Yurak patofiziologiyasi

Ma’ruza maqsadi: Yurak faoliyatini boshqarilishi, yurak yuklami bo’lganida ko’rsatkichlarning o’zgarishi, moslanishi mexanizmlari, qon aylanish kompensattsiyasi, yurak etishmovchiligi, ko’rinishlari va potageni to’g’risida umumiy malumot berish.

Muxokama qilinadigan savollar:

  1. Yurak faoliyatining nerv –endakrim boshqarish
  2. Yurakda yuklama bo’lganda moslanish mexanizmlari.
  3. Yurak mushagi gipertrofiyasi.
  4. Yurak etishmovchilig ko’rinishlari.
  5. Yurak etishmovchilig etiologiyasi va potogenizi.

Normal qon aylanish to’qima va organlarni qon bilan ta’minlaydi, ularga kislarod oziq moddalar etkazib beradi va almashuv maqsudlorlarni organizmdan chiqarishgag imkon beradi. Qon aylanishning buzilishi qon aylanish aparatining, asosan  yurak va tomir sistemasi faoliyatinng shuningdek qon depolari –taloq jigar teri, o’pka funktsiyasining buzilishi naptijasida ro’y beradi.

Biroq  qon aylanishning buzilishi potogenizga oid masalalarni hal etishda uning qon va nafas sistemasi bilan chambarchas aloqada ekanligi hisobga olish zarur. Qon aylanish nafas va qon sistemasi kelishgan holda boruvchi faoliyati tufayli organizmga kislorodga bo’lgan extiyojini qondiriladi. Kislarodga bo’lgan extiyoj esa, o’z navbatida modda almaninuvi bilan belgilanadi. Shuning uchuchn almashinuv xolati qon aylanish uchun katta ahammiyatga ega.

Yurakning moslanishi va uning buzilishlari.

Xar bir sistola davomida aortaga o’tishovchi qon massasi normada 50-60 ml ga teng bo’lib, zarb yoki sistolik xajmi bilan nomi bilan yuritiladi. Sistolik xajm miqdori: 1) Qorinchalar bilan katta yoki kichik qon aylanish doirasining yirik arteriyalardagi bosim farqi. 2) Qonning qorinchalardan xaydalish fazasining muddati. 3) Aorta hamda o’pka arteriyalari og’zidagi, ularning yo’li va qonning yopishqoqligi bog’liq bo’lgan qarshiligi Bilan belgilanadi. Sistolik xajmga birinchi ikki faktor ko’proq ta’sir ko’rsatadi. 1 minut davomida yurakdan chiqariluvchi va zarb xajmini yurakning qisqarish soniga ko’paytmasiga teng bo’lgan qon miqdori minutlik xajm deyiladi. (3,5 – 4,5 ). Minutlik xajm aortadagi  qarshilik yurak ishining ko’p ozligin belgilaydi.  Agar 1 minutda tomir 72 marta uradi deb qabul qilinsa bunda yurakning ishishi o’rta xisobda 0,2 kg taqsim sek   tashkil etadi.

Yurak zarb xajm va sistolik qisqarishlar sonini o’zgartiraolish qoliyatiga ega bo’lganlig tufayli uning buzilishi  sharoit tug’ilgan barcha xollarda xam qon bosim nisbiy doimilikda  saqlanadi. Yurnakning o’zida yirik tomirlarda yoki periferik kon uzanida yurak faoliyati uchun noqulay sharoitlar vujudga kelganda qon bosim  va qon oqimining tezligi o’zgaradi. Bunday xollarda yurak bilan periferik qon o’zami o’rtasida yangi munosabat tug’iladi. Kichik qon aylanish dorasida mavjud bo’lgan to’sqinlik tufayli yurak shini itda ligatora yordami bilan o’pka arterasini toraytirish orqali kuchaytirish mumkin. O’pka arteriyasining torayishi natajasida katta qon aylanish dorasida qon bosimi darxol o’zgarmaydi. O’ng qorincha yurak ichi bosimining zarbi asta-sekin, orta boshlaydi, yurak kuchi  kuchayganligidan  zarb xajminig oshganligidan va xosil bo’ladigan to’siqda moslashganligidan dalolat beradi. O’pka arteriyasi juda toraygan xollarda zurb xajmi avval kuchayib so’ngra kuchsizlandi va arteriyal qon bosimi sezirali darjada pasayadi. Agar torayish to’xtalish va ligatora olinsa yurakning zarb xajmi va qon bosmi normaga qaytadi.

