Prostata bezi adenomasi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

prostat

Prostata bezi adenomasi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

 

Bu xastalik prostata bezining kasallanib, xavfsiz o’simtasimon kattalashuvi bo’lib, 50 yoshdan oshgan erkaklarda uchraydi.
Prostata bezi adenomasi, ya’ni, xavfsiz o’simtasi sekin rivojlanadi, dastlabki belgisi tez-tez va ayniqsa, tunda zahartang qilishidir, avvaliga siydik jildirab tushadi va uzoqqa bormaydi.

KASALLIK KUCHAYIB KETMASDAN SHIFOKORGA MUROJAR QILING

Bemorga go’yo oyog’iga siygandek tuyuladi. Vaqg o’tishi bilan bu holat o’zgarib, siydik tomchilab keladi, ba’zan siydik to’liq tutilib qolishi mumkin. Kasallik o’tkazib yuborilsa siydik ixtiyorsiz tomaveradi, biroq, bemor qanoat hosil qilmay, qovug’i bo’shamagandek his qiladi.

Siyishdagi o’zgarishlar bilan birgalikda buyraqda ham turli o’zgarishlar yuzaga keladi. Avvalo kosachalari va hajmi kengayadi, buyrakyallig’lanadi, tosh paydo bo’lishi ham mumkin. Prostata bezinining xavfsiz o’simtasi yanada kuchayib ketishining oldini olish uchun kasallikning dastlabki belgilari paydo bo’lishi bilan shifokorga uchrashib, uning tavsiyalariga (gigienik rejim, parhez va b.) amal qilish lozim. Sovuqdan, ayniqsa, oyoqlarni sovqotishdan ehtiyot qilish kerak.

Chanoq a’zolarida qon to’xtab qolishiga yo’l qo’ymaslik uchun ich kelishiga (har kuni kamida bar marta) e’tibor qilish zarur. Bundan tashqari, ertalabki gimnastika bilan shug’ullanish va har kuni ishdan oldin va keyin bir-bir yarim soatcha piyoda yurish kerak. Siydik qistaganda qovuqni darhol bo’shatish lozim.

Uzoq vaqt siymasdan, qovuq to’lib ketsa ham siydik tutilib qoladi. Parhezni saqlash ayniqsa muhim. Qalampir, xantal, konserva, dudlangan baliq emaslik, spirtli ichimliklarni mutlaqo ichmaslik kerak. Sut mahsulotlari ayniqsa, foydali (sutning o’zini ichmaslik kerak, chunki u qorinda el paydo qilishi mumkin). Go’shtli taomlarni kunning birinchi yarmida iste’mol qilgan ma’qul. Kechki soat 6 dan keyin ovqatlanishni chegaralash kerak. Uyqudan 2-3 soat oldin umuman ovqatlanmagan ma’qul.

Prostata bezi adenomasi uy sharoitida davolash

* Suli, qora bug’doy va makkajo’xoridan tayyorlangan bo’tqani muntazam iste’mol qilib turish foydali.

* Gulxayri ildizidan 75 g, shirinmiya ildizidan 100 g, qariqiz ildizidan 75 g olinadi. Shu yig’madan bir osh qoshig’ini kechqurun sirli idishga solib, ustiga 300 g sovuq suv quyiladi. Ertalab past olovda og’zi yopiqholda 30 daqiqa qaynatib, yana 30 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, 3 qismga bo’lib, ovqatdan bir soat oldin ichiladi.

* Ertalab, tushlikda va kechqurun bir hovuchdan oshqovoq urug’ini yaxshilab chaynash kerak.

* Gulsafsar ildizidan 100 g, g’ozpanja ildizidan 72 g, qashqarbeda va gazandadan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan bir soat oldin bir stakandan ichiladi.

Изменения при простатитеprostat

* Shirinmiya ildizidan 75 g, sarsabil ildizidan 100 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan sovuq suv quyiladi. Past olovda og’zi yopiq holda 30 daqiqa qaynatiladi, keyin 30 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, to’rt qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Shirinmiya ildizi, piongul ildizi va sarsabil ildizidan 100 g dan, tirnoqguldan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan sovuq suv quyiladi va past olovda og’zi yopiq holda yarim soat qaynatiladi. Suzib olib, to’rt qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Kamfora spirtiga bir parcha bintni shimdirib, orqa avrat bilan moyaklar o’rtasiga qo’yiladi (oyoqlarni birga ushlab turish kerak). Bozillama kuyishga chidash darajasigacha tutib turiladi. Kamfora bozillamasi qizdiruvchi xususiyatga ega bo’lib, adenoma holatiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.

* Prostata bezi adenomasining oldini olish uchun ko’proq quyidagi mahsulotlar foydali: shirin qalampir, sabzi, lavlagi, karam va pomidor. Bu xastalik saraton vujudga kelishiga imkon yaratishi mumkinligi uchun ko’proq pomidor iste’mol qilish o’rinli.

* Har kuni tovuqtuxumidek bir bosh xom piyozni yoki pishirilganini eyish tavsiya etiladi.

