Ayol tushida isyon bo’layotganini ko’rsa, rashk tufayli eri bilan urishadi. Kimki isyon bostiruvchilarning tarafida bo’lsa, o’ngida do’stiga xiyonat qilib, keyin qattiq pushaymon bo’lar ekan.
Isinmoq. Tushda o’choq oldida isinish buyuk bir zotdan manfaat ko’rishga ishoradir.
Isirg’a. Tushda isirg’a ko’rish uch xil ta’bir qilinadi: agar ayol kishi ko’rsa, o’g’il ko’radi, qiz bola ko’rsa, tur mushga chiqadi, er kishi ko’rsa, o’ngida ilm olishga berila di. Agar tushda isirg’a singan bo’lsa, mish mish va g’iybat gaplar tufayli zarar etishi mumkin.
Ismini aytib chaqirish. Tushingizda birov ismingiz ni bir pecha marta takrorlab chaqirsa, suyansa bo’ladigan yaxshi odamlar bilan muomalada ekansiz. Bironta odam is mingizni adashtirib aytsa, o’ngingizda sizni shubha va gumonlar qiynaydi. Ismingizni boshqacha qilib aytib cha qirsa, o’ngingizda ko’ngilsizlik bo’ladi. Ismingizni unu gib qo’ygan bo’lsangiz, hayotda o’rningizni topolmay yurar ekansiz.
Isrofil. Isrofilni tushida ko’rgan odam ilmi donishga erishadi, buzurg maqomini oladi, turgan shahri ham obod bo’ladi, qabr azobidan qutiladi, oxirati obod bo’ladi.
Issiq non. Tushda issiq non ko’rish munofiqlik va qonunlarni buzishga ishora.
Issiq suv. Kishi tushida erosti issiq suvini ko’rsa, bemor bo’lsa, o’ngida tezda sog’ayib ketadi. Issiq suv ichsa, bemorlikka dalolat hamda dushman ta’qibidan zarar ko’rishga ishoradir. Tushda issiq suvda cho’milish ham zarar.