Allergiya-immun reaktivlikning patologik shaklidir. Uning asosini organizm allergenlarining (avvalo antigenlar va gaptenlarning) qayta ta’siriga nisbatan tanlab spetsifik ortiqcha sezuvchanligini tashkil etadi.
Allergiya organizmning xususiy to’qimalarining u yoki bu darajada ifodalangan shikastlanishi va odatda uning ximoyaviy, moslanish (adaptiv) reaktsiyalari, xullas butun mexanizmlari effektining pasayishi bilan namoyon bo’ladi. Ba’zan bunday o’zgarish begona antigenni tashuvchi chala destruktsiya-
ga uchraydi yoki organizmdan eliminatsiyalanmaydi. Ammo odatda allergik reaktsiyalarning
Ma’ruza maksadi: Allergiya tasnifi, allergenlar, allergik reaktsiyalar, turlari, rivojlanish mexanizmlari, allergik reaktsiya bosqichlari, mexanizmlari to’g’risida ma’lumot berish
Muxokama qilinadigan savollar:
- Allergiya tushunchasi, tarixi
- Allergiya sabablari
- Tez va sekin rivojlanadigan reaktsiyalar
- I-V tur allergik reaktsiyalar mexanizmi
- Allergiya bosqichlari va mexanizmlari
- Allergik reaktsiyalarning ayrim turlari
Organizmning antigenlik birligini va shaxsiyligi, o’ziga xosligini (individualligi, fardiyligi) ta’minlash immun sistemaning evolyutsion taraqqiyot jarayonida shakllangan asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu IKS tomonidan hujayralarning, hujayradan tashkari tuzilmalarning va biologik suyuqliklarning antigenlik tarkibini nazorat qilish funktsiyasini amalga oshirish orqali olib boriladi. Antigenlik axborotini tutuvchi omil aniqlanishi bilan IKS odatda uning neytrallanishini destruktsiyasini va organizmdan chiqarilishini shartlaydi. Ammo immun reaktsiyalar hamma vaqt ham ko’rsatilganidek kechmaydi. Ko’pincha ularni amalga oshirish jarayonida organizmning xususiy hujayraviy va nohujayraviy tuzilmalari ham emiriladi. Immun reaktsiyalarning bunday turi o’zgargan, kuchaygan-gipersezuvchanlik reaktsiyasi degan nom olgan. Pirke 1906 yilda allergik reaktsiyalarni belgilash uchun allergiya (allos-boshka, ergon-ta’sir, javob) terminini taklif etgan.
Allergiya-immun reaktivlikning patologik shaklidir. Uning asosini organizm allergenlarining (avvalo antigenlar va gaptenlarning) qayta ta’siriga nisbatan tanlab spetsifik ortiqcha sezuvchanligini tashkil etadi. Allergiya organizmning xususiy to’qimalarining u yoki bu darajada ifodalangan shikastlanishi va odatda uning ximoyaviy, moslanish (adaptiv) reaktsiyalari, xullas butun mexanizmlari effektining pasayishi bilan namoyon bo’ladi. Ba’zan bunday o’zgarish begona antigenni tashuvchi chala destruktsiya-
ga uchraydi yoki organizmdan eliminatsiyalanmaydi. Ammo odatda allergik reaktsiyalarning ketishida musbat natijalarga ham erishiladi, faqat allergenni topish emas, balki uning destruktsiyasi va organizmdan chiqarilishi xam kuzatiladi. Shu bilan bir qatorda allergiya bilan immunitet o’rtasida katta farqlar mavjuddir. Birinchidan, allergiya shunday omillar ta’sirining okibati bulishi mumkinki (masalan, muzlash, ionlovchi nurlatish) immun reaktsiyalarni chaqirmasligi mumkin. Ikkinchidan, allergiya rivojlanishida antitanalarning shunday sinflari (masalan, reaginlar) qatnashadi va u hal qiluvchi axamiyatga ega bo’ladi. Uning immunitet mexanizmida ular kamdan-kam va juda kichik titrlarda qatnashishlari mumkin. Uchinchidan, allergiyaning barcha hollarida organizmning xususiy hujayralari va to’qimalari shikastlanadi. Umumlashtirib aytganda, allergik reaktsiyalarning patogenlik effekti natijasida organizm to’qimalari va suyuq muhitida alleregenning antitana