Zaharlanish uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Zaharlanish

Zaharlanish uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Zaharlanish — zaharli modda organizmga me’da-ichak, nafas yo’llari orqali kirganda, teridan so’rilganda, teri ostiga, mushak orasiga, venaga yuborilganda ro’y beradigan kasallik holati. Zaharlanishga sabab bo’ladigan modda miqdori (dozasi) qanchalik kam bo’lsa, uning zaharliligi shunchalik kuchli namoyon bo’ladi. Kuchli zaharlanishni tasodifan va qasddan zaharlanishga bo’lish qabul qilingan.

Tasodifiy zaharlanish juda ko’p uchraydi va umumiy zaharlanishning 80 foizini tashkil qiladi. Dori moddalarini, ayniqsa, o’z-o’zini davolashda kuchli ta’sir etadigan dorilarni ko’p miqdorda iste’mol qilish, etil, alkogol va uning surrogatlarini yuqori dozada ichishdan kelib chiqadigan alkogol intoksikatsiyasi, bemor kimyoviy moddani dori yoki ichimlik deb adashtirib ichib qo’yishdan zaharlanishi, tasodifiy zaharlanish jumlasidandir.

Qasddan zaharlanish kam uchrasa-da, ancha og’ir kechadi, chunki bunday hollarda kishi o’zini o’ldirish maqsadida katta dozada ichadi, bu zaharlanish ruhiy bemorlar yoki beqaror odamlarga xos. Kuchli zaharlanish, zaharli moddalarning organizmga qanday yo’l bilan kirganligiga qarab ham ajratiladi.

Ovqat bilan kirgan zaharning og’izdan me’da-ichak yo’liga tushib, u erdan qonga so’rilib, butun tanaga tarqalishi natijasida kelib chiqadigan ovqatdan zaharlanish keng tarqalgan. Bundan tashqari, zaharli moddalar bug’i nafasga kirishidan, zaharning himoyalanmagan teri orqali organizmga tushishidan, burun, quloq, jinsiy a’zolar orqali o’tishidan zaharlanish mumkin. Nihoyat, toksin moddalar eritmalarini bevosita to’qimaga yoki qon oqimiga shprits yordamida kiritish yoxud zaharli hasharotlar va ilonlar chaqishi natijasida zaharlanish mumkin.

Kuchli zaharlanishga sabab bo’ladigan ko’pgina kimyoviy moddalar bor. Bularga kasallikni davolashda qo’llaniladigan, biroq katta miqdorda zaharli xususiyatga ega bo’lgan dori vositalari, turmushda turli xo’jalik va sanitariya maqsadlarida keng ishlatiladigan kimyoviy preparatlar, shaxsiy gigiena va kosmetikada ishlatiladigan preparatlar, qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi foydalaniladigan turli zararlikimyoviy moddalar, turli sintetik materiallar asosini tashkil qiladigan toksinlari hamda dorilar tayyorlashda ishlatiladigan o’simliklar zahari kiradi, bu barcha kimyoviy moddalar organizmga turlicha xususiyatda ta’sir etadi va shunga ko’ra ular achishtiradigan, bo’g’adigan, uxlatadigan, tirishtiradigan va boshqa zaharlarga bo’linadi.

Zaharli moddalarning xilma-xilligi va ularning organizmga turlicha ta’sir etish xususiyati kuchli zaharlanishning oldini olish, tashxis qo’yish va o’z vaqtida davolashda o’ziga xos qiyinchiliklar tug’diradi.

Zaharlanish

Zaharlanish davolash uchun kerak bo’ladigan narsalar

* Magniy yoki natriy tuzlaridan 20-30 g olib, 400 ml suvga solib, ichni surish uchun beriladi. Bolalarga yoshiga qarab, bir yosh bo’lsa bir gramm, kattalarga bir osh qoshiq yog’och ko’mir yoki magneziy beriladi. Orqasidan ich yurishtiruvchi tuzli suv (yarim litrga bir gramm tanin yoki choy qo’shiladi) ichiriladi.

