Yo’tal uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari yo’talni haqida malumot

Yo'tal

Yo’tal uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari yo’talni haqida malumot

 

Yo’tal — nafas a’zolari kasalliklarining asosiy va tez-tez uchraydigan belgilaridan biri. Nafas yo’llari (halqum, hiqildoq, kekirdak, bronxlar) va o’pkani o’rab turadigan shilliq pardadagi sezuvchan tolalarning oxiri bevosita qitiqlanishi yo’talga sabab bo’lishi mumkin.

KASALLIK KUCHAYIB KETMASDAN SHIFOKORGA MUROJAR QILING

Ba’zida yo’tal bezovtalanish va zo’riqishdan paydo bo’ladi. Bu dard markaziy asab tizimi bilan bog’liqligi sil va o’pkaning surunkali kasalliklariga uchragan bemorlarda yo’talni zarur bo’lganda to’xtatib tura olishni — «yo’talishni tartibga solish»ni ishlab chiqishga imkon beradi.

Yo’tal vaqtida avvalo chuqur nafas olinadi, so’ng nafas mushaklari taranglashadi, hiqildoqtsagi ovoz yorig’i esa berkiladi, ko’krak bo’shlig’ida yuqori bosim vujudga keladi. Shundan keyin toraygan ovoz yorig’i orqali kuchli havo oqimi yuqori bosim bilan ketma-ket tashqariga otilib chiqadi va ayni vaqtda o’pkadan balg’am yoki yot jismlarni haydab keladi.

Yo’tal uzun-qisqaligiga qarab xurujli (ko’kyo’talda), davriy (bronxitda), to’xtovsiz, qisqa (plevritda); tovush balandligiga ko’ra — xirillagan (hiqildoq shikastlanganda va jazavada), bo’g’iq va ovozsiz (tovush boylamlarining yallig’langanda va yaralanishda); balg’am hosil bo’lishiga qarab ho’l va quruq bo’ladi. Balg’amli yo’tal bronxit, bronxoekstazlar, zotiljam, o’pka sili kasalida kuzatilishi mumkin. Quruq yo’tal ko’pincha yuqori nafas yo’llari kasalliklarida, bronxlar yot jismlar ta’sirida ezilganda hamda o’pka yallig’lanishining boshlang’ich davrlarida ro’y beradi.

Yo’tal uy sharoitida davolash

Yo’talni bartaraf etish uchun shifokorga morojaat qilish lozim. Faqat shifokorgina yo’tal qaysi kasalning nishonasi ekanligi va sabablarini aniqlashi va har bir muayyan holda nima qilish lozimligini belgilashi mumkin. Agar yo’tal bronxlardan yot jismni chiqarishga yordam bersa, odatda bu turi bartaraf qilinmaydi, chunki u foydalidir.

Bunday hollarda balg’am ko’chiruvchi dorilar tavsiya etiladi. Ular balg’amni suyultirib, oson ko’chirishga yordam beradi. Agar balg’am yopishqoq va qiyinchilik bilan ko’chadigan bo’lsa, uni suyultiradigan, ko’chishini engillash- tiradigan ingalyatsiya qilinadi. Quruq yo’talda og’riq va yo’talni qoldiruvchi dori- darmonlar tavsiya etiladi. Shifokor tavsiyasiga ko’ra, xantal, banka, ko’krakka isituvchi bozillama qo’yiladi, oyoqqa issiq vanna qilinadi.

 

* Bir dona olmani mayda to’g’rab, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 1-2 soat damlab qo’yiladi. Ovqatdan so’ng kuniga 3-4 mahal, bir stakandan ichiladi.

* Olma sirkasidan yarim stakan olib, unga 2 osh qoshiq glitserin, 3 osh qoshiq asal qo’shib aralaiggiriladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan oldin va yotish oldidan, bir choy qoshiqtsan iste’mol qilinadi.

* Bolgariyalik tabib Vanga bolalar yo’talida quyidagi muolajani tavsiya etadi. Bir dona olma, bir dona kartoshka va bir bosh piyoz olib, bir litr suvda yarmi qolguncha qaynatiladi. So’ngra shu qaynatmadan kuniga 3 mahal, bir choy qoshiqdan beriladi.

* Erqalampir ildizini qirg’ichdan o’tkazib, kuydirmasligi uchun dokaga o’rab, kuniga bir mahal ko’krakka 2 soatga qo’yiladi.

* Erqalampir ildizi go’shtqiymalagichdan o’tkaziladi va undan 300 g olib, ustiga bir litr qaynoq suv quyiladi, 24 soat damlab qo’yiladi. Dokadan o’tkaziladi, unga 300 g asal solinadi va past sshovda qaynash darajasiga etkaziladi. So’ng shisha idishga solib, sovutgichda saqdanadi. Kuniga 3-4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 2 osh qoshiqdan ichiladi.

* Erqalampir sharbatidan kuniga 2 mahal bir osh qoshig’ini, bir osh qoshiq suv bidan ichiladi.

* Har kuni qirg’ichdan o’tkazilgan 1-2 choy qoshiq erqalampir non, shakar yoki asal bilan iste’mol qilinadi. Sharbatini shakar bilan iste’mol qilish ham tavsiya etiladi.

* Qizil yo’ng’ichqa gulidan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir soat damlab qo’yiladi. So’ng asal va erqalampir sharbatini 3:1 nisbatda olib, kun davomida iste’mol qilinadi. Orqasidan 3-4 stakan yo’ng’ichqadan tayyorlangan choyichiladi.

Yo'tal

* Qayinning tolqon qilingan kurtaklaridan 3 osh qoshiq olib, unga 100 g tuzlanmagan sariyog’dan qo’shiladi. Past olovda qaynash darajasiga etkaziladi, so’ng bir soat qo’yiladi. Suzib olgach, kurtaklari olib tashlanadi va qaynatilgan asal qo’shib, yaxshilab aralashtiriladi. Kuniga 4 mahal ovqatdan oldin iste’mol qilinadi.

* Sarimsoqning bir bo’lagini maydalab ezib, bir stakan sut qo’shib, yaxshilab qaynatiladi. Aralashmani bir kunda 4-5 mahal ichish lozim.