bilan komplekslari hosil bo’ladi. Bu spetsifik immun komplekslar bevosita yoki bilvosita allergiya mediatorlari orqali tomirlarga turli to’qimalarning hujayra stromasi elementlariga patogen ta’sir ko’rsatadi. Ana shunday ta’sir va allergik yallig’lanish to’qimalar shishi, anafilaktik shok va allergiyaning boshqa turlariga ko’ra odam va hayvonlar organizmi evolyutsiya jarayonida begonadan tezroq ozod bulish imkoniyatiga ega bo’lgan, deb hisoblaydilar. Demak, allergiya vaqtida shikastlanish bu ehtimol organizmning begona agentni tezkorlik bilan chetlatish, undan qutulish imkoniyati bo’lganligi uchun o’ziga xos nafaqasi bo’lsa kerak. Shunga ko’ra immunitetdan farqliroq allergiya uchun qator omillarga nisbatan rezistentlikning (turg’unligining) pasayishi bilan birga ayni vaqtda immunogen reaktivlikning kuchli darajada oshganligi xarakterlidir.
Allergik reaktsiyalar patologiyaning odamda eng ko’p va keng tarqalgan shakllaridan biridir. Xozirgi vaqtda og’ir kechuvchi allergik kasalliklar aholining 10-20% ida uchraydi. Allergiya yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar aholisida, qishloqqa nisbatan shaharda istiqomat qiluvchilarda ko’proq kuzatiladi. Allergiyaning keng tarqalishiga sabab zamonaviy odam hayotining «kimyolanishi», ortiqcha o’zini oqlamaydigan vaqtda ham dori vositalarini qabul qilish, shuningdek epidemik kasalliklarni yo’qotishga qaratilgan ba’zi tadbir- choralar (chunonchi, profilaktik emlashlar) hisoblanadi.
Allergiyaning sabablari
Allergiya allergenlar-antigen yoki antigen bo’lmagan (gapten) tabiatli, shuningdek ba’zi fizikaviy omillar (yuqori va past harorat, UB nurlar, ionlashtiruvchi radiatsiya va x.k. ta’sirida shakllanadi.
Allergenlarning tasnifi va tavsifi
Kelib chiqishi va tabiatiga ko’ra:
1.Ekzogen allergenlar (ekzoallergenlar):
- a) ovqatga bog’lik (alimentar) allergenlar, tabiati turlicha, o’simlik yoki hayvonot dunyosiga mansub;
- b) dori vositalari yoki sun’iy mahsulotlar bo’lishi mumkin. Birinchi o’rinda antibiotiklar, vaktsinalar va x.k. Ayniqsa, nazoratsiz va maqsadga muvofiqlashtirilmagan, bemorning allergik reaktsiyalarga moyilligini tekshirmasdan ishlatiladigan vositalar;
- v) o’simlik changi allergenlari, odatda oksillarning karbonsuvlar yoki pigmentlar bilan kompleksidan tashkil topgan. Ular ko’pincha nafas yullari va ko’z shilliq pardasining shikastlanishi bilan tavsiflanadigan polipozlarni chaqiradi;
- g) changli allergiya uy-ro’zg’or yoki ishlab chiqarish, kucha va boshqa joylardagi chang murakkab tarkibga ega, chunki unga hayvonlar, o’simliklar, zamburug’lar, xasharotlar, mikroblar, sintetik to’qimalar, plastik massalar, shuningdek boshqa organik moddalarning qoldiqlari hamda noorganik birikmalar kiradi. Ishlab chiqarishga bog’liq bo’lgan changlar nihoyatda turlicha va o’z-o’zidan ma’lumki, ixtisoslikka bog’liq, ammo ular bakteriyalar va ayniqsa zamburug’lar bilan zararlanishi natijasida antigenlik xususiyatiga ega bo’ladi;
- d) epidermal allergenlar (terining muguzli qavat tangachalari, qushlarning patlari, hayvon terisining bo’lakchalari va x.k.) ;
- e) ro’zg’or-kimyoviy birikmalari (turli bo’yoqlar, kir yuvish vositalari, hid yo’qotuvchilar, pardoz vositalari va x.k.) ;
- j) zardobli allergenlar (antitanalar tutuvchi hayvonlar va odam qonining preparatlari) ;
- z) infektsion parazitar allergenlar (patogen va saprofit mikroorganizmlar, viruslar, zamburug’lar va x.k.) ;
- i) fizikaviy omillar (yuqori va past harorat, har xil to’lqin uzunligidagi nurlar va x. k.).
