Immunogen reaktivlikning moddiy asosi , immun yoki immunokompetent ( immun mutasadi ) sistema (IKS) bo’lib , u organizmning unga genetik yot bo’lgan axborot tutuvchi omillarni topish , ularning tuzilishini buzish va ajratib olib ( eliminnatsiya kilish) ularning biokimyoviy , struktur , funktsional va umuman, hujayralar va gumoral omillar , ularni idora etuvchi mexanizmlar to’plamidan iborat.
Ma’ruza maqsadi: Immun sistema etishmovchiligi yoki shikastlanish sabablari , turlari , immunopatologik holat va reaktsiyalar , ularning mexanizmlari , immunitet buzilishlari , immunodefetsit holatlar haqida yo’naltiruvchi ma’lumot berish.
Muhokama qilinadigan savollar : 1. Immunopatologiya va immunitet.
- Immunologik reaktivlik va uning mexanizmlari.
- V va T xujayra sistemasi.
- Ikkilamchi va birlamchi Immmunodefitsitlar.
- Fagotsitar
- OITS
Immunopatologik holatlar va reaktsiyalar .
Spetsifik yoki immunogen reaktivlik bu tom ma’noda aytganda organizmning antigen ta’siriga nisbatan javobi bilan ifodalangan xususiyatdir.
Immunogen reaktivlikning moddiy asosi , immun yoki immunokompetent ( immun mutasadi ) sistema (IKS) bo’lib , u organizmning unga genetik yot bo’lgan axborot tutuvchi omillarni topish , ularning tuzilishini buzish va ajratib olib ( eliminnatsiya kilish) ularning biokimyoviy , struktur , funktsional va umuman, hujayralar va gumoral omillar , ularni idora etuvchi mexanizmlar to’plamidan iborat.
Anatomo morfologik jihatidan tarqoq ( limfoid va kon ishlab chiqaruvchi organlar , tananing turli kismlarida joylashgan limfoid xujayralar yig’indisi – tugunlari va h.k.) , ammo qon va limfaning doimiy harakati tufayli yaxlit sistema sifatida ishlovchi immun sistemaning markaziy ( timus, Fabritsus qopchasi, inonda uning rolini ko’mik bajaradi ) va periferik organlari ( limfatik tugunlar, taloq) tafovut etiladi.
Antigenni topish , emirish va organizmdan chiqarishni IKS hujayralari amalga oshiradi, IKS A-V va T – xujayralarning subsistemasiga ega. A- hujayralar subsistemasi asosan mononuklear xujayralar-monotsitlar va to’qima makrofaglaridan tashkil topgan bo’lib , ularning yot antigenlarini topish , yutish va ular haqidagi axborotni T va V limfotsitlarga etkazish qobiliyati nihoyatda katta . Ana shunga ko’ra xam ularni aktsessorlar , yordamchilar yoki A- hujayralar deb ham atalishi bejiz emas.
V- hujayralar subsistemasi limfotsitlarning klonlaridan tashkil topgan . Ularning bunday nomlanishiga sabab , Fabritsus xaltasi ( qushlarda topilgan) so’zlaridagi “bursa” so’zining bosh harfidan olingan. Odamda va boshqa sut emizuvchilarda bu xaltachaga o’xshash tuzilmalar , guruhli limfatik follikulalar, Peyer tugunlari , bodomsimon bezlar zonalarida aniqlangan.
Antigen bilan birinchi bor to’qnashganda V-limfotsitlarning bir qismi antitana ishlab chikaruvchi plazmatik hujayralarga , qolganlari esa differentsiallashib – takomillashib spetsifik antitanalar ishlab chiqaruvchi plazmatik hujayralarga aylanishiga olib keladi.
Spetsifik antitanalar oqsillarning globulinlar fraktsiyasiga oid, ularning hosil bo’lishini chaqirgan antigen bilan o’zaro reaktsiyaga kirishadi va antigen –antitana kompleksini hosil kiladi. Ko’pchilik immunoglobulinlar komplementning ma’lum fraktsiyalarini bog’lash qobiliyatiga ega .
Odamda immunoglobulinlarning 5 ta asosiy ( A,E,J,M,D) sinflari tafovut etiladi. T-hujayralarning subsistemasi T- limfotsitlarning turli klonlari sifatida mavjuddir. Ularning proliferatsiyasi va etilishi asosan ayrisimon bez –timus ishtirokida boradi va shuning uchun ular timusga karam T-limfotsitlar deb belgilanadi.
T-hujayralarning antigen bilan ilk bor to’qnashishi , ularning blasttransformatsiyasi va differentsiallanib uzoq yashovchi turli subpopulyatsiyalarni , shu jumladan xotira limfotsitlariga aylanishi bilan davom etadi . Antigen bilan takroran to’qnashuvda xotira hujayralari blasttransformatsiya va differentsiatsiyaga uchrab , turli klonlarning spetsifik T- limfotsitlarga aylanishi kuzatiladi.
Immun javob IKS ning barcha subsistema hujayralari tomonidan « tashkil etiladi» . Bunda T- va V- subsistemalarda «bajaruvchi» hujayralaridan tashqari idora etuvchi ( T-helperlar, T-supressorlar, V-supressorlar va b.) hujayralar ham borligi diqqatga sazovor. IKS faoliyatining buzilishi , stress turli immunopatologik holatlarning rivojlanishiga olib keladi.
Immunitet buzilishining tipik shakllari.
