“Asab” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
“Asab” so’zi asablarning holsizlanishi yoki asab kuchining etishmasligini anglatadi. “Asab kuchi nima?” degan savolga: “Elektr quvvati nima?” degan o’xshash savol bilan javob berish mumkin. Ularni farqlab bo’lmaydi. Biz ular hayotning asosiy manbai – sirli kuch-quvvat ekanligini bilamiz va u asab tizimida hosil bo’lib, butun tanaga hayot va energiya taqdim etadi. Qandaydir a’zoni boshqarib turadigan asabni kesing, u harakatdan to’xtaydi.
Asab tizimi millionlab hujayralardan tashkil topgan bo’lib, ular asab kuchini zaxiraga yig’adi. Ushbu hujayralarning asab kuchidagi qon darajasini ushlab turish tufayli tananing har bir a’zosi tinimsiz ishlaydi. Shuning uchun ham hayotimiz biz tanovul qiladigan taomlarimiz yoki hatto nafas oladigan havomizga nisbatan ko’proq asab kuchiga bog’liq. Sababi, asab kuchining faoliyatisiz biz nafas ham ololmaymiz, ovqat ham iste’mol qilolmaymiz.
Asab kuchi yig’iladigan “idish”larni qanday bo’shatamiz?
Agar biz asablarga etarli darajada ozuqa, kislorod, uyhu berish o’rniga uni faqat ruhiy zarba, juda ko’p ish, his-hayajon, qo’zg’alish, notinchlik, hasad, qahr-g’azab, xasislik, yomonlik, jizzakilik, qayg’u-hasratga ko’mib tashlasak, agar tana a’zolari hosil hilganiga qaraganda asab kuchini qandaydir tarzda ko’p sarflab yuborsak, buning tabiiy natijasi asablarning safdan chihishi bo’ladi. Boshhacha aytganda, bu
– asablarning butunlay tamom bo’lishi demakdir. Ammo bun- dan ko’ra ham dahshatli xastalik bor, bu – uning harindoshi
— ahldan ozish. Fahat kimki asablarning safdan chihishini boshdan kechirgan bo’lsa, u odamga qanday dahshatli azob berishini yaxshi biladi. Asablarning safdan chihishi butun hayotimizni hora bulutlar to’sib qo’yishiga va kutilmagan baxtsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Xavotirlanishga odatlanmang
Kuchli aql ijobiy fikr va kechinmalarni tug’diradi va ularni nazoratda ushlashga ko’maklashadi, shuning uchun ham sizning tanangiz kutilmagan hodisalarga etarli darajada tayyor bo’lmog’i kerak. Aslini aytganda, tana turli salbiy hissiyotlarga harama-qarshi turishi uchun mexanik anihlihda faoliyat yuritishi lozim.
Shuning uchun ham bizning birinchi burchimiz – tanani tabiiy hayot Dasturiga amal qilishga majbur qilishdan iborat. Qachonki odam mashinasining jismoniy qismini sozlar ekanmiz, biz uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yaxsqilaymiz. Inson miyasi boshqa tana a’zolariga qaraganda besh marta ko’p qon iste’mol qiladi.
Shuning uchun uning ehtiyojlarini qondiring, u esa minnatdor bo’ladi. Agar ruhiy muvozanatdan chihib ketsam dangasaga aylanaman va yigirma dahiha davomida ham g’ayrat qilib yorhin fikrlay olmayman. O’zingizning jismoniy darajangizni ko’tarsangiz ruhiy jihatdan ham yuksalasiz. Agar siz o’z aqlingizdan foyda ko’rmohchi bo’l- sangiz, unda o’z tanangiz bilan mutlaho inoh bo’ling.
Ertalab yozuv stoli atrofida o’tirib ishlagan paytlarimda menda ruhiy kuch etishmaydi va beixtiyor xayolga cho’maman: faromush o’ylar, og’izda qolgan takliflar… “Dori qaerda?” — degan savolga shular ham sabab bo’ldimi?! Ehtimol, men nafas hajmi, yurak urishi va qon tezligiga mos javob toparman.
Shuning uchun ham ko’krak qafasi orqali nafas olishdan foydalangan holda toza havoda uzoq vaqt harakatchan sayr qilaman. Shundan so’ng bosh tinihlashadi. Kislorod miyadagi karaxtlikni yo’qotadi. Men yana ijodiy niyatlarga to’lib-toshib qayta yozuv mashinkasi qarshisiga o’tiraman va so’zlar barmohlarimdan sirg’alib hog’oz uzra parvoz etadi.