Agronom
Agronom. Kimki tushida kasbi agroiom bo’lgan kishini ko’rsa, o’ngida o’ylagan ishlari va orzulari amalga oshmaydi.
Advokat. Kimki tushida mahkama ishida advokatlik qilayotgan bo’lsa, o’ngida o’z manfaatlarini himoya qilish ga bel bog’lar ekan.
Adir. Kimki tushida o’zini adirda ko’rsa, barcha mush kullari oson bo’lib, hojatlari ravo bo’ladi.
Ayoz. Tushingizda ayozda qolgan bo’lsangiz yoki ayoz turga nini ko’rsangiz va sovukdan junjikib tursangiz, bu tush sizni ogoh qilyapti; sizni xush ko’rmaydigan odamlar ishingizga zarar etkazishlari mumkin ekan. Bundan ta shqari, sog’lig’ingiz haqida ham o’ylang, bu tush sizni so g’lig’ingiz yomonlashuvidan ham ogoh qilyapti.
Ayolning to’yi. Agar ayol kishi tushida cholga turmushga chiqayotgan bo’lsa, o’ngida kasallanishiga ishora bo’ladi.
Agar tushida bo’lajak eri unga xo’mrayib qarayotgan bo’lsa, o’ngida do’stlarining sovuq muomalasidan darakdir. To’y marosi mini ko’rish o’ngdagi quvonchdan dalolat. Oilali ayol tu shida o’z to’yini ko’rsa, o’ngida mayda va g’iybat gaplardan qutuladi.
Ayollar namoziga imomlik. Kimki tushida bir guruh ayollar jamoasiga imomlik qilsa, o’ngida ojiz va bechora larga homiylik qiladi.
Ajdaho. Tushda ajdahoni ko’rish o’ngda amaldor kishi bilan uchrashishga dalolatdir.
Azon. Tushda azon aytilayotganini ko’rish yoki eshitish haj qilmakka ishoradir. «Agar joyi past yoki noma’lum joyda azon aytsa, — deydi Ibn Sirin, — unga bir g’am lik etadi». Kimki tushida o’zi azon aytayotgan bo’lsa, boz ustiga azon aytib bo’lib, ichi qora, johil qari xotinni ko’rsa, o’ngida yaqin odamining qazo qilganini eshitadi.