Oyoq terlashini uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Oyoq terlashini

Oyoq terlashini uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

 

Badandagi ko’p terlaydigan joylar (oyoq, qo’ltiq, bo’yin, to’laroq ayollarda sut bezlari tagi)ni tez-tez yuvib, pardoz sirkasi bilan artibturish kerak. Agar oyoqko’p terlasa, paypoqni tez-tez almashtirib, har kuni yuvib, kaliy permanganat — margantsovka (suv pushti ranga kirguncha) yoki oyoqni formalinning kuchsiz eritmasi (1 -2 litr suvga bir choy qoshiq) qo’shilgan issiq suvga solib o’tirish tavsiya etiladi. Vannadan keyin oyoqyaxshilab quritiladi. Iloji boricha, tagi rezinali oyoqkiyim va sintetik paypoq kiymaslik kerak, poyabzal qulay, engil, har bir faslga mos bo’lmog’i lozim.

Oyoq terlaganda xalqtabobati quyidagilarni tavsiya etadi.

* Mavrak o’tidan 8 osh qoshig’i ustiga bir litr suv kuyib, 7-10 daqiqa qaynatiladi. Suzib olgach, oyoq vannasiga ishlatiladi.

* Mavrak o’tidan 3 osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, bir soat tindirib qo’yiladi. Oyoq-qo’llar vanna qilinadi.

* Issop o’tidan 3 osh qoshig’i ustiga bir litr suv quyib, 5-7 daqiqa qaynatiladi. Suzib olgach, oyoq vannasida foydalaniladi.

* Suli somoni qaynatmasiga oyoq vanna qilinsa, yokdgmsiz hid yo’qoladi.

Oyoq terlashini

* Suli somonidan 2-3 hovuchi ustiga 5 litr suv quyib, yarim soat qaynatiladi. Suzib olgach, oyoqlar 15-20 daqiqa vanna qilinadi.

* Suli somonidan 300 g va eman po’stlog’idan 50 g olib, maydalanadi. Bir paqirda qaynatib, har kuni oyoq-qo’llar vanna qilinadi.

* Suli sbmoniga ozroq eman po’stlog’idan qo’shib, qaynatma tayyorlanadi. Har kuni uyqu oldidan oyoqlarni 10-15 daqiqa ikki hafta vanna qilish kerak.

* Ertut ildizi va ildizpoyasidan 5 osh qoshig’i ustiga bir litr suv quyib, 5 daqiqa qaynatiladi. Oyoq terlaganda foydalaniladi.

* Gazanda o’tidan 2-3 hovuchi ustiga 3 litr suv quyib, qaynatiladi. Suzmasida og’rigan oyoqlar vanna qilinadi.

* Qirqbo’g’in o’tidan 1-2 hovuchi ustiga 5 litr suv quyib, qaynatiladi. Suzmasida og’rigan oyoqlar vanna qilinadi.

* Qirqbo’g’in va oq qayin barglaridan teng miqtsorda olib, 2-3 daqiqa qaynatiladi. Keyin oyoq-qo’llar terlaganda vanna qilinadi.

* Tol daraxtining bir hovuch yosh po’stlog’i 3 litr suvda yarim soat qaynatiladi va oyoqlar vanna qilinadi.

* Qoncho’pning yangi uzilgan o’tini mayda to’g’rab, paypoq ichiga solib, yarim soat yuriladi.

* Moychechak o’tidan 4-5 hovuchi ustiga 5 litr suv quyib, qaynatiladi. Suzib olgach, oyoqlar vanna qilinadi.

* Odtsiy bodrezak (chingiz) po’stlog’idan 4 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 5 litr suv quyiladi. Past olovda 15 daqiqa qaynatilgach, 15 daqiqa tindirib qo’yiladi. Shu qaynatmada oyoqyaar vanna qilinadi.

* Tolning ezilgan novdalaridan 2-3 hovuchini 5 litr suvda yarim soat qaynatib, suzmasdan oyoqlar vanna qilinadi.

Oyoq terlashini Oyoq terlashini

Oyoq terlashini uy sharoitida davolash

* Ermon (achchiq shuvoq) o’tidan 50 g ni shisha idishga solib, ustiga cho’chqaning tuzlanmagan ichki yog’idan 400 g qo’shiladi va suv bug’ida 2 soat qaynatiladi. Sovigach, oyoqning og’rigan joylariga surtiladi.

* Qarag’ay bargidan 2 hovuchi ustiga 5 l suv quyib, bir soat qaynatiladi. Suzib olgach, shu qaynatmada oyoqlar vanna qilinadi.