* Zangori maymunjon mevasidan har kuni ko’proq iste’mol qilish lozim.

* Taomda mol, cho’chqa, qo’y, konserva gushti va baliqlar tavsiya etilmaydi. O’tkir taomlar, spirtli ichimliklar va tamaki ta’qikdanadi.

* Qariqizning quritib maydalangan ildizidan 2 osh qoshig’i ustiga yarim litr suv quyib, past olovda 10 daqiqa qaynatiladi va 4 soat o’rab, damlab qo’yiladi. Kuniga 3- 4 mahal ovqatdan keyin 0,3 stakandan ichiladi. Har kuni to’g’ri ichakka asalari elimidan tayyorlangan shamcha qo’yiladi (shamchalar dorixonada bor).

* Marjoy daraxtining kuritilgan va maydalangan gul i dan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Og’zi yopiq holda suv hammomtsda 15 daqiqa qaynatib, 45 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 0,3 stakandan ichiladi.

* Marjoy daraxtining quruq gulidan 50 g olib, ustiga yarim litr aroq quyiladi. Bir hafta qorong’i joyda saqlab, vaqgi-vaqgi bilan chayqatib turiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 30-35 tomchidan, suv bilan ichiladi.

prostat

* Zira ildizini tolqon qilib, ovqatga qo’shib iste’mol qilinadi. Yoki bir osh qoshiq zira urug’i ustiga bir yarim stakan qaynoq suv quyiladi va 5-7 daqiqa qaynatib, 10 daqiqa o’rab, damlab qo’yiladi. Suzib olib, kun davomida choy kabi ichiladi.

* Shirinmiyaning quruq va maydalangan ildizidan bir osh qoshig’i ustiga yarim litr suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi. Sovigach, suzib olinadi. Kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 0,7 stakandan ichiladi. Davolanish muddati 3 hafta, so’ng 2 hafta tanaffus qilinadi. Yil davomida 5-6 marta muolaja kdlinadi.

* Soxta kashtan mevasining tolqonidan 25 g olib, ustiga 250 ml spirt quyiladi. Qorong’i joyda 2 hafta sakdab, vaqgi-vaqgi bilan chayqatib turiladi. Suzib olib, kuniga 2 mahal – tushlikkacha va kechqurun 20 kun 10 tomchidan ichiladi.

* Soxta kashtan po’stlog’idan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan sovuq suv quyiladi. Past olovda, og’zi yopiq holda yarim soat qaynatiladi va 30 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, 3 qismga bo’lib ovqatdan bir soat oldin ichiladi. Davolanish muddati 2-3 hafta.

* Sigirquyruq guli va nok gulidan 75 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Loviya ko’zoqlaridan 400 g, sarsabil ildizidan 100 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Yong’oq bargidan 100 g, tirnoqguldan 75 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechkurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.

* Qariqiz ildizi, g’ozpanja ildizi, tol ildizi, ertut bargi, brusnika bargi, qora smorodina bargi, kiyiko’ti va qushtoron o’tidan teng miqdorda olinadi. Undan 100 g olib, ustiga bir litr aroq quyiladi. 2 hafta qorong’i joyga qo’yiladi, vaqti- vaqti bilan aralashtirib turiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin 25-30 tomchidan, limono’ti damlamasi bilan ichiladi.

* Sarsabildan 3 choy qoshig’i ustiga 300 ml qaynoq suv quyib, 2 soat o’rab, damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Qariqizning maydalangan ildizidan bir osh qoshig’ini yarim litr suvda 10 daqiqa qaynatib, 4 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, ovqatdan oldin 4 mahal chorak stakandan ichiladi.

* Gazanda, shirinmiya va g’ozpanja ildizlaridan teng miqdorda olib, aralashtiriladi. Maydalab quritilgan shu yig’madan 100 g olib, ustiga yarim litr aroq quyiladi. Qorong’i joyda bir oy saqlab, vaqgi-vaqgi bilan aralashtirib turiladi. Suzib olib, ovqatdan oldin kuniga 3 mahal 25-30 tomchidan, limono’ti damlamasi bilan ichiladi.

* Piyozning yashil barglarini quritib, qayin barglari bilan teng miqtsorda olib, eziladi. Undan 2 osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, bir soat issiq joyda damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 2 mahal yarim stakandan ertalab va tushlikda ichiladi.

* Dorivor archagul bargining tolqonidan ertalab va kechkurun bir choy qoshiqdan och holda limono’ti damlamasi bilan ichiladi.

* G’ozpanja ildizi, shirinmiya ildizi va gazanda o’tidan teng miqdorda olib, aralashtiriladi. Undan 100 g olib, ustiga 0,5 l aroq kuyiladi va bir oy qorong’i joyda saqlanadi. Kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 25-30 tomchidan, limonuti damlamasi bilan ichiladi.

* Qizilqono’t utidan 2-3 choy qoshig’i 5 daqiqa damlab kuyiladi. Nahorda va uykudan yarim soat oldin bir stakandan ichiladi.

