ARSLON burji sevgi

ARSLON burji sevgi

Asad burjida ARSLON BELGISIDA TUG’ILGANLAR KIMLAR BILAN OILA QURISHLARI mumkin yoki bunga tavakkal qilmasliklari lozim


ASAD – HAMAL. Ushbu juftlik jismoniy va jinsiy mayllariga ko’ra o’zaro muvofiq keladi. Ammo ularning har ikkisidagi hukmronlik hissi tufayli o’zaro kelishmovchiliklar paydo bo’lishi kutiladi. Bunday ziddiyatli holatni bartaraf etish esa anchayin mushkul. Shunday bo’lsa ham, boshqa jihatlari bilan o’zaro mos tushadilar va uzoq vaqt bir-birlaridan ayro yashay olmaydilar.

 

ASAD – SAVR. O’zaro munosabatlari uyg’un tushmaydi. Ikkisi ham qaysar, o’z bilganlaridan qolmaydiganlardan. Savrda tug’ilganlar amaliyotchi, tejamkor, Asad burjida tavallud topganlar esa serxarj va isrofgarchilikka yo’l qo’yishga moyildirlar. O’zaro zid keluvchi hususiyatlari bisyor. Ularni bartaraf etishga esa har ikkisi ham ojizlik qiladi. Oila qurishlari tavsiya etilmaydi.

 

ASAD – EGIZAKLAR. Arslon belgisida tug’ilganlar tabiatan o’ta rashkchidirlar. Egizaklar esa bunga toqat qila olmaydilar. Boz ustiga Egizaklarning kim bo’lsa ham, haqiqatni shartta aytishi, tanqidiy mulohazalarini ham yashira olmasligi Asad burjida tug’ilgan kalondimog’ juftiga umuman yoqmaydi.
Arslon belgisida tug’ilganlar maqtovni xush ko’radilar. Soxta xushomad qilish esa Egizaklarning qo’lidan kelmaydi. Shunday bo’lsa-da, ular o’rtasida turmush qurish hollari uchrab turadi.

 

ASAD- SARATON. O’zaro bir-birlarini tushunish- lari qiyin kechadi. Arslonlarning mag’rurligiga Quchiq belgisidagilar ham o’zlarining mag’rurliklari bilan javob qaytaradilar. Quchiq belgisidagilar hech qachon birovdan kechirim so’rashga odatlanmagan va buni xohlamaydilar ham. Qachonki, Quchiq belgisidagilar (ayollar) Arslon belgisidagi juftining hukmronligiga bo’ysungan taqdirdagina, ular o’rtasida qurilgan oilada muvozanat o’rnatiladi.

 

ASAD – ASAD. Ushbu juftlik shoh va malika juftligi, desak yanglishmagan bo’lamiz. Ularning har ikkisida ham arslonlarga xos xususiyatlar mujassamlashgan bo’ladi. Jinsiy ehtiros va quv- vatlari ham jo’shqindir. Ammo kezi kelganda, biri ikkinchisining hukmronlik, etakchilik qilish his- sini tan olib, bo’ysunsagina oilaviy muvozanat ta’minlanadi. Aks holda o’zaro kelishmovchiliklar, gina-kuduratlar, ta’na-dashnomlar davom etaveradi.

 

ASAD – SUMBULA. Arslonlarning o’ta haroratli, jismoniy va jinsiy quvvati va faolligiga Pari belgisidagilar dosh berolmaydilar. Bunday talabga nisbatan Parilarda norozilik kayfiyati ortib boradi. Asad burjida tug’ilganlarning hukmronlik hissi va etakchi bo’lishga moyilligiga nisbatan ham Pari belgisidagilarning toqati yo’q. Agar ushbu juftlik uzoq vaqt bir oila bo’lib yashay olsalar, ularga oltindan haykal o’rnatsa arziydi.

 

ASAD – MBZON. Tarozi belgisidagilar doimo Asad burjida tug’ilgan juftini maqtab, silab-siypalab yurishlarini yoddan chiqarmasliklari lozim. Uning bilan faxrlanishini doimo va tez-tez yodlariga solib, izhor etib yurishlariga to’g’ri keladi. Shzgningdek, Arslon belgisidagi juftini tanqid qilishdan o’zlarini tiyib yurishlarini esdan chiqarmasliklariga to’g’ri keladi. Shunday talablarga javob bersa, ular o’rtasidagi nikoh davomli bo’ladi va turli kelishmovchiliklarning oldi olinadi.