Yurakning malum darajada o’z ishinng xajmini minimumdan maksimumgacha o’zgartira olish qobilyati, uning moslanish darajasini belgilaydi. Yurak bo’lshiqlarning to’lmish sharoitlarnig o’zgarishga bo’lgan bunday  moslanish yurak  nerv-mushak sistemasining xususiyatlarga va ekstrakardial nervlarning xamda Neyro- gumoral , jumladan nurogormonal mexanizmlarnig yurakga ko’rsatuvchilarning ta’sirga bog’liq.

Yurak ishing buzilishi (masalan, uning klaplin aporatlari o’zgartirilganda) natijasida paydo bo’lgan gemodinamik buzilishlar avvalo yurak mushagning qisqarish xarakterida aks etadi. Yurak bo’shliqlari qonga to’lishning xar qanday ko’payishi – diastiolik to’lishing ortishi agar u xaddan tashqari bo’lmasa, zarb xajmining ortishiga olib keladi  va aksincha qonga to’lishning kamayishi esa zarb xajmining kamyishiga sabab bo’ladi.

Arterial qon bosimning ortishi arterial sistemada vujudga kelgan to’sqinlikni etgish uchun zarur bo’lgan darjada yurak ishini kuchaytiradi. Qon bosim pasayganda esa dastlab minutlik xajm ko’payadi, ammo keyinchalik kamaya boshlaydi. Shunga ko’ra zarb xajmining yoki yurak qisqarish soning yoxud larning birgalikda sodir bo’luvchi o’zgarishi xisobiga minutlik xajm xam o’zgaradi.

Zarb xajmining ortishi va bunga bog’liq xolda yurak qisqarishning kuchayishi so’ngi vaqtgacha yurakning qon bilan diastolik to’lishing ortishi va yurak mushagi tolalarning boshlang’ich tarangi darajasi bilan tushantirilar edi, xaqiqatda esa u ekstrakordial nerv sietemasing yurak xolatiga ko’rsatadigan ta’siriga xam bog’liqdir. Bu nerv sistemasi esa yurak qisqarish chistotasi bilan bir qatorda yurak mushagida modda almashinuvi va uning qon bilan ta’minlashda idora qiladi.

Moslanish xodisalari qon aylanishning totalogik buzilishlarda reflektor pratsesslar  natijasida –o’ng qorinchalar buzilgan xollarda kovak venalar og’zidagi retseptorlarning va chap qorincha funktsiyasi etishmaganda kichik doira tomirlari retseptorlarnig ta’sirlanish tufayli ro’y beradi.

Yurak moslanish xodisalari, o’zgargan qon bosimi boshqa tomirlar  zo’nasi va yurakning retseptor apparatiga ta’sir ko’rsatganda xam paydo bo’lishi mumkin. Qon bosiminig buzilishi  tufayli yurak faoliyating o’zgarishidan tashqari pereferik tomirlr tonusining reflektor ravishda o’zgarishi va depodagi qonning mobilizatsiya qilishi xam moslanish axamiyatga ega. Chunonchi qon bosim pasayganda organizmning moslanishi yurak faoliyatning tezlanishi, periferik tomirlarning torayishi va depodagi qonnig mobilizatsiyasi qilishi kabi ko’rinishlarda ifodalanadi. Qon bosim to’satdan oshib ketganda esa yurak ishi sekinlashadi va periferik tomirlar kengayishi mumkin.

Yurak mushagi gipertrofiyasi.

