Ozish uchun uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari semizlik

ozish

Ozish uchun uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari semizlik

 

Ozish semizlik, tanani yog’ bosishi — moddalar almashinuvining buzilishi natijasida teri osti to’qimasi va to’qimalarda ortiqcha yog’ yig’ilishi, gavda og’irligining o’rtacha ko’rsatkichdan 20 foiz va undan ko’proq ortishi. Kasallik ishtaha markazi gipotalamus- ning zaifligi, endokrin kasalliklar va markaziy asab tizimining xastaliklari oqibatida kelib chiqadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, ortiqcha vazn, semizlik salomatlikni izdan chiqarib, birinchi navbatda, yurak-tomir kasalliklaridan xafaqon, yurak ishemik xastaliklari, miokard infarkta, miya insulta, ateroskleroz, qandli diabet, jigar tsirrozi, o’t va buyrak-tosh kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Vaznning o’rtacha holati 10-20 foizga ortishi birinchi darajadagi semizlik, 20-30 foizga ortishi ikkinchi, 30-100 foizga oshishi uchinchi darajadagi va 100 foizdan ziyoda ortib ketishi esa, to’rtinchi darajadagi semizlik hisoblanadi. Ikkinchi va uchinchi darajadagi semizlik parhez va harakat qilish yo’li bilan bartaraf etiladi. O’rtacha vazndan 50 foiz va bundan ham ortiqroq semirib ketgan odamlarni dori-darmonlar bilan davolashga to’g’ri keladi. Shuning uchun ozishda eyiladigan, sog’liqni tiklovchi profilaktik va davolovchi parhez taomlar hamda jismoniy mashqlar sog’liqni, navqironlikni uzoq vaqt saqlab qolishning eng muhim yo’lidir.

Semizlikni kimlardir salobatli, o’ktam ko’rinish, odamlar e’tiborini tortish, kelbati, salohiyati va o’zligini ko’rsatish uchun bir martaba deb biladi. Lekin har qanday orzu-havasning chegarasi bo’lganidek, haddan oshiqsemirish fazilat, odamlar havas qiladigan ibrat namunasi emas. Afsuski, g’am-tashvish, bir-biridan xatarli kasalliklar sababchisi ekanini tushunganlaridan keyin, ortiqcha yukdan qutulish, boshqalarga o’xshab nafas olish, erkin-emin o’tirib-turish, ko’ngli tusagan ovqatni hazm qobiliyatiga yarasha iste’mol qilish va kerak bo’lganda jismoniy mehnat, badantarbiya bilan shug’ullanib, o’zini ruhan engil sezishni, eng asosiysi — g’am – tashvishga solayotgan kasalliklardan qutulish ilinjida davolash muassasalariga, tajribali mutaxassislarga murojaat qilib, davolanish tashvishiga tushadilar. Lekin hamma ham shunday yo’l tutavermaydi. Gohbeparvolik, loqaydlik, ortiqcha tashvishga betoqatlik qimmatga tushishini o’shtamay, keyin afsuslanib, semizlik dardini tortab yurishadi.

Mana, Sharqtabobatining otasi Ibn Sino semizlik balosi, jafosi va kulfati haqida nima degan: «Haddan tashqari semizlik badanning harakatiga, ko’tarilishiga va o’zini eplay olishiga xalaqat beradi… kishi sovuq mizojli bo’lmasa, bunday semizlikka erisha olmaydi. Shuning uchun ulardan farzand bo’lmaydi, o’zlari sog’lom bo’lmaydilar va erlik urug’lari oz bo’ladi. Semiz xotinlar ham shunday, ularning bo’yida bo’lmaydi, homilador bo’lsalar ham bola tashlaydilar, ularning shahvatlari ham zaif bo’ladi».

