VIAGRA HAQIDA: KIM UCHUN FOYDASI TEGISHI MUMKUN

VIAGRA HAQIDA

VIAGRA HAQIDA: ENG FOYDALI QIZIQARLI MA’LUMOTLAR

 

Viagra haqida: Shuni eslatib o’tish kerakki sog’lom odam uchun viagra qabul qilish foydadan ko’ra bir qancha kasaliklarni keltirib chiqaradi. Keltirib o’tayotgan foydali tomonlar mutaxasislar olimlar tomonidan amalga oshirilga. Shifokor maslaxatisiz jinsiy quvvatni oshiruvchi dorilarni ichish bepushtlik va bir qancha kasalliklarga olib kelishi mumkun.

Bu ko’k dorilar jinsiy quvvatni oshirishdan tashqari yana bir qancha foydali hususiyatlari mavjud? Ushbu videoda siz jinsiy quvvatga tegishli bo’lmagan viagraning 8 ta foydali tomonlari bilan tanishib chiqishingiz mumkun.

1. Oilaviy munosabatlarni mustaxkamlaydi.

Misrdagi Qohira tadqiqot markazida shifokorlar Viagradan oilaviy munosabatlarni tiklash uchun foydalanadilar. Natijalar shunu ko’rsatdiki: 35 bemorning 32 nafari bir oydan kam vaqt ichida jinsiy muammolarini engishga muvaffaq bo’lishdi.
Ushbu tadqiqotning maqsadi – stress tufayli kelib chiqadigan fiziologik muammolarni davolash usullarini topishdan iborat edi.

2. Rakni davolashda

So’nggi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki Viagra saraton kasalligini kamaytirishda qisman yordam beradi.
Olimlarning izlanishlari shuni ko’rsatdiki Viagra o’simta o’sishini to’xtatish va saratonga qarshi ba’zi dorilar bilan birgalikda yurakni shikastlanishdan himoya qilishiga yordam berishini aniqladilar.

3. bazi qizil kitobdagi hayvonlarni asrashda.

 

Xitoyning ko’p joylarida jinsiy ojizlikdan davolanish uchun yo’lbars suyagini dori sifatida ishlatishadi. Shu sababli, Xitoyda yo’lbarslar yo’q bo’lib ketish xavfi ostida. Yo’lbarsadan tashqari yana ko’plab hayvonlar ov qilinadi.
Sotib oluvchilar orasida bug’u shoxlari va tyulen jinsiy a’zolarga talab katta, mish-mishlarga ko’ra, bu narsalar jinsiy quvvatni oshirish uchun foydali bo’lar ekan.
Biroq, arzon viagra dorisi paydo bo’lishi bilan, shimol kiyiklariga bo’lgan talab 70 foizga kamaydi va tyulenlarga qaratilgan talab butunlay yo’qoldi.

4. yo’qolish arafasidagi hayvonlarni ko’paytirish uchun.

 

Ko’pchilikka malum panda tutqunlikda ko’payishmaydi. Ularni tushunsa bo’ladi. Kim ham bunday mas’uliyatli ishni jamoat oldida qilishni xohlaydi? Ammo bir nechta viagra dorilar hamma narsani o’zgartiradi.

5. Sportdagi ko’rsatkichlarni yaxshilash uchun

Sportchilar o’zlarining ish faoliyatini yaxshilash uchun Viagra-dan foydalanadilar. Sir emaski Ko’pgina sportchilar steroidlardan tortib ekzotik o’simliklar ekstrakti bilan tugaydigan turli xil stimulyatorlarni qabul qilishadi. Bu esa jinsiy quvvatni pasaytirishga olib keladi. Viagra esa jinsiy quvvatni oshirish uchun.

6. Ayollar bepushtligini davolashda.

Viagra ayollarning reproduktiv funktsiyasini yaxshilashga yordam beradi. Bachadon shilliq qavatiga qon yetishmasligi fonida turli xil muammolar yuzaga keladi: tabiiy va sun’iy ravishda yallig’lanish sababli ayollarda bepushtligi kelib chiqishi mumkun.
Bu g’alati ko’rinsada viagra bu muomolarni samarali davolay oladi.

 

7. O’simliklar hosildorligini oshirish.

o’simliklar hosildorligini oshirish, bu ayniqsa fermerlar uchun muhimdir. Bar-Ilan universitetida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, Viagrani so’nayotgan o’simliklarga berilganda ular tiklanib, yanada yangi va yorqinroq bo’lib o’sishadi.

 

8. Erta tug’ilgan chaqaloqlarni qutqarishda.

Azot oksidi nafaqat erektsiyani yoki gullarni etishtirishga yordam beradi, balki u chala tug’ulgan bolalarni davolashda ham qo’llaniladi. Melburn shahridagi Qirollik bolalar kasalxonasining reanimatsiya bo’limida an’anaviy ingaliyator o’rniga birinchi marta Viagra ishlatilib ko’rildi.

Natija hayratlanarli bo’lgan: Viagra olgan bolalarning hech birida o’pka gipertenziyasi bo’lmagan va umuman olganda, bu bolalar qolganlarga qaraganda to’rt baravar tezroq reanimatsiyadan chiqib ketishgan.
Ushbu videoda viyagraning jinsiy quvvatga tegishli bo’lmagan foydali tomonlarini ko’rib chiqdik
Do’stlar agar sizda jinsiy ojizlik bo’lmasa jinsiy quvvatni oshirivchi dorilarni shni tavsiya qilmagan bo’lar edim mutaxasis shifokor bilan maslaxatlashilmagan dorilar foydadan ko’ra zarari ko’p bo’lishi mumkun

(Visited 6 400 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!