Ozish uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Ozish

Ozish uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Ozish — uzoq vaqg yomon ovqatlanish yoki ovqatning organizmga yaxshi singmasligi oqibatida gavda vaznining kamayishi. Ozg’inlikni engish va vazinni tiklash uchun turmush tarzini o’zgartirib, ovqatlanish tartibini qayta ko’rib chiqish, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish kerak.

Lekin, ortiqcha semizlik odamni qiynagani, faqat yurishi, ishlashi, etarli nafas olishiga zarar qilganidek, o’ta ozg’inlik ham illat. Bekorga «yo’rg’a ot na semiz va na oriqtsir» deyishmagan. Shuning uchun semiz odamlar ozishga, oriq kishilar semirishga harakat qilishadi. Odamning o’rtacha semizlikdagisi nisbatan sog’lom, harakatchan, ishchan bo’ladi.

Shuning uchun ham Sharq tabobatida turli kasalliklarni davolashda bemorlarnrshg ovqat rejimini tartibga solish eng muhim tadbir hisoblangan. To’g’ri, odamning semizligi yoki oriqligi faqat ovqatga bog’liq emas. Lekin semiz kishilarni astasekin ozdirish, aksincha, ozg’in kishilarni semirtirishda ovqatlanish rejasi va me’yorining o’rni ham katta.

Ozish

Ozish uy sharoitida davolash

* Sebarga o’ti, na’matak mevasi va gazanda o’tidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan ichiladi.

* Aloy bargidan 50 g ni go’shtqiymalagichdan o’tkazib, 300 g asal bilan yaxshilab aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal yarim osh qoshiqtsan iste’mol qilinadi.

* 3 yillik aloy barglarini kesib olib, qorong’i joyda 12-14 kun 4-8° haroratda sakdanadi. Keyin ularni yuvib, maydalab, suv bilan 1:3 nisbatda aralashtiriladi va bir soat qo’ygach,’sharbati olinadi. Yarim stakan sharbatga 500 g yong’oq, 300 g asal va 3 dona limon sharbati qo’shib, aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* Erqalampir ildizidan 50 g olib, ustiga yarim litr o’tkir oq vino quyiladi. 10 kun iliq va qorong’i joyda saqlanadi. Kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan sut bilan ichiladi.

* Har kuni 3 mahal 2-3 dona yong’oqni asal solingan sut bilan iste’mol qilish kerak.

* Ermon (achchiq shuvoq)dan 50 g, dalachoydan 100 g, igir ildizidan 100 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, to’rt qismga bo’lib, kuniga 4 mahal 150 g dan ichiladi.
Shirin bodom mag’ziga teng miqdorda shakar qo’shib, tuyiladi. Kuniga 3 mahal 4 holda 2 osh qoshiqdan 20 kun davomida iste’mol qilinsa, odam semiradi.

* Arab xurmosidan kuniga 3 mahal 20 kun davomida 50 g dan eyilsa va orqasidan 50 g sigir suti ichilsa, ozg’in odam to’lishadi.
P a r h e z i: to’liq semirguncha achchiq va nordon narsalar eyilmaydi.

* Shizandra (xitoy limonnigi) mevasidan 20 g olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va yarim soat damlab qo’yiladi. Kuniga 2-3 mahal bir osh qoshiqdan iliqholda ichiladi.

* Kiyiko’tidan 20 g olib, ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi va 2 soat iliq joyda damlab qo’yiladi. Suzib olgach, ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Bo’tako’zning quruqo’tidan 10 g olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal 100 g dan asal yoki shakar bilan ichiladi.

* Sachratqi bargi yoki ildizidan 20 g olib, ustiga bir litr qaynoq suv quyiladi va 2 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal 1G’3 stakandan o’t va peshob haydovchi, hazmni yaxshilovchi vosita sifatida ichiladi.

* Zirkning er ustki qismidan 2 osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoqsuv quyiladi va 2 soat issiqjoyda saqlanadi. Ovqatdan yarim soat oldin 1G’3 stakandan ishtaha ochuvchi va siydik haydovchi dori sifatida ichiladi.

* Yalpiz o’tidan 30 g olib, ustiga bir litr qaynoq suv quyiladi va 2 soat damlab qo’yiladi. Ishtahani ochish uchun ovqatdan oldin, hazmni yaxshilash uchun ovqatdan keyin ichiladi.