Yurak ortiqcha ishlashi davomli xarakteriga ega bo’lsa yurak gipertrofiyalanadi, u dastval yurakning faoliyati kuchayganda qismlarida ko’rinadi. Bunda xar bir mushak tolasining xajmi ortadi. Gipertorofiyada odam yuragining og’irligi normadagi 250-300 g o’rniga 400-500 g undan ortiq bo’ladi.

Yurak gipertrofiyasining vujudga kelish uchun qattiq  va uzoq ishlashidan tashqari yurak mushaginng qon bilan taminlanishi kuchayishi va ko’proq oziqlanishi zarur.

Yurak gipertrofiyasi odatda yurak bo’shliqlarning kengayishi (diletattsiyasi) bilan birga bo’ladi. Bunday kengayish zarb xajmini ortirruvchi sabablardan eng muximi xisoblanadi. Yurak kuchli ishlagan vaqtda buning qorinchalari ko’p miqdorda qon bilan to’ladi va xar bir sistola bilan yirik tomirlarga tashlanadi. Ko’p qon bilan to’lish tufayli yurak bo’shliqlari kengayganda mushak tolalarning tarangligi oshadi, ammo ular bunda o’z o’lchamini o’zgartirmaydi (tonogen kengayish).

Yurak kengayish darajasida uning sistemasi va miokard xolatiga bog’liq. Mushak  tolalarning tasirlanishi qanchalik oson amalga oshsa va yurak mushagi qanchalik kuchlli rivojlangan bo’lsa uning qo’shimcha energiyani rivojlantira olish qobilyati shunchalik ko’proq ifodalangan bo’ladi  va uning qisqarishing vujudga keltirish uchun shunchalik kam cho’zish talab qiladi.

Yurak dilyatattsiyasi bilan bir vaqtda sodir bo’luvchi gipertrofiyasi ekstsentrik, delyatattsiyasiz gipertrofiyasi esa kontsentirk  gipertrofiya deb ataldi.

Yurak gipertrofiyasi fiziolgik va patologik bo’ladi. Fizologik gipertrofiya kuchli jismoniy ish qilish va xatto mo’tadil sport mashg’uloti bilan shug’unlanish tufayli yuzaga kelishi mumkin. Yurakning barcha bo’limlardagi mushaklar og’irliging bir tekisda ortishi va yurak og’irligi bilan tanning qolgan butun mushaklarning massalari o’rtasida aniq muvafiqlikning saqlanishi gipertrofiyaning  xarakterli xususiyati xisoblanadi.

Patologik gipertrofiya yurakning qon bilan to’lishi ortishi tufayli yurak minutlik xajmi ko’payishi, yurakning bo’shashishi uchun qarshilikning kuchayishi natijasida bazan yurak ritminig tezlashishi yoki yuqoridagi ikki xolatning bir vaqtda sodir bo’lishi tufayli ro’y beradi. Bunda yurak faoliyati kuchayadi, yurak mushaging qon bilan ortadi, moddalar almashinuvi kuchayadi. Yurak mushagining kuchli patologik gipertrfiyada unda kislorod etishmaydi va qisqarish uchun zarur bo’lgan energiyaning bir qismi uglevodlarning anaerob iste’mol qilish xisobiga qoplanadi. Shu sababli miokardda va oqib ketuvchi qonda sut kislota miqdori ortadi, atsidoz paydo bo’ladi, yurak mushagining qisqarish qobilyati zaiflashadi.

Gipertrofiyalangan yurak mushagining massasi, skeled muskulaturasi massasining ortishidan qattiy nazar ko’payadi. Yuiroq yurak mushagining fiziologik va patologik gipertrofiyasi o’rtasida qattiy chegarani aniqlash xamma vaqt mumkin bo’lavermaydi.

