Aql o‘tkirligini saqlab turish

Aql o‘tkirligini saqlab turish

Miya ham odamning mushaklari singari doimiy ravishda mashq qilishni talab qiladi. Aqlni faol holatda tutib turishning jiddiy kuch sarflashni talab qilmaydigan belgilangan usullari mavjud.

Quyidagi harakatlarni muntazam ravishda bajarish miya faoliyatining aktivligini uzoq vaqt saqlab qolishga yordam beradi.

  1. Klassik musiqa eshiting

Olimlar tomonidan har kuni klassik musiqa eshitish nafaqat stressni pasaytirishi, balki aqliy qobiliyatni ham oshirishi aniqlangan.

  1. Dunyo to‘g‘risida biror-bir yangilikni o‘rganing

Bir kunda yarim soat vaqtingizni ensiklopediyalar, lug‘at, badiiy yoki ilmiy adabiyotlar, bilim orttiruvchi jurnallar yoki saytlarga bag‘ishlang. Har kuni dunyo to‘g‘risida bir necha yangi va qiziqarli voqealarni eslab qolish nafaqat bilimingizni oshiradi, balki aqlni faol holda tutib turishga ham yordam beradi.

  1. Qaddingizni to‘g‘ri tuting

Qomatni rostlash qon aylanishini yaxshilaydi, bu esa o‘z navbatida havoning miyaga yaxshi yetib borishini ta’minlaydi.

  1. Meditatsiya qiling

Ko‘pchilik tadqiqotlar har kuni meditatsiyani amalga oshirish aqlni chiniqtirishga, diqqatni bir joyga to‘plashni oshirishga va xotirani yaxshilashga yordam berishini tasdiqlaydi. Meditatsiya yordamida diqqatni bir joyga to‘plash miyada fiziologik o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi.

              5. Jismoniy mashqlar bajaring

Mashqlar miyaga qon borishini tezlashtiradi, bu esa yangi neyronlar va ular orasidagi aloqalar paydo bo‘lishiga yordam beradi. Har kuni ertalab yugurish, sport zaliga qatnash, hatto biroz sayr qilish — bularning hammasi miya faoliyatini yaxshilaydi.

              6. Kuling

Kulgu hamma hayot qiyinchiliklariga qarshi har yoqlama qurol hisoblanadi. Shuningdek, u miyani mashq qildiruvchi ajoyib vosita hamdir.

Manba: Men’s Health daryo.uz

(Visited 283 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!