Immunitet buzilishlarini yaxlitligicha ko’pincha immun defitsit (IDH) yoki immunpatologik holat (IPH) nomi ostidagi tushunchalar bilan qo’shib ifodalaydilar. Immunodefetsit holatlar deganda organizmning natijali ravishda hujayraviy va gumoral immunitetni amalga oshirish faolligining pasayishi yoki butunlay yo’qolishi bilan ifodalanadigan holatlar tushuniladi.
Immunopatologik holatlarning ayrim xususiyatlariga ko’ra bir necha turlari ajratiladi:
- Kelib chiqishiga ko’ra:
- birlamchi ( irsiy yoki tug’ma) IKSning A,V va T- subsistema hujayralarining proleferatsiyasi , differentsiatsiyasi va faoliyatining buzilishlarini keltirib chiqaradigan genetik nuqsonlar natijasidir.
- Ikkilamchi ( ontogenezning postnatal davrida orttirilgan ) – fizikaviy ( masalan, rentgen nurlarining yuqori dozalari ta’sirida) , — kimyoviy ( masalan, tsitotoksik agentlar) yoki biologik ( masalan, qonda glyukokortikoidlarning haddan tashqari ko’payib ketishi , IKS hujayralarining virusli yoki bakterial zararlanishi ) tabiatdagi shikastlovchi omillar ta’sirida rivojlanadi .
- Rivojlanish mexanizmlariga ko’ra:
- mononuklear hujayralar , Vg’ va Tg’ limfotsitlarning turli populyatsiyasini , ulardan oldingilarini ( gemopoetik o’zak hujayralari ,polipatent hujayralari va .b.) bo’linish yoki ular sonining nihoyatda kamayib ketishi bilan shartlanuvchilardir.
- Immun javobni amalga oshirish uchun lozim bo’lgan monotsitlar , makrofaglar , T va V limfotsitlar va ulardan oldingi hujayralarning differentsiatsiyasini idora etuvchi mexanizmlarning buzilishlari ( disregulyator IDH) bilan shartlanuvchilar. Ko’pincha ularning rivojlanishi asosida organizmda T va V limfotsitlar – regulyatorlar sonining yoki biologik faol moddalarining ( kortikosteroidlar, interleykinlar, anabolik gormonlarning va . b.) miqdoriy o’zgarishlari yotadi.
- IKS turli subsistema hujayralarining ko’proq shikastlanganligiga ko’ra:
- V- limfotsitlarga bog’liq ” gumoral “ IDH .
- T- limfotsitlarga bog’liq “ hujayraviy” IDH.
- A- ga bog’liq “ fagotsitar” , “ mononuklear” IDH.
- Kombinirlangan IDH.
- Ko’rinishlariga ko’ra:
- IKS hujayralarining mutlaqo bo’lmasligi , sonining etarli bo’lmasligi va faoliyatining buzilishi , haqiqiy yoki “chin” IDH.
- Organizmning patologik tolerantligi.
- “ transplantantning ho’jayinga qarshi” reaktsiyasi.
Ayrim immunopatologik holatlarning qisqacha patofiziologik tavsifi.
Hozirgi vaqtda immunitet buzilishlarining IDH , patologik tolerantlik va “ transplantning xo’jayinga qarshi” reaktsiyasi kabi 3 asosiy shaklini tafovut etish tarafdorlari ko’proqdir.
- Aslida IDH deb ham belgilanuvchi , asosan esa IKS hujayralarining yo’qligi , sonining kamayishi va faoliyatining buzilishlari bilan ifodalanuvchi IDHlar patogenezining eng asosiy tuguni IKSning A-, T- va V- subsistema hujayralari proliferatsiyasi , etilishini yoki ulardan oldingilarining bo’linishi va differentsiatsiyasining bloklanishidan iborat. Ularning ko’pchiligi IDHning birlamchi turiga taalluqlidir . Eng og’ir shakliga misol sifatida retikulyar disgeneziya sindromini keltirish mumkin . Bu ko’mikda gemopoetik o’zak hujayralar sonining nihoyatda kamayib ketishi va ulardan limfotsitlar , monotsitlar etilishining bloklanishi va shu tufayli A-, V- va T- subsistemalar hujayralari taqchilligining rivojlanishi bilan harakterlanadi . Bunday sindrom bilan tug’ilganlar esa tez orada turli infektsiyalar ( ko’pincha sepsis tufayli) yoki xavfli o’smalar oqibatida halok bo’ladi.
Mielo o’zakli hujayralar proleferatsiyasining , shuningdek mielo- va monoblastlar etilishining bloklanishi monotsitopeniya , neytropeniya va fagotsitar etishmovchilik bilan kuzatiladi. Bunday holat Chedyak-Xigasi sindromi deb ataladi. Bunday bemorlar uchun fagotsitoz reaktsiyalarining amalga oshmasligi , tez-tez surunkali bakterial infektsiyalarining rivojlanishi xos.
