tushida diskotekada

Diskoteka. Agar kimki tushida diskotekada raqs tushayotganida musiqa birdan tinib qolsa, o’ngida ko’ngil  siz ishlar bilan to’qnash keladi.

Dolchin. Dolchin — achchiqlik ramzi. Tushda dolchin emoq yoki uni choyga solib, dolchin choy ichmoq achchiq bir xabar  ga ishora bo’ladi.

Dor. Agar bemor kishi yuvilgan kirlarni silkitib  silkitib dorga osayotgan bo’lsa, o’ngida shifo topadi. Bun  day tushni kimgadir tobe bo’lgan odamlar ko’rsa, o’ngida mustaqillikka erishadi. Bir narsadan xavfsirab yurgan kishilar bunday tush ko’rsalar, salomat bo’ladilar; o’ngda anchadan beri kutib yurilgan xavf yo’qoladi.

Dorboz. Tushda dorboz ko’rish san’atning biron soha  sida shuhrat qozonishga ishoradir. Ammo bu — tushning xususiy ta’biri. Aniqrog’i shuki, tushda dor ustiga chi  qish o’ngda dushman ustidan g’alabadir. Agar tushda kishi dor ustidan tushsa, o’ngida hayotining eng yorqin kunlari va soniyalaridan birida umidsizlikka tushadi va ishi orqaga ketib, odamlar o’rtasidagi nufuzi yo’qoladi. Tush  da dor ustida yura bilish qandaydir tavakkal bir ishda ishtirok etish va unda yutib chiqishga ishora. Dor ustida boshqalarning yurib ketayotganligini ko’rish g’irromlik yo’li bilan qo’lga keladigan foydaga sherik bo’lishni ang  latadi.

Dori. Tushingizda dori ko’rsangiz va undan tanovul qilsangiz, o’ngingizda diniy amallarga bekamu ko’st amal qiladigai taqvodor bo’lishingizga ishora bo’ladi. Yana ay  tadilarki, tushda dori ko’rish o’ngdagi tanbihga ishora  dir.
Dorixona. Agar bemor kishi tushida dorixona ko’rsa, demak, o’ngida shifo topar ekan. Sog’lom odamga bu tush hech narsani anglatmaydi.

(Visited 288 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!