* Sarimsoq sariyog’da dimlab eyilsa, har qanday o’pka kasalligiga davo bo’ladi.

* Ovozi bo’g’ilib qolgan odam turp suvini ichib, tomog’ini g’arg’ara qilsa, darhol oyuzi ochiladi.

* Surunkali yo’talda qaynatilgan turp eyish ancha foydali.

* Turp sharbati yoki sabzi sharbatidan olib, sut yoki asalli ichimlik bilan yarim sharbat yarim sut qilib, kuniga 6 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* 10 dona piyoz mayda to’g’raladi va bir bosh sarimsoq qo’shib sutda qaynatiladi, ta’bga qarab asal qo’shiladi. Bir kun har soatda bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Piyozdan 0,5 kg olib maydalanadi va unga 50 g asal, 400 g shakar qo’shiladi, ustiga bir litr suv quyib, 3 soat qaynatiladi. Kuniga 4-6 osh qoshiqtsan ichiladi.

* Piyozni sariyog’da qovurib, asal bilan aralashtirib iste’mol qilinsa, shifo bo’gtadi.

* Qora turp sharbatini 2 choy qoshiqdan 3-4 mahal, ovqatdan oldin va kechasi uxlashdan oldin ichiladi.

* Qora turp mayda kubiksimon qilib to’g’raladi va idishga solinadi, ustiga shakar sepib, bir kecha qo’yiladi. Hosil bo’lgan sharbatidan bir osh qoshiqdan har soatda ichib duriladi.

* Qora turp sharbatidan bir osh qoshig’iga bir osh qoshiq sut va bir osh qoshiq asal qo’shiladi va kuniga 5 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Qora turp sharbati, sabzi va sutdan 1:1:2 nisbatda olinadi va kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Turp bilan asal qo’shib iste’mol qilinsa, yo’talga davo bo’ladi.

* Turp maydalab, sabzidek to’g’raladi va ustiga shakar sepib, duxovkada 2 soat sekin pishirilganda o’zidan sharbat chiqaradi. U dokadan suzib olinadi va kuniga 3 mahal ovqatdan oldin bir osh qoshiqtsan, iliqholda ichiladi.

* Sigirquyruq bargi qaynatmasidan ovqatlanishdan yarim soat oldin, 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahad ichilsa, balg’amni yaxshi ko’chiradi.

* Dolchin tolqoni kuniga 3 mahal bir choy qoshiqdan kappalansa, eski yo’tal qoladi va ko’krakdagi chiqindshtarni haydaydi.

* Dolchinning 300 g ini olib, 3 litr suvda bir kun qoldiriladi, so’ng 40 daqiqa sekin qaynatib, och holda 7 kun 3 mahal, 50 g dan ichilsa, yo’tal ketadi.

* Za’faron gullaridan 2 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi-da, soviguncha damlab qo’yiladi. Suzib olib, yo’tal, ko’kyo’talda bir osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichiladi. Quruq yo’talda 60 g qalampirni 250 g oq uzum vinosi bilan qaynatib, dokadan o’tkaziladi va kuniga 3 mahal issiqligicha ichiladi.

* Arpa va kashnich urug’i, kashnich ildizini teng miqdorda tuyib, qo’shiladi va 10 daqiqa qaynatiladi. Qaynatma har kuni 3 mahal, 2 osh qoshiqtsan ichilsa, bemor tuzadadi.

* Turpni mayda to’g’rab, suvda qaynatib ichilsa, eski yo’talni ham davolaydi.

* Agar yo’tal quruq bo’lsa, turp sabzidek to’g’raladi va qozonga solib, ustiga shakar sepiladi, ozroq qaynatiladi. Kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqtsan ichilsa, bemor tuzaladi.

* Turpning yuqori qismi o’yilib, ichiga asal yoki shakar solinadi va biroz qaynatiladi. Hosil bo’lgan masalliq kun davomida iste’mol qilinadi.

* 6-8 dona o’rtacha turpni juda yupqa qilib kesib, har birining ustiga shakar sepiladi. 12 soatdan so’ng sharbat paydo bo’ladi. Har soatda bir osh qoshiqtsan ichiladi.

E s l a t m a: jigar va yurak kasalligida iste’mol qilinmaydi.

* Turpning bir stakan qaynatilgan sharbatini bir osh qoshiq shakar yoki bir osh qoshiq asal bilan bir oz qaynatib, kuniga bir necha bor qultumlab ovqatdan oldin ichilsa, shamollash natijasida vujudga kelgan yo’talga va ko’krak og’rig’ida foyda qiladi.

* Suv qalampiri o’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, unga bir osh qoshiq asal qo’shiladi va to’rt qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichilsa, doimiy yo’talga shifo bo’ladi.

* Piyozdan 500 g olib, sirli idishga solinadi va ustiga bir litr sovuq suv quyib, 100 g asal va 500 g shakar qo’shiladi. Past olovda, og’zi yopiq holda 2 soat qaynatiladi. Kuniga 4-5 mahal bir osh qoshiqtsan ichilsa, surunkali yo’talga davo bo’ladi.

* Piyoz va yalpizdan iste’mol qilib turilsa, yo’talga shifodir.

* Bir dona katgaroq piyozni qirg’ichdan o’tkazib, g’oz yog’i bilan aralashtiriladi va ko’krak hamda bo’yinning old qismiga kechqurun uyqu oldidan yaxshilab surtiladi va ertalab bir osh qoshiq iste’mol qilinadi.

* Bir dona piyoz qirg’ichdan o’tkaziladi va bo’tqasimon holga keltiriladi. 2 osh qoshiq g’oz yog’i bilan aralashtiriladi va uxlash oldidan ko’krak va bo’yinga surtiladi, ustidan issiqjun ro’mol bilan bog’lanadi. Ertalab bir osh qoshig’i iste’mol qilinadi. Davolanish muddati — 10 kun.