- Endogen allergenlar (endoallergenlar, autoantigenlar) ga organizmning o’z to’qima va hujayralarining tarkibiy qismlari (oksillar, polipeptidlar, yirik molekulali polisaxaridlar, lipopolisaxaridlar va boshqalar)
quyidagilar natijasida begonalik xususiyatiga ega bo’lib qolganlar kiradi:
1.Fizikaviy-kimyoviy, infektsion va boshqa ekzogen kelib chiqishga ega bo’lgan ta’sirlar hujayra oqsillarining denaturatsiyasini chaqiradi. Normal oqsillarning ekzogen allergenlar (gaptenlar) bilan komplekslarini hosil qiladi (gaptenlar rolinilipidlar, nuklein kislotalar, ko’pchilik dorivor moddalar). U yoki bu sababga ko’ra shikastlangan hujayralar, masalan gaptenlar joylashib olgan hujayralar immun sistema uchun nishonga aylanadi.
2.Tabiiy immun tolerantlikning turli sabablarga ko’ra buzilishi ba’zi a’zo va to’qimalar oqsillarini (mielin, tireoglobulin, sperma oqsili, ko’z to’qimasi oqsili) immun sistema hujayralaridan ajratib turuvchi gistogematik to’siqlar shikastlanganda yuz beradi.
Endogen allergenlar chaqiradigan allergiyaning shakllari autoallergik reaktsiyalar yoki kasalliklar deb ataladi.
Allergenlarning organizmga kirish yo’llariga ko’ra:
1.Respirator. Bu yo’l bilan gul changlari, chang-to’zon, aerozollar, epidermal allergenlar va ba’zi dori vositalari va b.
2.Alimentar. Ovqat allergenlari faqat ovqat hazm qilish yo’llarinigina emas, balki nafas yo’llarini ham (allergik rinit, bronxial astma), teri va shilliq pardalarining (toshma, allergik ekzema va b.) ham kasalliklarini chaqiradi.
3.Kontakt-bevosita aloqa, tegish orqali. Bu yo’l bilan kichik molekulalar, moddalar, mahalliy ishlatiladigan dori vositalari, bo’yoqlar, yog’och elimlari, kremlar va b. orqali tushadi.
4.Parenteral (qon zardobi, dori vositalari, hasharotlarning zaxarlari).
5.Transplatsentar (yo’ldosh orqali ba’zi dori vositalari, chunonchi antibiotiklar, oqsil preparatlari va x.k.).
Allergik reaktsiyalarning turlari va rivojlanish mexanizmlari
Organizmning har xil allergenlarga nisbatan sezuvchanligining o’zgarishi klinik jihatdan allergik reaktsiyalar va kasalliklar sifatida namoyon bo’ladi. Allergiya rivojlanishida immun sistema qaysi hujayralarining ko’proq qatnashishiga ko’ra V-limfotsitlarga bog’liq (gumoral) va T-limfotsitlarga bog’liq (hujayraviy) tipdagi allergik reaktsiyalar farqlanadi.