* Zahar so’rilishini to’xtatish uchun tuxum oqi (1-3 dona tuxum oqi bir litr suvda eritiladi) yoki sut, sut zardobi, kisel, un, kraxmal iste’mol qilinadi. Buyrak atrofi grelka bilan isitiladi.

* Zaharlanish kuchli bo’lmasa, me’dani ich yurishtiruvchi tuzli suvlar bilan yuvish orqali cheklanish mumkin. Bolalar me’dasini yuvish uchun ko’p miqtsorda sut beriladi.

* Yalpiz va moychechakdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal 150 g dan ovqatdan zaharlanganda ichiladi.

* Qushtoron (qiziltasma) o’tidan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan suv quyiladi. Past olovda yarim soat og’zi yopiq holda qaynatiladi, keyin yana yarim soat damlab qo’yiladi. Ovqatdan zaharlanganda kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Yo’ng’ichqadan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan suv quyiladi va past olovda og’zi yopiqholda 15 daqiqa qaynatiladi. Kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Shovul bargidan kun bo’yi iste’mol qilish tavsiya etiladi.

* Arpabodiyon o’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Tog’ quddusi o’tidan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, oz-ozdan kun davomida ichiladi.

* Zaharlangan bemorni qustirish kerak, buning uchun sutga tuxum oqini ko’pirtirib, aralashtirib beriladi.

* Kislotalar bilan zaharlanganda me’da 3-5 g magniy okisi bilan yuviladi. Zaharlanish ishqorlar tufayli bo’lsa, me’dani sirka eritmasi yoki limon kislotasi bilan yuvish zarur. Kuniga 200 g zaytun yoki kungaboqar yog’idan iste’mol qilinadi.

* Aroqqa ko’proq tuz solib, aralashtirib ichiladi. Agar undan keyin har 15 daqiqada bir dona apelsin sharbatidan ichilsa, yaxshi natija beradi.

Zaharlanish haqida

* Mumiyo butun organizmga, ayniqsa yurakka kuch-quvvat beradi. Zaharlanishda, chayon, qoraqurt, ilon va hasharotlar chaqqanda moshdek mumiyoni ichib turish ham yaxshi shifo qiladi.

* Zaharlangan bemor qustirib bo’lingandan so’ng o’z peshobini 50-100 gdan ichib turishi ham foydali.

* Gazanda urug’i qaynatmasini sariyog’ bilan qo’shib ichilsa, u ham qustirib va ichni surib, zaharni haydaydi. Ketidan sut ichiriladi, qaymoq yanada yaxshiroq.

* Ari uyasining mumi surtilsa va ichilsa, zaharni tortib oladi. Mum zaharli o’qdan bo’lgan jarohatlarga surtilsa, zahar zarar qilmaydi.

* Ko’ko’tning ildizidan 2 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 2 stakan sovuqsuv quyiladi. Past olovda og’zi yopiqholda 15 daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, 4 qismga bo’lib, kun davomida ichiladi.

* Ermon (achchiq shuvoq) o’tidan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 2 stakan sovuq suv quyib, past olovda og’zi yopiqholda 15 daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, qo’ziqoriqdan zaharlanganda oz-ozdan ichiladi.

* Qo’ziqorindan zaharlanganda kun davomida 2-3 dona o’rtacha hajmdagi piyozdan iste’mol qilish kerak.

* Shirinmiya (chuchukmiya) ildizidan 2 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 2 stakan sovuq suv quyib, past olovda 15 daqiqa qaynatiladi, keyin yana 15 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, kun davomida ichiladi.

* Azot kislotasidan zaharlanganda kun davomida bir nechta kichkina bosh piyozdan iste’mol qilish tavsiya etiladi.