* Qizilqono’t, limono’ti, tog’ jambili va olcha bandlaridan teng miqdorda olib, 2-3 daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, ertalab va kechkurun uykudan yarim soat oldin bir stakandan ichiladi.

* Ituzum o’ti va olcha mevasi bandlaridan 2 osh qoshig’i ustiga 0,7 l qaynoq suv quyib, 2 soat o’rab, damlab qo’yiladi. Suzib olib, kun davomida ichiladi.

* Nok gulidan 30 g olib, ustiga bir litr qaynoqsuv quyiladi va yarim soat o’rab, damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 5 stakandan choy va suv o’rnida o’tkir prostata va prostata bezi adenomasida ichiladi.

* Prostata bezi adenomasini davolashda Bolgariya xalqtabobati quyidagi yig’mani tavsiya etadi. Limono’ti, ukrop urug’i, qirqbo’g’indan bir choy qoshiqtsan, archa mevasi va bargidan 3 choy qoshiqolib, maydalab arashtiriladi. Ustiga yarim stakan qaynoq suv quyib, past olovda 3-4 daqiqa qaynatiladi va 2 soat iliqjoyda damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.

* Adenoma va surunkali prostatani davolashda har kuni bir necha bor och holda oshqovoq urugini iste’mol kdlish tavsiya etiladi.

* Kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan oshqovoq moyini iste’mol qilish kerak. Davolanish muddati bir oy.

* Gazanda, shirinmiya va gozpanja ildizlaridan bir choy qoshiqtsan olinadi. Ustiga 800 ml sovuq suv quyib, past olovda 10-12 daqiqa qaynatiladi va bir soat uy haroratida damlab qo’yiladi. Bir stakandan ertalab va kechqurun iste’mol qilinadi.

* Gazanda, arslonquyruq va qushtorondan 100 g dan, petrushka o’tidan 75 g, zangori maymunjon bargidan 100 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termos ga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Dalachoy va gaza platan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan bir soat oldin 150 g dan ichiladi.

* Shirinmiya ildizidan 75 g, sarsabil va qariqiz ildizlaridan 100 g dan olinadi. Shu yigmadan 2 osh qoshig’ini kechqurun sirli idishga solib, ustiga 2 stakan sovuq suv quyiladi va past olovda qaynatiladi. Suzib olib, 4 qismga bo’lib, kun davomida ichiladi.

* Kanop urug’idan bir osh qoshig’ini ezib, termosga solinadi. Ustiga bir stakan qaynoq sut quyib, 2 soat damlab qo’yshtadi. Suzib olib, ichiladi.

prostat

* Kanop urug’idan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib qo’yiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Qariqiz ildizi, sarsabil ildizi va sachratqi ildizidan 100 g dan, gulsafsar ildizidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan sovuq suv quyiladi va past olovda og’zi yopiq holda 30 daqiqa qaynatib, yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kun davomida ichiladi.

* Shirinmiya ildizidan 75 g, gazanda o’tidan 100 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv qo’yiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal 150 g dan iste’mol qilinadi.

* Qashqarbedadan 75 g, gulxayri iddizidan 100 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal yarim stakandan iste’mol qilinadi.

* Mavrakdan 100 g, nufar ildizidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan bir soat oldin ichiladi.

* Bo’tako’z guli va g’ozpanja ildizidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan bir soat oldin bir stakandan ichiladi.

* Maydalangan piyoz va asaddan 100 g dan olinadi. Ustiga yarim litr o’tkir oq vino quyib, 10 kun issiq va qorong’i joyda sakdanadi, vaqti-vaqgi bilan aralashtirib turiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal bir osh qoshiqlan iste’mol qilinadi.

* Budra o’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, 3 qismga bo’lib, ovqatdan bir soat oldin ichiladi.

* Prostata bezi adenomasida 8 kun davomida kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakan issiq peshob ichiladi. 3-4 kundan so’ng siyish ishtiyoqi, 8- kuni o’simta to’liq yo’qoladi.

* Ukrop mevasidan 20 g, marjoy daraxtidan 30 g, yantoqdan 15 g, aloydan 40 g olinadi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 20 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal bir osh qoshiqtsan peshob tuti l ganda ichiladi.

* Na’matak mevasidan bir kg ni urug’idan tozalab, pishirib, elakdan o’tkaziladi. Keyin 2 stakan asal va 2 litr suv qo’shib, 2-3 daqiqa qaynatiladi. Sterillangan shisha idishga solib, salqin joyga qo’yiladi. Sharbat prostata bezi adenomasining oldini olish, avitaminoz, madorsizlikda, jinsiy kuvvatni oshirish uchun kuniga 1-2 stakandan ichiladi.

* Kuniga bir mahal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqtozalangan kerosin bir stakan qaynatilgan va asal solingan suv bilan ichiladi. Davolanish muddati 3 hafta. 10 kun tanaffus qilib, davolanish davom ettiriladi. Uchinchi muolajani boshlashdan oldin 20 kun tanaffus qilinadi.

(Visited 1 465 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!