BAYROQ HAQIDA

BAYROQ HAQIDA

BAYROQ HAQIDA Ona diyorimiz O‘zbekiston mustaqil respublika, deb e’lon qilinganidan keyin bir necha oy o‘taro‘tmas, 1991yil 18noyabr da parlament «O‘zbekiston Respublikasi ning Davlat bayrog‘i to‘g‘risida» 0‘zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan dav latimizning milliy bayrog‘ini qabul qildi. Bu bejiz emas, albatta. Har qanday mustaqil davlat o‘z bayrog‘iga ega bo’lishi shart. II gari zamonlarda Movarounnahr, Turon, Turkiston deb atalgan yurtimizda tashkil top gan qadimiy davlatlar, jumladan, ulug’ so hibqiron Amir Temur davlatining ham o‘z tug’i  bayrog’i bo’lgan.

Endi hozirgi milliy bayrog‘imizga bir na zar soling. Undagi Oy bilan o‘n ikki yulduz tasviri darhol diqqatingizni o’ziga tortadi. Bular nimani bildiradi?

Sharqda ikki xil taqvim (kalendar) bor. Biri  Oy (Qamar) hisobi bo’yicha, boshqasi  Quyosh (Shams) hisobi bo‘yicha yuritiladi. Qamariy yil hisobi Oyning Yer atrofida, sham siy yil hisobi esa Quyoshning go’yo Yer atro fida aylanishiga qarab yuritiladi (aslida Yer Quyosh atrofida aylanishi sizga ma’lum). Aj dodlarimiz ilmiga ko’ra, Quyosh bir yil mobaynida o‘n ikki burjni (yulduzlar turkumi ni) aylanib chiqadi, har bir burjda bir oydan bo‘ladi. Bayrog‘imizdagi o‘n ikki yulduz ana shu burjlarning ramzidir. Aytmoqchi, Oy, yulduz tasvirlari qadimgi va hozirgi turkiy davlatlar bayroqlarida ham uchraydi, faqat yulduzlar soni turlichadir.

Bayrog‘imizdagi ranglar ham tabiatdagi ranglarga juda mosdir. Moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu yaxshilikni, donishmandlikni, shonshuhrat va sadoqatni bildiradi. Oq rang muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligi va koinot yulduzlari bilan uyg’unlashib ketadi. Bu rang poklik, beg’uborlik, ezgu orzumaqsadlar, go’zallikka intilish timsolidir. Yashil rang  tabiatning yangilanish ramzi, u ko‘pgina xalqlarda yosh lik, navqironlik, umid va shodlik timsoli sanaladi. Qizil chiziqlaresa vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir. Bay roq, odatda, Konstitutsiya va maxsus qonun

bilan joriy etilib, ularda uning ta’rifi hamda ras miy qo’llanish tartibi, bayroq ko’tarib qo’yiladigan hollar va joylar belgilanadi.

(Visited 3 917 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!