tushida daryo

Daryo. Kimki tushida daryo ko’rsa, uning suvi tiniq va to’lib oqayotgan bo’lsa, shonshuhratga ishoradir. Bu tush pna ulug’ bir zotning borligiga, halol molga ham dalolat beradi. Da ryodan tushda suv ichish qo’lga boylik kirishiga dalildir. Ibn Sirin tushda daryo ko’rishni quyidagicha ta’bir qil gan: bunday tush podshohpik yoki olimlikka ishoradir; da ryoning suvi tiniq va oq bo’lsa, o’sha mamlakatning podshog’i adolatli bo’ladi, agar tush sohibi daryo suvidan ichsa, modshog’dan unga in’om etadi yoki biron olimning ilmi dan bahramangd bo’ladi.

Agar tush sohibi daryoga yiqilib tushsa va natijada kiyimlari loy bo’lsa, podshoh yoki bosh liqdan unga zulm etadi, agar daryoga yiqilib, kiyimlari loy bo’lsayu, darhol yuvib, pokiza qilib olsa, g’amanduh dan xalos bo’ladi. Tush sohibi agar daryodan yoqut yoki marjon topib olsa, olim va fozil bo’ladi. Agar daryodan katta baliq tutib o’ldirsa, podshohning dushmanini o’ldiradi (10, 37). Dengiz. Dengiz bilan bog’liq tushlar hamma uchun ham yaxshi likka yo’yiladi. Xususan, savdogar tushida dengiz ko’rsa, boz ustiga unda suzsa, ko’p mol va boyliKka erishadi. Agar qiz o’z mahbubi bilan to’lqinlar ustida bir tekisda suza yotganini tushida ko’rsa, uning orzulari amalga oshadi, vafo va sadoqat hamisha unga yo’ldosh bo’ladi.

(Visited 1 142 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!