* 2 dona piyoz maydalanadi, ustiga yarim stakan shakar sepiladi va bir stakan suv quyiladi, past olovda, og’zi yopiq idishda qaynatiladi. Sharbat quyuq bo’lgach, suzib olinadi. Kuniga bir osh qoshiqdan har 1,5 soatda ichiladi.

* Bir dona piyozni to’g’rab, bir stakan sutda qaynatiladi va 4 soat o’rab qo’yiladi. Suzib olib, har kuni bir yarim-ikki soatda bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Qirg’ichdan o’tkazilgan piyozni ko’rpa ostida 10 daqiqa hidlash lozim. Yosh bolalar oldiga piyolada piyoz to’g’rab qo’yish kerak.

* Mayizdan 50 g olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va suzib olinadi. Ung’a 3 osh qoshiq piyoz suvi qo’shib aralashtiriladi. Uxlashdan avval bir marta qultumlab ichish tavsiya etiladi.

* Asaldan 2 osh qoshiq, 2 ta tuxum va 2 osh qoshiq sariyog’dan olib, yaxshilab aralashtiriladi, har kuni bir choy qoshiqdan bir necha marta ichiladi.

* Asal va limon o’pka, tomoq shamollashida yaxshi davo.

* Piyozni sariyog’da qovurib, asal bilan aralashtirib eyilsa, qattiq yo’talga shifo bo’ladi.

* Piyozni tozalab, maydalanadi va 500 g olinadi, unga 2 osh qoshiq asal, 400 g shakar qo’shib, ustiga bir litr suv quyiladi va past olovda 3 soat qaynatiladi. Sovigach, dokadan suziladi. Og’zi yopiqidishda, sovitgichda saqlanadi. Qatgiq yo’talda kuniga 4-6 marta, bir osh qoshiqdan iliqholda ichiladi.

* Piyozni maydalab, bo’tqasimon holda shishaga solib, og’zi yopiladi va usti xamir bilan suvalib, duxovkaga qo’yiladi. Xamir pishgandan keyin duxovka o’chiriladi.

* Piyozning qizil navidan olib, quyruq yog’ida yaxshilab qovuriladi va kuniga 3 mahal, 1-2 osh qoshiqtsan iste’mol qilinsa, shifo bo’ladi (davolanish mudtsati 4-5 kun).

* Piyoz mayda to’g’raladi va boshni sochiq bilan yopib, 15 daqiqa hidlanadi. Bola yotadigan joy yonida tovoqchada piyoz to’g’rab qo’yish lozim.

* Ikki bosh piyoz bir stakan suvda qaynatiladi va asal qo’shib, har kuni har 2-3 soat ichib turilsa, yo’talga davo bo’ladi.

* Piyoz, asal va sutni teng miqtsorda olib, aralashtiriladi va sirli idishga solib qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal, bir osh qoshiqtsan ichiladi.

* Agar yo’tal qayt qilish bilan kechsa, bir stakan sutni qaynatib, unga yarim choy qoshiq choy sodasi va bir choy qoshiq qo’y yoki echkining tuzlanmagan ichki yog’idan solib, aralashtiriladi va kuniga 2-3 mahal ichiladi. Bir paytda ko’krakka echki yog’i yoki qo’yning ichki yog’idan yaxshilab surtilsa, shifo bo’ladi.

* Sarimsoqdan bir bo’lakchasi qirg’ichdan o’tkaziladi va toza lattaga surtib, oyoq tovoniga qo’yiladi (yalang oyoq bilan polni bosmaslik kerak). Utkir yo’talda yordam beradi.

* Har kuni ovqat bilan bir bog’ sarimsoq eyish tavsiya etiladi.

* Sariyog’dan 50 g ini 50 g shakar bilan yaxshilab aralashtirib, quruq yo’tal bo’lgan bemorga kuniga 3 mahal bir osh qoshiqtsan beriladi.

* Tuxumni yaxshi pishirib, maydalanadi va bir osh qoshiq asal bilan aralashtirib, quruq yo’talda iste’mol qilinadi.

* Piyoz asal va olma sharbati bilan aralashtirib iste’mol qilinsa, yo’talga davo bo’ladi.

* Piyozning 2 donasini kosaga mayda to’g’rab, eziladi va kosa ustiga engashib, boshga kattaroq ro’mol yopib, hidlanadi yoki piyoz shirasidan burunga 1-2 tomchi tomiziladi. Piyoz kuchli bakteriotsid xossaga ega bo’lgani bois o’pka yallig’lanishiga yaxshi ta’sir etadi, yo’tal yo’qoladi. Kishi yaxshi nafas oladigan bo’lib qoladi. Bu muolaja kuniga 2 mahal — nahorda va kechqurun yotish oldidan bajariladi.

* Piyozdan 10 dona va sarimsoqning bir bo’lagi maydalab to’g’raladi va yumshaguncha sutda qaynatiladi. Biroz yalpiz shirasi va asal qo’shiladi. Kun bo’yi, har soatda bir osh qoshiqtsan ichib turilsa, yaxshi shifo bo’ladi.

* Qovoqni pishirib, issiqligida iste’mol qilinsa, yo’tali bor kishiga yaxshi foyda qiladi.

* Sholg’om sharbatining shakar yoki asal bilan aralashmasi yo’tal qoldiruvchi vosita hisoblanadi. Buning uchun shakarli sholg’om sharbatidan kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqtsan ichish lozim.

* Sholg’om ildizmevasini sabzidek to’g’rab, shundan bir osh qoshiq olinadi va ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi, 1-2 daqiqa qaynatiladi. Uxlashdan oldin bir stakan ichilsa, tinchlantiruvchi dori sifatida ta’sir ko’rsatadi.

* Sholg’om ildizi bilan qirg’ichdan o’tkaziladi, hosil bo’lgan sharbati iliqholda ichib yurilsa, tomoq xirillashi barham topadi.

Yo'tal

* Ertalab sholg’om eb turgan bemorning yo’tali qoladi.

* Sholg’omning o’rtasini o’yib, qo’y dumbasi solinadi va qasqonda dimlab eyilsa, o’pka kasalligida foyda qiladi.