Limfoid o’zak hujayra darajasida rivojlanishning nuqsoni o’zak hujayralarining differentsiallashishining buzilishi, T- va V- limfotsitlar etilishining bloklanishi va ularning taqchilligi bilan harakterlanadi. Ba’zi hollarda V-hujayralar soni norma atrofida yoki hatto undan ortiqroq bo’lishi mumkin , ammo etarli miqdorda immunoglobulinlarni sintezlay olmaydi va shu tufayli gipogammaglobulinemiya yuzaga keladi . Bunday o’zgarish sindromi kombinirlangan ( T- va V- takchilligi ) IDH deb yoki dastlab shveytsariyalik olimlar tomonidan tasvirlangani uchun “ shveytsariya turi” deb nomlanadi. Bunday bemorlar hayotining birinchi yilidayoq bakterial, parazitar yoki virusli infektsiyalar , zamaburug’li shikastlanishlardan halok bo’ladi. Murda yorib ko’rilganda ularda timus va limfatik tugunlarning gipoplaziyasi aniqlanadi . Kombinirlangan IDHning ko’pincha uchraydigan klinik ko’rinishi Lui-Bar sindromi deb ataladi . U T – va V- limfotsitlar etilishi voyaga etishining nuqsoni , sonining ( ayniqsa T-helperlar subpopulyatsiyasining) kamayib ketishi va immunoglobulinlarning taqchilligi bilan harakterlanadi. Ushbu sindromli bemorlar odatda infektsiyalar va xavfli o’smalardan halok bo’ladilar. Immunitetning asosan hujayra bo’limining buzilish IDH timus shikastlanganda rivojlanadi . Chunonchi , timusning tug’ma gipo- yoki aplaziyasi Di-Jordji sindromini ko’rsatadi. Unga organizmning tez-tez infektsion shikastlanishlari xos.
T-limfotsitlarning taqchilligi va ko’pincha gipogammaglobulinemiya bilan birga kelishi Viskott-Oldrich sindromi sifatida tasvirlangan. Bunda T-hujayralar membranasining strukturasi klinik tomonidan virusli, bakteriyali infektsiyalar , allergik reaktsiyalar , chunonchi ekzemaning rivojlanishi bilan harakterlanadi Asosan V limfotsitlar differentsirovkasining nuqsoniga bog’liq shartli IDHlar gipo yoki gammaglobulinemiya bilan ifodalanadi. Odatda bunday vaqtda T-limfotsitlarning soni ham, funktsiyasi ham o’zgarmagan bo’ladi. IDHning bunday shakllari rivojlanishi asosida pre(old) –V-hujayralarining V limfotsitlarga aylanishining endogen nuqsoni yotadi . Nuqson X-xromosoma bilan bog’langan holda naslga o’tadi. Bu sindromda limfa tugunlari va talokda pusht markazlarining a- yoki gipoplaziyasi , plazmatik hujayralarining bo’lmasligi yoki sonining keskin kamayganligi yotadi. Dastlab ushbu patologiyani Bruton tasvirlab bergani sababli uni Bruton sindromi deb ataydilar.
IDHning faqat ayrim (selektiv) , masalan , Ig I yoki IgA ning taqchilligi va gipogammaglobulinemiya bilan harakterlanuvchi shakllari ma’lum . Bunday bemorlarda ko’pincha yuqori nafas yo’llarining qaytalanuvchi infektsiyalari va oshqozon ichak yo’llarining parazitar hamda mikroblar tomonidan shikastlanishlari kuzatiladi. IDHning ushbu birlamchi turlaridan tashqari ikkilamchi ontogenez jarayonida orttirilgan shakllari ham mavjudir . Ular ko’pincha virusli , bakterial va parazitar infektsiyalarda , keng kuyishlarda . buyraklar va jigar etishmovchiligida , moddalar almashinuvining buzilishlarida uchraydi. IDHning ko’rsatilganlarining ko’pchiligi antitanalar , antigenlar va immun komplekslari bilan T va Vlimfotsitlar , makrofaglarning ( ularning genomini, membranasini, fermentlarini) yoki T-supressorlarning rag’batlanishi , yoki IDHning effektor hujayralari retseptorlarining blokadasi natijasida yuzaga keladi.
OITS qo’zg’atuvchisi retroviruslar oilasining lentiviruslar avlodiga taalluqlidir, ular bir ipli RNK va revertaza ( teskari traskriptaza yoki RNKga bog’lik DNK polemeraza) tutadi. Virus nuklien kislotasining replikatsiyasi RNKmatritsasida ikki ipli DNKni sintez kilish bosqichi orqali boradi, ya’ni teskari yo’l orqali amalga oshadi . Virusning ko’chish yo’li bilan etilishi hujayra membranasida boradi.
Virus organizmga qon va uning mahsulotlari , to’qima va organlar ko’chirib o’tkazilganda hujayralar bilan , qon quyilganda , shikastlangan shilliq prada yoki sperma va so’lak bilan kiradi . Organizmga tushgan OITS kuzg’atuvchisi T-4 retseptor tutuvchi xujayralarga kiradi. Chunki virus pardasi glikoproteidlaning unga nisbatan yuqori darajada affeniteti bor. ( Affenitet- tortilish, moyillik.tropizm) . T-helperlar SD-4 retseptorlarga nihoyatda boy bo’lgani sababli virus asosan ularga kirib boradi. Virus ulardan tashqari monotsitlarga , gliya hujayralariga , neyronlarga kirib olish qobiliyatiga ega . Virus qonda, so’lak bezlarida, moyak va urug’don to’qimalarida topiladi.
OITS virusi – odam imunodefitsitining virusi ( OIV) yoki limfaadenopatiya virusi (LAV) deb nomlanadi. Avval u odam T-hujayra limfotrop viruslari deb atalgan . Infetsirlangandan 6-8 hafta ( ba’zan 8-9 oy) dan sung OIVga nisbatan antitanalar paydo bo’ladi . Faqat shu vaqtdan boshlab zamonaviy metodlar yordamida organizmning infetsirlanganini aniqlash mumkin xolos.