V-limfotsitlarga bog’liq reaktsiyalar guruxiga mexanizmida V-limfotsitlar tomonidan ishlab chiqariladigan immunoglobulinlarning har xil sinflariga oid antitanalar etakchi rol o’ynaydigan allergiya shakllari kiradi. Immunoglobulinlarning turi, immun jarayonning boshqa ishtirokchilari uning natijalariga qarab allergiyaning bir necha turi farqlanadi. Bular ichida JgE, IgI, IgM va boshqa gumoral omillar ishtirokida amalga oshuvchi V-limfotsitga bog’liq allergik reaktsiyalar yaxshi o’rganilgan. V-limfotsitga bog’liq, immunoglobulinli gipersezuvchanlik reaktsiyalarini sensibillashgan organizmning ushbu antitanalarni tutgan zardobi yordamida boshqa organizmga «ko’chirib o’tkazish» mumkin. Allergiyani bunday hosil qilish uni «passiv ko’chirish» deb nomlanadi.
T-limfotsitga bog’liq guruxga patogenezida T-limfotsitlar va ular ishlab chiqaradigan fiziologik faol moddalar (limfokinlar etakchi rol o’ynaydigan allergik reaktsiyalar kiradi). Limfokinlar allergik reaktsiyalar mexanizmida vositachilar-mediatorlar rolini bajaradi. Bunday reaktsiyalarning sababchilari quyidagilar bo’lishi mumkin: yot to’qimalar oqsili va hujayralari, chunonchi mahalliy qo’llaniladigan dorilar (masalan, antibiotiklar) mikroorganizmlarning antigenlari. Bunday turdagi allergik holat kasaldan sog’lom odamga faqat sensibillangan limfotsitlar yoki bunday hujayralar «ekstrakti» orqali (masalan, qon o’qyilganda yoki zardob preparatlari yuborilganda) passiv o’tkazilishi mumkin.
Sensibillangan organizmga antigenning qayta ta’siridan so’ng (uni ko’pincha «hal etuvchi» deb nomlaydilar) klinik belgilarning rivojlanishiga ko’ra allergik reaktsiyalar shartli ravishda uch to’rga bo’linadi:
-allergik tezkor reaktsiyalar (ATR)
-allergik kechikkan reaktsiyalar (AKR)
-allergik sekinlashgan reaktsiyalar (ASR)
ATR tipi klinik jihatdan organizm allergen bilan kontakt qilgach usha zaxotiyoq yoki bir necha daqiqadan so’ng namoyon bo’ladi (masalan, allergik rinit, kon’yunktivit, anafilaktik shok).
AKR tipi «hal etuvchi» antigen bilan kontaktdan so’ng bir necha soat (odatda 5-6-soatdan kechikmay) o’tgach aniqlanadi. (masalan, allergik genezli gemolitik anemiya, zardob kasalligining ayrim shakllari).
ASR tipi sensibillangan organizmga allergenni hal etuvchi ta’siridan bir necha soatlar yoki kunlar o’tgach aniqlanadi (masalan, tuberkulin reaktsiyasi, kontaktli dermatit).
Barcha gipersezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanish mexanizmlarining o’ziga xosligiga ko’ra bir necha turga bo’linadi. Bu masala bo’yicha juda ko’p munozaralar, baxslar, hatto so’nggi vaqtgacha ayrim chalkashliklar va taklif etilgan «nusxalar» bor. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, bu masalani ishlab chiqishga R. Djil va R. Kumbs (1963 y) katta hissa qo’shganlar va ular allergik reaktsiyalar tasnifi mezonlarini ishlab chiqqanlar. Shunga ko’ra bu ko’pincha ularning nomi bilan ataladi. Ular avvalo allergiyaning 4 turini farqlaganlar, keyinchalik 5-turi qo’shildi. 1, 2, 3 va 4 tur reaktsiyalar antigenning sensibillashgan organizm gumoral antitanalari bilan reaktsiyaga kirishishi natijasida rivojlanadi (bu turlarga tezkor, kechikkan, sekinlashgan allergik reaktsiyalar kiradi). Gipersezuvchanlikning 4-tur reaktsiyasi asosan sensibillashgan hujayralar-T-limfotsitlar, shuningdek makrofaglar ishtrokida amalga oshadi. (bu turga ASR tipi kiradi)
1-tur allergik reaktsiyalar. Bu turni anafilaktik, atopik yoki reagenli deb ataydilar. Bu tur asosan IgE (reaginlar) ishtirokida amalga oshadi. Undan tashqari, 1-tur allergik reaktsiya rivojlanishida IgG 1-4 (odamda IgG 4 bo’lsa kerak) subpopulyatsiyalari ishtirok etishi mumkin, ammo ularning «patogenetik hissasi» IgE nikiga nisbatan uncha katta ahamiyatli emas.