* Sholg’omning ildizmevasi, sharbati ham yo’talga beozor davo bo’ladi. Tozalangan sholg’om sharbatidan bir qoshiqdan kuniga 3-4 mahal ichib turiladi, katgalar kuniga 5- 6 mahal, 2 osh qoshiqdan ichishlari tavsiya etiladi.

* Sholg’om sharbatidan bir stakaniga bir osh qoshiq asal qo’shiladi va past olovda qaynash darajasiga etkazib, so’ng sovitiladi. Kuniga bir necha bor ovqatdan oldin, 3 qultumlab ichiladi.

* Anjirni sutda qaynatib, kuniga 3 mahal 50 g dan 8 kun davomida ichilsa, surunkali yo’talga davo bo’ladi.

* Anjirning o’zini qaynatib ichilsa ham bemor tuzaladi.

* Bir kilogramm anjir 400 g suvda 5 daqiqa qaynatiladi, anjirini terib olib, suvi 3 kun qorong’i joyda saqlanadi. Mevani eb, suvini bir osh qoshiqdan 2 kun davomida ichgan bemor ko’krak yo’talidan qutuladi.

* Anjirni tez-tez eb turish bemor ko’ksida yig’ilgan balgamni tez ko’chiradi.

* Anjir qoqidan 500 g olib, to’rt yarim litr suvda bir kecha qodtsirib, so’ng 2 soat mil-mil qaynatiladi va och hodda parhezi bilan 7 kun 3 mahal, 50 g dan ichilsa, yo’tal va balg’amlar daf bo’ladi (tabib Hoji Mengnazar Rustam o’g’li tavsiya etgan).

* Tog’ rayhonini kuniga 3 mahal, 10 kun davomida choy kabi damlab, ovqatdan keyin ichilsa, bemor tuzaladi.

E s l a t m a: yaxtpi shifo topguncha qovun va sovuq narsalarni emay turish kerak.

* Tog’ rayhoni o’tidan bir choy qoshig’ini choynakka solib, biroz damlanadi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichish tavsiya etiladi. U nafas qisishiga qarshi ajoyib ta’sir ko’rsatadi.

* Isiriq o’ti va oq zirani qo’shib qaynatib ichgan bemor yo’taldan qutuladi.

* Anjirning quruq mevasidan 2 osh qoshig’ini bir stakan suvda qaynatib, kuniga 2-4 mahal yarim stakandan iste’mol qilittt tavsiya etiladi.

* Anjir qoqisidan 15-20 g olib, 200 g qaynoq suvda yarim soat damlab qo’yiladi. Kuniga 4 mahal shu damlamadan 1 -2 stakan ichilsa, tomoq yumshaydi, isitma tushadi va qatgiqyo’tadda shifo bo’ladi.

* Zig’irni yanchib, sutda qaynatib ichgan bemor yo’taldan qutuladi.

* Zig’ir urug’ini qovurib, asal bilan teng miqdorda qoriladi va idishga solib qo’yiladi. Quruq yo’talda kuniga oz-ozdan iste’mol qilib turiladi.

* Anjir, chilonjiyda, uzum mevalari va sharbatidan me’yorida iste’mol qilib turilsa, yo’talga davodir.

* Behi va sholg’om qasqonda dimlab pishirib iste’mol qilinsa, ko’krakni yumshatadi.

* Behi urug’ini yanchib, choyday damlab, ovqatdan keyin ichish yo’talni pishirish va ko’krakni yumshatishda foyda qiladi.

* Behini o’yib asal solinadi, unga sariyog’ yoki dumba qo’shib, bug’da pishirib dimlama qilib eyilsa, «tomoq yirtar» yo’talga ham shifo bo’ladi.

* Ukrop urug’idan bir choy qoshig’i choynakka solinadi, ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, biroz damlab qo’yiladi, sovigach, suzib olinadi. Yo’talda kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqtsan ichiladi. Bu muolaja surunkali yo’talda balg’amni engilgina ko’chirishga yordam beradi.

* Bir litr suvga shivit (ukrop) solib qaynatiladi, sovigach suzib olib, ovqatdan so’ng 3 osh qoshiq ichilsa, o’pka illatidan xalos qiladi.

* Erqalampir sharbati va asalni 1:3 nisbatda aralashtirib, kuniga 3-4 stakandan ichiladi.

* Yog’i olinmagan sutni sariyog’ bilan qaynatib, issiq holda ichilsa, tomoqni yumshatadi, qirilishi va yo’taldan xoli bo’lishiga yordam beradi.

* Zubturum bargini choy qilib ichish yo’talning davosi.

* Zubturumning quritib, maydalangan bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, sharbatidan bir osh qoshig’ini ovqatdan 20 daqiqa oldin, kuniga 3-4 mahal ichiladi.

* Karamning sharbati qaynatilib, unga shakar yoki asal qo’shib, kuniga 3-4 mahal ichilsa, balg’am ko’chirib, tomoq qichishini bartaraf qiladi. Buning uchun karam sharbati shakar bilan choy qoshiqda kuniga bir necha bor ichib turiladi. Karamning toza asal bilan qaynatmasi tomoqni yumshatib, yo’talda shifo bo’ladi.

* Karam sharbatidan yarim stakan olib, ustiga yarim stakan sabzi sharbati, bir choy qoshiq shakar qo’shiladi va kuniga 3-4 mahal ichiladi.

* Karam sharbatidan yarim stakan olinadi. Bir dona katta qora turpni qirg’ichdan o’tkazib, sharbatini olib, unga 2 osh qoshiq shakar yoki asal qo’shib, kerak sharbati bilan aralashtiriladi. Kuniga 2-3 osh qoshiqdan, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Suli yormasidan yarim stakan olib, ustiga 4 stakan sovuq suv quyiladi va past olovda 5 daqiqa qaynatiladi. Suzgichdan o’tkazib, karam sharbati yoki qaynatmasiga teng miqdorda aralashtiriladi. Kuniga 2-3 mahal 2-3 osh qoshiqtsan ichiladi.

* Karamni qaynatib, suviga asal qo’shib ichilsa, o’pka kasalligida davo bo’ladi.