OITS patogenezi haqida quyidagilarni qayd qilish lozim . Organizm hujayralarining genomlariga kirib , provirusning DNK shaklida unga qo’shilib ketgan (inkorporatsiyalangan) OIV xujayraning DNKga qaram bulgan RNKsintetazasi yordamida virus RNKsining transkriptsiyasini rag’batlantirish qobiliyatiga ega. Ushbu RNK asosida virusning oqsil komponentlari sintezlanadi. Ular esa uning nuklien kislotasi bilan integratsiyalanadi. . Ana shu yig’ilish tugagach , virus bo’lakchalari hujayradan ajralib chiqib , xujayralararo suyuqlikka , limfaga , qonga tushib T-4 retseptorlari bo’lgan yangi hujayralarga “xujum” qilishda davom etadi va ularni halokatga olib keladi.
OITSli bemorlar qonining mononuklearlari ajratib chikaradigan supressiyaning eruvchan omillari ta’sirida T-helperlar faolligi susayadi degan fikrlar ham bor. OIVning organizm xujayralariga ta’sirining ushbu va boshqa mexanizmlari ularni faolsizlantiradi va lizisga uchratib , sonining kamayishiga olib keladi. Bu ko’proq T-helperlarga taalluqlidir. Asosan shu tufayli ham limfopeniya yuzaga keladi . Bundan tashqari , T-helperlarning interleykin-2 ishlab chiqarish qobiliyati pasayadi. Ayni paytda tabiiy T-killerlar deb ataluvchi hujayralarning soni ham kamayadi ( taxminan 80-90%ga) va funktsional faolligi pasayadi. V-limfotsitlarning soni norma atrofida bo’lsada, ularning funktsional faolligi pasayadi. Makrofaglar soni ham odatda kamaymaydi , ammo ximotaksisning va yot antigenlarning ular tomonidan hazm qilinishi buziladi. Shuningdek makrofaglarning antigenini T- vaV-limfotsitlarga rpezentatsiya qilish mexanizmlari ham izdan chiqqan bo’ladi.
Keltirilgan o’zgarishlar OITS bilan kasallanganlar eng kuchli maxsus himoyaviy omillaridan mahrum bo’lishini ko’rsatadi. Shu sababli ular faqat kasallik tug’diruvchi infektsion , o’smalar chaqiruvchi ( kamdan-kam uchraydigan Kaposhi sarkomasi) va boshqa agentlarga tez va oson beriluvchan bo’libgina qolmay , balki boshqa hollarda deyarli shikastlanish chaqirmaydigan opportunistik ( bakterial, zamburug’li, protozoyli va h.k.) kasalliklarga ham beriluvchan bo’lib qoladi.
OITS aniq , yagona klinik manzaraga ega emas . U yoki bu sistema yoki organning shikastlanishida o’rin tutishiga qarab , bir nechta turlarni tafovut qilishga urinishlar bor , albatta. Ular katta amaliy ahamiyatga ega. Ammo shu narsa ayonki , OITS vaqtida shikastlanmagan, zararlanmagan, demak kasallik girdobiga chalinmagan birorta xujayra ham, to’qima ham , organ va sistema ham yo’k. Chunki bunday bemor organizmining eng kuchli sezuvchi va faol ravishda uni tashqi antigenli yovdan himoya qiluvchi omil – IKSdan mahrum bo’lgan .
Albatta, IKSning har-bir xujayraviy va gumoral hamda idora etuvchi, ya’ni bevosita va bilvosita faolligini ta’minlash omilining o’z o’rni , ahamiyati bor. Ammo IKS ning xususiyatlaridan biri shundaki, uning birorta o’rnini boshqa yo’l bilan bosib bo’lmaydigan bo’limi ishdan chiqsa , u o’zining himoya faoliyatini amalga oshira olmaydi. Vaholanki , OITS da uni chaqiuvchi virus tabiati va xususiyatiga ko’ra eng muhim xujayra bo’limi, ya’ni T-xelperlarga bog’liq qism emiriladi va shu tufayli u bilan kasallangan odam mutloqo himoyasiz , turli ta’sirotlar oldida ojiz bo’lib qoladi.
OITS ning tugunli ko’p masalalarini boshqa sohalardagidek amaliyot uchun nihoyatda katta foyda keltirgan eksperimental tadqiqotlar yordamida echishga urinishlar bor. OITSning modeli mushuklarda , makaki va boshqa maymunlarda shakllantirilgan.
Ularning tashqi ko’rinishi , klinik belgilari va IKS to’qimalarida , ayrim odamlardagiga o’xshash o’zgarishlar kuzatilgan . Ammo bu sohadagi tadqiqotlar o’z davomini , har tomonlama chuqur izlanishlarini talab qiladi. Bu masalalarni ijobiy hal bo’lishi, ayniqsa OITS ning davolash choralarini topish ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega.
Kasallik giperergik ravishda kechganda uning tez va kuchli rivojlanishi , a’zolar va sistemalar faoliyatini keskin o’zgarishi qayd etiladi. Kasallikning sust va zaif kechishi , belgilarning noaniqligi, antitanachalar ishlab chiqarish va fagotsitoz qobiliyatini pastligi gipoergik kechish tushunchasiga xosdir. Har qanday pattologik jarayon reaktivlikning va uning mexanizmlarini o’rganish kasallikning patogenizini tushunib etish va uni to’g’ri davolash usullarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
Biologik , yoki turga mansub reaktivlik bu xususiyatning eng umumiy shakllaridan bo’lib, avvolo irsiy omillar bilan belgilanadi va organizmning turli tashqi muxit ta’sirlariga ( zaharlar, gipoksiya, radial tezlanish, ionlovchi radiatsiya.) o’z hayotiy jarayonlarini himoya tarzida o’zgartirish qobiliyati bilan belgilanadi. Biologik reaktivlikni birlamchi deb ham ataladi.