* Qo’ziqorin, qo’rg’oshin, simobdan zaharlanganda darhol nokni tuyib tanovul etish lozim. Nok suvidan ichilsa, undan ham yaxshiroq. Chunki nok zaharni olish xossasiga ega, peshobni tez haydaydi, jigardagi tiqilmalarni tez ochadi, ichni yaxshilaydi hamda me’da mushaklarini mustahkamlaydi. U hatto ichburug’ni ham qoddiradi.

* Abu Ali ibn Sino aytishicha, chayon va qoraqurt chaqqanda darhol anjir bargini yuvib, undan oqayotgan suti ishqalansa, naf beradi, zaharni qaytaradi. Anjirning eng yaxshisi oqi, so’ng qizili, undan keyin qora ranglisidir.

* Anjir bilan yong’oq mag’zini qo’shib, kuniga 3 mahal 3 kun davomida 500 g dan och holda eyilsa, zahar ichilgan bo’lsa ham ziyon qilmaydi.

* Mol yog’ining eritilgani kuniga 3 mahal 50 g dan 5 kun eyilsa, zaharlarni daf qiladi.

* Quyonning qovurilgan go’shti och holda kuniga bir mahal iste’mol qiainsa, zaxdrlarni qaytaradi, ichaklar shilinishida xdm foyda kdaadi. Muolaja muddati —10 kun.

Zaharlanish

Ovqatdan zaharlanish

* Anjir qoqisidan 15-20 g olib, 200 g qaynoq suvda yarim soat qaynatib, kuniga 4 mahal 1-2 stakandan ichiladi. Anjirda asosan yog’, qand, pektin, oqsil va boshqa yana bir qancha foydali kislotalar mavjud. U ichak kasalliklarida ham o’ta foydali deb topilgan.

* Tabib Vanga rutubatli bug’lardan zaharlangan odamga kechqurun oyoqlarini iliq suvga solib, ozgina ushlab turishni buyurgan.

* Oziq-ovqatdan zaharlanganda dalachoy o’tidan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Og’zi yopiq idishda suv bug’ida 15 daqiqa qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 0,3 stakandan ichiladi.

* Zubturum o’tining sharbatidan 3 osh qoshig’ini bir choy qoshiq asalga aralashtirib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin, bir osh qoshiqtsan ichiladi.

* Sachratqi o’tining quritilganidan gullari bilan olib, tolqon qilinadi. Undan bir osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga bir stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab tayyor bo’lgan damlamani 3 qismga bo’lib, kun davomida ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

* Zaytun yog’inissiq suv bilan ichilsa, zahar quvvatini kesadi.

* Zig’ir urug’i qaynatmasini ichish foydali.

* Eritilgan g’oz yog’i qo’shilgan shirin uzum sirkasi ichilsa, foyda qiladi.

* Zaharlanganlik sezilishi bilanoq davolanishni kechiktirmay, bemorga issiq suv yoki kunjut va zaytun yog’i ichirib, qustiriladi. Bu tadbirni imkon qadar ko’proq qilish lozim. Ba’zan esa suv va suyuq ovqatni ko’proq ichish foydali bo’ladi, chunki ular qustirmagan taqdirda ham zaharning quvvatini qirqadi. Zaharlangan kishi iloji boricha ko’p qusganidan keyin ko’proq sut ichsa, bu tadbir zaharning zararini kesadi. Keyin esa bemor sutni ham qusib tashlasa, yanada foydaliroq bo’ladi.

* Eman po’stlog’idan 2 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 2 stakan suv quyib, past olovda yarim soat qaynatiladi. Suzib olib, kun davomida qo’ziqorindan zaharlanganda ichiladi.

* Sachratqi sharbatidan bir osh qoshig’iga bir osh qoshiq zaytun yog’idan qo’shib, zaharlanganda ichish tavsiya etiladi.

* Sedana tanadagi zaharlarni tortib olish xususiyatiga ega.

(Visited 4 303 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!