Semizlik odamni kasalliklarga chalintirib, g’am-tashvishga sherik qilib, hayot zavqidan, yayrab-yashnashidan benasib qilgani etmaganidek, farzand ko’rish, bolalari zavqiga sherik bo’lish, chirog’ini yoqadigan merosxo’ri yo’qligidan adoi tamom bo’lish ham ular taqtsiriga bitilgan.

Buyuk tabibning yozishicha, bunday kishilarni dorilar bilan davolaganda dorilar tomirlar orqali kasal a’zolariga o’tmaydi, kasal bo’lganlarida ham uni tezda sezishmaydi, chunki sezgilari kuchsiz bo’ladi. Ularning tomirlaridan qon olish qiyin, surgi qildirish xavfli bo’lib, ba’zan xiltlarini qo’zg’atib yuboradi va xiltlar tomirlarga qaytib o’tolmaydi, chunki tomirlar qisilgan bo’ladi, bu ba’zan ularni halok qiladi.

Mana sizga ortiqcha semizlikning oqibati.

Ozish uchun uy sharoitida davolash

 

ozish

* Kundalik taom va salatlarda ziravor tarzida selderdan foydalanish kerak.

* Semizlikda har kuni bir stakan yangi petrushka qaynatmasidan ichish foyda qiladi.

* Petrushka urug’idan kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan 20 kun davomida kappalansa, shifo bo’ladi.

* Marjoy daraxti guli, ukrop o’ti, moychechak guli, jo’ka guli va yalpiz bargidan teng miqdorda olinadi. Ustiga 1:10 nisbatda suv quyib, 15 daqiqa suv hammomida qizdiriladi, so’ng 45 daqiqa qo’yiladi. Kuniga 2-3 mahal 8-10 hafta davomida bir stakandan iste’mol etiladi. Guli va barglaridan damlama tayyorlab, vanna qilinsa, foyda beradi.

* Haftada bir marta olma kuni uyushtiriladi, bemor shu kuni olmadan boshqa hech narsa emaydi. Olma kunlarini tarvuz, uzum, kefir kunlari bilan almashtirish mumkin.

* Olma sirkasi teng miqtsordagi suv bilan aralashtiriladi. Qotgan non bilan bir choy qoshiqdan kuniga bir mahal ichib turilsa, qondagi xolesterin moddasini kamaytiradi.

* Dulana gulidan 100 g, juka gulidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan iste’mol qilinadi.

* Moychechak qaynatmasidan kuniga bir mahal 50 g dan och holda 35 kun ichilsa, siydikni kuchli haydaydi, ozishga yordam beradi.

* Gazako’ti urug’ining tolqonidan kuniga 3 mahal bir oy kappalansa, ozdiradi.* Kartoshka gulining changidan kuniga 3 mahal pichoq uchida iste’mol qilinsa, modtsa almashinuvi yaxshilanadi.

* Bir necha oy davomida kuniga 3 mahal ovqatdan oldin bir osh qoshiqtsan sabzi sharbati ichish tavsiya etil ad i.

* Har kuni kartoshka, sabzi va karam sharbatidan tayyorlab ichish kerak.

Tez ozish uchun nima qilish kerak

* Tibet xalq tabobatida ortiqcha vazndan qutulish uchuy qovoqdan foydalaniladi. Uning quvvati kam bo’lganligi uchun qovoq kunlari o’tkazish lozim. Yangi tayyorlangan xom qovoq sharbatidan kuniga bir necha bor 0,5-1 stakandan ichish kerak.

* Yangi pishgan non o’rnida kepakli qotgan qora non iste’mol qilish foydali.

* Qovurilgan yog’li go’sht va kartoshkadan bemor o’zini tiyishi lozim.

* Duxovkada po’sti bilan pishirilgan kartoshkani eyish kerak.

* Qayin bargi, juka bargi va gulxayri ildizidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan bir soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Zubturum (bargizub) bargi va qushtoron (qiziltasma)dan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan ichiladi.

