tushida bog’

Bog’ va bog’bon. «Har kim tushida bog’ni ko’rsa, unga suv bersa, xotin olgay yoki xotinga yaqinlik qilgay. Agar shaftoli eksa, Allohtaolo ilmparvar farzand ato qilgay. Guldasta rayhonlarni but qilib tursa, farzandi dono, oqil kishi bo’lib etishgay.

Agar o’zini bog’rog’li ko’rsa yoki birov unga bog’ bersa, dalil bo’lg’ayki, unga moldor va sohibjamol xotin nasib bo’lgay. Agar o’z qo’li bilan bog’ obod qilib, uning mevasidan o’zi esa, yaxshi xotin olgay va yaxshi far zandlar ato qilgay» (10, 2829). «Doniyol alayhissalom ay tibdurlarki: «Har kim tushida bog’ ko’rib, anga suv bersa, xotin olg’ay yoki xotiniga yaqinlik qilg’ay. Agar u boqqa gul, rayhon ekib tursa, Alloh taolo unga farzandi solih ato qilg’ay.

Agar u shaftoli ekib tursa, Xudoi taolo olim va fozil farzand ato qilg’ay, agar u rayhongul dastasini hidlab yursa, Alloh unga dilbar va dono farzand ato qilg’ ay, agar u bog’ sotib olsa yoki birov unga bog’ hadya qilsa, Alloh unga badavlat xotin ato qil g’ay, agar u o’z qo’li bilan bog’ obod qilib, mevasidan esa, unga sohibjamol xo tin va solih farzand ato qilg’ay» (33, 30). Bulardan tashq ari boshqa ta’birlar ham bor: tushda o’z mahbubasi bilan bog’ sayrida bo’lgan yigitning to’yi yaqin ekan.

Agar bog’ etilgan mevalar bilan to’lgan bo’lsa, kishining qilgan mehnati taqdirlanibdi va tadbirkorlik ishlarida oldingi safga o’tibdi. Ayol kishi tushida bog’ ko’rsa va unda mevalar etilgan bo’lsa, baxtli oilaning sohibasi bo’libdi. Agar bog’da cho’chqalar meva eb yurganini ko’rsangiz, u holda, bi G’ rinchidan, siz mulkingizni yo’qotgan bo’lasiz, ikkinchi dan, siz yashayotgan mamlakatda zolimlar hukmronlik qila dilar. Agar bog’ qurigan bo’lsa, kasofatdir. Tushda bog’bon ni ko’rish nihoyatda sevinshga ishoradir. Agar kishi o’z bo g’ida bog’bon yurganini va boqqa parvarish qilayotganini ko’rsa, baxtiyor oilaviy hayotga ishora bo’ladi.

(Visited 695 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!