Reaktivlikning turga mansub xususiyatlari shu biologik turning har- xil yuqumli kasalliklarga nisbatan immunitetini ham belgilaydi. Jumladan ,odamning qoramol o’lati qo’zg’atuvchisiga nisbatan chidamligiga odamga xos immunitetning mavjudligi bilan izohlanadi. Reaktivlikning turga nisbatan o’zgarishiga misol qilib ba’zan hayvonlarning qishki uyquga ketishini, baliqlar va qushlarning ma’lum bir davrlarda ko’chishini keltirish mumkin.
Hayvonlarning qishki uyqusi davrida asab va endokrin sistemplarning faoliyati susayadi. , bu esa tana harorati va modda almashinuvining pasayishiga olib keladi, shu davrda reaktivlikning keskin zaiflashishini yuzaga keltiradi. Turga mansub reaktivlik shu turni va uning alohida olingan vakillarini evolyutsiya jarayonida saqlab qolishga yo’naltirilgandir . Turga mansub reaktivlik asosida guruhlarga va har bir organizm uchun xos bo’lgan xususiy yoki individual reaktivlik shakllanadi . Individual reaktivlik ko’p jihatdan irsiy va orttirilgan xususiyatlar bilan belgilanadi. U organizm rivojlanayotgan va yashaydigan tashqi muhit omillari ( ovqatlanish tarzi, iqlim sharoiti , havodagi kislorod miqdori, suvning sifati, ekologik jihatdan zararli moddalarning miqdori va ,b.) bilan bevosita bog’liqdir. Reaktivlik organizm jinsi bilan ham chambarchas bog’liqdir . Ayollarda reaktivlik hayz ko’rish yoki homiladorlik tufayli keskin o’zgarishi mumkin. Ayollar organizmi kislorod etishmovchiligiga , ochlikka va kuchli radial tezlanishlarga ko’prok chidamli bo’ladi. Organizmning yoshi ham reaktivlikni belgilashda muhim ahamiyatga ega. Ilk bolalik davrida reaktivlik xususiyatlari past buladi. Chunki bu davrdv hali asab . endokrin va immun sistemalar oxirigacha rivojlanmagan bo’lib , tabiiy biologik to’siqlar esa etarli darajada faoliyat ko’rsata olmaydi. Reaktivlikning eng yuqori cho’qqisi etuklik davriga to’g’ri kelib , keksalik davrida asta-sekin pasayadi. Keksalar turli xil yuqumli kasalliklarga moyildirlar, ularda o’pkaning yallig’lanish jarayonlari, teri va shilliq pardalarning yiringlashi ko’prok uchraydi. Buning sababi immun jarayonlarning susayishi va biologik to’siqlar faoliyatining zaiflanishi bilan izohlanadi.
Xususiy yoki individual reaktivlikning o’z navbatida spetsifik va nospetsifik sifatida mavjuddir. Spetsifik reaktivlik organizmning ma’lum bir antigenlarga nisbatan ularni zararsizlantiruvchi antitanalar ishlab chikarish qobiliyati bilan belgilanadi. Demak. Spetsifik reaktivlik tushunchasi immunologik reaktivlik tushunchasi bilan uyg’un bo’lib, uning talablariga javob beradi. Shu bilan birga , spetsifik reaktivlik organizmning turli xil yuqumli kasalliklarga chidamliligini ta’minlaydi, uni har-xil yot xujayralardan asraydi ( masalan, ko’chirib o’tkazilagn to’qimalardan, o’sma xujayralaridan) va immunitet degan tushunchaga to’la mos keladi.
Nospetsifik reaktivlik organizmga tashqi muhit omillari ta’sir etganda ayniqsa yaqqol namoyon buladi. U odatda stress ta’siri . fagotsitoz jarayonining buzilishi , asab sistemasi faoliyatining o’zgarishi va tabiiy biologik to’siqlarning zaiflanishi orqali ro’yobga chiqadi.
Reaktivlikning ko’rsatilgan ikki turi ham o’z navbatida fiziologik va patologik tusda bo’lishi mumkin.
Fiziologik reaktivlik – bu sog’lom organizmda , hayot uchun barcha sharoitlar yaratilgan holatda kuzatiladigan javob reaktsiyalaridir. Bunga immunitetni va har-xil tashqi muhit omillariga ma’lum bir chegarada javob berishi ( nospetsifik reaktivlikni) misol qilib keltirish mumkin.
Patologik reaktivlik, odatda organizmda kasallik keltirib chiqaruvchi omillar ta’sir etganda ro’yobga chiqadi. O’z navbatida u fiziologik reaktivlikdan sifat jihatdan tubdan farq qiladi va berilgan berilgan ta’sirga o’zining g’ayritabiiy javobi bilan ajralib turadi. Umuman olganda, patologik reaktivlik organizmning imkoniyatlari va moslashuv jarayonlari chegaralanganligi bilan farq qiladi.Patologik reaktivlikka yaqqol misol qilib allergiyani , organizmda immun etishmovchilikni va turli xil autoimmun holatlarni keltirish mumkin . Nospetsifik patologik reaktivlikka og’ir jarohat yoki narkoz paytida reaktivlikning pasayib ketishi misol bo’ladi. Bu holatlarda organizmning mikroblarga qarshilik ko’rsatish qobiliyati keskin pasayadi, fagotsitoz qilish qobiliyati deyarli yo’koladi va turli xil dorilarga sezgirligi o’zgaradi.
