AYIQ HAQIDA

AYIQ HAQIDA

AYIQ HAQIDA Ayiqlarning oq ayiq, qo‘ng‘ir ayiq va qora ayiq kabi bir necha turlari ma’lum. Oq ayiq bilan qo‘ng‘ir ayiq ko’rinishdan ancha farq qilsa ham, ularning qarindoshligini payqash qiyin emas. Qutb qorlari orasida yashovchi oq ayiqlar doimo oq rangda, qo‘ng‘ir ayiqlar esa sariq, bug‘doyrang, jigarrang yoki qariyb qora rangda boladi.

Oq ayiq Yer yuzidagi eng yirik yirtqich hayvonlardan biri bo‘lib, Arktikadan boshqa hech qayerda uchramaydi. U butun umrini

muzlar orasida o’tkazadi, suvni yaxshi ko’radi. Oq ayiq soatiga 45 kilometr tezlikda uzoq vaqt suza oladi, tyulenga nisbatan yomon sho‘ng‘imaydi va suv ostida ikki daqiqagacha tura oladi. U tyulen, baliq va qushlar bilan oziqlanadi. Bolalash payti kelganda g’orga o’xshatib qordan yasalgan iniga kirib oladi. Oq ayiqning vazni 700 kilogrammgacha (erkaklariniki 1000 kilogrammgacha) boradi. Bu ulkan hayvonning bolalari kalamushdan sal kattaroq bo’lib tug’iladi. Ona ayiq bolalari ulg‘aygunga qadar uyadan chiqmaydi.

Qo‘ng‘ir ayiq Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan. O’rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda tog‘ o’rmonlari va archazorlarda uchraydi. Respublikamizda uchraydigan qo‘ng‘ir ayiqning bo’yi 2 metr gacha, og’irligi 480 kilogrammgacha boradi. Mo’ynasining rangi qo‘ng‘ir tusdan to qoragacha o‘zgarib turadi.

0‘rta Osiyo ayiqlari junining birmuncha uzun va siyrak hamda panjalarining oq bo’lishi bilan boshqa hududlarda yashaydigan ayiqlardan farq qiladi. Shuning uchun O‘zbekistondagi ayiq oqpanja ayiqlar kenja turiga kiradi. Qo‘ng‘ir ayiqlar o‘simliklar va hayvonlar bilan oziqlanadi. Ular oktabrning oxiri va noyabrning boshlarida qishki uyquga kiradi. Uyasini ko‘pincha toshlar orasidagi pastqam joylarga, ba’zan qalin butazor va changalzorlar orasiga soladi. Bu hayvon qish da to‘la uyquga kirmaydi. Kuzda ko’pincha ertalab uyg’oq bo’ladi. Havo isib turadigan paytlarda juda ziyrak uxlaydi. Odamlar yaqinlashsa darrov sezadi, ba’zan esa tashqariga

ham chiqadi. 0‘rta Osiyodan boshqa hudud larda qo‘ng‘ir ayiqlar yiqilgan daraxtlar ostida, botqoqlik yoki suv havzalariga ega bo’lgan o’rmonli tekisliklarda hamda tog‘lik joylarda yashaydi. Bir qarashda beso’naqay koYinadigan qo‘ng‘ir ayiq mohir ovchilardek tez yuguradi, chaqqonlik bilan daraxtga chiqadi, yaxshi suzadi va sakraydi. Ayiq barcha narsani yeyaveradi, ko‘proq meva hamda ildizlar bilan oziqlanadi; hasharotlar va ulaming qurtlarini kov lab oladi; baqa va baliqlarni tutib olib yeydi. Yarador bo‘lgan ayiqlar odamga hujum qilishi mumkin. Qo‘ng‘ir ayiq asalni juda xush ko‘rganidan, hatto ari chaqishidan ham hayiq maydi.

Ayiqlar bahorgacha xotirjam uxlash uchun kuzda yaxshi boshpana topishi lozim. Ayiq ancha yirik hayvon bo’lganligi sababli qishda oziq topishi, qalin qor ichida yurishi qiyinlashadi. Agar u kuzda o‘zida yetarlicha yog’ to’play ol masa, qishki uyquga yotmaydi. Och ayiq qish da jahldor bo‘lib qoladi. Bunday ayiqlar odam uchun ham xavfli. Ayiqning tanasi harorati uyqu paytida ham pasaymaydi. Ona ayiq yoshga to‘lgan bolalari bilan bitta uyada yotadi. Ayiqchalar yangi tug’ilgan bolalarga qarashda ona ayiqqa ko‘maklashishadi. Bir yil avval tug’ilgan ayiqchalar tarbiyachilar deb ataladi. Yosh ayiqchalar ikki yilgacha ona ayiq bilan bir ga yuradi. Ayiqlar qahraton qishning yanvar va fevral oylarida ikkita bola tug’adi. Ona ayiq ul ami bahorgacha boqadi. Agar ayiqchalar atigi yarim kilogramm vaznda tug‘iimaganda ona ayiq bunday oilani hech qachon boqa olmasdi. Ayiqchalar bahorgacha juda sekin o‘sadi: ular mayda kuchukchaga o’xshash bo’ladi.

Bahorda ayiqning ishtahasi bo’rinikidan ham zo’rroq bo’ladi. Qishda ayiq «barmog‘ini so‘rib yotadi», degan gap bor. Lekin bu bilan qorin to‘ydirib bo‘lmaydiku! Aslida u barmog’ini so‘rmaydi. Qishning o‘rtalarida ayiqning barmoq terilari ko’cha boshlab, qichi shadi, uyqudagi ayiq eski terisini so’rib, sidirib tashlaydi.

Qo‘ng‘ir ayiqning izini ba’zan odamning izi bilan adashtirib yuborish mumkin. Lapanglab yurgani uchun ayiqni maymoqoyoq deb ham atashadi. Bu noto‘g‘ri fikr, chunki ayiq juda chaqqon bo‘lib, hatto otni ham quvib yetishi mumkin.

Qo‘ng‘ir ayiqning hid bilish va ko‘rish organ lari yaxshi rivojlangan. Eshitish organi esa it nikiga nisbatan sustroq rivojlangan.

Qo‘ng‘ir ayiq qo’lga yaxshi o’rganadi. Lolilar qadimdan qishloq va shaharlar bo‘ylab ayiq olib yurib, xilmaxil o‘yinlar ko’rsatishadi. Sirkda esa ayiqlarni turli murakkab mashqlar ni bajarishga, hatto velosiped va mototsiklda yurishga o‘rgatishadi. Oq ayiq qo‘ng‘ir ayiqqa nisbatan qo’lga qiyin o’rganadi. Hayvon o‘rgatuvchilar oq ayiqni eng xavfli hayvon deb hisoblashadi. Himolay toglarida qora ayiq ham uchraydi.

(Visited 1 840 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!