Allergenning (ko’pincha bu o’simliklar, utlarning komponentlari TsKS ning hujayralari bilan) birinchi kontakti antitanalar ishlab chiqarish bilan kuzatiladi. Ular esa tsitoplazmasi eng ko’p JgE retseptorlariga ega bo’lgan to’qimalarning to’q («semiz») hujayralari va bazofillarining yuzasiga o’rnashadi. Bunday retseptorlarning ma’lum bir miqdori trombotsitlar, makrofaglar, silliq mushaklar to’qimasi hujayralarining yuzasi-sathida ham bor deb xisoblaydilar.
O’sha allergenning organizmga qayta ta’siri bazofillar, semiz va boshqa to’qimalarning hujayra membranalarida joylashib olgan antitanalar bilan o’zaro reaktsiyaga kirishishi kuzatiladi. Bu hujayralarni faollashtiradi va ular ilgari sintezlagan hamda yangi hosil bo’ladigan yuqori faol birikmalar-allergiya mediatorlari (gistamin, serotonin, kinin, leykoprotein, geparin, prostaglandin, proteazalar, xemotoksin omillar va x.k.) sekretsiyasining kuchayishini shartlaydi. Hujayralarning bevosita shikastlanishiva ular ajratgan mediatorlar ta’sirining oqibati qo’shni hamda qon tomir devori hujayralarining membranalari o’tkazuvchanligining ortishi, tuqimalarning shishishi, tomir devori, to’qima hamda organlarining silliq mushak hujayralari qisqarishini, bezlarning gipersekretsiyasini, nerv retseptorlari ko’zg’alishini shartlaydi. Bu va boshqa natijalarning u yoki bu ko’rinishda birga kelishi allergiya ayrim shakllarining, klinik ko’rinishlarini belgilaydi. Bunday mexanizm ko’pincha bronxial astmaning allergik shakllari, kon’yunktivit, toshma, dermatit, anafilaktik shok va atopik reaktsiyalar tarzidagi rivojlanish asosida yotadi.
Atopiyalarning (bir tur allergiyani shakllaridan biri) sabablari va rivojlanish mexanizmlari taxlil qilinganda, qonuniy ravishda allergiyaga nisbatan nasliy moyillik belgilari aniqlangan. Bu birinchi tur allergiyaning boshqa ko’rinishi-anafilaktik reaktsiyalar uchun bunchalik darajada xos emas.
2-tur allergik reaktsiyalar. Bu tur tsitotoksik yoki tsitolitik deb nom olgan. U asosan JgG 1, 2, 3 ( kisman JgM) sifatidagi antitanalar ishtrokida amalga oshadi.
Tsitotoksik allergiya rivojlanishini chaqiruvchi antigenlar odatda 3 toifaga bo’linadi:
- Hujayra membranasining komponentlari (ko’pincha qon hujayralari spermatozoidlar va ayrim organlar – buyraklar, jigar, yurak, miya, ko’z, qalqonsimon bez, taloq hujayralaridir);
- Organizm hujayralari yuzasiga ikkilamchi o’rnashgan hujayraga bog’liq bo’lmagan antigenlar (ba’zi bir dori vositalari, mikroorganizmlarning bo’lakchalari, metabolitlar);
- To’qimalarning nohujayraviy tuzilmalari (masalan, buyrak koptokchalari kollagen mielin bazal membranasining antigenlari).
