Varikozni davolash uchun uy sharoyitida 101 yo’li haqida malumotlar to’plami

varikozni

Varikozni davolash uchun uy sharoyitida 101 yo’li haqida malumotlar to’plami

 

Venalar kengayishi, ularda qon oqishining qiyinlashuvi kabi o’zgarishlar ro’y berishi natijasida turli yallig’lanish jarayonlari va tiqinlar paydo bo’lishi mumkin.

Venalar varikoz kengayishining oldini olish uchun profilaktik chora-tadbirlar ko’rish zarur. Eng muhimi — qonning bir maromda aylanishiga to’siqlik qiladigan omillarni bartaraf etish. O’tirib ishlaydiganlarga vaqti-vaqti bilan oyoqlarini uzatib turish, bir-bir yarim soatda ozgina yurish, yoki oyoquchida 10-15 marta turib- o’tirish tavsiya etiladi.

Bunday mashqlarni tik turib ishlaydiganlar ham tez- tez bajarishlari lozim. Varikozda og’rigan oyoqni tovondan son yarmigacha elastik bint bilan o’rash yoki rezina paypoq kiyish, badantarbiya, davo fizkulturasi, engil gimnastika yaxshi naf beradi.

Noto’g’ri ovqatlanish qonni quyultiradi va vena qon tomirlarining kengayishiga olib keladi. Shuning uchun kechqurun ovqat emaslik kerak — bu qonning kuchli quyilishiga olib keladi. Ko’proq suyuq ovqatlar, yangi tayyorlangan sharbatlar (ayniqsa, sabzi), salatlar va yog’siz bo’tqalar iste’mol qilish kerak.
Yo’g’on ichak va jigarni tozalash yordamida portal gipertenziyani yo’qotish zarur bo’ladi.

Kuniga 2 mahal ertalab va kechqurun jarohatlangan joylarga suvda eritilmagan olma sirkasi surtiladi. Ayni
paytda kuni bo’yi bir stakan suvga 2 choy qoshiq olma sirkasi solib, 2-3 stakan ichiladi (rus tabiblari tavsiyasi).

* Og’rigan joylarni kartoshkaning yangi tayyorlangan sharbati bilan yuvib, shu sharbatga shimdirilgan mato bog’lash kerak. Shu muolaja bilan birgalikda kartoshka sharbatidan ichilsa ham shifo bo’ladi.

* Tol po’stlog’i va bargidan 2-3 hovuchini 5 litr suvda 30 daqiqa qaynatib, 15-20 daqiqa davomida vanna qilinsa, foyda beradi.

* Ezilgan sarimsoqning bir stakaniga ikki stakan asal qo’shib, kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin, yarim osh qoshiqtsan iste’mol qilinadi.

* Oq akatsiyaning spirtli damlamasi bo’rtib chiqqan vena tugunlariga ishqalab surtilsa, ularning so’rilishiga yaxshi yordam beradi.

* Soxta kashtan gulidan 50 g olib, ustiga yarim litr bug’doydan tayyorlangan aroq quyiladi va 14 kun davomida qorong’i joyda saqlanadi. Vaqgi-vaqgi bilan aralashtirib turiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin, 30 tomchidan iste’mol qilinadi. Davolanish muddati — 3-4 hafta. Shu bilan birgalikda jarohatlangan joylarga quyidagicha tayyorlangan malham kuniga bir necha bor surtiladi. Buning uchun moychechak gulining tolqonidan 10 g, mavrak guli va bargidan 10 g, kashtan mevasi tolqonidan 50 g, kartoshka kraxmalidan 5 g olib, hammasi aralashtiriladi. Ustiga 200 g issiq tovuq yog’idan qo’shib, 2,5 soat suv hammomida qo’yiladi. Bir soat damlab qo’yilgach, yana qaynatiladi va sovitib, suzib olinadi.

* Qayin kurtaklaridan yarim litrli idishga 3 qism solib, ustiga og’zigacha aroq quyiladi va 10 kun saqlanadi. Vaqgi-vaqgi bilan aralalggirib turiladi. Shu damlama og’rigan joylarga surtiladi.

* Yangi uzilgan shuvoqni hovonchada ezib, undan bir osh qoshig’iga bir osh qoshiq qatiq yoki qaymoq qo’shib, aralashtiriladi. Dokaga quyib, og’rigan venalarga kuniga 1,5-2 soat bog’lab qo’yiladi. Bu muolajalarni 4-5 kun qilgach, 2-3 kun tanaffusdan keyin davolanish takrorlanadi.

* Qo’ng’irador kalanxoy bargidan olib, yuvib maydalanadi. Yarim litrli shishaga solib, og’zigacha aroq quyiladi va bir hafta qorong’i joyda saqlanadi. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Suzib olib, oyoqlarga tovondan to tizzagacha shu damlama surtiladi. Bu muolaja venalarning ko’kimtir to’ri yo’qolguncha, 3-4 oygacha har kuni takrorlanadi. Oyoqlarda og’riqtezda qoladi.