Reaktivlikning ifodalanishiga qarab yuqori(giperergiya) , past(gipoergiya) va buzilgan(disergiya) turlari tafovut etiladi. Reaktivlik tirik organizmning turli tashkiliy sathlariga xosdir. Masalan, gemoglobinning shroqsimon-xujayraviy kamqonlikda bo’ladigan gipoksiyaga nisbatan reaktsiyasi reaktivlikning molekulyar sathida kechsa , leykotsitlarning fagotsitoz qilish qobiliyati reaktivlikning xujayraviy sathini ifodalaydi. Reaktivlikning a’zolar sathida kechishi . hatto, ma’lum bir cheklangan a’zoning turli ta’sirga nisbatan o’z faoliyatini o’zgartira olishi bilan bog’likdir. A’zolarning reaktivligi alohida ajratib olingan yurak misolida yaqqol ko’rinadi . Agart shu yurakka issiq yoki sovuq , adrenalin yoki atsetilxolin ta’sir etkazilsa , yurakning qisqarish tezligi o’zgaradi . Ko’pchilik patologik holatlar (allergiya , yallig’lanish va b.) da reaktivlikning turli sathlari( molekulyar. Xujayraviy, to’qima, a’zo , sistema) da o’zgarish bo’lishi mumkin. Reaktivlikning holatini umuman emas. Balki bir yoki bir necha ta’sir omillariga nisbatan o’rganish lozim. Ko’pincha ma’lum bir ta’sirga o’ta yukori reaktivlik boshqa ta’sirga nisbatan past reaktivlik bilan qo’shilib ketadi.Organizmga ikki yoki undan ortiq favqulodda ta’sirlar ko’rsatilganda , odatda, u faqat shularning bittasiga javob berib, boshqalarini inkor etadi. Masalan, tajribaviy hayvonlarga kuchli radial tezlanish ta’siri o’tkazilganda ular hatto o’limga olib keluvchi zahar . gipoksiya yoki yuqori haroratning ta’siriga chidamli bo’ladilar. Bu holat ya’ni areaktivlik . reaktivlikni belgilovchi mexanizmlar dastlabki ta’sir tomonidan egallab olinganligi bilan izohlanadi.
Reaktivlik va rezistentlik tushunchalari orasidagi o’zaro munosabat.
Ko’pincha bu ikki tushunchani bir-biri bilan qo’pol ravishda chalkashtirib kelinadi. Holbuki, ular bir-biriga ekvivalent tushunchalar bo’lmasdan , ularni aralashtirish aslo mumkin emas.
Rezistentlik- bu organizmning turli xil patogen omillarga chidamliligidir. Bu organizmning anatomo-fiziologik . genetik va xususiy orttirilgan belgilari asosida ma’lum bir ta’sirlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir. Odatad rezistentlik reaktsiyalarida organizmda unchalik struktur va funktsional o’zgarishlar sodir bo’lmaydi. Shu tufayli rezistentlikni reaktivlikni ma’lum bir xususiy ko’rinishlaridan biri deb izohlasa ham bo’ladi. Bu ikki tushuncha birgalikda tirik organizmning asosiy xususiyatlarini belgilaydi.
Rezistentlikni ikki: faol va sust turi ajratiladi.
Sust rezistentlik organizmning anatomo-fiziologik xususiyatlari. Ya’ni teri , shilliq pardalar, suyaklarning tuzilishi , qoplama to’qimalarning kattiqligi va chidamliligiga bog’liqdir.
Faol rezistentlik organizmning himoya-moslashuv mexanizmlarining ishga tushishi bilan bog’lik. Masalan, gipoksiyaga chidamlilik o’pka faoliyatining kuchayishi , qon aylanish tezligining ortishi, eritrotsitlar va gemoglobin miqdorining ortishi tufayli amalga oshadi. Turli xil yuqumli kasalliklarga chidamlilik esa antitanalar ishlab chiqarish va fagotsitoz faoliyatining kuchayishi bilan bog’liqdir.Rezistentlik tug’ma, irsiy omillar bilan bog’liq holda birlamchi, orttirilgan holda esa , ikkilamchi bo’lishi mumkin.
Orttirilgan rezistentlik o’z navbatida faol va sust bo’ladi. Faol orttirilgan rezistentlikka misol qilib , organizmga zaiflashtirilgan yoki o’ldirilgan mikrob va viruslarni kiritganda( vaktsinatsiya) rivojlanadigan chidamlilikni keltirish mumkin. Sust rezistentlikka organizmga ma’lum bir mikrobga qarshi tayyor antitanalarni kiritish( seroterapiya) misol bo’la oladi.
Spetsifik rezistentlik- bu ma’lum bir aniq omilga chidamlilik bo’lsa, nospetsifik-ko’p omillarga chidamlilik demakdir.
Reaktivlikning evolyutsion shakllanishi.
Reaktivlik evolyutsiya jarayonida shakllanadi. Organizm filogenetik pog’onada qancha yuqrori tursa , uning turli ta’sirlarga javoban reaktsiyasi shuncha murakkab va mukammallashgan bo’ladi. Sodda hayvonlarda va ko’pchilik umurtkasizlarda birlamchi reaktivllik juda past bo’lib, immunologik reaktivlik esa butunlay yo’kdir. Yuksak rivojlangan umurtkasiz hayvonlarda reaktivlikning asab sistemasi va endokrin bezlarning kurtaklari ishtrok eta boshlaydi. Revktivlikning mexanizmlari umurtqali hayvonlarda turli- tuman va mukammallashgandir. Reaktivlikning takomili turli zararli omillar , masalan, kislorod etitshmovchiligi , harorat o’zgarishi va hakozolarga nisbatan moslashuv mexanizmlarining paydo bo’lishi bilan bog’liq.
