Baliq

Baliq ovi

Baliq ovlash — xalq xoʻjaligi sohasi. Baliq okean (dengiz), qirgʻoq boʻyi, koʻl va daryolarda ovlanadi. Baliq okean (dengiz)da uzoq vaqt suza oladigan, baliqchilik va baliqni qayta ishlashga oid asbob-uskunalar (tral, yoyma va drifter toʻr) bilan jihozlangan kemalarda tutiladi (q. Baliqchilik asboblari). Shuningdek, qirgʻoqdan uzoq masofada Baliq ovlash da maxsus ekspeditsiya xizmatidan foydalaniladi.

 

Baliq ovlash ekspeditsiyasiga bevosita Baliq ovlash ishlari bilan shugʻullanuvchi kemalardan tashqari baliqni joyida qabul qilib oladigan va bir yoʻla qayta ishlaydigan, qidiruv ishlarini olib boradigan kemalar, tankerlar xizmat qiladi. Baliq ovlash texnikasi ancha takomillashtirilgan, samolyot, vertolyot, projektor, radiolokatsiya yordamida Baliq ovlash usullari joriy etilgan. Oʻzbekistonda, asosan, Qoraqalpogʻistoining shoʻr koʻllarida, yirik suv omborlarida, shuningdek Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon va Qashqadaryo havzalarida baliq ovlanadi.

1-tavsiya: loyqa suv

Loyqa suv doim baliqlarni o‘ziga tortadi. Daryo va ko‘llar, sharshara yonlarida baliqlar ko‘p bo‘lishining sababi ham shundan. Baliqlar tiniq joylarni imkon qadar loyqalatishga harakat qilishadi. Bu ham bir himoya uslubi. Aynan loyqa suv baliq ovlovchi uchun juda yaxshi joy. Bordiyu suv tiniq bo‘lsa, bir oz uzoqroqqa borib, o‘zingiz sun’iy ravishda suvni loyqalatib olsangiz ham bo‘ladi. Ishoning, tiniq suvda ovingiz baroridan kelmaydi.

2-tavsiya: chuqur havza

Barchaga ma’lumki, baliqlar keskin chuqur joylarda sayr qilishni xush ko‘radi. Shuning uchun baliq tutish uchun imkon qadar ana shunday chuqur joylarni tanlash tavsiya qilinadi. Bu ham yoz, ham qishga taalluqli tavsiya.

3-tavsiya: faol xo‘rak

Agar siz xo‘rak sifatida chuvalchang, qurt, g‘umbak yoki boshqalardan foydalansangiz, imkon qadar uning faol bo‘lishiga e’tibor qiling. Ya’ni qarmoq uchida xo‘rak ko‘proq qimirlab turgani foydali. Baliq tirik taomlarni yoqtiradi.

4-tavsiya: baliq uchun yem

Baliq uchun yem—baliq ovining muhim bo‘lagi. Hozir uni tayyorlash uchun ortiqcha vaqt sarflash shart emas. Uni tayyorlashning ming turli usuli internetda juda ko‘p. Ularning yordam tegadi, albatta.

5-tavsiya. ukrop qo‘shish

Ayrim baliq ovlovchilar baliq yemiga hatto qishda ham ukrop ham qo‘shishadi. Bunday xo‘rak baliqlarni o‘ziga tortadi. Ayniqsa, karp oilasiga mansub baliqlarni.

6-tavsiya. baliq tutish joyi

Agar siz daryo qirg‘og‘ida baliq tutmoqchi bo‘lsangiz, unda daraxtlar panalagan joylarni tanlang. Baliqlar bunday joylarni sevadi. Chunki daraxtlardagi ko‘plab qurt-qumursqalar suv jonivorlarini o‘ziga jalb qiladi. Keyin ana shunday joylarda, ildiz ostida o‘ziga xos g‘ovaklar bo‘ladi. Baliqlar bunday joylarda ko‘pincha “mashvarat” qilishadi. Faqat ehtiyot bo‘ling. Qarmoq ipi shox-shabbalarga ilinib qolishi mumin.

https://www.youtube.com/watch?v=lCzRTJp3fHM

7-tavsiya. doimiy baliq yemining bo‘lishi

Baliq chaqiruvchi maxsus yemning doimiy bo‘lishiga e’tibor qiling. Yemak hidini olgan baliqlar siz tomonga suzib kelishini istasangiz, uni tez-tez yangilab turing.

Kerakli buyumlar 

Buyumlar, birinchi navbatda, baliq ovlashdan kutilayotgan maqsadga ko‘ra, yig‘iladi. Biroq siz uchun doim zarur bo‘ladigan narsalar ro‘yxati mavjud: chelak, yig‘ma o‘rindiq, tamaddi qilisha yemish, shlyapa, quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak, gugurt va o‘zingiz uchun zaruriy mahsulotlar…

Umid qilamizki, mutaxassislarning bergan tavsiyasiga muvofiq, baliq ovlasangiz, o‘zingiz kutgan natijaga erishasiz. Agar maqsad shunchaki xotirjamlik va osudalik bo‘lsa, unda yana ham yaxshi. Tutgan balig‘ingizni bir ko‘zdan kechirib, suvga qo‘yib yuboring. Bu ham o‘zgacha maroqli. Vaqtingiz bo‘lsa, baliq ovlashga, albatta, borib turing!

Laqqa baliq (Silurus glanis) – laqqalar oilasiga mansub baliq. Boʻyi 5 m gacha, ogʻirligi 300 kg cha. Tanasi tangachasiz. Orqa suzgich qanoti kichik. Ogʻzi keng . Pastki jagʻi uzunroq. Moʻylovi 3 juft. Orqa tomoni zaytun tusda, ost qismi (qorni) esa ok.. Yevropadagi koʻl va daryolarda yashaydi. Oʻzbekiston daryolarida uchraydi. 4—5 yilda voyaga yetadi. Bahorda yoki yoz boshida suv tubidagi uyasiga 480 mingtacha uvildiriq tashlaydi. Erkagi tuxumlarini qoʻriqlaydi. Umurtqasiz jonivorlar bilan oziqlanadi. Ovlanadi

 

(Visited 2 195 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!