Zaxm uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Zaxm

Zaxm uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

 

Zaxm — surunkali kechadigan tanosil kasalligi bo’lib, xastalikda barcha a’zolar va tizimlar zararlanadi. Kasallik asosan jinsiy yo’l bilan, maishiy yo’l bilan, o’pishish, umumiy idish-tovoqorqali va ona qornida yuqishi mumkin.

BU KASALIK KUCHAYIB KETMASDAN TURIB SIFOKORGA TEZROQ BORING

Qo’zg’atuvchisi — oqish treponema. Zaxm bilan og’rigan bemor avvaliga o’zini mutlaqo sog’lom sezadi, kasallikning yashirin davri tugagach, oqish treponemalar kirgan joyda eroziya yoki yara paydo bo’ladi, uning atrofidagi limfa tugunlari kattalashadi. Bu hol zaxmning birlamchi davrida yuz beradi.

Ikkilamchi davrida teri va shilliq pardalarda vaqti- vaqgi bilan toshmalar (dog’simon, tugunsimon, yiringli va boshqa toshmalar) paydo bo’lib, davosiz ham o’z-o’zidan yo’qolib ketishi mumkin, lekin bu bilan kasallik tuzalmaydi, ko’p hollarda ichki a’zolar zararlanadi. Kasallikning uchinchi davri uchun gummalar paydo bo’lishi, aorta, olat tizimining zararlanishi xarakterlidir.

Zaxm uy sharoitida davolash

 

* Qariqiz ildizidan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan suv quyib, og’zi yopiq holda past olovda yarim soat qaynatiladi. Suzib olib, 4 qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Katta qoncho’p o’tidan bir osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 50 g dan ichiladi.

* Qizilqoncho’p o’tidan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 150 g dan ichiladi.

* Eman po’stlog’idan 2 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan suv quyib, past olovda 30 daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Archa novdalaridan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal, 150 g dan ichiladi.

* Pashmak (qizilqoncho’p) o’tining bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 3 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin bir osh qoshiqdan ichiladi.

(Visited 1 033 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!