tushida kashfiyotchi odamni ko’rsa

Kashfiyotchilik. Kimki tushida kashfiyotchi odamni ko’rsa, o’ngida boshlagan ishini oxiriga etkazib, hurmat e’tibor topadi. Tush sohibining o’zi kashfiyot qilgan yoki kashfi  yotchilikka qiziqayotgan bo’lsa, o’ngida omad unga yor bo’ladi.
Ka’ba ziyorati. Tushida Ka’bani ziyorat qilgan va at  rofini tavof qilib qaytgan kishi barcha mushkulliklar  dan xalos bo’lib, salomat bo’ladi. Ibn Sirindan iqtibos qilib aytadilarki, tushida Ka’batullohni ziyorat qilgan kishining dini mustahkam bo’lar va hukmdorlardan man  faat ko’rar ekan; Agar uyi Ka’ba bo’lganini ko’rsa, xalq tomonidan ham, hukmdorlar tomonidan ham izzat hurmatga sazovor bo’ladi.

Kelin. Qiz tushida o’zining kelin bo’lganligini va ke  linlik libosini quvnab kiyganligini ko’rsa, merosga ega bo’lishiga dalolat. Yangi kelin tushida eriga loqayd bo’lsa, hayoti bir necha kunlar g’urbat bilan o’tadi. Tushida g’am  gin bo’lsa, o’ngida umidlari ro’yobga chiqmaydi. Tushingiz  da kelinning bir holatda bo’lganligini ko’rsangiz, o’ngin  gizda qilgan ishlaringizdan va do’stlaringizning hara  katidan rozi bo’lmas ekansiz.

Kema. Tushida dengiz ichida kemada suzib ketayotgan  likni ko’rish farovonlikka ishoradir.

Kepak un. Tushda kepak unni ko’rish va uni iste’mol qilish og’ir kunlardan dalolatdir, bunday tush ko’rgan odam kambag’allashadi.

Kesik burun. Kimki tushida burni kesilganini yoki ko’zi chiqqanini ko’rsa, bu qasosga ishora, kimga yomonlik qilgan bo’lsa, o’ziga qaytadi.
Ketmon. Tushda ketmon ko’rgan kishi o’ngida biron osh  nosidan yordam oladi.

(Visited 464 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!