Organizmda yod etishmasligini aniqlash usullari
1) Yodning 5%li spirtdagi eritmasi bilan “yod to’ri” hosil qilish kerakki, vertikal va gorizontal chiziqlar orasidagi (kvadrat) joy 1 ni tashkil qilsin. Bunda ushbu “yodnaya setka” 3 soat mobaynida yo’qolsa, demak yod tanqisligi bor ekan, deb tushunish kerak. Agarda 6-8 soat ichida bo’lsa, unchalik emasligi, 3-kechakunduz saqlansa “normada” ekani ma’lum bo’ladi.
2 см 2) Bosh barmoqlarda terining qattiqlashishi (mazol) yoki boshqa dag’al burma bo’lsa, buqoq bezining funktsiyasini buzilganligini (tibet usuli) ko’rsatadi. 3) Psixologlar fikricha odamda yod tanqisligi bo’lsa binafsha rangli yoqtirishar
emish va bunda buqoq bezi xastaligi alomatlari kuzatilar emish.
Ajobtovur gaplar: – Akademik V.I.Vernadskiy fikriga ko’ra, kosmik nurlar ta’sirida, er po’stlog’ida yadroviy reaktsiyalar bo’lsa, natijada bir elementdan ikkinchisi paydo bo’lishi yangi atomlar jumladan yod atomi ham paydo bo’larmish.
Yod surtma moyi: Agarda po’lat va titandan bo’lgan podshipniklarning surtadigan joyiga 0,6% yod eritmasi qo’shib surilsa, ularning chidamliligi 50 martaga osharmish (bizningcha yodning antiseptik va boshqa xususiyatidan kelib chiqsa kerak).
Yod va oyna: Oyna tarkibiga yoki plastmassaga yod elementi biriktirilsa, nurlarda ajoyib o’zgarishlar bo’larkan. Bulardan kinotexnikada, teatrda, avtomobillarda foydalanish mumkin ekan.