* Qoncho’pning spirtli damlamasidan har kuni bir osh qoshiqtsan sutga 10 tomchi tomizib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin iste’mol qilinsa, ko’kargan venalarga davo bo’ladi.

* Ertalab saharda ip paypoq kiyib, shudring tushgan maysada paypoqyaxshi shimib olguncha yuriladi. Quyosh chiqqandan so’ng, paypoqni to quriguncha echmaslik kerak (tabib Vanga tavsiyasi).

* Moychechak o’tining qaynatmasidan ichilsa hamda vanna qilinsa, venalarni davolashda shifo bo’ladi.

* Dalachoy o’tining qaynatmasidan ichilsa hamda vanna qilinsa, vena tugunlariga

* Eman novdalarining qaynatmasidan vanna qilinsa, venalar varikozini davolashda foyda beradi.

* Ittikanak o’tining qaynatmasidan ham ichib, ham vanna qilinsa, venalarni davolashda shifo bo’ladi.

* Soxta kashtan, tol va eman novdalarining hammasidan 500 g dan olib, sirli paqirda 30 daqiqa qaynatiladi. Unga 200 g dan ittikanak, moychechak va dalachoy o’tidan solib, bir kecha qo’yiladi. Keyin javdardan tayyorlangan 3 buxanka non ham haynatiladi. Har ikkala qaynatma vannaga solinadi. Har kuni uyqu oldidan 30-40 laqiqa shunday vanna qabul qilinadi. Suv harorati 38-40° bo’lishi kerak.

* Eman, tol va kashtanning maydalangan novdalaridan bir osh qoshiqdan olib, b;*r litr suvdayarim soat qaynatiladi. Qaynatmaga bir osh qoshiqtsan moychechak, dalachoy va nttikanak o’tidan solib, 12 soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, unga 2 osh qoshiq asal qo’shiladi. Kuniga 2-3 mahal birinchi 2 kunlikda 50 ml, keyingi 2 kunda — 100 ml dan, qolgan kunlar 150 ml dan ichiladi. Davolanish muddati — 20 kun. 5-10 kunlik tanaffusdan so’ng davolanish yana takrorlanadi.

Varikozni uy sharoyitida davolash

* Venalar varikozi kengayishida bemor kraxmalli taomlardan va yuqori navli utshan tayyorlangan taomlardan kamroq iste’mol qilishi kerak. Taom tayyorlanganda kartoshkani po’sti bilan ishlatish va bug’doy kepagidan foydalanish ma’qul.

* Bolgariya tabobatida venalarning varikoz kengayishiga qarshi pomidor keng qo’llanadi. Pomidorni yaxshi pishganidan olib, bo’lakcha qilib, kengaygan venalarga qo’yiladi, 3-4 soatdan keyin yangi bo’lakchalarga almashtiriladi.

* Gazanda bargidan 2 osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Shu damlamadan kuniga 3 mahal yarim stakandan parhez qilgan holda (go’sht, baliq, qovurilgan taom emaslik kerak) uzoq vaqt ichilsa, venalarning varikoz kengayishini davolash mumkin.

* Takaning o’ti vena tugunlariga kuniga 3 mahal 20 kun davomida surtilsa, katta foyda qiladi. Parhezi: achchiq, sho’r, nordon va sovuq narsalarni to’liq tuzalmaguncha emaslik kerak (Abu Ali ibn Sino tavsiyasi).

* Kerosin venalarning varikoz kengayishida yuqoridan pastga qarab ishqalab surtiladi. Keyin sariyog’ surtish kerak. Ustiga bozillama qog’oz qo’yib, bint bilan bog’lanadi, jun mato o’rab, 30 daqiqa yotish kerak.

* Bir litr qaymoq olib qaynatiladi. Ustiga chiqqan yog’ shisha idishga solinadi va shu miqdorda spirt quyib, aralashtiriladi. Keyin yarim stakan turp sharbatidan quyiladi, yana yaxshilab qorilgach, bir kun qo’yiladi. Kechqurun yotish oldidan bu qorishma venalarning varikoz kengayishida surtiladi, ustidan bozillama qog’oz qo’yib, jun mato bilan bog’lanadi. Davolanish 4-5 oy davom etadi.

* Pishmagan yashil yong’oqlardan olib to’g’raladi, ustiga zaytun yog’i quyib, idish 10 kun quyoshga qo’yiladi. Keyin shu damlama og’rigan joylarga surtiladi (tabib Vanga tavsiyasi).

* Muskat yong’og’ining bir donasi qirg’ichdan o’tkaziladi. Ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Kuniga 2-3 mahal iliqholda, bir yil davomida choy kabi ichiladi.

