Umurtqaning tuzilishi

Umurtqaning tuzilishi
Inson skeletining hayron qolarli darajadagi o’zagi qanday paydo bo’lgan ekan-a?!
Umurtqa — egiluvchan ustun shaklida bo’lib, u bosh suyak asosidan to tosga qadar, dumg’aza (pona shaklida suyakdan o’sib chiqqan beshta murtakli umurtqa bo’g’inlari) va dum suyagi (ukcha katta bo’lmagan uchburchak shaklidagi “dum” suyagidan o’sib chiqqan to’rtta murtakli umurtqa bo’g’imlari)gacha cho’zilgan 24 ta uncha katta bo’lmagan umurtqa pog’onalaridan tashkil topgan.

Eslatma. Bachadon ichidagi o’sish jarayoni bo’lgan tuxum hujayrasida eng avvalo 33 ta umurtqa pog’onasi rivojlanadi, shundan so’ng go’dak tug’ilishi oldidan pastki to’qqiztasi dumg’aza va dum suyagiga birlashib ketadi.

Yangi tug’ilgan go’dakda umurtqa qavariq egri chiziq ko’rinishga ega bo’ladi. Qachonki bola boshini ko’tarib, to’g’ri o’tira boshlasa, umurtqaning yuqori chekkasi va elka o’rtasidagi ettita yuqori umurtqa bo’g’imlari mustahkamlanadi va natijada bo’yin kuchayadi. Bu erda chizih oldinga qarab egiladi.

Navbatdagi 12 dona umurtqa bo’g’imlaridan tashkil topgan hovurg’a mustahkamlangan ko’krak qafasi, ko’krak umurtqasi egri qavariq chiziqni davom ettiradi. Bu hism bo’yinnikidan katta va shuning uchun ham uning yuklamasi ko’proq.
Qachonki bola tik turib yura boshlagach, navbatdagi beshta umurtqa bo’g’imi belning oldinga qarab qavariq shaklda egilgan qismini, dumg’aza va dum suyagining esa orqaga qaragan qismini shakllantiradi.

Ushbu 8- shaklidagi tabiiy egri umurtqa prujinaga o’xshab ketadi va uning tarkibiy qismi umurtqa bo’g’imlari hisoblanadi. Har bir umurtqa bo’g’iqmi ikki hism, ya’ni tana va yoydan tashkil topgan. Uning yuqori va pasti tog’aylar bilan qoplangan. Ikki umurtqa bo’g’imi o’rtasida cho’ziluvchan umurtqalararo disk joylashgan va u yarim suyuqlikdan iborat bo’lib uni tog’ay to’qimasi o’rab olgan.

Bu disklar umurtqaning turli yo’nalishlar bo’yicha harakat qilishi va tebranish zarbalarini pasaytirish imkonini beradi. Agar ushbu disklar bo’lmaganida siz har bir qadam tashlaganda bosh suyagi asosiga zarba urilganini his qilardingiz.
Umurtqa bo’g’imlarining yoylari kanal qosil qilib, unda orqa miya joylashgan.

Har bir yoyda beshtadan barmohha o’xshagan bo’rtik bo’lib, ularga bel paylari va mushaklarning murakkab tizimi mahkamlangan. Markaziy bo’rtiklar suyakdor bo’lib, ular “umURTqa pog’onalari”ni hosil qiladi. Qo’shni umurtqalar bo’g’imlar orqali birlashib, ular har bir yoydan yuqoriga va pastga qarab chiqib turadi hamda sinovial suyuqlik to’lgan parda bilan himoyalanadi.

Umurtqada turli o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin. Misol uchun: umurtqa bo’g’imlari o’rtasidagi diskning joyidan siljishi, umurtqa bo’g’imlari oralig’iga noorganik moddalar cho’kindisining to’planib qolishi va shunga o’xshash holatlar. Buning natijasida hayotiy muhim a’zolarga etib keladigan asab quvvati keskin kamayadi va oqibatda faqat umurtqada emas, tananing boshqa hismlarida ham kuchli og’riq paydo bo’ladi.

(Visited 486 times, 1 visits today)

Related posts