Gavda haroratini sun’iy yo’l bilan oshirish sovuqqonli hayvonlarda immunologik reaktivlikni va zaharlarga sezgirlikni oshiradi. Antitanalar va komplement dastavval baliqlarda paydo bo’ladi, ammo bu moddalar unchalik spetsifik bo’lmaydi.
Baliqlarda allergiya jarayonlari kuzatilmaydi, amo amfibiyalarda sustgina allergiya mavjud. Reptiliylarda allergiya jarayoni yaxshiroq rivojlangan, u ayniksa tana harorati oshganda yaqqol namoyon bo’ladi.
Isiqqonli hayvonlvrda reaktivlik kuchliroq ifodalangan bo’lib, bu ko’p jihatdan organizmda modda almashinuv jarayonlarining kuchayishi, asab va endokrin sistemalarning takomil darajasi bilan bog’liqdir.
Ularning turli mexanik, kimyoviy, fizik va biologik ta’sirlarga reaktivligi yuqori bo’lib, kislorod etishmovchiligi , harorat o’zgarishiga moslashuv jarayonlari yaxshi rivojlangan. Barcha issiqqonli hayvonlarda immunologik reaktivlik yaqqol namoyon bo’ladi.
Faqatgina ularga , ayniqsa sutemizuvchilarga, autoallergiya xosdir. Yallig’lanish jarayonini barcha bosqichlari va tashkiliy mexanizmlari ham ularda juda yaxshi ifodalangan. Mikroblar va ularning zaharlari ularda terida ter orqali shilliq pardalardan esa shilliq sekriti hisobiga tashqariga chiqarilib tashlanadi. Reaktivlikni ta’minlashda himoya va belgilovchi vazifalarni o’tovchi gisto- gematik (qon to’qima) to’siqlar ham katta ahamiyatga ega. Qon bilan a’zo orasidagi munosabatga qarab to’siqlaring uch turini ajratish mumkin… to’la ajratuvchi, qisman ajratuvchi, ajratmaydigan. To’la ajratuvchi to’siqlari bo’lgan a’zolarda shu a’zoning xujayralari qon bilan keluvchi moddalarning bevosita ta’siridan muhofaza qilingan bo’ladi ( gemato- entsefalik, gemato- testikulyar, gemato- timik to’siqlar). Qisman ajratuvchi to’siqlarda to’siq asosan shu a’zoning xujayralaridan iborat bo’lib, ularning o’zi a’zoga moddalarning o’tishini nazorat qilib turadi(gemato- tireoid tusik). Ajratmaydigan to’siqlarda esa a’zoning xujayralari qon bilan keluvchi yirik molekulyar moddalar bilan bevosita aloqada bo’ladi(gemato-ovarial tusik).
Shunday qilib,evolyutsiya jarayonida organizmning tashqi muhit ta’sirlariga ko’rsatadigan javob reaktsiyasining,ya’ni reaktivlikning mexanizmlari tobora mukammallashadiva murakkabo’ladi. Shu bilan birga organizmni o’zgaruvchan tashqi muhitga faol ravishda moslashuvini ta’minlaydigan yangi-yangi mexanizmlar paydo bo’ladi.
Reaktivlikni ontogeniz jarayonida takomillanishi ham diqqatga sazovordir.Odam homilasida birlamchi reaktivlik juda past bo’lib, immunologik reaktivlik esa asosan qon bilan keladigan tabiiy antitanalar orqali amalga oshadi. Allergik reaktivlik kuzatilmaydi.Reaktivlikning buzilishi odatda irsiy omillar bilan bog’liq bo’lib,molekulyar va xujayraviy sathda kechadi. Chakaloqlarda reaktivlikning holati asosan irsiy omillar, homila takomili davridagi sharoit va tashqi muhit ta’sirlari bilan belgilanadi.Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda asab va endokrin sistemalarning taraqqiyoti oxirigacha etmagan, to’siqlar rivojlanmagan, teri epedirmisi nozik,mikroblar uchun o’tkazuvchan bo’ladi.
Odatda bola ona organizmidan olgan antitanalar bilan tug’iladi, bu asosan IgG bo’lib, taxminan uch oycha saqlanadi. Chaqaloq organizmida dastavval IgM ishlanadi va bir yoshga borib uning miqdori etuk odamlarnikiga tenglashadi.Ikkinchi- uchinchi haftalarda IgA ishlana boshlaydi. Xususiy IgG oshishi ikkinchi –uchinchi oyga to’g’ri keladi.
Antitanalar hosil bo’lish jarayoni bir yosh davomida limfoid to’qima taraqqiy eta borishi bilan kuchayadi va balog’atga etish davridan so’ng etuk organizm darajasiga chiqadi.
Buqoq bezi (timus) yaxshi taraqqiy etmagan, limfoid to’qimaning faoliyati buzilgan bo’lsa, turli immun tanqislik(immunodefitsint) holatlari va ular bilan bog’liq kasalliklar uchraydi.
Allergik, ya’ni o’zgargan reaktivlikning yuzaga kelishida ikki davrni kuzatish mumkin. Birinchi davr to’rt-besh yoshlargacha bo’lib, asosan irsiy , nasldan-naslga o’tuvchi omillar bilan belgilanadi. Bu davrda allergiya oziq- ovqat mahsulotlari , uy-ro’zg’or buyumlari, ba’zan mikroblarga nisbatan o’ta reaktivlik bilan ifodalanadi.Ikkinchi davr esa balog’at yoshiga etganda kuzatilib, o’z ichiga nafaqat irsiy omillarni,balki tashqi muhit ta’sirini ham qamrab olgan allergik reaktivlikning shakllanganligidan dalolat beradi.