* Yo’taldan qiynalgan odam bug’doyni qaynatib, sutga omuxta qilsin va xuftondan keyin ichsin (Luqmoni Hakim tavsiyasi).

* Qo’y o’tini asal bilan qaynatib, kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqtsan, 5 kun davomida ichilsa, ko’krakdagi yo’tal tuzaladi.

* Shirinmiya (chuchukmiya) ildizi tolqonidan 30 g, ukrop (shivit)dan 15 g, shakardan
60 g olib, aralashtiriladi. Kattalar uchun yarim choy qoshiq, bolalar uchun pichoq uchida, kuniga 2 mahal iste’mol qilinadi.

* O’tkir yo’talda qo’rda pishirilgan nokni har kuni iste’mol qilish kerak.

* Kichik bo’rigul bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan suv quyiladi va 20 daqiqa qaynatiladi. Kuniga 3 mahal, 1G’3 stakandan ichiladi.

* Zubturumning yangi to’g’ralgan o’tini teng miqdordagi shakarga qoripggirib, issiq joyda 3 hafta qo’yiladi. Hosil bo’lgan suyuqpikdan kuniga 4 mahal bir osh qoshiqtsan, ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi.

* Kashnich urug’i va ildizidan teng miqdorda olib, 0,5 litr suvda 10 daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, kuniga 4-5 mahal issiqroq paytida 2 osh qoshiqdan ichiladi.

* Arpa, javdar va sulidan teng miqdorda olinadi va unga 5 dona achchiq bodom mag’zini solib, hovonchada tolqon qilinadi. Shu tolqonni sutga qo’shib ichish dardga davo bo’ladi.

* Arpabodiyon o’simligidan 2 osh qoshiq va toza asaldan bir choy qoshiqni choynakka solib, ustiga suv quyib qaynatiladi va suzib olinadi. Kuniga shu qaynatmadan har 1-2 soatda ichib turish tavsiya etiladi.

* Arpabodiyon urug’idan 2 osh qoshig’ini maydalab, og’zi yopiladigan sirli idishga solinadi va ustiga bir choy qoshiq asal va oz miqdorda tuz qo’shiladi, bir stakan suv quyiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin, chorak stakandan ichiladi. Bu quruq yo’talni qoldiradi va nafas yo’llari shamollashida shifo bo’ladi.

* Arpabodiyon urug’idan 2 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va og’zi yopiq holda bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal 2 osh qoshiqdan, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi. Dorixonada sotiladigan arpabodiyon yog’idan foydalansa bo’ladi. Bir bo’lak qandga 2-3 tomchi yog’dan tomiziladi.

* Shirinmiya (chuchukmiya) ildizidan 500 g olib, 4 litr suvda bir soat mil-mil qaynatiladi va kuniga 3 mahal 5 kun davomida, ovqatdan oldin 100 g dan ichilsa, yo’tal barham topadi. P a r h e z: shirinlik, achchiq, sho’r narsalar va qovun tuzalgunga qadar iste’mol qilinmaydi.

* Andiz o’simligining maydalangan ildizidan 20 g olib, og’zi yopiladigan idishga solinadi, ustidan bir stakan suv quyiladi va 10 daqiqa qaynatib, 4 soat qo’yiladi. Suzib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin, bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Qora bug’doy (grechka) gullaridan 2 osh qoshig’ini choynakka solib, ustiga qaynab turgan bir litr suv quyiladi. 15-20 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, quruq yo’tal vaqgida yarim stakandan, kuniga 3-4 mahal ichiladi.

* Beda o’tining guli, bargi va yuqori qismi kesib olinib, qaynatib ichilsa, o’pka kasalligida shifo bo’ladi.

* Surunkali yo’talda 300 g asalga bir kg to’g’ralgan aloy bargidan qo’shib, ustiga yarim litr suv quyiladi. Past olovda qaynash darajasiga etkazib, 2 soat qo’yiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan oldin, bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi. Qaynatma bir oygacha salqin joyda saqlanishi kerak.

* Bug’doy yoki javdar kepagidan 500 g olib, ustiga 3 litr suv quyiladi va 10 daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, ozroq kuydirilgan shakar yoki asal qo’shib, issiq hodda ichiladi. Iztirobli yo’talda samarali yordam beradi.

* Bug’doy donidan 100 g olib, unga bir osh qoshiq yalpiz qo’shib, bir stakan suvda qaynatiladi va 8-10 soat qo’yiladi. Kuniga 3 mahal, yarim stakandan ichiladi.

* Bug’doy kepagidan 400 g olinadi, ustiga bir yarim litr qaynoqsuv quyib, yarim soat qo’yiladi. Suzib olib, kun davomida choy o’rnida ichiladi.

* Malina mevasi, oqqaldirmoq bargi va rayhon o’tidan teng miqtsorda olinadi. Undan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 20 daqiqa damlab qo’yiladi. So’ngra choy kabi ichiladi.

E s l a t m a : ushbu damlamani homilador ayollar ichmasligi kerak.

* Bir bosh piyoz bir stakan sutda qaynatiladi va 4 soat o’rab, damlab qo’yiladi. Suzib olib, har 1,5-2 soatda bir osh qoshiqdan ichiladi.

* No’xat qaynatmasidan kuniga 3-4 mahal 50 g dan 15 kun ichilsa, yo’talga foyda qiladi. No’xatni o’zini tez-tez iste’mol qilish ham yo’talga foyda qiladi.

* No’xat uni ovqatdan oddin 3 mahal, bir choy qoshiqtsan 15 kun kappalansa, yo’talga shifo bo’ladi.

* No’xat sho’rva va sholg’om sho’rva o’pkani balg’amdan tozalaydi.

* Rayhonning er ustki qismidan 1:10 nisbatda tayyorlangan damlamasi bir choy qoshiqdan, 100 ml suvga qo’shib ovqatdan oldin, kuniga 3 mahal ichiladi.

* Kiyiko’ti guli qaynatmasini olib, sirka yoki tuz bilan 10 kun muddatda 2 osh qoshiqdan, kuniga 3 mahal 50 g dan ichilsa, balg’amni ko’chiradi.

