PAXTA

PAXTA

Paxta g‘o‘za o’simligidan olinadigan tola va chigitdan iborat arzon va keng tarqalgan xomashyodir. Butun dunyoda tayyorlanadigan barcha to‘qimachilik tolalarining qariyb yarmidan ko‘prog‘ini paxta tolasi tashkil etadi.

Paxta 0‘rta Osiyo, Hindiston, Xitoy, Misr, Peru va Meksikada qadimdan ma’lum. Hozirgi O‘zbekiston hududida miloddan avvalgi 6-5-asrlardan boshlab g‘o‘za yetishtirilib, paxta tolasidan ip yigirilgan va gazlama to‘qilgan.

Paxta tolasining uzunligi, pishiqligi, ingichkaligi va elastikligi uning muhim ko’rsatkichlari hisoblanadi.

Paxta tolasi qanday g‘o‘za navidan olinganligi hamda ingichkaligiga ko‘ra o‘rta tolali va ingichka tolaliga bo‘linadi.

Ochilgan ko’saklardan paxta qo’lda va paxta terish mashinalari yordamida terib olinadi. Paxta bir necha marta teriladi, chunki g‘o‘za ko’saklari bir vaqtda ochilmaydi. Paxta tozalash zavodlarida maxsus mashi- nalar tolani chigitdan ajratib oladi, shuningdek, paxtadan chigit, lint, momiq va tuk (5 millimetrdan kalta tuk qoplami) ham olinadi. 0‘rtacha olganda paxta zavodlarida 100 kilogramm paxtadan 34 — 35 kilo- gramm tola, 1 kilogramm momiq, 62 kilo- gramm chigit olinadi. 0‘z navbatida shuncha chigitdan 11 kilogramm paxta moyi, 22,5 kilogramm kunjara, 17,5 kilogramm

shulxa, 3,5 kilogramm lint, 3 kilogramm tuk (delint) chiqadi. Keyin tolalar toylanib, yigiruv fabrikasiga yuboriladi. U yerda toladan ip yigiriladi, to‘quv fabrikalarida paxta ipidan chit, batist, markizet, satin, pax- moq va trikotaj kabi gazlamalar ishlab chiqariladi.

Sellyuloza, fotoplyonka, qog‘oz singari materiallar, shuningdek texnikada qollaniladigan paxta va chidamli to’qimalar ham paxtadan tayyorlanadi.

Chigitdan esa yog‘ olinadi. Paxta yog‘i ovqatga ishlatiladi, undan konserva sanoatida va margarin ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bundan tashqari paxta yog’i sovun pishirishda qo‘llaniladi, undan glitserin, stearin olinadi. Chigitning yog‘i siqib olingandan keyin qoladigan kunjarasi mollarga ozuqa. Gidroliz sanoatida chigit po‘stishulxasi esa etil va metil spirti tayyorlash uchun ishlatiladi. G’o’zapoyasidan qog‘oz, karton, plitalar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Shuningdek, maxsus ishlov berish yo’li bilan chorvachilik uchun ozuqa moddalar tayyorlanadi. G‘o‘za bargidan olma kislotasi, limon kislotasi olish mumkin. Paxta «oq oltin» deb atalishi bejiz emas, undan yana qanchadan-qancha mahsulotlar olinadi va tayyorlanadi.

Umuman paxtadan olinadigan mahsulotlar asosida sanoat usulida 1200 dan ko‘proq turli mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin.

Hozirgi davrda (21-asr boshida) jahondagi 86 mamlakatda paxta ekiladi, paxtazorlarning umumiy maydoni o’rtacha 35 million gektarga boradi. Har yili 50 million tonna paxta yig‘ib olinadi, ulardan esa 19 million tonnadan ortiq paxta tolasi tayyorlanadi. Jumladan, O‘zbekistonda 4 million tonnaga yaqin paxta yetishtiriladi va undan 1,5 million tonnaga yaqin tola olinadi. O‘zbekiston paxta yetishtirish bo‘yicha jahonda Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokistondan keyin 5-o‘rinda, paxta tolasini boshqa mamlakatlarga sotish bo’yicha AQSHdan keyin 2-o‘rinda turadi.

 

Serquyosh O‘zbekiston — paxtakor mamlakat. Respublikamiz gerbida paxta chanog’i tasvirlangan. Bu «oq o11in» o’lkasining ramzidir.

 

(Visited 660 times, 1 visits today)

Related posts