* Bo’yimodaron, ruta va gazatsda o’tlarining hammasidan bir choy qoshiqdan olinadi. Ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Kuniga 2 mahal — ertalab va kechqurun ovqatdan 15 daqiqa oddin, bir stakandan ichiladi. Olma sirkasidan 2 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoqsuv quyib, kuniga 2- 3 mahal og’rigan joylarga surtiladi. Sirkaning eritilmagani ham shu maqsadda tavsiya etiladi.

* Sarimsoqdan 250 g olib, maydalab ezib, 350 g asalga aralashtiriladi. Ertasiga damlab, bir hafta davomida surtib yuriladi. Bir haftadan keyin malhamdan kuniga 3 mahal bir osh qoshiqtsan och qoringa iste’mol qilinadi. Oyoqtsa suv yig’ila boshlaganda ham 20 kun 2 mahaldan shu malhamni surtish lozim.

* Anorning qurigan gulini issiq suvda ivitib, suv yig’ilgan tomirlarning ko’kargan joylariga qo’yib, ustidan bog’lanadi.

* Og’rigan venalar bo’rtib chiqqan joylar avvalo sovuq peshob bilan yuviladi. Keyin dokani issiq peshobga shimdirib, jarohatlarga 2-3 kun qo’yiladi. Kuniga 4 mahal yarim stakandan issiq peshob ichilsa, venalarning varikoz kengayishiga, tugunlardan qon ketishiga foyda qiladi (Jon Armstrong tavsiyasi).

* Har kuni choy va suv o’rnida sabzi o’tini qaynatib ichish lozim.

* Qizil atirgul gulidan tayyorlangan moy og’rigan joylarga surtilsa, uzoq vaqt tuzalmaydigan yaralarga, kuyganda, shishganda, xasmolda shifo bo’ladi.

* Kechqurun yotishdan oldin matoni zardobga shimdirib, yoki soxta kashtan barglarini maydalab, varikoz venalarga qo’yiladi. Ustidan bozillama bilan bir kechaga bog’lanadi. Ertalab og’rigan joylar yuvib tashlanadi.

Varikozni davolash yo’llari

* Asaldan 2 stakani termosga solinadi, unga ukropning maydalangan urug’idan 1 stakan qo’shiladi. Ustiga 2 litr qaynoq suv quyib, 24 soat damlab qo’yiladi. Kuniga bir osh qoshiqtsan ovqatdan yarim soat oldin, damlama tugaguncha ichiladi. Damlama venalarning varikoz kengayishini davolashda yordam beradi, qon tomirlarini xolesterindan tozalaydi.

* Cho’chqa o’pkasini bo’lakcha qilib kesib, 10 kun davomida kechqurun yotish oldidan, og’rigan joyga oltingurgut sepib, ustiga bir kechaga bog’lab qo’yiladi (tabib Vanga tavsiyasi).

* Yalpiz, ko’ka (oq qaldirmoq) va moychechakdan 30 g dan olib aralashtiriladi. Ustiga 3 litr qaynoq suv quyib, 40-50 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olgach, og’rigan oyoqlar 15 daqiqa vanna qilinadi. Bu muolajani kunora takrorlash mumkin.

* 5 litr qaynatilgan suvga margantsovka qo’shib (suv och-pushti rangda bo’lishi kerak), 15 daqiqa vanna qabul qilinadi. Keyin atrofiga yod surtib, ustiga Vishnevskiy malhami shimdirilgan bint qo’yib bog’lanadi. Shu muolaja har ikki kunda takrorlanadi.

* Limono’t va bo’yimodarondan 10 g dan, tog’jumro’tidan 15 g olib aralashtiriladi. Ustiga qaynab turgan bir stakan suv quyib, 60 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 2 mahal — ertalab va kechqurun bir stakandan iste’mol qilinadi.

* Kartoshka po’chog’idan 100 g olib, ustiga 3 litr suv quyib qaynatiladi. Kechqurun shu qaynatmadan 20 daqiqa vanna qilinadi. Keyin tovonga bir dona limon sharbati surtiladi va to’liq quritiladi. Bu usul venalar varikoz kengayishining oldini olishda yaxshi vosita hisoblanadi.

* Olma, ayniqsa, «Antonovka» navidagisining damlamasi qonni tozalaydi, uyqu va ishtahani yaxshilaydi. Uch dona olmani sovuq suvda yuvib, sirli idishga solinadi, ustiga bir litr qaynoqsuv quyib, idish og’zi yopilgach, 4 soat jun choyshab bilan o’rab qo’yiladi. Keyin olmalar idish ichida eziladi, suzib olingach, asal bilan iste’mol qilinadi. 50 g olma damlamaga bir osh qoshiq asal qo’shib, nahorga va uxlash oldidan venalar varikozi va tromboflebitda ichiladi (rus tabiblari tavsiyasi).
 

(Visited 638 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!