* Kiyiko’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Kuniga 4 mahal, ovqatdan oldin, bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Zig’ir qovurmasi 10 kun, 3 mahal bir osh qoshiqdan kappalansa, shilliqdi yo’talda foyda qiladi.

* Evkalipt bargidan bir osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, damlab qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin, 100 g dan ichiladi. Surunkali bronxit, bronxial astma, yo’talda ichiladi.

* Oqqaldirmoq (ko’ka)ning quritilgan bargidan bir osh qoshig’i ustiga 400 g suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 4-5 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

Yo’talni davolash

* Zubturum, gulxayri, qirqbo’g’in o’tlaridan teng miqdorda olib, maydalanadi va bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Sassiqalaf (talxa) ning ho’l bargi suvidan kuniga 3 mahal 10 tomchidan ichilsa, yo’talda foyda qiladi.

* Gazanda urug’idan 50 g olib, 2 stakan asal qo’shiladi va kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat odtsin, bir osh qoshiqdan qaynoq sut bilan ichiladi.

* Gazanda bargidan 15 g olib, ustiga bir litr qaynoq suv quyib, 8 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal, chorak stakandan ichiladi.

* Gazanda urug’idan 2-4 osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, kechqurun termosga solib qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal, yarim stakandan ichiladi.

* Gazanda ildizidan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va past olovda 5 daqiqa qizdirib, keyin yarim soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Gazanda ildizidan olib, shakarli siropda qaynatiladi va kuniga bir necha bor, surunkali yo’galda ichiladi.

* Gazanda o’tining maydalangan ildizidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, suv bug’ida 15 daqiqa qizdiriladi. Kuniga 4-6 mahal ovqatdan yarim soat oldin, kuchli yo’tal xurujida 1G’2 stakandan asal bilan ichiladi.

* Gazanda gulidan bir choy qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi va 20- 30 daqiqa damlab qo’yiladi. Balg’am ko’chirish uchun choy kabi ichiladi.

* Karam bargi sharbati shakar bshtan iste’mol qilinsa, balg’amni ko’chiradi.

* Navro’zgul gulidan 25-30 g olib, damlama qilib ichilsa, qonli yo’tal tuzaladi.

* Yantoqning ko’k bargi qaynatib ichilsa, surunkali yo’galda shifo bo’ladi.

* Qaynatilgan kartoshkani ezib, 2 g yod tomizib, ko’krakdan tomoqqacha surtilsa, bemorga shifo bo’ladi.

* Kartoshkani po’sti bilan qaynatib, so’ng po’stini tozalab, issiqligicha tomoq yo’lida tutilsa, o’pka va tomoq kasalligida yaxshi davo bo’ladi.

* Kartoshkani po’sti bilan qaynatib, suvi to’kiladi va o’zi eziladi. Boshni sochiq bilan burkab, kartoshka bug’idan 10-15 daqiqa chuqur nafas olinadi. Bunday amal yuqori nafas yo’llari shamollaganda, qattiq tumovda, tomoq qirib og’riganda ijobiy natija beradi.

* Kartoshkani po’sti bilan qaynatib, so’ng skipidar bilan suvab, ko’krakka qo’yiladi.

* Binafshani 2 kosa suvga solib, bir piyola qolguncha qaynatiladi. So’ngra sovitib ichib turilsa, yo’talga barham beradi.

* Oqqaldirmoq (ko’ka) bargini qaynatib, yo’taldan qutulish uchun choy kabi ichiladi (tabib Vanga tavsiyasi).

* Tugmachagul ildizidan bir nechtasini olib, yarim litr sutda 10-15 daqiqa qaynatiladi. Kuniga bir necha mahal bir piyoladan ichiladi. Surunkali chekuvchilar yo’taliga davo bo’ladi (tabib Vanga tavsiyasi).

* Sarimsoqdan bir bo’lakchasini maydalab, sirli idishga solinadi va ustiga 2 stakan sut quyiladi. Ozroq qaynagandan so’ng olib, bir osh qoshiq asal qo’shiladi. Kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Tovuq tuxumidan bir donasini qaynatib, maydalab, bir osh qoshiq asal qo’shib, iste’mol qilinadi.

* Sebarga o’tining bosh qismidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, unga bir osh qoshiq asal qo’shiladi va to’rt qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichilsa, surunkali yo’talga davo bo’ladi.

* Sebarga gulidan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. So’ng asal va erqalampir sharbatidan 3:1 nisbatda qo’shib, kuniga 3-4 stakandan ichiladi.

* Zaytun yog’i va asaldan bir qismdan olib, kuniga 3-4 mahal bir choy qoshiqdan yo’talga chalingan bolalarga ichirilsa, shifo bo’ladi.

* Arpabodiyon urug’idan 2 osh qoshig’i kechqurun termosga solinadi va ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, unga 2 osh qoshiq asal qo’shiladi va 4 qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Gazanda bargi, yalpiz bargi va yong’oq bargidan teng miqdorda olib, bir osh qoshiq arpa uni qo’shiladi, ustiga 300 ml qaynoq suv quyiladi va 4 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 2 marta ichiladi.

* Jo’ka gulidan 3 osh qoshiq, kiyiko’tidan 2 osh qoshiq olib, ustiga bir litr qaynoq suv quyiladi va suv bug’ida 15-20 daqiqa qo’yiladi. O’tkir yo’talda asal bilan iliq holda ichiladi. Ko’proq qismini yotish oldidan ichgan ma’qul, chunki u tinchlantiruvchi xususiyatga ega.

* Yulg’un qaynatmasidan kuniga 3 mahal 50 g dan ichilsa, eski balg’amni haydaydi.

* Moychechakning qurug’i, devpechak, iskanjubin va tuz qaynatmasidan kuniga 3 mahal 50 g dan ichilsa, balg’amni so’radi.

* Achchiq bodom yog’i 3 mahal bir choy qoshiqtsan ichilsa, surunkali yo’talga foyda qiladi.

* Yovvoyi achchiq bodomni chaqib, choydek damlab ichish yo’talda foyda beradi.

* Qo’ypechak qaynatmasidan bir kunda 3 mahal 50 g dan ichilsa, foydalidir.