Hujayraga taalluqli bo’lmagan tuzilmalarning allergik reaktsiyalarga jalb etilishi ko’pincha yakinda joylashgan to’qima xujayralarining lizisi bilan kuzatiladi.
Antigen bilan kontaktda hosil bo’ladigan antitanalar tsitolemmaga o’rnashadi, ularni shikastlaydi va emirilishini chaqiradi.
Ana shunday mexanizm bo’yicha gemolitik anemiyaning, trombotsitopeniyalar, leykopeniya hamda azospermiyaning (spermatozoidlarning emirilishi va ularning spermada bo’lmasligi) allergik shakllari rivojlanadi. Organizmning shikastlanmagan hujayralarida yot begona antigen va gaptenlar (ko’pincha dori vositalari, masalan, oltin preparatlari, antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari, viruslar, bakteriyalar, parazitlarning komponentlari yoki metabolitlari) o’rnashib qolgan xollarda ularga nisbatan hujayrada «o’tirib» qolgan antigen bilan kompleks hosil qiluvchi antitanalar ishlab chiqariladi. Bunda faqat begona antigen «neytrallanibgina» qolmay, balki organ va to’qimaning normal hujayrasi ham lizisga uchraydi. Ana shunday mexanizm bo’yicha rivojlanuvchi ikkinchi tur allergiyaga miokardit, endokardit, entsefalit, tireoidit va gepatitning allergik shakllarini kiritish mumkin. Hujayrasiz tuzilmalarda, masalan buyrak koptokchalari, ularning kanalchalari bazal membranalarida, nerv o’zanlarining hamda tomirlarining «pardalarida» antigenlar paydo bo’lganda hosil bo’luvchi antitanalar ushbu antigenlar bilan o’zaro reaktsiyaga kirishishi ham membrananing o’zini hamda unda joylashgan hujayralarni shikastlaydi. Bunda allergik reaktsiyaga fagotsitlar xam, K-hujayralar (killer) ham jalb etilishi mumkin. Ikkinchi tur allergiyaga misol tariqasida infektsion-allergik nefritlar va gepatitlarni keltirish mumkin.
Z-tur allergik reaktsiyalar. Bu tur immunokompleks yoki pretsipitinin sifatida ham belgilanadi.
Bunday xolda antigen bo’lib odatda organizmga ko’p miqdorda tashqaridan tushuvchi oqsillar (masalan, zardob va qon plazmasi, vaktsinalar yuborilganda, hasharotlar chaqqanda, oqsillar tutuvchi moddalar nafas yo’llari orqali o’tganda) yoki infektsiyalar rivojlanganda (tripanasomiaz, gelmintozlar, kokkli va virusli infektsiyalar, xavfli o’smalar, autoimmun kasalliklar vaqtida) organizmning o’zida hosil bo’luvchi oqsillar xizmat qiladi.
Antigenning «tajovuziga» javoban pretsipitatsiyalanuvchi (cho’kma hosil qiluvchi) asosan JgG ning va JgM ning ma’lum fraktsiyalariga oid antitanalar ishlab chiqariladi. Immunoglobulinlar antigenlar bilan o’zaro ta’sirga shib, organizmning qon plazmasi va boshqa suyuqliklarida erigan immun kompleks hosil qiladi. Biologik suyuqliklarda aylanib yuruvchi antigen-antitana komplekslari komplementning, qon ivish sistemasining omillarini va shuningdek, hujayralarni (neytrofillar, eozinofillar, semiz hujayralar va trombotsitlarni) faollashtiradi. Kursatilgan hujayralar bilan o’zaro ta’sirlanish o’z navbatida ularning faollashishi va ulardan kuplab allergiya mediatorlari rolini uynovchi fiziologik faol moddalar (gistamin, serotonin, kininlar, lizosoma fermentlari, kationli oqsillar, proagregantlar, prokoagulyantlar va x.k.) ajralishi bilan kuzatiladi. Yuqori kontsentratsiyada qayd etilgan immun komplekslarning hosil bulishi, qon va semiz hujayralarning faollashishi natijasida ham ayrim to’qima va a’zolarda (masalan, Artyus fenomeni, revmatoid artrit) ham yaxlit organizmda (zardob kasalligi, pantsitopeniya, keng tarqalgan qon ivishi, sistemali qizil buricha va x.k.) allergik reaktsiyalar rivojlanadi.