* Go’shtli bo’tqa, qovurilgan go’sht (tovuq va g’ozniki yaxshiroq), yong’oq bilan shakar iste’mol qilinsa, semirtiradi.

* Abu Ali ibn Sino badanni oziqlantirish va semirtirish uchun maska yog’i surtish kerakligini aytadi.

* Yovvoyi sano urug’i va dolchin semirtiradi hamda yuz rangi va badan tusini chiroyli qiladi.

* Har kuni sut ichilsa ham semirtiradi. Hatto og’iz suti issiq va quruq mizoj sababli ozgan odamlarning mizojini qo’llash, yomon xiltlarni chiqarish va shu bilan ozuqani yaxshilash orqali semirtiradi.

* Oriq kishi parhez bilan bir oyda ikki marta badaniga sariyog’ surtsa, semiradi.

Ozish

* Kaklik go’shtini iste’mol qilish foydali.

* Bir necha kun davomida har kuni 3 mahal qirg’ichdan o’tkazilgan turpni bir osh qoshiq suv bilan 2-3 osh qoshiqdan iste’mol qilish kerak. Shu bilan birga har kuni 20-30 dona xantal urug’ini kuniga bir mahal suv bilan ichish tavsiya etiladi. Xantal 20 kun iste’mol qilinadi, urug’i shu yilgi va yangi terilgan bo’lishi lozim.

* Bir haftada 800 g dan 2,5 kg gacha semirish uchun cho’chqaning ichki yog’idan 400 g olib, unga 6 dona katta olmani go’shtqiymalagichdan o’tkazib, qo’shiladi. Past olovda duxovkada qizdiriladi, lekin kuydirmaslik kerak. Keyin 12 dona tuxum oqini bir stakan shakarga yaxshilab qorib, unga olma, yog’ va 400 g shokolad quyiladi. Sovigach, kuniga 3-4 mahal issiq sut bilan iste’mol qilinadi.

* Igirning maydalangan ildizidan bir choy qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, 15 daqiqa og’zi yopiqholda qaynatiladi. Kuniga 3 mahal 2 stakandan ovqatdan oldin ichilsa, ishtahani ochadi

* Qoqio’tning maydalangan ildizidan 2 choy qoshiq olib, ustiga bir stakan sovuq suv quyiladi va 8 soat tindirib qo’yiladi. Kuniga 4 mahal chorak stakandan ishtahani ochish uchun ichiladi.

* Limonni po’chogi bilan, ozroq shakar qo’shib iste’mol qilinsa, ishtahani ochadi.

* Ermon (achchiq shuvoq) o’tidan 3 litrli shisha idishga solib, ustiga aroq quyiladi va 21 kun issiq va qorong’i joyda saqlanadi. Kuniga bir mahal 3 hafta ertalab och holda kamqonlikda ichiladi. Kuchli kamqonlikda 14 kundan so’ng muolaja takrorlanadi.

* Qora turpni qirg’ichdan o’tkazib, imkoni boricha ko’proq iste’mol qilish kerak.

* Davolanish davrida kuniga bir mahal 20-30 dona xantal donidan yutiladi. U yaxshi davolovchi vosita bo’ladi, 20 kun iste’mol qilinadi.

* Kakao, asal va sarimsoqdan 200 g dan olinadi. Sirli idishga solib, past olovda eritiladi va biroz qaynatiladi. Sovigach salqin va qorong’i joyda saqlanadi. Undan bir choy qoshig’ini bir stakan qaynoq sutda eritib, kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Asaldan 100 g, mayiz va yong’oqdan 100 g dan olib, maydalab aralashtiriladi. Kuniga 3-4 qoshyqdan iste’mol qilinsa, kamqonlikda shifo bo’ladi.

* To’rt dona limon sharbatiga bir stakan aloy sharbati, 500 g yong’oq mag’zi qo’shib yaxshilab qoriladi. Og’ir kasaldan turgan bolaga kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir choy qoshiqdan beriladi.

Ozish

* Limondan 2 kg, lavlagidan 3 kg, sabzidan 3 kg, anor 2 kg olinadi. Hammasi sharbat siquvchi moslamadan o’tkaziladi. Limon urug’i avvalroqolib tashlanadi, anorni esa po’sti va urug’i bilan o’tkaziladi. Sharbat olingach, idishga solib, 2 kg asal qo’shiladi. Ertalab va kechqurun bir qadahdan bir oy ichilsa, bolaning immun tizimini mustahkamlaydi.

(Visited 5 times, 1 visits today)

Related posts