* Gulsafsar ildizini maydalab, bir choy qoshig’i og’zi yopiladigan idishga solinadi. Ustidan 2 stakan kdynoq suv quyib, 5 daqiqa qaynatiladi va 2 soat tindirib qo’yiladi. Kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan, ovqatdan yarim soat oldin ichilsa, yo’talda foyda qiladi. Shinni qo’shib ichilsa, ko’krak kasalini tuzatadi.

Yo’tal davolash

* Nok urug’i qaynatib ichilsa, qattiq yo’tal to’xtaydi.

* Gilos daraxtining elimidan bir bo’lak yong’oq hajmida olib, bir litr suvda qaynatiladi. Suzib olib, ustiga 200 g asal, 3 dona chinnigul va qalapirmunchoq donidan va pichoq uchida igir tolqonidan qo’shiladi. Surunkali yo’talda shu qorishmadan iste’mol qilish mumkin (tabib Vanga tavsiyasi).

* To’rt dona yong’oqni po’chog’i bilan olib, unga bir osh qoshiq marjon daraxti gullaridan, bir osh qoshiq asal qo’shib, yarim litr suvda qaynatiladi. Suzib olib, o’tkir yo’talda kuniga 3 mahal ichiladi (bolgariyalik tabib Vanga tavsiyasi).

* Aloyga barobar asal qo’shib, kuniga 3 mahal och holda, 2 osh qoshiqdan 10 kun davomvda ichvdsa, bemor tuzaladi.

* Tut shinnisi tutning qaynatma qiyomvdan hosil bo’ladi, undan kuniga 3 mahal och qoringa bir osh qoshiqdan yoki 50 g dan 10 kun ichilsa, yo’talga foyda qiladi.

* Yong’oq, bodom po’choqtsarini tashlab yubormasdan, qaynatib bemorga ichirilsa, yo’tal qoladi. Po’choqlar aynimaydi, chirimaydi, qurt tushmaydi, bir necha yil mobaynvda ham eskirmay turaveradi, saqlab qo’ysa asqotadi.

* Eman po’stlog’idan 6 qism, valeriana ildizidan 4 qism, gulxayri ildizvdan 3 qism, gazandadan 3 qism olinadi. Shu yig’ma maydalab aralashtiriladi va undan 2 osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi va suv bug’vda 10 daqiqa qo’yib, so’ng 4 soat o’rab, damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 4-5 mahal sut, asal yoki murabbo bilan kuchli yo’talda, tomoq og’rig’vda ichiladi.

E s l a t m a: damlama ichni qotirishi mumkin.

* Kungaboqarning quruq gulidan 2 osh qoshig’i ustiga 200 ml 70 foizli spirt quyib, 7 kun saqlanadi. So’ngra balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida kuniga 3 mahal 25-30 tomchidan ichiladi.

* Kungaboqar tanasining ichki oq qismidan 2-3 osh qoshig’i ustiga 0,5 l suv quyiladi va past olovda 2 daqiqa qaynatiladi. Qaynatma kun davomida oz-ozdan ichiladi va tomoqni chayish uchun ishlatiladi.

* Shirinmiya ildizi, gulxayri ildizi, arpabodiyon mevasi va ko’ka bargidan teng miqdorda olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 20 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan keyin yarim stakandan ichiladi.

* Malinaning yuqori qismidagi novdalarini kesib olib, choy qilib damlab ichiladi.

* Bemor olcha elimini shimib yursa, yo’taldan tez qutuladi.

* Ko’ka (oqqaldirmoq) tolqonidan bir osh qoshiqolib, kuniga 3-4 mahal shakar bilan teng miqtsorda qo’shib iste’mol qilinadi.

* Oq lamium va mavrakdan 100 g dan, andiz ildizidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’i kechqurun termosga solinadi va ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 150 g dan ichiladi.

* Yong’oqdan bir necha dona olib, po’chog’idan ajratiladi, so’ng kuydiriladi va shu kulni bir stakan vinoga aralashtirib, kun davomida bir osh qoshiq ichiladi.

* To’rt dona yong’oq qobig’i va bir osh qoshiq marjon daraxti guliga bir osh qoshiq toza asal qo’shib, yarim litr suvda qaynatiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal bir osh qoshiqtsan, iztirobli yo’talda ichish tavsiya etiladi.

* Gilos qatronidan kichkina yong’oqtsagisi bir litr suvda past olovda qaynatiladi. Suzib olib, unga 200 g toza asal, 3 dona qalampirmunchoq hamda pichoquchida zanjabil qo’shiladi. Kuniga 2 mahal — nahorda hamda kechqurun bir osh qoshiqtsan ichilsa, iztirobli yo’taldan xalos qiladi.

* Tog’ rayhonidan bir chimdim olib, choynakka solinadi va ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, biroz damlab qo’yiladi. Suzib olib, 3-4 mahal yarim piyoladan ichish tavsiya etiladi. U nafas qisishiga qarshi yaxshi foyda qiladi.

* Gulxayri ildizi va shirinmiya ildizidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, quruqyo’talda 100 g dan ichiladi.

* Arslonquyruq va mavrakdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyrshadi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal, ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan iztirobli yo’talda ichiladi.

* Olabuta (sho’ra) o’ti va mavrakdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshigani kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 150 g dan surunkali yo’talga qarshi ichiladi.

* Zardobdan 2 osh qoshig’i sirli idishga solinadi va ustiga 2 bo’lakcha mayda to’g’ralgan sarimsoqdan qo’shiladi. Qaynash darajasigacha etkazib, olovdan olinadi va yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kun davomida, surunkali yo’talda ichiladi.

* Sarimsoqdan bir bo’lakchasini maydalab, sirli idishga solib, ustiga 2 stakan sut quyiladi. Past olovda qaynash darajasiga etkazilib, bir osh qoshiqasal qo’shiladi va kun davomida o’tkir yo’talda ichiladi.

* Budra o’tidan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, to’rt qismga bo’lib, ovqatdan bir soat oldin, iztirobli yo’talda ichiladi.