* Bug’doy, suli va javdar donlarini o’stirib iste’mol etilsa, ular tarkibida ko’p miqdorda bo’lgan V vitamini ichki a’zolarda yog’ va suv to’planishiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun shu donlardan imkoni boricha ko’proq iste’mol qilish kerak.

* Semizlikdan ovqatlanish tartibiga qat’iyan amal qilmay va jismoniy harakatlanmay turib qutulish qiyin.

* Qizil yo’ng’ichqadan, qushtoron (qiziltasma) va na’matak mevasidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan ichiladi.

* Ertut bargidan 100 g, makkajo’xori popugidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan ichiladi.

* Kuniga 3 mahal bir likopcha yangi karamdan iste’mol qilish kerak.

ozish

* Qiziltasma (qunggoron) o’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, 2 osh qoshiq asal qo’shiladi, to’rtga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Bir oyda 1-1,5 kg ozish yaxshi natija hisoblanadi. Ammo ozaman, deb atayin och yurish yoki faqat bir xil ovqat iste’mol qilish yomon asorat qoldirishi mumkin.

* Ozaman degan odam tuzi past ovqat eyishi lozimligini unutmasligi zarur. Bir kunda 5 g tuz kifoya qiladi.

* Jo’ka po’stlog’idan 100 g, makkajo’xori popugidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechkurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv kuyiladi. Ertalab suzib olib, to’rt qismga bo’lib, ovqatdan bir soat oldin ichiladi.
Jo’kaning quritilgan gulini qahvamaydalagichda tolqon qilib, kuniga 3 mahal bir choy qoshiqdan iste’mol etilsa, bir oyda vazn og’irligi 5-6 kg gacha kamayadi.

Ozish sirlari haqida nimalarni bilasiz

* Qoqio’tning quritilgan ildizi va bargidan 2 choy qoshig’i ustiga bir stakan sovuqsuv quyiladi. 8 soat tindirib ko’yilgach, 5-8 daqiqa qaynatiladi. Kun davomida 3 mahal shu qaynatmadan ichiladi.

* Qoqio’t sharbatidan kuniga 2-3 osh qoshiq 3-4 hafta davomida ichilsa, semizlikda davo bo’ladi.

* Ermon (achchiq shuvoq)ning quruq o’tidan bir choy qoshig’i ustiga bir yarim stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 maqal bir osh qoshiqdan ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Ermonning damlamasidan (dorixonada bor) kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 20 tomchidan ichiladi.

* Ozish uchun kuniga 2 l gacha olma sharbatidan ichish kerak. Hamma narsa eyish mumkin, faqat suyuqlik o’rniga olma sharbati ichiladi. Davolanish muddati 10 kun. Uyda tayyorlangan olma sharbati bo’lsa, yanada yaxshiroq.

* Kuniga bir mahal 20 daqiqadan makkai sano iste’mol qilinsa, ichni surib tozalaydi.

* Tuxum va apelsin birinchi hafta nonushta, tushlik va kechki ovqat o’rnida parhez bilan 3 mahal iste’mol qilinadi. Ikkinchi va uchinchi haftada ham shu parhez saqlanadi, faqat xom sabzavot-mevalardan cheklanmagan holda iste’mol qilish mumkin. Ozish uchun eng muhim chora parhez bo’lib, ko’p marta yaxshi sinalgan vositadir. Apelsin organizmni darmondorilar bilan ta’minlasa, tuxum protein va boshqa moddalar bilan ta’minlaydi.

* Ortiqcha semizlik odam organizmi uchun o’ta noxush vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Haddan ziyod ovqat eyish va badnafslik organizmni yog’ bosib ketishiga, xomsemizlikka olib boradi, umrni qisqartiradi. Semizlik 3 bosqichdan iborat: birinchisiga havasing keladi, ikkinchisini masxara qilasan, uchinchisiga achinasan. Semizlik infarkt xavfini ikki marta oshiradi. Ochko’zlik oshqozonni ortiqcha ovqat bilan jazolaydi (Konfutsiy).