Qorinchalar gipertrofiyasi eksperimentda quyonlar aornatsini toraytirish, yurak klapanlarni suniy shikastlash yoki perifirik tomirlarni toraytiruvchi va qon bosimini oshiruvchi adrennalindli uzoq vaqt yuborish orqali paydo qilish mumkin. Yurak gipertrofiyasi it bolalarda aorta yoki o’pka arteriyasi suniy ravishda toraytirganda xam ro’y beradi. Gipertrofiya paydo bo’lishi uchun yurak uzoq vaqt kuchli suratda ishlashi kerak. Bundla asosan yurakning kuchli ishlovchi va qon oqimiga nisbatan tug’ilgan qarshilikni enga oluvchi bo’limi gipertraflanadi.

Misol tariqasida yurak klapanlari porogida ko’proq chap qorinchaning ortiqcha qonga to’lishi tufayli unda yuzaga keluvchi gipertrafiyani, gipertoniya kasalligida arterial qon bosiminig tuzoq vaqt yuqori bo’lish tufayli chap qorincha gipertrofiyasini o’pka emfizemasida o’pka alveolalarining kengayishi va ular elastik xususiyatning kamayishi tufayli o’pka arteriyasida qon oqimiga nisbatan qarshilik mavjudligi natijasida yuzaga keladigan o’ng qorincha gipertrofiyasini keltirish mumkin.

Yurakning qattiq ishlash zaminida vujudga kelgan gipertrafiyasi natijasida oldin mavjud bo’lgan to’sqinlik bartaraf qilinadi  va ko’pincha uzoq vaqtga qadar qon aylanishning normal funktsiyachi ta’minlanadi.

Qon aylanish konpensatsiyasining paydo bo’lish mexanizmida markaziy nerv sistemasi yurak va tomirlarga ko’rsatadigan ta’sirini amalga oshiruvchi reflektor protsesslar kata rol o’ynaydi. Avj olgan kompensatsiya ortiqcha ishlash vaqtida mushak tarangligini yuqori darajada yuzaga chiqara boshlaydigan yurak ishining sifat jihatdan yangi turini belgilaydi.

Gipertrofiyalangan yurak normal yurakka qaraganda 5-6 marta ko’proq ish bajarish qobilyatiga ega. Shunday bo’lsa ham gipertrofiyalangan yurak mushagining qon bilan ta’minlanishi va oziqlanishining nisbiy etishmasligi (ehtimol, mushaklar massasi Bilan ular innervatsiyasi o’rtasidagi nomuvofiqlik tufayli) qon o’zanida to’sqinlik tobora orta boshlagan hollarda normaga qaraganda yurak mushaklarini mez charchatib qo’yish qobiliyatiga ega, bu qo’shimcha jismoniy ish bajarilganda ayniqsa oson aniqlanadi. Bundan tashqari, ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, kompensatsiya davridayoq yurak mushagida va qisman butun organizmda uglevodlar almashinuvida ba’zi o’zga Rishlar bo’lishi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, “kompeksatsiya ”tushunchasining o’zi ham nisbiydir.

Qon aylanish va yurak faoliyati deklmpensasiyasi, yurak ish qon aylanishga bo’lgan ehtiyojdan orqada qolgan sharoitlarda vujudga keladi. Qon aylanish doirasida to’sqinlikning xaddan tashqari ko’payishi va yurak bo’shliqlarining qon bilan to’lib ketishi kerak mushaklarning ortiqcha cho’zilishiga (uningmoslanish chegarasida o’tib ketishga) olib keladi, yurak faoliyati kuchsizlana boshlaydi., bu oqibatda yurakdagi etishmovchilikka sabab bo’ladi.

 

Yurakdagi etishmovchilik.

Yurakdagi etishmovchilik quyidagilar: 1) yurak mushagi qisqarish qobiliyatining kuchsizlanishi (masalan, yurak klapnlarining klmpensatsiya bo’lmagan poroklarida yoki yurak mushagiga toksik-infektsion agentlar ta’sir qilganda): 2) diastoda davrida yurakka keluvchi qon miqdorining kamayishi (masalan, perikarditlarda yoki yurak xaltachasiga qon quyilgan vaqtda); 3) miokardning qon bilan ta’minlanishning buzilishi (masalan, koronar qon aylanish buzilishlarida); 4) yurak faoliyati ritmining ancha buzilishi; 5)periferik tomirlar sistemasidagi etishmovyailik tufayli vujudga keladi.

