Asalga non botirish. Kimki tushida asalga non boti rib esa, o’ngida bilimi va ilmi bilan foydali ish va yaxshi ro’zg’or qilar ekan.
Asir. Tushda asir bo’lgan kishini ko’rish bemorning sog’ayishiga ishoradir. Ammo o’zni asir bo’lganini ko’rish xoinlik va xiyonat bilan to’qnash kelishiga dalolat bo’la di.
Agar tushida asir bo’lib, asirlikdan qutilsa, yax shilikka, asirlikdan qutilolmasa, o’ngida boshiga haqoratlar yog’iladi. Ayol kishi tushida o’zining asira bo’lganligini ko’rsa, demak, eri uni o’z do’stlaridan rashk qiladi yoki o’ylamay bosgan qadami uchun g’iybat va tuh matga ga qoladi.
Askar. Agar kishi tushida yolg’iz askarni ko’rsa, o’zi kasal bo’lsa, o’ngida tuzalishiga ishora, hibsdagi odam ning ozod bo’lishiga dalil, askarlar to’dasini ko’rish dush man ustidan g’alabaga ishoradir.
Atir. Atir bilan bog’liq tushlar yaxshilikka yo’yiladi. Tushingizda atirning o’zini ko’rsangiz va hidlasangiz yoki sepsangiz, o’ngingizda foyda beradigan imkoniyatlarni qo’lga kiritar ekansiz. Agar e’tiqodingizda sustlik bo’lsa yoki axloqingizda qusur bo’lsa, tushingizda atirgulni hid lasangiz, o’ngingizda ma’naviy poklikka erishasiz.
Auktsion. Kimki tushida auktsion ko’rsa yoki unda ish tirok etayotgan bo’lsa, o’ngida biron narsasini yoxud ishi ni yo’qotadi.
Axlatxonadagi azon. Tushda kimki axlatxonada azon ayt sa, o’ngida hech kimga shafqat qilmaydigan dushmanga sulh taklif qiladi va bu benatija bo’ladi.
Axlatchi. Tushda axlat ko’rish boylikka ishora, deydilar. Agar axlatchi tushda ko’rilsa, ko’p mol va pul topishga dalil dir, tushda axlatchi axlatlarni yig’ishtirib olib ketsa, ak sidir.