Semiz odamlarning 69 foizi 69 yoshgacha etsa, ozg’in odamlarning 90 foizi shu yoshgacha yashaydi. Semiz odamlarning 10 foizi, ozg’in odamlarning 30 foizi 80 yoshgacha etadi. 35-40 yoshlarida 10-12 kilogrammgacha ortiqcha vazni bor kishi o’z umrini 5 yil ichida 7 yilga qisqartiradi, 45 yoshli odam 60 yoshga etganda 70 yoshli odamga o’xshab qoladi (V. Patsiy). Shu sababli, semirib ketmaslikni istagan kishilarga quyidagi tartibda parhez qilish, vaznni doimo nazoratda tutib borish tavsiya etiladi. Kishi semirib ketmasligi uchun arpa non, kepakli non, karam, sabzi, qovoq hamda sut, qatiq, pishloq kabi mahsulotlarni ko’proq, mol yog’i, tovuq, o’rdak va g’oz yog’ini kamroq iste’mol qilishi kerak.

* Bir oyda 2 kun ovqat emaslik yoki o’sha kunlari 1,5 kg olmani 5 ga bo’lib iste’mol qilish buyuriladi. Bundan tashqari, 1,5 litr sut yoki qatiqni 6 ga bo’lib ichganda ham parhez tutish mumkin.

* Bir kun davomida 800 g na’matak sharbatiga 600 g turli meva sharbatlarini aralashtirib ichish tavsiya etil ad i.

* Makkajo’xori yog’ida tayyorlangan ovqaglarni iste’mol etish kerak. Tarkibida kaliy va kaltsiy ko’proq bo’lgan mevalarni, dengiz karami, o’rik, olxo’ri, kartoshka, suli, grechka, sabzi, karam, limon, petrushka, ukropni iste’mol etish va bir kun davomida bir yarim litr suyukdik ichish tavsiya etil ad i. Parhez davrida go’sht, baliq, achchiq va sho’r narsalar, qovurilgan, dudlangan taomlar, kolbasalarni umuman emaslik kerak.

* Bir kunda oz-ozdan 5 mahal ovqatlanish tavsiya etiladi. Birdaniga ko’p ovqat emaslik, yotish oldidan bir stakan qatiq yoki sut ichish ham foydalidir.

Ozish uchun nimalarga etibor berish kerak

ozish

* Kun davomida quyidagi tartibda ovqatlanish zarur. Ertalab karam, selderey, kashnich va o’simlik moyi solib tayyorlangan salatlar, grechka yoki suli bo’tqasi, sutli ovqat, qandsiz, tuzsiz tayyorlangan taomlar eyiladi. Tushlikda karam sho’rva, olma choy, na’matak sharbatidan 200 g (8-10 ta na’matak 200 g qaynoq suvda damlanadi), kartoshka, qandsiz choy buyuriladi. Yotish oldidan qatiq yoki sut, kun bo’yi 2- navli undan tayyorlangan 100 g non iste’mol qilinadi. Shu tartibdagi parhezni tabib Sh. Irgashev tavsiya etadi.

* Archa mevasidan 50 g ga bir bosh maydalangan sarimsoq qo’shiladi. Ustiga bir litr musallas quyib, 10 kun qorong’i va salqin joyda saqlanadi. Suzib olib, kuniga 1-2 mahal ovqatdan 30-40 daqiqa keyin 3 osh qoshikdan ichiladi.

* To’la kishi ko’pincha hansiraydi. Bunday holatda qadimiy tavsiyalardan birini keltiramiz. 10 bosh sarimsoqni bo’tqa qilib, 10 dona limon sharbati va bir kg asal qo’shib, bir hafta salqin joyga qo’yiladi. Har kuni bir mahal 4 choy qoshiqdan asta- sekin (birdaniga emas) iste’mol qilinadi. Orada uzilish bo’lmasa, tayyorlangan qorishma 2 oyga etishi kerak. Zaruriyat tug’ilsa, muolajani bir oy tanaffusdan so’ng yana takrorlash mumkin.

