Yashash uchun kurash sirlari

Yashash uchun kurash sirlari
Odamzotning sihat-salomatligi hadim zamonlarda qanday bo’lgan bo’lsa, bugun ham shunday bo’lishi kerak. Siz tanangizni kuchli va mustahkam holda shakllantirar ekansiz, har qanday hayotiy hiyinchiliklarga harama-qarshi tura olasiz. Sog’lik, kuch-quvvat, sabr-bardosh, hayotiy kuch va energiyaning zaxirasi – asabiy taranglik va musibatlarga qarshi kurashda sizning qurolingiz hisoblanadi.

 

Keling, orani ochiq qilib olaylik. Axir biz shafqatsiz, jinoyatga boy, ho’pol va his-tuyg’usiz olamda istiqomat qilamiz. Zaiflar qayg’u-hasrat girdobida! O’z-o’zingni himoya qilish – hayotning birinchi qonuni. Mening kitobim aynan mana shu hahda hikoya qiladi.

 
Ey, Er yuzining jafokash insonlari! Siz hayot quvonchlaridan bahramand bo’lish maqsadida kurash olib borish uchun tetik va sog’lom bo’lishingiz kerak. Siz boymisiz yoki kam bag’almisiz, tabiiy oziq-ovqatlar iste’mol hilgan va jismoniy faollik ko’rsatgan holda o’z sog’lig’ingiz uchun kurashing. Boylik ortidan quvib o’z salomatligingizni barbod qilmang.

 
Bu yorug’ olamdan qancha johil odamlar borki, ular 15-20 yil davomida bir joyda o’tirib pul ishlashadi, qachon ki ularni yurak xuruji yoki biron bir boshqa xastalik bezovta qilsa, shunday deyishadi: “Men shu qadar zo’riqib ishladim- ki… Mening hamma kasalliklarimga kuchli hayajon sababchi…”

 
Bo’lmagan gap! Agar bu odamlar o’z organizmlariga etarli darajada e’tibor qilishganida pul ham ishlab topishardi, a’lo darajadagi sog’liklaridan huvonib ham yurishardi.

 
Biz juda ko’p boylar shunday deyishganini eshitganmiz: “Men hamma mol-mulkimni sog’lik uchun bergan bo’lardim”. Agar ular biroz ohilona fikr-mulohaza qilishganida unisidan ham, bunisidan ham quvonishardi.

 

Ular tana tuzilishi va sog’lom fikrlash haqidagi eng oddiy ma’lumotdan xabardor bo’lishlari shart. Inson organizmining asosiy vazifasi – u o’zini turli suiiste’molliklardan tiya bilishi kerak

 
Aksariyat odamlar biron bir martabaga erishish uchun bir qancha yillarni sarflashadi, ammo ular o’z tanalarini takomillashtirish uchun nima qilish kerakligini bilishga besh dahiha ham ajratishni istashmaydi. Sog’lik – uzoq va xotirjam hayot kechirish asosidir.

 

 

Inson organizmining ajoyib xususiyatlaridan biri bu — o’zini tiklash qobiliyati hisoblanadi. Misol uchun: agar siz biron bir joyingizni kesib olsangiz, tez orada yangi to’qima shikastlangan hujayraning o’rnini egallaydi va jarohat bitib ketadi. Agar siz suyagingizni sindirib olsangiz, u ko’p o’tmay o’sadi va oldingiga qaraganda ham mustahkam bo’ladi. Har bir jarohatga nisbatan biroz g’amxo’rlik ko’rsatsangiz, u tez orada tuzalib ketadi.

 
Siz noto’g’ri hayot tarziga amal qilishingiz oqibatida o’z organizmingizga keltirgan zararingiz u qadar sezilmasligi mumkin. Ammo organizm uchun zarur vaqt va sa’y-harakatingizni ayamasangiz unga nisbatan uzoq yillar davomidagi e’tiborsizligingizdan keyin ham u qayta tiklanib ketadi.

 
Ammo bir lahzada mo’’jiza ro’y berishini kutmang. Uz organizmingizni buzish uchun sizga juda ko’p vaqt talab qilindi, shuning uchun ham uning tiklanishiga ma’lum bir muddat kerak bo’ladi.

(Visited 626 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!