* Oq qayin barglaridan 2-3 hovuchini 3 litr suvda qaynatib, suzmasida oyoqlar issiqvanna qilinadi.

* Har kuni ertalab panjalar orasiga va tovonga borat kislotasi kukunini sepish kerak. U har kuni kechqurun iliqsuv bilan yuviladi. Birinchi haftada har kuni toza paypoq kiyilsa, yoqimsiz hid va terlash yo’qoladi.

* Har kuni paypoq ichiga eman po’stlog’i tolqonidan oyoq terlashi kamayguncha sepish kerak. Oyoqterlashi tezda qolsa, bemorning boshi kuchli og’rishi mumkin.

* Eman po’stlog’idan 200 g olib, 2 litr suvda qaynatiladi va 3 soat damlab qo’yiladi, keyin 2 litr suv qo’shiladi. Shu qaynatmada oyoqlar vanna qilinadi.

* Eman po’stlog’i tolqonidan paypoqqa solib, oyoqterlashi qolguncha kiyib yuriladi.

* Eman po’stlog’idan bir osh qoshig’i ustiga yarim litr suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi. Suzib olgach, oyoqlar vanna qilinadi.

* Eman po’stlog’idan 20-100 g olib, bir litr suvda qaynatiladi. Shu qaynatma oyoq- ko’llarga surtiladi, vanna qilinadi. Oyoq-qo’llar kuchli terlaganda yaxshi foyda beradi.

* Sovuq suv quritish xususiyatiga ega, shuning uchun oyoqlarni har kuni sovuq suv bilan yuvish kerak.

* Paypoqichiga achchiqtosh tolqonidan sepish zarur.

* Achchiqgoshdan 1G’5 qism olib, choy qoshiqbilan ichiladi. Kuydirilgan achchiqgoshni pichoquchida olib, bir stakan issiqsuvda eritib, terlagan oyoqlar yuviladi.

 

* Yong’oq bargi yoki mevasining po’sti qaynatilgan suv bilan qo’l-oyoqlar yuvilsa, keyin biroz upa sepib yurilsa, bu dard albatta ketadi.

* Na’matak bargi va mevasidan bir osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Dorivor gulxayri ildizidan damlama tayyorlab (ildiz va suv 1:20 nisbatda olinadi), bir soat tindirib qo’yiladi. Oyoqlar qattiq terlaganda dokani shu damlamaga shimdirib, siqib 10 daqiqa qo’yiladi. Bu muolaja har 30-40 daqiqada takrorlanadi. Keyin terini quritib, ustiga talk yoki bolalar upasi sepiladi.

* Qo’l kafti terlashini kamaytirish uchun quyidagi muolaja qilinadi. Qo’l kuniga bir daqiqa juda issiq suvga, keyin bir daqiqa juda sovuq suvga botiriladi. Bu holat 4-5 marta takrorlanadi. Vannachadan so’ng qo’lga borat kislota eritmasi, sirka va odekolon surtiladi. Sirka va odekolonni bir choy qoshiqdan, borat kislotani yarim choy qoshiq olib, yarim stakan suv qo’shiladi.

* Ko’ko’tdan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat tindirib qo’yiladi. Keyin shu damlamadan bozillama, vannacha qilinadi.

* Toron ildizpoyasidan bir osh qoshig’iga yarim litr suv quyib, damlab qo’yiladi. Keyin oyoqpar vanna qilinadi.

* Marjon daraxt guli 1:10 nisbatdagi sutga solib qaynatiladi. Gullarni suzib olib, terlagan joylarga 20-30 daqiqa qo’yiladi.

* Oyoq ko’p terlaganda issiq peshobga ip paypoqni botirib, keyin oyoqqa kiyiladi. Ustidan tsellofan xaltacha va yana oddiy paypoq kiyib, 2-4 soat yuriladi. Oyoq iliq suv bilan sovunsiz chayiladi. Bu esa teri holatini yaxshilaydi, charchoqni oladi, tovonlar terisi quruq bo’lsa, foyda beradi.

 

* Oyoq ko’p terlab, yoqimsiz hid kelsa, iliq suv bilan yuvib, artiladi. Sovuq peshobga, 10 daqiqadan so’ng issiqpeshobga botirib, quritilsa, yoqimsiz hid yo’qoladi.

* Dafna (lavr bargi)ning 20-30 donasi ustiga yarim l qaynoq suv quyib, har kuni kechqurun uyqu oldidan oyoqlar iliq vanna qilinadi. Shu damlamadan qo’ltiq tagi terlaganda ham foydalanish mumkin.

(Visited 15 times, 1 visits today)

Related posts