Terlash sabablari uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Terlash sabablari

Terlash sabablari uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

 

Ko’p terlash jismonan zo’riqish, tashqi muhit harorati, o’rab-chirmash va boshqa fizik omillarga bog’liq bo’lmagan holda ko’p ter ajralishidir.

Kuchli hayajonlanish, asab va ichki sekretsiya bezlarining funktsional o’zgarishlari, xususan, o’smirlik vaklimakteriya — jinsiy faoliyatning susayishi davrida, shuningdek, qonda karbonat angidrid miqdori ortib ketganda kishi ko’p terlaydi (masalan, yurak faoliyati keskin susayganda sovuqter chiqadi). Ayrim infektsion kasalliklarda (masalan, silda kechasi terlash), shuningdek, isitmalayotgan bemorda yuqori harorat birdan tushganda ham ko’p terlash kuzatiladi.

KASALLIK KUCHAYIB KETMASDAN SHIFOKORGA MUROJAR QILING

Ko’pincha badanning ma’lum bir joyi (masalan, kaft, oyoq tagi, qo’ltiq va boshqalar) ko’p terlaydi, bunda yoqimsiz, qo’lansa hid keladi va terining himoya faoliyati buziladi. Ko’p terlash badanga issiqgg’ik toshishi, terining chaqalanishi, bichilishi, shuningdek, uni yiringli hamda zamburug’ kasalliklariga olib keladi. Shuning uchun kishi ko’p terlaganda shifokorga murojat qilmog’i lozim. Ko’p terlaydigan kishilar shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilishlari zarur. Issiq vanna (yaxshisi xvoyli) yoki dush qabul qilish, badanni ho’l sochiq bilan artish mumkin, sintetik ich kiyimlar kiymaslik kerak.

Terlash sabablari

Terlash sabablari uy sharoitida davolash

* Tol novdalaridan 2-3 hovuch olib, 5 litr suvda yarim soat qaynatiladi. Suzmasiga oyoqparni vanna qilish kerak.

* Moychechak o’tidan 2-3 hovuchini 5 litr suvda qaynatiladi. Keyin suzib olib, oyoqlar vanna qilinadi.

* Oddiy bodrezak (chingiz) po’stlog’idan 4 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 litr sovuq suv quyiladi va past olovda 15 daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, qaynatma bilan oyoqtar vanna qilinadi.

* Suli somonidan bir yarim kg, yalpizdan 100 g, gazandadan 100 g olib aralashtiriladi. Ustiga sovuq suv quyib, 5-6 soat tindirib qo’yiladi. Keyin suzib olib, vannaga solinadi. Haftada ikki mahal vanna qabul qilinsa, yoqimsiz ter hidini yo’qotadi.

* Sulining endi pishgan paytidagi somonidan 300 g olib, unga 50 g eman po’stlog’idan qo’shiladi. Bir paqir suvda qaynatib, har kuni vanna qilinadi.

* Choyni quyuq damlab, kechqurun ko’p terlaganda vannacha qilinadi.

* Na’matakning bargi, guli, mevasidan bir osh qoshig’i ustiga 2 stakan suv quyib, kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Ilonsimon qushtoronning maydalangan ildizpoyasidan bir osh qoshig’i ustiga yarim litr suv quyib, biroz qaynatiladi. So’ngra oyoqlarga vanna qilinadi.

* Ko’ko’t o’tidan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Bozillama, bug’lash hamda vanna uchun ishlatiladi.

* Borat kislotasi va limon kislotasiga suv qo’shib, kechqurun ko’p terlashda oyoq vannasi qilinadi.

* Mavrak bargidan 40 g olib, maydalanadi. Unga qirqbo’g’in va bo’yimodaron o’tlaridan 20 g dan, limono’ti va yong’oq bargidan 10 g dan aralashtiriladi. Undan bir osh qoshig’i ustiga 0,25 l suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Keyin qaynatma kuniga ikkiga bo’lib ichiladi. Davolanish mudtsati 10-12 kun.

* Mavrak bargidan 3 osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, oyoq va qo’llar vanna qilinadi.

* G’o’ra uzum suvining 200 g ga 20 g xantal qo’shib, aralashtiriladi. Bir kundan keyin terlagan badanga 3-4 marta surtilsa, yaxshi bo’ladi.

* Uzum g’o’rasi suvidan kuniga 2 mahal 5 kun davomida 50 g dan ichilsa, ko’p terlashga davodir.

* Xantal tolqonidan kuniga 3 mahal bir choy qoshikdan 5 kun kappalab, orqasidan qaynoq suv ichiladi.

* Oshqovoqni ovqat ichida pishirib, undan 500 g olinadi. Ustiga 500 g toza asal qo’shib, yaxshilab aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal 100 g dan och holda 5 kun iste’mol qilinsa, ko’p terlashga foyda beradi.

* Sachratqi o’tidan va mavraqdan 100 g dan olib, aralashtiriladi. Undan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan suv quyiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal 150 g dan ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Dorivor issopdan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Ertut bargidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.

* Shirchoy o’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.

Terlash sabablari

* Shirchoy o’ti va mavraqdan 100 g dan olib, kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kechasi kuchli terlaganda ovqatdan yarim soat oldin kuniga 4 mahal 150 g dan ichiladi.

* Dorivor issop o’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, yarim stakandan kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Mavrak o’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kun davomida oz-ozdan ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Mavrak bargi va bo’yimodaron o’tidan 25 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, bozillama hamda vanna uchun foydalaniladi.

* Tirnoqgul o’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.

* Oq qayin bargidan bir-ikki hovuch olib, bir litr suvda qaynatiladi. Suzmasdan, og’rigan joylar yuviladi.

* Eman po’stlog’idan 500 g olib, sirli idishga solinadi. Ustiga 5 litr sovuq suv quyib, past olovda og’zi yopiqholda bir soat qaynatiladi. Keyin 30 daqiqa tindirib qo’yib vanna uchun ishlatiladi.

* Eman po’stlog’ining maydalanganidan bir osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, yana 10 daqiqa qaynatiladi. So’ngra vannachalar uchun ishlatiladi.

* Eman po’stlog’idan 50-100 g olib, bir litr suvda qaynatiladi. U bilan
terlaydigan joylar artiladi, qo’l-oyoqdar vanna qilinadi.

* Kechqurun ko’p terlaydigan joylar 2-3 qism suvda 1G’3 qism sirka eritilgan suv
bilan artilsa, nihoyatda samaralidyr. ‘

* Kaft ko’p terlaganda qo’llarni navbati bilan juda issiq suvga, so’ng juda sovuq suvga 30-60 sekund botirish kerak. Qo’l kaftlariga borat kislotasi eritmasi va oshxona sirkasini, sirka bilan odekolon (yarim choy qoshiqdan) yarim stakan suvda aralashtirib, ishlatish kerak.

* Kechqurun yotish oldidan tanaga olma sirkasi surtish kerak.

* Gazanda o’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv qo’yiladi. Ertalab suzib olib, bir osh qoshiq asal qo’shib, to’rtga bo’lib, bir kunda ovqatdan yarim soat oldin, kechasi kuchli terlaganda ichiladi.

(Visited 611 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!