 

ASAD – AQRAB. Ularga oson bo’lmaydi. Chayon burjidagilar rashkchi va xususiy mulkchilikka moyildirlar. Arslonlar ham o’ta rashkchi va o’z juftidagi bunday xarakterga toqat qila olmaydilar. Ularning har ikkisi ham o’ta kuchli jismoniy va jinsiy quvvatga, faoliyatga egadirlar. Shu jihatdan o’zaro muvofiqlik bor. Boshqa jihatlardagi, masalan, ularning hukmronlik hissining o’ta kuchliligi kabi xususiyatlarini o’zaro murosaga sola olsa, uzoq va davomli oilaviy hayotini ta’minlay oladilar.

ASAD – QAVS. Omadli juftlik. Ikkisi ham sayohatlarni, sarguzashtlarni xush ko’radilar. O’qotar Arslon bilan faxrlanadi. Bu esa Arslonlarga juda ham yoqadi. Ularning jinsiy mayllari ham o’zaro uyg’unlikni ta’minlashga asos bo’ladi. Ikkisi ham o’ta kuchli jinsiy quvvatga ega. Bunday muvofiqlik ularning boshqa jihatlarini ham o’zaro bog’lanishiga muhim asos bo’lib xizmat qiladi. Bunday oilalarda er-xotinlarning ikkisini ham rahbar lavozimlarda faoliyat ko’rsatish hollari ko’p uchraydi. O’zlarining rahbarlik faoliyatlari bilan bo’lib, shaxsiy munosabatlari uchun vaqtlari ham kam bo’ladi. O’zaro uyg’un hayot kechirishlari kutiladi. Oila qurishlari tavsiya etiladi.

ASAD – JADIY. Taka belgisidagilarning talabchanliklari va amaliyotchiligi Arslonlarning «g’ashini» keltiradi. Har ikkisi ham mustaqillikka moyildir. Takalar birovga bo’ysunib yashashga xohishlari yo’q. Arslonlar esa o’ziga bo’ysundirishga
chiranadi. Shu tariqa ular 5ftasidagi oilaviy hayot uzoqqa bormaydi yoki o’zaro ziddiyatlar ortadi. Oila qurishlari tavsiya etilmaydi.

 

ASAD – DALV. Ma’lum bir fursat davomida ular o’rtasidagi oilaviy munosabatlarda uyg’unlik bo’ladi. Ammo vaqt o’tishi bilan olov bilan suv belgisidagilar o’rtasida ziddiyatlar vujudga keladi. Arslonlarning xatti-harakatlariga nisbatan Szgv quyuvchilarning tanqidiy munosabatlari o’z navbatida, ular o’rtasidagi ziddiyatlarning manbai bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, o’zining erkidan ayrilgan va Arslonlarning «domi»ga tushgan Dalv burjidagilar go’yo qamoqqa tushgan mahbusdek bo’lib qoladilar. Ular o’rtasidagi mojarolar davom etaveradi va oxir-oqibat pichoq suyakka borib taqalganda o’zaro munosabatlar zil ketadi. Oila qurishlari tavsiya etilmaydi.

 

ASAD – HUT. Ular o’rtasida murakkabliklar mavjud bo’ladi. Baliq belgisidagi tortinchoqlik, gumondorlik, o’ta hissiyotlilik Arslonlarni junbushga keltiradi. Arslonlardagi hukmronlik Baliq belgisidagilarni ezadi va doimiy ravishda bosim ostida yashashga majbur qiladi. Bunday yashashga dosh bera olmagan Baliqlar boshi oqqan tomonga «suzib» ketishga majbur bo’ladilar. Bunga jur’at qila ol- magan baliqlar esa «akvariumda» yashashga majbur bo’ladilar. Oila qurishlari tavsiya etilmaydi.
Asad burjida Arslon belgisi ostida tug’il- gan buyuk va taniqli kishilar: Abu Ali ibn Sino, Napoleon Bonapart, Aleksandr Dyuma, Avaz O’tar, Lyudvig Feyerbax, Gi de Mopassan, Valter Skott, Bernard Shou, Fidel Kastro, O’tkir Hoshimov, Ra- jiv Gandi.

(Visited 8 661 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!