* Makkajo’xori popugidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan sovuq suv quyib, yarim soat past olovda qaynatiladi. Suzib olib, kuniga 3 osh qoshiqdan har 3 soatda ichiladi.

* Makkajo’xori popugi qaynatmasi yoki damlamasidan kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan ichish tavsiya etiladi.

* Pomidor sharbatidan tushlik oldidan bir stakan ichilsa, oziq moddalarni o’zlaiggirishda yordam beradi, bo’g’imlar va tomirlarni tozalaydi, modtsa almashinuvini yaxshilaydi va chiqindilarni chiqarib tashlaydi.

* Sulidan 2 osh qoshig’ini bir litr suvda qaynatib, 6 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi. Suli bilan bo’yimodaron qaynatmasi cheki sh ga qarshi yaxshi vosita ham hisoblanadi.

* Kuniga 3 dona olma iste’mol qilinsa, tern osti kletchatkasida yog’ to’planishini kamaytiradi.

* Bir kunda 1,5 kg olma iste’mol qilinadi, boshqa ovqat eyilmaydi. Olma 5 mahal 300 g dan po’sti bilan iste’mol qilinadi.

* Olma sirkasidan 2 choy qoshig’ini bir stakan suvda eritib, ovqatlanishdan oldin ichiladi. Davolanish muddati bir yil.

* Moychechak, ukrop mevasi, juka guli, marjoy daraxti guli va yalpiz bargidan teng mikdorlarda olinadi. Ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 2-3 mahal bir stakandan ichiladi.

* Ukrop mevasi, moychechak guli, juka guli va yalpiz bargidan 20 g dan olinadi. Shu yigmadan 3 osh qoshig’i ustiga bir litr qaynoq suv quyib, 2 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir stakandan ichilsa, modda almashinuvini yaxshilaydi.

* Dalachoy, petrushka, arslonquyruq va qoraandizdan bir osh qoshiqdan olib, aralashtiriladi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’i ustiga 300 ml qaynoq suv quyib, 10 daqiqa past olovda qaynatiladi. Suzib olib, kuniga 2-3 mahal yarim stakandan sovuq holda ichiladi.

* Gazanda o’tidan bir osh qoshiq, otquloqdan 2 osh qoshiq, qayin kurtaklaridan
bir choy qoshiq olinadi. Shu yigmadan 2 osh qoshig’i ustiga bir yarim stakan sovuq suv quyib, 10 daqiqa past olovda qaynatiladi. Suzib olib, kuniga 2 mahal sovuqholda bir stakandan ichiladi.

* Tog’jumro’tidan 2 qism, bo’yimodaron o’tidan 2 qism, archa mevasidan bir qism, makkajo’xori popugidan 5 qism olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, ovqatdan oldin 3 mahal ichiladi.

* Makkajo’xori popugidan 5 qism, zira mevasidan bir qism, kapalakgul o’tidan bir qism, bo’yimodaron o’tidan 3 qism, tog’jumro’ti po’stlog’idan 5 qism olinadi. Shu yig’madan 4 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin ichiladi.

* Kiyikutidan 2 qism, shirinmiya ildizidan 2 qism, yalpiz bargidan bir qism, marjoy daraxti gulidan bir qism, makkajuxori popugidan 5 qism, ukrop mevasidan bir qism, moychechak gulidan bir qism olinadi. Shu yigmadan 2-3 osh qoshig’i yarim litr qaynoq suvga quyiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir stakandan ichiladi.

* Tog’jumro’ti po’stlog’idan 60 g, qoqio’t ildizi, petrushka mevasi, ukrop mevasi va yalpiz bargidan 20 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’i ustiga bir litr qaynoq suv kuy il ad i. Ertalab bir stakandan ichilsa, modda almashinuvini yaxshilaydi.

 

(Visited 2 402 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!