Z tur allergik reaktsiyalarning ifodalanishi ko’p tomondan organizmning sensibilizatsiya darajasi (ya’ni ishlab chiqilgan antitanaar kontsentratsiyasi hosil bulgan immun komplekslarning mikdori va organizm to’qimalarida o’rnashib qolishi), kuchiga bog’liq. Agar antitanalar (shu jumladan chaparasta reaktsiyaga kiruvchilar) organizmda avval mavjud bo’lgan bo’lsa, unda tashqaridan kiritilgan (masalan, vaktsinatsiya vaqtida) antigenlar ular tomonidan o’sha kiritilgan joyning o’zida «mixlanadi «- mustaxkam o’rnashtiriladi.
Mahalliy allergik reaktsiya – Artyus fenomeni rivojlanadi. Agar yuborilgan yoki organizmning o’zida hosil bo’lgan antigenga nisbatan antitananalar yo’q bo’lsa, unda antigen qonga va so’ngra a’zo hamda to’qimalarga o’tadi. Bunga javoban hosil bo’luvchi antitanalar va immun komplekslar keng tus oluvchi allergiya shakllarining masalan, zardob kasalligining rivojlanishiga sabab buladi.
Immun komplekslarning shakllanishi, ular tufayli qon hujayralari, semiz hujayralar faolligining ortishi, shuningdek ularni bevosita shikastlovchi immunoallergik genezli ikkilamchi reaktsiyalarni chaqiradi. Ularga allergik yallig’lanishlar, tsitopeniya, tomir ichida gemokoagulyatsiya, tromb hosil bo’lishi, immun tankislik xolatlarining rivojlanishi kiradi. Z tur allergik reaktsiyalarga taalluqli kasalliklar va xolatlar katoriga Artyus fenomeni, revmatoid artrit, glomerulonefrit, zardob kasalligi, pantsitopeniya, sistemali qizil buricha kiritiladi.
IY tur allergik reaktsiyalar. Bu tur hujayra vositali T-limfotsitga bog’liq yoki tuberkulin turidagi sifatda belgilanadi.
Antigenning takroriy ta’siridan so’ng ko’rinishlarning rivojlanishi tezligiga ko’ra bu tur gipersezuvchanlik reaktsiyasini sekinlashgan turga kiritadilar (ular bir necha soat yoki kundan so’ng namoyon bo’ladi).
Bunday reaktsiyalar rivojlanishini asosan uch toifadagi antigenlar chakiradi:
- a) ba’zi mikroorganizmlar (pnevmokokklar, streptokokklar, mikobakteriyalar), parazitlar, zamburuglar, gelmintlar;
- b) yot oqsilli moddalar (shu jumladan, parenteral yuborishga mo’ljallangan vaktsinalar eritmasidagi);
- v) gaptenlar, masalan dori vositalari (penitsillin, novokain), kimyoviy sodda birikmalar (dinitroxlorfenol), o’simlik preparatlari. Organizmda gaptenlar hujayraning oqsil tashuvchi bilan birikadi. Antigen bilan birinchi kontaktga javoban sensibillangan T-limfotsitlar xosil buladi. Ikkinchi kontaktda antigen ushbu T-limfotsitlarning spetsifik retseptorlari bilan uzaro ta’sirlanadi. Ular blasttransformatsiyaga, keyinchalik xujayralarning turli klonlari, shu jumladan T-killerlarning xam xosil bulishiga olib keladi. Bu hujayralar antigen tashuvchi hujayralarni bevosita va shuningdek fagotsitlarni ham jalb etish orqali shikastlash qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, antigen bilan rag’batlangan limfotsitlar hujayradan tashqari muhitga fiziologik faol moddalar-allergiya mediatorlarini, chunonchi allergiyaning undan keyingi rivojlanishi va ko’rinishlarning paydo bo’lishini ta’minlovchilarini-limfokinlarni hosil qiladi va ajratib chiq Limfokinlar shartli ravishda 4 ta guruxga bulinadi:
1.Limfotsitlarga va immun idora etuvchi ta’sir ko’rsatuvchilar (masalan, interoleykin-2, V-limfotsitlar etilishining omili, supressor omillar);
2.Fagotsitoz qobiliyatiga ega hujayralarga ta’sir etuvchilar (masalan, xemotaksik agentlar, makrofaglar migratsiyasi-aylanishi va faolligini idora etuvchi omillar);
3.Nishon hujayralarga ta’sir etuvchilar (chunonchi, tsitotoksinlar);
4.Boshqa hujayra va to’qima elementlariga ta’sir etuvchilar (terining reaktiv omili), biologik membranalar o’tkazuvchanligini oshiruvchilar, tromblar hosil bo’lishini faollashtiruvchilar, mitozni rag’batlantiruvchilar).