Yurak va butun qon aylanish dekompensatsiyasi, gipertrofiyalangan yurak qanchalik ko’p ishlasa, shunchalik tez vujudga keladi. Keyinchalik, hatto engil jismoniy mehnat qilinganda ham (harakatni bir oz tezlashtirish zinapoyadan chiqish) yurak juda tez uradi.

Yurakdagi etishmovchilik natijasida yurak xaddan tashqari kengayishi mumkin, bunda yuraknig qaysi bo’limi eng ko’p kengayishga uchraga bo’lishiga qarab yurak chegarasi yo o’nga yo chapga sezilarli darajada siljigan bo’ladi. Agar ekperemental hayvonlarda aortani birdaniga sezilarli darajada toraytirilsa va bu Bilan chap qorinchaning ishi to’satdan to’sqinlik tug’dirilsa chap qorincha xaddan tashqari kengayib ketadi, unda qon aylanishnig oid belgilar yaqqol ko’rinadi.

Yurak bo’shliqlarinig yurakdagi etishmovchiligi tufayli kengayishi earb hajminig kamayishi Bilan o’tadi. Uni miqdori ortib boruvchi qoldiq qon Bilan yurak bo’shliqlari devorining ortiqcha cho’zilishi natijasida ikkilamchi paydo bo’lgan turg’un yoki miogen kengayish sifatida harakterlash kerak. Yurak bo’shliqlarinig turg’un kengayishi vaqtincha bo’lishi mumkin. Dekoipensatsiya xolatidan kompensatsiya xolatiga o’tishlar ham kuzatiladi. Yurakdagi etishmovchilikning zo’rayishi qator gemodinomik buzilishlarnig paydo bo’lishiga olib keladi.Minutlik xajm va orterialaring qon Bilan to’lishi kamaya boshlaydi. Biroq arterial sistemaning qon Bilan ytarli darajada to’lmasligiga qaramay qon bisimi uncha o’zgarmaydi. Bu pireferik qon tomirlar tonusi ortishi.

Keyinchalik simpatik nervlarning qo’zg’alishi va adashgan nerv funktsiyasining tormozlanishi natijasida yurak qisqarishi tezlashadi. Bunda nervlardagi va qo’zg’alish va to’rmizlanish kavak venalar og’zinig kengayishi o’pka va yurak bo’limlari ritseptorlarning va ularda to’plangan qon bosimi ta’sirlanishi tufayli reflektor ravishda (Veynbrij refleksi)  paydo bo’ladi. Yurak qisqarishing tezlashishi avval foydali axmiyatga ega bo’ladi. Chunki u xajmning kamayishing bartaraf etadi. Buroq keyinchalik u yuark mushaginning ko’proq xoldan tolishiga va etishmovchilik xolatlarning ortishiga olib keladi.

Yurak etishmovchilikda venoz bosimi ortadi. Qon venalarda yurakdan ancha uzoqda joylashgan qismlarda to’planib qoladi. Asosan  chap qorincha kuchsizlangan vaqtida dimlanish xolati o’pkada paydo bo’lib oqibati o’pkada gaz almashuvining pasayishiga xarsillash, va og’ir xolatlarda o’pka shishiga olib keladi. O’ng qorincha funktsiyasinig kuchsizlanishi asosan jigar, buyrak, yirik venalar, oyoqda dimlanish xolatinig ro’y berishiga va so’ngra umumiy shishiga qorin bo’shlig’i istiqosiga olib boradi.

Insonnnig terisinng ko’karishing-tsianoz, arterial va venoz qondagi kislarod miqdori o’rtasidagi farq sizilarli darajada ortadi. Yurak zaiflashadi minutlik xaj kamayadi va qon aylanish sekinlashadi natijada to’qimalarning kislarodga tanqisligi ro’y beradi.

(Visited 1 617 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!