. Bosh og’rig’ini davolashdan oldin uning kelib chiqish sabablarini aniqlab olish maqsadga muvofiq.
Bosh og’rig’ini davolashda tog’rayhon o’simligidan ham foydalanish mumkin. Bu o’simlikni avgust oyida o’rib, qishga g’amlab qo’yish lozim. Uning tarkibida efir moyi, tanid, karotin, S vitamini va boshqa dorivor moddalar mavjud. Bu o’simlikning damlamasi bilan bosh yuvylsa, bosh og’rig’i to’xtaydi. Damlama tayyorlash usuli: 2 choyqoshiq tog’rayhon kukuni 400 gramm qaynoq suvga solinib, damlanadi. Dokadan suzib, so’ngra ishlatiladi.

(Visited 3 723 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!