Rezistentltk ham yoshga nisbatan turlicha ifodalanadi.Masalan, homilaga ba’zi mikroblarning(ich terlama) zaharlari ta’sir etmaydi va bu xodisani homila hujayralarining yuzasida maxsus retseptorlarning hali yo’qligi Bilan tushuntiriladi. Boshqa mikroblarning ( streptokokk, difteriya) zaharlariga nisbatan esa rezistentlik juda past bo’ladi. Rezistentlik mexanizmlari chaqaloqda asosan bir yosh to’lguncha shakllanadi.
Reaktivlik mexanizmlari.
Reaktivlikning mexanizmlarini ta’minlashda asab, endokrin va immun sistemalar asosiy o’rin tutadi. Bu sistemalarning onto- filogenizda takomillashuvi reaktivlikning tobora mukammallashishiga va organizm himoya moslashuv qobiliyatlarining oshishiga olib keladi.Masalan, qattiq uyqu yoki narkoz paytida organizm turli ta’sirlarga chidamliroq bo’ladi. Nospetsifik reaktivlikni ta’minlashda gipofiz, buyrak usti bezining gormonlarining ahamiyati juda katta. Spetsifik reaktivlikda esa timus, limfa tugunlari, ko’mik va taloqning faoliyati muhim rol o’ynaydi. Tibbiyot amaliyotidan ma’lumki , qalqonsimon bezning faoliyati oshganda yallig’lanish jarayonlari juda kuchli kechadi, bezning faoliyati pasayganda esa keskin susayadi. Reaktivlik me’da osti bezining endokrin faoliyati buzilganda ( qandli diabetda) ancha pasayadi, bu o’z navbatida organizmda turli xil yallig’lanish jarayonlarining paydo bo’lishiga olib keladi. Demak, reaktivlikning mexanizmlarini ta’minlashda asab, endokrin va immun sistemasi a’zolari eng asosiy ahamiyatga egadir.
Reaktivlik va rezistentlikda biriktiruvchi to’qimaning ham ahamiyati katta. Bu to’qimaning xujayralari immun jarayonlarida , fagotsitozda. Regeneratsiyada faol ishtirok etadi va himoya-to’siq vazifalarini o’taydi.
Reaktivlikda tashqi muhit sharoitlarining ham ahamiyati katta. Turli xil iqlim sharoitlari (yuqori yoki past harorat, namlik, qurukliq) organizmning ta’sirlarga nisbatan javob reaktsiyasini tubdan o’zgartirishi mumkin. Ijtimoiy omillar ham ( ochlik, stress, mehnat sharoitlari) reaktivlikning o’zgarishiga olib keladi. Salbiy tashqi va ijtimoiy omillar ta’sirida allergik reaktsiyalar va immunitetning keskin pasayishi kuzatiladi.
Patologik tolerantlik.
Tolerantlik ( lotincha o’zgaruvchanlik , ko’nikuvchanlik, chidamlik) organizmning undagi antigenlarga nisbatan” chidamliligi” bilan harakterlanuvchi holat. Bunday holatda IKS ning xujayralari maxsus antitanalarni va immun limfotsitlarni ishlab chiqarmaydi,yo immunitetning yot- begona axborot tutuvchi omilni emiruvchi va eliminatsiya qiluvchi effektor o’z faolligini amalga oshira olmaydi.
Keng biologik ma’noda tolerantlik uch turda bo’lishi mumkin..
1) Patologik. Bunda organizm IKS xujayralarining antigenlarga ko’pincha bakteriyalar, viruslar, parazitlar, xavli o’sma xujayralarini yoki transplantatning antigenlariga nisbatan “chidamligi” kuzatiladi.
Fiziologik tolerantlik bu organizm IKS ning oqsillari va hujayralariga nisbatan tolerantligini anglatadi.Fiziologik tolerantlik shakllanishining asosiy mexanizmiF. Bernet vaF. Fenner tomonidan ishlab chiqilgan klonal- selektsion nazariyaga muvofiq, IKS ning xujayra klonlarining embrional rivojlanish davrida (IKS hali etarli darajada voyaga etmagan davrda) organizmning o’z oqsillari va xujayralarining antigenlari tomonidan kuchli ta’siri natijasida halok bo’lishi, eliminatsiya qilinishi va shu tufayli ularning organizmda bo’lmasligidir. Tolerantlikning fiziologik shakllariga ma’lum darajada asoslangan holda ajrim qilingan to’qima xujayralarining antigeniga taaluqlidir. Bularga miya , ko’z, tuxumdon, qalqonsimon bez to’qimalarining gematoentsefalik, gematooftalmik, gematoovarial, gematotireoid bilan ajratilgan ayrim to’qima tarkibiy qismlari kiradi.
3) Indutsirlangan (sun’iy chakirilgan davolash)tolerantlik buIKSning turli subsistema xujayralari faoliyatini maqsadga muvofiq ravishda pasaytmruvchi ta’sirlar yordamida yuzaga keltiriladi. Odatda ushbu maqsadda ionlanuvchi nurlanish ,tsitotoksinlar , immunodepressantlarning katta dozalari qo’llaniladi, Ushbu omillarning barchasi IKS xujayralarining bo’linishi va etilishini tormozlaydi yoki bloklaydi.
Indutsirlangan tolerantlikdan meditsinada a’zo va to’qimalar transplantatsiyasi samaradorligini oshirish , allergik reaktsiyalar hamda autoimmun jarayonlarni davolashda foydalaniladi.