Qadoq bo’lganda

Qadoq bo’lganda
Xonaki yo’l bilan qadoqni ketkazish uchun 1 dona bosh piyoz olinib, qobig’i po’stidan tozalanadi va ikkiga bo’linib, stakanga solinadi, ustiga sirka quyib, bir kunga iliqroq joyda qoldiriladi. So’ngra piyozni sirkadan olib, bir qavatini qadoq ustiga qo’yib, ustidan latta bilan bog’lab qo’yiladi. Bunday muolajani 2 mahal – ertalab va kechqurun qilinsa, qadoqdan osonlik bilan qutulish mumkin.

Etilib pishgan anjir mevasi qadokdan xoli etuvchi tabiiy omillar qatoriga kiradi. Buning uchun avval tananing qadoqlangan joyini obdon issiq suv bilan yumshatiladi. Iloji bo’lsa, qadoq ivitilayotgan suvga chamasi 1 litr suvga 1 oshqoshiq soda solinadi. Qadoq yumshoq paxta bilan quritiladi. Anjir mevasi ikkiga ajratilib, ichki tarafi bilan qadoqqa bosib boylanadi. Mazkur muolaja bir necha kun davomida kechasi uyquga yotishdan oldin bajariladi.
Qadoq yuvib yumshatiladi, sochiq bilan artiladi, bir bo’lak limon qirqib olinib, qadoqli joyga bog’lab qo’yiladi. Mudd,ati bir hafta.

Etilib pishgan qora olxo’ri mevasini sutda obdon qaynatib, danagini olib tashlab qadokda qo’yiladi, olxo’ri sovugach, issig’i bilan almapggiriladi.
Sakson foizli sirkaga tovuqning yangi tuxumi ko’milguncha solib qo’yiladi. 8 kun o’tgach, tuxum sirkada mutloq erib ketadi. Hosil bo’lgan surtmani qadoqqa surtiladi va o’rab qo’yiladi. Tez orada qadoq halimday yumshab tushib ketadi. Sirka oqib tushmasligi uchun idish og’zini mahkam berkitiladi.

(Visited 8 810 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!