Tuz bilan bog’liq tush

Tuz. Tuz bilan bog’liq tushlar ta’birida muabbirlarning fikrlari turlicha. Ba’zi muabbirlar tushda tuz ko’rishni tush sohibining bu dunyo ishlariga qo’l silta  ganligiga yo’yadilar. Lekin Ibn Sirin tuz bilan bog’liq tushlarni yomonlikka yo’ygan.

Masalan, yirik tuzni mu  abbir tashvishga, kulfatga, kasallikka, betartiblikka yoki zo’r tashvish bilan topilgan pulga yo’yadi. Kimki tushida nonga tuz qo’shib eyayotganini ko’rsa, o’ngida bu hayotda bo  riga shukr qilib yashaydi. Umuman tuz og’ir sinovlarga va og’ir kasallikka ishoradir. Tushda tuz yalab ko’rilsa, kishi o’ngida asabiy holatga tushadi. Agar balog’atga etgan qiz tuz yalayotgan bo’lsa, arzimagan bir gap bilan fotihasi buziladi; bu narsa esa, uning qalbini qattiq jarohat  laydi.

(Visited 323 times, 1 visits today)

Related posts

Leave a Comment