Klinik jixatdan ushbu reaktsiyalar autoallergik kasalliklar (masalan, glomerulonefritning ba’zi turlari) infektsion-allergik reaktsiyalar (tuberkulin, brutsellin va x.k.) va kontaktli allergik reaktsiyalar (kontaktli dermatit, konyunktivit) sifatida namoyon buladi.
Y tur allergik reaktsiyalar. Bu tur retseptor-vositali yoki “rag’batlantiruvchi” (“stimullovchi”) tur deb ham belgilanadi.
Y tur reaktsiyalarning antigeni (odatda oqsil tutuvchi) «mediator, hujayralararo o’zaro munosabatlarda vositachi neyromediatorlar rolini (masalkn, atsetilxolin) bajaruvchilar, gormonlar (masalan, insulin, tireotrop gormon) va boshqa biologik faol birikmalar bo’ladi. Nomi keltirilgan antigenlar tuzilishiga o’xshashlar (analoglar) ning antigenlar rolini o’ynashi mumkinligi ham inkor etilmaydi.
Qayd etilgan moddalar V-limfotsitlar bilan kontaktlashib ularning plazmatik hujayralarga transformatsiyasi va ular tomonidan antitanalar sintez qilinishini faollashtiradi. So’nggilari asosan IgG lardan iborat bo’ladi va komplementni bog’lash xususiyatiga ega.
Hosil bo’lgan antitanalar yaqinda yoki hujayraning retseptor kompleksida joylashgan tuzilmalar bilan o’zaro ta’sirlanadi. Agar retseptor undagi birorta jarayonni faollashtirsa, unda bunday natija rag’batlantiruvchi-stimullovchi deb ataladi. Aksincha, agar birorta reaktsiya tormozlansa yoki bloklansa, unda bunday effekt ingibirlovchi (ezuvchi, bosim kuyuvchi) deb ta’riflanadi.
Bunday antitanalar bilan rag’batlantirilgan jarayonlarning klinik misoli sifatida qalqonsimon bez hujayralarining gipertireoid xolat rivojlanishini chaqiruvchi tireotrop ta’siriga o’xshash yoki organizmning xususiy hujayralariga nisbatan limfotsit-killerlarning tsitotoksik ta’sirini rag’batlanishini keltirish mumkin. Allergik antitanalarning hujayralarga ezuvchi-ingibirlovchi ta’sir ko’rsatishiga ular tomonidan insulin (gipoinsulinizmning rivojlanishi bilan birga) yoki atsetilxolin (to’qima yoki a’zolarning «denervatsiya» holati shakllanishi bilan birga) ta’siri misol bo’la oladi. Ushbu gormon yoki neyromediator retseptor tuzilmalari bilan o’zaro ta’siri tufayli ezilishini keltirish mumkin.
Yuqorida bayon etilganlardan tashqari, allergik reaktsiyalarning boshqa turlarining ham mavjud bo’lish ehtimoli inkor etilmaydi.