* Olma va anjir mevasi yoki qoqisidan tayyorlangan qaynatma balg’amni ko’chirib, yo’talga davo bo’ladi.

* Surunkali yo’tal qiynayotgan kishi qimiz ichib yursa, dardtsan xalos bo’ladi.

* Kiyiko’tini suvda qaynatib ichib yurilsa, yo’taldan forig’ qiladi.

* Kun bo’yi 4 mahal ovqatdan so’ng, issiq peshobdan 1G’2 stakan ichilsa, yo’tal to’xtaydi (Jon Armstrong tavsiyasi).

* Suvga biroz sirka qo’shib, kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan, och holda 10 kun davomida ichilsa, balg’amni yo’qotadi.

* Yo’tal qiynagan kishi dumba yog’ini sutda qaynatib, sirka bilan iste’mol qilishi lozim (Luqmoni Hakim tavsiyasi).

* Yo’tal kasalligida kuniga 3 mahal tulki go’shtining sho’rvasidan 10 kun davomida ichilsa, shifo bo’ladi.

* Yo’tali bor odam mol yog’idan kuniga 3 mahal 50 g dan, 10 kun davomida iste’mol qilsa, yo’tal butunlay yo’qoladi.

* Mol poychasi, oyog’ini ixlos bilan pishirib egan kishi har qanday yo’talga davo topadi.

* Yo’talganda qon tuflaydigan bemor yangi sog’ilgan sigir sutini ichib yursa, shifo topadi.

* Bir stakan qaynoq sutga bir dona kichkina achchiq qalampir solib, 5 daqiqa damlab qo’yiladi, so’ng qalampirni olib tashlab ichiladi.

* Sariyog’ni nonga surtib yoki faqat o’zi eyilsa hamda yog’i olingan sutga bir qoshiq sariyog’ qo’shib issiq holda ichilsa, tomoq yo’llari yumshaydi, o’pka kasalligida davo bo’ladi.

* Bir dona tuxumga, bir qoshiqtsan shakar, asal, sariyog’ va ichimlik sodasi qo’shib, qaynatib iste’mol qilinsa, tomoq qirib yo’talish barham topadi. Kuniga 3-4 mahal 3 kun davomida iste’mol qilish lozim.

* Qayin kurtaklariga yarim litr spirt yoki aroq quyib, tindirib qo’yiladi. 20- 30 tomchidan iste’mol qilinadi, orqasidan qaynoqsuv ichiladi.

* O’tkir yo’talda ko’krakka cho’chqaning ichki a’zolari yog’idan yaxshilab surtiladi yoki malina moyi ishqalab surtiladi.

* Tuxum sarig’ini shakar va rom bilan yaxshi qorib, och holda iste’mol qilinadi.

* Valeriana tomchilaridan bolalar yo’talida 10-15 tomchi beriladi.

* Sariyog’dan 2 osh qoshiq olib, 2 dona tuxum sarig’i, bir choy qoshiq un yoki kraxmal va 2 choy qoshiq asal qo’shib, kuniga bir necha bor, bir choy qoshiqtsan iste’mol qilinadi.

* Sariyog’ni bodom va shakar bilan qo’shib, kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan, 8 kun isitib eyilsa, sovuqtsan bo’lgan quruqyo’talda foyda qiladi. O’pka yallig’lanishida balg’am ko’chishini osonlashtiradi.

* Evkaliptning spirtli damlamasidan kuniga 3 mahal 20-30 tomchisi qaynatib sovitilgan suv chorak stakan bilan ichiladi.

* Oqqaldirmoq (ko’ka) bargidan 4 qism, zubturum bargidan 3 qism, shirinmiya ildizidan 3 qism olib, undan bir osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va bir necha soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga har 2-3 soatda, 2 osh qoshiqtsanichiladi.

* Gulxayri ildizining tolqonidan 2 osh qoshig’i ustiga yarim litr suv quyiladi va 5 daqiqa qaynatib, 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, iliqholda og’iz chayiladi va ko’krakka bozillama qilinadi.

* Gulxayri ildizidan 4 choy qoshig’i ustiga 2 stakan qaynatib sovitilgan suv quyiladi va 8 soat tindirib qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal yarim stakandan balg’am ko’chiruvchi va qon tupurishga qarshi vosita sifatida ichiladi.

* Gulxayri ildizidan 2 qism, oqqaldirmoq bargi va tog’ rayhonidan bir qismdan olinadi. Undan 3 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 20 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi.

E s l a t m a: homilador ayollarga bu damlamani ichish man etiladi.

* Bir dona banan po’chog’i yarim bo’lak limon po’chog’i bilan qirg’ichdan o’tkaziladi va unga 2 osh qoshiq asal qo’shib iste’mol etilsa, iztirobli yo’taldan forig’ qiladi.

* Gulxayri va shirinmiya ildizlaridan 2 qism, ukrop urug’idan 1 qism olinadi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi va bir necha soat damlab qo’yiladi. Bir kunda har 2-3 soatda 2 osh qoshiqtsan ichiladi.

* Gulxayri ildizidan 8 qism, shirinmiya ildizidan 3 qism, yalpiz bargidan 4 qism, arpabodiyon urug’idan 2 qism olinadi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va bir necha soat damlab qo’yiladi. Bir kunda har 2-3 soatda 2 osh qoshiqtsan ichiladi.

* Bir dona limonni go’shtqiymalagichdan o’tkazib, asal bilan aralashtiriladi. Kuniga 4-5 mahal bir choy qoshiqtsan iste’mol qilinadi.

* Asaldan bir osh qoshig’iga bir dona limon sharbati va 2 dona tuxum qo’shiladi, ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, aralashtiriladi. Kun davomida har soatda qutgumlab ichiladi.

* Yangi unib chiqqan arpaning quruq maysasidan tuyib, 2 osh qoshig’i ustiga bir litr qaynoqsuv quyiladi va 4 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 4 mahal yarim stakandan asal bilan bavosir, tomoqog’rig’i, qandli diabet, yo’talda ichiladi.

* Kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqtsan bodring sharbatiga asal qo’shib ichib turilsa, yo’talga foyda qiladi.

(Visited 7 642 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!