ALKOGOLDAN O’TKIR ZAHARLANISh

ИЧКИЛИК

ALKOGOLDAN O’TKIR ZAHARLANISh
Alkogol iste’mol qilinganda undan o’tkir zaharlanish mumkin. Bunda zaharlanishning uch darajasi tafovut etiladi.Birinchi darajasi – bunda qo’zg’alish, eyforiya, o’zini-o’zi bardam tutish, vahima va qo’rquv alomatlari kamayadi, harakat pasayadi. Rangi-ro’yi qizarishi
yoki biroz oqarishi mumkin. Yurak urish ritmi oshadi, ishtahasi yaxshilanadi, yaxshi narsalarni va’da qiladigan, sergap, o’zini tetik sezadigan, maqtanchoq, shoshqaloq va o’ylamasdan gapiradigan, serharakat bo’lib qoladi.

Ayrim hollarda eyforiya zaharxandalikka aylanadi, agressiv-tajovuzkor, yig’loqi, boshqalarni yomon ko’radigan, o’zgalar unga go’yo dushmanlik qilmoqchi bo’ladiganga o’xshaydi, uning nazarida. Bunday o’zgarishlarni paydo bo’lishining sababi alkogol ta’sirida bosh miya
po’stloq qismidagi tormozlanish jarayonining izdan chiqishi va po’stloq osti markazlari o’zaro bog’lanishining buzilishi hisobiga ro’yobga chiqadi.
Ikkinchi darajasi – bunda markaziy asab tizimining yuqori qismlarida tormozlanish jarayonlari kuchayadi. Natijada umumiy bo’shashishlik aqliy faoliyatining susayishi, harakatda, yurishda noaniqlik, gapi-gapiga qovushmaydigan tartibsiz va tutruqsiz gaplarni o’zidan-o’zi gapiradigan holatga tushib qoladi. Beodoblarcha so’kinadigan, uyatsiz harakatlar, kurakda turmaydigan xatti-harakatlar ba’zi sharmandagarchiliklar kuzatiladi. Bunday holatga tushishning sababi miyacha faoliyatining buzilishi miya po’stlog’i
faoliyatining chukurroq tormozlanishidan kelib chiqadi.

 

Uchinchi darajasi – bunda ahvol ancha og’irlashadi. Chuqur aqliy buzilishlik, hatto koma holatiga tushib qolishi mumkin va oldin ko’rinishi qizarsa, so’ngra rangi-ro’yi oqarib ketadi. Ko’z qorachig’i keskin kichrayadi, tana harorati pasayadi, nafas susayadi, ba’zan to’xtab-to’xtab davom etadi. Pul’si tezlashadi, kuchsizlanadi.

(Visited 990 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!